5-sinf ona tili 4-chorak test
1.Xalqning hayotiy tajribasi, donishmandligi natijasida maydonga keluvchi hikmatli so‘zlar bu-?
A) Matal B) Aforizm C) Maqol D)Hikmatli so‘z
2.Buyuk,tarixiy shaxslarning ibratomuz fikrlari nima deb ataladi ?
A) Maqol B) Matal C) Topishmoq D) Hikmatli so‘z
3.Quyidagi maqolda nuqtalar o‘rniga qo‘yilishi kerak bo‘lgan so‘zni aniqlang. Zang temirni kemirar,…-odamni.
A) Shubxa B) Hasad C) Nodonlik D) Ko‘rolmaslik
4.So‘zlari alifbo tartibida joylashtirilgan, turlicha izohlar berilib, kitob shakliga keltirilgan to‘plamga nima deyiladi ? A) Ensiklopediya B) To‘plam C) Lug‘at D) O‘quv qo‘llanma
5.A.Hojiyevning “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”dan olingan , balandlamoq, yuqorilamoq, ko‘tarilmoq, o‘rlamoq fe’llarining qaysi biri kam qo‘llaniladi ?
A) balandlamoq B) o‘rlamoq C) yuqorilamoq D) ko‘tarilmoq
6.Juzlab so‘zining izohi to‘g‘ri keltirilgan javobni belgilaymiz !
A) Kitoblarni bosma holda chiqarish B) Nashr qilishga mo‘ljallash
C) Kitob varaqlarini mahkamlab tikish D) Kitoblarni muqovalash
7.2013-yilda chop etilgan imlo lug‘atda qanchadan ortiq so‘zning yozilishi qayd etilgan ?
A) yuz ming B) oltmish besh ming C) sakson besh ming D) to‘qson ming
8.O‘zbek tilida nechta tinish belgisi mavjud ?
A) Oltita B) O‘nta C) Sakkizta D) O‘n ikkita
9.Qiziq yuragimda yana o‘sha orziqish uyg‘ondi. (O‘.Hoshimov ) Qanday tinish belgisi tushirib qoldirilganligini aniqlaymiz !
A) Vergul B) Ikki nuqta C) Undov D)Nuqtali vergul
10.Quyidagilarning qaysi biri yashil rangli qimmatbaho tosh degan ma’noni bildiradi?
A) Gavhar B) Zabarjad C) Feruza D) Shams
11.Quyidagi qaysi bir so‘z quyosh degan ma’noni anglatadi ?
A) Xurshid B) Falak C) Davvor D) Minu
12Dunyo,osmon ma’nosini anglatuvchi so‘z qaysi javobda berilganligini aniqlaymiz ?
Shams B)Xurshid C) Gardun D) Mehr
13.Qachon so‘roq va undov belgilari qo‘shaloq (?!) holda qo‘yiladi ?
A) Xabar-darak,buyruq mazmunidagi gaplarning ohangi o‘zgarsa
B) O‘ta hayajon bilan aytilgan gaplar oxirida
C) Undov so‘zlar bir gapga teng kelgan paytda
D) So‘roq gaplar ba’zan kuchli ohang bilan aytilsa va javob talab qilmasa
14.Xabar berish,fikr almashish maqsadida aniq manzilga yuboriladigan matn nima,tabrik deb ataladi ?
A) SMS B) Xat C) Xabarnoma D) Telegramma
15.Tabriknoma so‘zi qaysi tildan olingan bo‘lib,tabrik yozilgan xat degan ma’noni anglatadi ?
A) Arabcha B) Forscha C) Lotincha D) Arabcha-forscha
16.Lug‘at va uning turlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi nima deb ataladi?
17.Taklifnoma qaysi tildan olingan bo‘lib, ma’lum bir tadbirga taklif etib yozilgan xat ma’nosini anglatadi ?
18.Daf’atan so zining izohini yozing !
19.Gavhar so‘zining izohini yozing !
20.So‘z-zabarjad, so‘z-gavhar, oltin,
Zargarlikning mashaqqati ko‘p. Ushbu misralar muallifi kim ?
5-sinf ona tili 4-chorak test калити
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
C
|
D
|
B
|
C
|
B
|
C
|
C
|
B
|
A
|
B
|
A
|
C
|
D
|
B
|
D
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
16.Leksikografiya 17.Arabcha-forscha
18.To‘satdan 19.Sayqallangan gavhar 20.Erkin Vohidov
Do'stlaringiz bilan baham: |