5-SINF TARIX 6-NAZORAT ISHI
1.”Yakka mo’g’ul ulusi” qachon tashkil etilgan?
A)1200-yilda B)1206-yilda C)1216-yilda D)1219-yilda
2.Chingizxon Xorazmshohlar davlatiga qarshi harakatlarni qachon boshlab yuborgan?
A)1206-yilda B)1219-yilda C)1221-yilda D)1218-yilda
3. Amir Temur qachon Movarounnahr hukmdori deb e’lon qilinadi?
A)1370-y B)1371-y C)1360-y D)1365-y
4. Hozirgi Afg’oniston hududidagi shahar
A)Marv B)Hirot C)Ko’xna Urganch D)Sultoniya
5. Qaysi shaharning nomi “tangri jamoli” ma’nosini anglatadi?
A)Samarqand B)Buxoro C)Xiva D)Marg’ilon
6.Xivadagi mashhur Ichan qal’a nechta noyob tarixiy me’moriy obidalar majmuasidan iborat?
A)100 ga yaqin B)54 ta C)46 ta D)117 ta
7.Oqsaroyning balandligi necha metrni tashkil etgan?
A)25 metr B)50 metr C)45 metr D)46-metr
8.Registon majmuasida mavjud bo’lmagan madrasa
A)Ulug’bek B)Tillaqori C)Safed D)Sherdor
9. Qaysi shaharning 2200 yilligi nishonlangan?
A)Toshkent B)Samarqand C)Buxoro D)Marg’ilon
10. Amir Temur To’xtamishxonning askarini qachon tor-mor etadi?
A)1370-y B)1395-y C)1398-y D)1402-y
11.Xorazmshohlar davlatining poytaxti (Mo’g’ullar bosqini arafasida)qayer ?
A)Buxoro B)Xorazm C)Urganch D)Samarqand
12. Mo’g’ullar Urganch ko’chalarida qanch vaqt jang olib borgan ?
A) 3 oy B) 7 oy C)9 oy D)5 oy
13. Jaloliddin Manguberdi yashagan yillarni ko’rsating ?
A)1206-1219 B)1219-1231 C)1198-1231 D)1206-1231
14.Urganch shahrini mo’g’ullardan himoya qilgan alloma kim?
A)Al-Xorazmiy B)Ahmad Yassaviy
C)Najmiddin Kubro D)Jaloliddin Manguberdi
15. Jaloliddinning mo’g’ullar ustidan qozongan ilk g’alabasi qachon bo’ldi?
A)1218-yil B)1320-yil C)1219-yil D)1220-yil
16.“Registon ” so’zining ma’nosi
17.”Jar sohilidagi manzil” ma’nosini anglatuvchi shahar
18. 2006 yilda 2700-yilligi xalqaro miqyosda nishonlangan shahar bu…
19. Bir sulolaga mansub marhumlarni dafn etish joyi
20. “Jaloliddin Manguberdi ordeni” kimlarga beriladi?
.
5-SINF TARIX 7-NAZORAT ISHI
1.1939-yilning 1-sentyabr kuni …
A)Germaniya SSSRga hujum qildi B)Germaniya Polshaga hujum qildi
C)”Uchlar ittifoqi” tuzildi D)Pyorl-Xarbor bombardimon qilindi
2.Birinchi jahon urushida necha million kishi halok bo’lgan?
A)5 million B)10 million C)15 million D)20 million
3. Birinchi jahon urushining sababi nima.
A) Dunyoni qayta bo’lib olish B) Boylik ortirish C) Iqtisodiy muammolar D) Mintaqaviy muammolar
4.Nemis-fashist armiyasi qachon Sovetlar yurtiga bostirib kirgan?
A)1939-yil 1 avgust B)1939-yil 1 sentyabr C)1941-yil 22-iyun D)1941-yil 1-avgust
5.Ikkinchi jahon urushining tashabbuskori qaysi davlat edi?
A) Fransiya B)Italiya C) Angliya D)Germaniya
6.Toshkentda “Xotira” maydoni qachon tashkil etilgan.
A)1999-yil 9 may B) 1994-yil 2 mart C) 1995-yil 10 yanvar D) 1996-yil 5 may
7. BMT qachon tashkil topgan?
A) 1935- yil 24 yanvar B)1940-yil 24 sentyabr C) 1945- yil 24 oktyabr D)1946-yil 22 oktyabr
8. “Yunisef” qanday tashkilot.
A) Bolalar jamg’armasi B) Fan va madaniyat C) Sog’liqni saqlash D)Harbiy tashkilot
9. O’zbekiston Prezidenti lavozimi qachon ta’sis etildi?
A) 1991-yil 1 sentyabr B)1992 -yil 2 iyul C) 1992 yil 2 iyul D) 1990-yil 24 mart
10.Respublika Oliy Kengashi Mustaqillik Deklaratsiyasini qachon qabul qildi?
A)1989-yil 21-oktyabr B)1990-yil 20-iyun C)1990-yil 24 mart D)1991-yil 31-avgust
11.Germaniya poytaxti
12.O’zbekiston Respublikasi qachon mustaqillikka erishgan?
13.BMT qarorgohi qayerda joylashgan?
14.Birlashgan Millatlar Tashkiloti emblemasida qaysi daraxtning novdalari tasvirlangan?
15.Atom bombasini birinchi bo’lib sinagan davlat
Do'stlaringiz bilan baham: |