O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
Mustaqil ish
O‘zingizni sinab ko‘ring
O‘quvchilar darslikning 80-betidagi 2-amaliy mashg‘ulotni mustaqil bajaradi.
O‘quvchilar darslikning 81-betidagi 3-amaliy mashg‘ulotni mustaqil bajaradi, so‘ngra ular jadval
asosida baholanadi.
Uy vazifasi
81-betdagi savol va topshiriqlarga javob berish, uy vazifasi mashqlarini yozma ravishda bajarish.
Kasbiy maqsad (motivatsiya).
Tabriknoma, daftar, kitob jildlari, kollaj, banner kabi grafik tasvirlar
yaratish texnologiyasi elementlarini o‘rganish.
Kognitiv maqsad (rivojlantiruvchi).
O‘quvchilarda zamonaviy nashriyot mahsulotlarining yaratilishi
haqida bilimlarni rivojlantirish.
№
O‘tiladigan modullar
Hosil qilinadigan bilim va ko‘nikmalar
1
Paint.Net dasturida rasmlarni yuklash
va qayta ishlash tushunchasi haqida
ma’lumot berish
Paint.Net dasturida rasmlarni yuklab, ularni
turli effektlarda aks ettirish, fon rasmiga matn
hamda boshqa rasm joylashtrish amallarini
bajara olish.
2
Rasmlarni kichraytirish, nusxa olish
va joylashtirish amallariga oid amaliy
mashqlar berish
O‘lchami katta bo‘lgan rasmlarni kichraytirish
yoki kattalashtirish bilan bog‘liq amallarni
bajara olish.
3
Mustaqil vazifalar bajarish uchun
Bitta rasm (fon) ustiga ikkinchi rasm (obyekt)ni
joylashtirish bo‘yicha misollarni bajara olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |