5-sinf savollar kitobi «Geografiya»


- mavzu. Joy plani va geografik xaritalar



Download 81,81 Kb.
bet3/12
Sana08.04.2023
Hajmi81,81 Kb.
#925742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5 класс

3- mavzu. Joy plani va geografik xaritalar


1. Yer yuzini o'rganishning eng qadimgi va sinalgan usuli - bu... J: Yo‘l bo'ylab joy plani chizishdir
2. Ufq deb nimaga aytiladi? J: Osmon bilan Yer tutashgan chiziq
3. Kuzatuvchidan ufqqacha bo'lgan doira shaklidagi tekis yer nima deyiladi? J: Ufq tekisligi
4. Ufqning nechta asosiy va oraliq tomoni bor? J: 4 ta asosiy, 4 ta oraliq, 4 ta kichikroq oraliq - jami 16 ta, iekln yo'nalishlar ko'p
5. Har qanday aylana necha gradusdan iborat bo'ladi? J: 360°
6. Azimut nima? J: Joydagi ikki yo'nalish orasida hosil bo'l­gan burchak
7. Azimut yo'nalishlar qanday bo'ladi? J: Biri doimo shimolga, ikkinchisi esa biz aniqlashimiz lozim bo'lgan predmetga yo'nalgan bo'ladi
8. Agar siz uydan maktabga 135° azimut bilan borgan bo'lsangiz, qaysi azimutda va qanday yo'nalish bo'ylab qaytasiz? J: 315° azimut bilan shimoli-g'arbiy yo'nalish bo'ylab
9. Sayohatchilar mehmonxonadan sharshara joylashgan yer­ga 225° azimut bilan bordilar. Sayohatchilar mehmonxonaga qaysi azimut va qanday yo'nalish bo'ylab qaytib keladilar? J: 45° azimut bilan shimoli-sharqiy yo'nalish bo'ylab
10. Azimut yo'nalishlari qanday aniqlanadi? J: Berilgan azi­mut yo'nalishi 180° dan katta bo'lsa, o'sha berilgan azimut yo'nalishidan 180° ayiriladi, aksincha, azimut yo'nalishi ko'r- satkichi 180° dan kichik bo'lsa, yo'nalish ko'rsatkichiga 180° qo'shiladi
11. Bir-biriga yaqin turgan ikki predmet orasidagi masofani qaysi asboblar yordamida o'lchash mumkin? J: Metr yoki ruletka
12. Yasama o'lchov g'ildiragining diametri qanchani tashkil etadi? J: 32 sm
13. Masshtab nima? J: Joydagi masofaning chizmada, plan va xaritada tasvirlanganda necha marta kichraytirilganligini ko'rsatuvchi kasr son
14. Masshtab necha xil bo'ladi? J: 3 xil: sonli masshtab, nomli masshtab va chiziqli masshtab
15. Masshtabning qaysi turidan foydalanish eng qulay? J: Chi­ziqli masshtab
16. Ufq tomonlariga nisbatan chiziladigan joy plani usuli qan­day ataladi? J: Qutbiy usul
17. Joy planining qutbiy usulida biror joyda turib vizirlash o'tkazilgan nuqta nima deb ataladi? J: Qutb
18. Joy plani tuzishning eng sodda usuli qaysi? J: Azimutli usul
19. Joy plani tuzishning azimutli usulida nimalar kerak boʻmaydi? J: Planshet va vizir chizig‘i
20. Nisbiy balandlik deb nimaga aytiladi? J: Yer yuzidagi biror nuqtaning boshqa nuqtaga nisbatan tik balandligi
21. Nisbiy balandlikni aniqlovchi asbob qanday nomlanadi? J: Nivelir
22. Nivelirning tik o'rnatilganiigini qanday moslama orqali aniqlash mumkin? J: Shovun
23. Qo‘lbola nivelir qanday yasaladi? J: Ikkita taxtachadan yasaladi. Unga shovun bog‘lab qo‘yiladi
24. Mutlaq balandlik nima? J: Yer yuzidagi quruqliklarning okean sathidan va okeanlar bilan tutashgan dengizlar sathidan tik balandligi
25. Tepalikning atrofidagi tekisliklardan balandligi qanday ba­landlik bo'ladi? J: Nisbiy balandlik
26. O'zbekistondagi barcha mutlaq balandliklar qaysi dengiz sathidan o'lchanadi? J: Boltiq dengizi
27. Toshkent shahrining o‘rtacha mutlaq balandligi necha metr? J: 400 m
28. O'zbekistondagi eng baland tog' hisoblangan Hazrati Sulton cho'qqisining balandligi qancha? J: 4643 m
29. Qamchiq dovonining mutlaq balandligi necha metrni tashkil qiladi? J: 2267 m
30. Yer yuzasidagi barcha past-balandiiklar geografiya fanida nima deb ataladi? J: Relyet
31. Relyet joy planlarida va xaritalarda nimalar yordamida tasvirlanadi? J: Gorizontallar
32. Gorizontallar deb nimaga aytiladi? J: Quruqlik yuzasidagi mutlaq balandligi bir xil boigan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlar
33. Yer yuzasi qaysi tomonga qiya bo'lsa, gorizontallarga qiya tomonni ko'rsatuvchi chiziqcha qo'yiladi. Bu chiziqchaning nomi nima? J: Bergshtrix - gorizontallarda qiyalikni bildiruvchi chiziqcha
34. Joy planidan kimlar eng ko'p foydalanishadi? J: Harbiylar, quruvchilar, yo'lsozlar, sayyohlar
35. Geografik xarita - bu... J: Yer yuzasinining tekis yuzada masshtab asosida sbartli belgilar vositasida juda kichraytirilgan holda tasvirlanishidir
36. Geografik xaritalar mazmuniga ko'ra qanday guruhlarga bo'linadi? J: Umumgeografik va mavzuli
37. Geografik obyektlar va hodisalar sodda hamda yaxshi ko'rinadigan qilib tasvirlangan, daraja to'ri berilmagan xaritalar qanday xaritalar hisoblanadi? J: Oddiy (sxematik) xaritalar
38. Xaritalarning o'ziga xos tili - bu... J: Shartli belgilar
39. 200 m dan 500 m gacha bo'lgan qirlar xaritada qanday rang bilan tasvirlanadi? J: Sariq rangda
40. Okean va dengizlarning chuqurlik shkalasida 0 metrdan 200 metrgacha bo'lgan chuqurliklar qaysi rangda beriladi? J: Oq rangda
41. Xaritalarda biror geografik hodisa bir xil bo'lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlar nima deyiladi? J: Izochiziqlar (yunoncha, «isos» - teng)
42. Izobara qanday chiziq hisoblanadi? J: Havo bosimi bir xil bo‘lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlar
43. Havo harorati bir xil bo'lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chi­ziqlar qanday nomlanadi? J: Izoterma
44. Xaritalarda yo'nalish belgisi - strelka bilan nimalar tasvirlanadi? J: Turli obyekt va hodisalarning harakati, siljishi. Masalan, dengiz oqimlari, shamol yo'nalishi va h.k.
45. Aholining irqiy va diniy mansubligi, issiqlik mintaqalari, tabiat zonalari qanday shartli belgilar bilan aks ettiriladi? J: Ranglar bilan
46. Sodda (sxematik) xaritalarda qanday voqea-hodisalar tasvirlanadi? J: Sayyohlarning bosib o'tgan yo'llari, davlatlarning savdo aloqalari, Yer yuzasi relyefining umumiy ko'rinishi, Yer yuzidagi asosiy shamollar yo'nalishi, havo bosimi markazlari
47. 1 sm da 20 km nomli masshtabni sonli masshtabga aylantiring. J: 1:2 000 000
48. 1 : 50 000 000 sonli masshtabni nomli masshtabga aylantiring. J: 1 sm da 500 km
49. Xaritada Toshkent va Jizzax shaharlari orasidagi masofa 4 sm qilib tasvirlangan. Aslida, bu shaharlar orasidagi haqiqiy masofa 200 km ni tashkil etadi. Xarita masshtabini aniqlang. J: 1 :5 000 000
50. Daryoning uzunligi 6400 km. Geografik xaritada esa 25 sm qilib tasvirlangan bo'lsa, ushbu xaritaning masshtabini aniq­lang. J:1:25 600 000



Download 81,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish