9-sinf Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari. I chorak test
1. Biror narsadan xalos va forig’ bo’lish ma’nosini bildiradigan lotincha so’z yozilgan qatorni toping
A) immunites B) demos S) liberalis D) conserve E) constitution
2. Nima e’tiqodga asos bo’ladi?
A) tuyg’u B) fikr S) ong D) ishonch E) tushuncha
3. Mafkuraviy immunitetning muhim shartlaridan biri …
A) kirishimlilik B) ma’rifatlilik S) ma’naviyatlilik D) mehribonlik E) samimiylik
4. Ogohlik shartlari yozilgan qatorni toping?
A) Dunyodan yon atrofda bo’layorgan o’zgarishlardan xabardor bo’lish
B) Odamlar va xalqlarning orzu niyatlaridan doimiy boxabar bo’lib yashash
S) Xalq hayotida paydo bo’layotgan muammolarni vaqtida hal etish
D) Tajovuzkor kuchlarning g’oyaviy va boshqa har qanday hamlalariga qarshi munosib zarba berish
E) barcha javoblar to’g’ri
5. Komillik – so’zining ma’nosini toping
A) sog’lomlik B) xushfe’llik S) aqllilik D) go’zallik E) mukammallik
6. Noqis uldirkim, o’zini komil degay
Komil ulkim, nuqsin isbot aylagay. Mazkur misralar muallifini toping.
A) Lutfiy B) Ogahiy S) A.Navoiy D) Sa’diy E) Z.M.Bobur
7. Komil inson g’oyasi qaysi donishmand bobolarimiz asarlarida teran ifoda etilgan?
A) Munis, Xorazmiy, Sakkokiy B) Beruniy, Ibn Sino S) Abu Nasr Forobiy, A.Navoiy
D) Mahmud Zamaxshariy, Najmiddin Kubro E) Bahovuddin Naqshbandiy, Mahmud Qoshg’ariy
8. Inson nimasiga qarab baholanadi?
A) millatiga qarab B) boyligiga qarab S) odamiylik xususiyatiga qarab
D) kiyinishiga qarab E) kelib chiqishiga qarab
9. Sidqiy Xondaliqiy quyidagi satrlarda insonlarni nimaga da’vat etadi?
“Yashang, ittifoq ila bir tan bo’lib, hama shodlik misli gulshan bo’lib, hama odam o’g’li bir a’zo erurki, hilqatda bir duru tanho erur”.
A) do’stlikka B) birodarlikka S) vafodorlikka D) hamjihatlikka E) sadoqatga
10. “Jamiyat”ga berilgan to’g’ri ta’rifni belgilang
A) Qarindosh urug’lar bilan uyushib yashash jamiyat deyiladi
B) Faqat oila a’zolaridan iborat jamoaga jamiyat deyiladi
S) Odamlarning uyushib, jamoa va xalq bo’lib yashashi – jamiyat deyiladi
D) qo’ni-qo’shnilar bilan uyushib mahalla jamoasida yashashga – jamiyat deyiladi
E) barcha javoblar to’g’ri
11. Ijtimoiy hamkorliksiz, taraqqiyotga erishib bo’lmaslikni qaysi mamlakat misolida ko’rish mumkin?
A) Armaniston B) Tojikiston S) Afg’oniston D) Qozog’iston E) Turkmaniston
12. Ijtimoiy hamkorlik bizning milliy qadriyatlarimizning qaysilarida o’z ifodasini topgan?
A) to’y-marakalarda B) hasharlarda S) qo’ni-qo’shnichilik, mahallachilikda
D) B javob to’g’ri E) barcha javoblar to’g’ri
13. Ijtimoiy hamkorlik g’oyasining vazifasi nimalardan iborat?
A) xalqni birlashtirishdan E) A, B, S javoblar to’g’ri
B) Mamlakatdagi tinchlik va osoyishtalikni fuqarolar o’rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashda
S) Vatan ravnaqini ta’minlashda D) Inson mukammal bo’lishi uchun unga sharoit yaratishdan
14. O’zbekistonda necha xil millat vakillari istiqomat qiladi?
A) 100 dan ortiq B) 150 ga yaqin S) 300 dan ziyod D) 100 ga yaqin E) 120 dan ortiq
15. Millatlararo totuvlik va hamjihatlik – qanday qadriyatlar sarasiga kiradi?
A) umumbashariy qadriyat B) milliy qadriyat S) madaniy qadriyat
D) siyosiy qadriyat E) diniy qadriyat
16. Yurtimizning yanada yuksalishiga xizmat qiladigan muhim omillardan birini ko’rsating?
A) Tajovuzkor millatchilik va shovinizm
B) Yurtimizdagi millat va elatylarning do’stligi, hurmati hamjihatligi
S) Millatlar o’rtasidagi nizo va kelishmovchilik D) to’g’ri javob A, S E) to’g’ri javob yo’q
17. Muayyan dinga e’tiqod qiluvchi kishlar jamoasi qanday nomlanadi?
A) diniy qo’mita B) diniy konfessiya S) diniy tashkilot
D) diniy federatsiya E) diniy oqim
18. Yurtimizda qancha diniy konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar mavjud?
A) 5 ta B) 8 ta S) 10 ga yaqin D) 10 dan ziyod E) 3 ta
19. CHidam, chidamlilik, toqat qilish, kengfe’llik ma’nosini bildirgan lotincha so’z yozilgan qatorni toping
A) tolerant B) konfessiya S) terminator D) zombi E) klon
20. Vatandan ayrilish azoblari haqida qaysi shoirimiz ruboiylarida yozgan?
A) Lutfiy B) Sakkokiy S) M.Xorazmiy D) Ogahiy E) A.Navoiy
21. Milliy istiqlol mafkurasi vatanparvarlini shaklantirishga qanday xizmat qiladi?
A) Vatanni e’tiqod bilan sevishga B) Vatanparvarlikni ongli faoliyatga aylantirish
S) Vatan fidoyisi bo’lishga D) Vatan uchun jon fido etishga E) barchasi to’g’ri
22. Inson tafakkurining shakllanishi bevosita nima bilan bog’liq bo’ladi?
A) aql B) fikr S) g’oya D) til E) zakovat
23. O’z tilini yo’qotgan har qanday millat nimasidan judo bo’ladi?
A) boyligidan B) sog’ligidan S) o’zligidan D) do’stidan E) hamkoridan
24. “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” qanday maqsadda yuzaga keladi?
A) odamlarning qalbi va ongida bo’shliq paydo bo’lishi va ularning zararli tajovuzkor g’oya va mafkuralar ta’sirida berilishiga yo’q qo’ymaslik maqsadida
B) Istiqlol yo’lidagi maqsadlarni xalqqa singdirish maqsadida
S) Iqtisodiy tenglikdan chiqish maqsadida
D) Faqat yoshlarga milliy qadriyatlarni singdirish maqsadida
E) A va B javoblar to’g’ri
25. “Kuch bilim va tafakkurda” shiorining muallifi kim?
A) A.Temur B) I,Karimov S) A.Navoiy D) M.Ulug’bek E) Bobur
Do'stlaringiz bilan baham: |