Baholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar.
Mavzu: Tangalar - tarix guvohi. Dastlabki tangalar. Dunyo xalqlari hayotida pul katta ahamiyatga ega. U ming yillar davomida insonlarga ayirboshlash vositasi bo'lib xizmat qilib kelmoqda. Kishilik tarixida pul bo'lmagan davrlar ham bo'lgan. Bir neeha ming yillar oldin kishilar pul nimaligini bilmaganlar. Ular dastlab iste’ mol qilinadigan bareha narsalami o'zlari ishlab ehiqarganlar. Vaqtlar o'tishi bilan dehqonehilikdan chorvachilik va hunarmandehilikning alohida faoliyat turlari bo‘lib ajralib ehiqishi savdo-sotiqning kuehayishiga olib kelgan. Endi ular, ishlab chiqargan mahsulotlarini o'zaro ayirboshlashga o'tganlar. Shu tariqa bir-birlarining hojatini chiqara boshlaganlar. Savdo aloqalarining tobora o'sib, shaharlaming esa ko'payib borishi inson uehun foydalanish eng qulay bo'lgan ayirboshlash vositasi—pulning yaratilishini zaruriyatga aylantirib qo'ygan. Metalldan (mis, kumush va oltin) ishlangan dastlabki pul - tanga shu tariqa paydo bo'lgan. Tanga pullar davlat tomonidan maxsus joylarda zarb etilgan. Arxeolog olimlar tanga dastlab miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Lidiya (Osiyoda) va Argos (Yevropada) davlatlarida paydo bo'lganligini aniqlaganlar. Lidiya hududida oltin ko‘p bo'lgan. Bu davlatda oltindan zarb etilgan tanga starter deb atalgan. Eron podshosi Doro I davrida esa o'sha davrning mashhur «darik» deb ataluvehi tanga puli joriy etilgan. Bu tanganing har biri 8,4 gramm sof oltindan yasalgan. O‘zbekiston hududida dastlab Eron podshosi Doro I tomonidan zarb etilgan «darik» oltin tangasi muomalada bo‘lgan. O'zbekiston Respublikasining pul birligi so‘m 1994-yilning 1-iyulidan muomalaga kiritilgan. Vaqtlaro‘tishi bilan 10,25 va50 so‘mlik tangapullar ham zarb etildi. Bu tangalarning yuz qismiga uning necha so‘m ekanligi, orqa tomoniga esa «0‘zbekiston Respublikasi» yozuvi, dav- latimiz gerbi tasviri tushirilgan va zarb etilgan yili yozilgan. 0‘zbekistonda mashhur bobolarimiz yubileylari munosabati bilan ham ularning tasviri tushirilgan tanga pullar zarb etilgan. Masalan, 1996-yilda buyuk bobomiz Amir Temur yubileyining 660 yilligi munosabati bilan oltin suvi yuritilgan 100 so‘mlik, 2009-yilda esa Toshkent shah- rining 2200 yilligiga atab 100 so‘mlik tanga pul zarb etildi.