5 sinf botanika fanidan dars ishlanmasi namunasi mavzu. “Bargning ichki tuzilishi. Bargining ichki tuzilishi misolida o‘rganish” texnologik xarita



Download 353,85 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana29.12.2021
Hajmi353,85 Kb.
#81415
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bargning ichki tuzilishi. bargining ichki tuzilishi misolida organish

 


YANGI MAVZUNI O‘RGANISH 

  O‘quvchilar  guruhlarda  yangi  mavzuni  o‘rganishdan  oldin  o‘tgan  mavzu  bo‘yicha  tayyorlab 

kelishgan rangli qog‘ozlardan yasalgan bargchalarni ma’lum daqiqada poyada qarama-qarshi, ketma-

ket,  xalqada,  murakkab  barglar  shaklida  joylashtirishlari  kerak.  Guruhlar  ishini  tugatgandan  keyin 

barglarni poyada joylashishini guruhdan bitta o‘quvchi tushuntirib beradi. 

 

REJA:  

1. 


Barglarni ichki tuzulishini, bajaradigan vazifasiga mos kelishi. 

2. 


Barg hujayralari va organoidlari. 

3. 


Ularning tuzulishi va vazifalari. 

4. 


Bargdagi to‘qimalar. 

 

CHAQIRIQ 

1.  Bargning ichki tuzulishi deganda nimalar ko‘z oldingizga keladi. 

2.  Barg nima uchun doimo yashil rangda. 

3.  Barg tomirlari qanday vazifa bajaradi. 

4.  Bargning eng muhim vazifalaridan biri. 

5.  Barglarning etini tuzulishi nimaga bog‘liq. 

      

Barglarning ichki tuzulishi, ularning bajaradigan vazifasiga bir muncha mos keladi. Bargning tashqi 



sharoitga  moslashuvchi  organi  ekanligi,  uning  ichki  tuzulishida  aniq  ifodalangan.  Bargning  ichki 

tuzulishiga  undagi  ayrim  organoidlarning  tarkibi  va  ularning  joylashishi  tartibiga  suv  rejimi, 

yorug‘lik, harakat, shamol, tuproq sharoiti, dengiz sathidan balandlikda joylashishi va boshqa omillar 

sezilarli darajada ta’sir qiladi. Shuning uchun bargning ichki tuzulishi, hatto bir o‘simlikning o‘zida 

ham  farq  qiladi.  Barg  sirtining  ham  ostki,  ham  ustki  tomoni  epidermis  bilan  qoplangan.  Epidermis 

hujayralari  bargda  suv  bug‘lantirishni  va  havo  almashinib  turushni  to‘g‘ri  ta’minlab  boradi.  Bu 

hujayralar oraliqsiz zich joylashib, u bargni qurib qolishidan hamda tashqi fizik mexanik ta’sirlardan, 

shuningdek,  bargning  ichki  hujayralari  mezofillga  mikroorganizmlarni  kirishidan  saqlaydi.  Ayrim 

o‘simliklarni  (piyoz  boshi,  begoniya,  trodeskansiya)  ustki  epidermis  hujayralarida  antotsion 

pigmentlari  bo‘lib,  bargni,  barg  bandini  har-xil  ranga  bo‘yaydi.  Barg  epidermisi  xoh  rangsiz,  xoh 

rangli  bo‘lsin  o‘zidan  bemalol  quyosh  energiyasini  o‘tkazadi.  Ostki  epidermis  hujayralari  orasida 

ko‘pgina ustisalar joylashadi.                                                                                                        

 

11 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

   

 

                                                                                                                



 

 

10   

  1.  Epidermis.  2.  Kollenxema  hujayralari.  3.  Ustunsimon  assimilyasion  to‘qima.  4.  Bulutsimon 

assimilyasion  to‘qima.  5.  Asosiy  parenxema  hujayralari.  6.  Elaksimon  naylar.  7.  Floema  qavatini 

qoplab  turuvchi  hujayra.  8.  O‘tkazuvchi  hujayralar.  9.  Ajratuvchi  hujayra.  10.  Ustistsa  (barg 

og‘izchasi). 11. Bezcha. 




   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Ostki  hamda  ustki  epidermis  orasida  xlorofill  donachalariga  boy  bo‘lgan  mezofill  deb 

ataladigan assimilyatsion to‘qimalar joylashgan. Ikki pallali o‘simliklarda mezofill hujayralar ikki xil 

ko‘rinishda  bo‘ladi.  Bir  necha  qavat  cho‘ziq  barg  sathiga  perpendikulyar  joylashgan  hujayralar 

ustunsimon yoki polisat porenximasi deb ataladi. Bu to‘qimada xloroplast juda ko‘p bo‘lgani uchun 

barg ustki tomonidan to‘q yashil rangda ko‘rinadi.  

  

Ustunsimon parenxima ostida bir oz yumaloqroq, turli shakldagi hujayralar joylashgan bo‘lib, 



ular g‘ovaksimon yoki bulutsimon parenxima deb ataladi. Bulutsimon parenxima hujayralari siyrak 

joylashgan, ya’ni orasida bo‘shliqlar bor.  

Ustunsimon hujayralar esa ularda zich joylashganligi bilan farq qiladi. Bulutsimon parenximada 

xloroplastlar  nisbatan  kam,  shuning  uchun  ham  barg  ostki  tomondan  och  yashil  rangda  ko‘rinadi. 

Hujayra orasidagi bo‘shliqlar orqali havo va suv bug‘lari harakat qiladi. Keraksiz havo va suv ustitsa 

orqali atmosferaga chiqarilib yuboriladi. Bulutsimon to‘qima o‘zining yassi tomoni bilan ustunsimon 

to‘qimaga yopishib olib, unda tayyor bo‘lgan organik birikmalarni floemaga yetkazib beradi. Ikkala 

parenxima birgalikda asimiliyasion to‘qimani tashkil qiladi.  

Bargning  mikroskopik  tuzulishi  barg  sathiga  tushadigan  yorug‘lik  miqdoriga  ham  bog‘liq. 

Quyosh  nuri  yaxshi  tushadigan  yerdagi  o‘simlik  (yantoq,  kungaboqar)lar  barglarida  bir  yoki  bir 

necha qavat ustunsimon parenximalar mavjud. Soyada o‘sadigan barglarda esa bulutsimon parenxima 

to‘qimalari  hosil  bo‘ladi.  Bunday  holatni  hatto  bitta  o‘simlikning  o‘zida  ham  kuzatish  mumkin. 

Demak, oftobda o‘sadigan barglar soyada o‘sadiganlarga qaraganda 2-2,5 marta qalin bo‘ladi. 

Ustunsimon  parenxima  quyosh  energiyasining  miqdoriga  qarab,  moslashuvchi  organ 

hisoblanadi.  Masalan,  quyosh  energiyasi  ko‘p  bo‘lsa,  hujayradagi  xlorofill  donachalari  o‘zining 

kichik sathi bilan quyoshga qarab kam nur oladi, agarda bunday energiya kamlik qilsa, yuzasi keng 

tomoni bilan quyoshga qarab yorug‘lik nurini ko‘proq oladi. Quyosh energiyasi haddan tashqari ko‘p 

bo‘lsa, xlorofill donachalari ustunsimon to‘qimaning tubiga tushib, yorug‘likdan qochadi. Yorug‘lik 

kamayganda esa aksincha, yuqoriga ko‘tariladi. 

Barg assimilyasion to‘qimalari orasida tomir qismi – tolali nay bog‘lamlari bo‘lib, ksilema shu 

bog‘lamning  ustki,  floema  esa  ostki  tomondan  joylashadi.  Ostida  epidermis  bilan  qoplangan,  u 

bargning  tomir  qismidan  pastdan  bir  yoki  ikki  qavat  kollenxima  to‘qimasi  joylashgan  bo‘lib,  u 

bargning  elastiklik  qobiliyatini  oshiradi.  Uning  ostki  qismida  asosiy  parenxima  hujayralari  bor  va 

unda  har-xil  organik  hamda  anorganik  moddalar  to‘planadi.  Shuningdek,  bargda  uni  tik  ushlab 

turuvchi va sinib ketishidan asrovchi mexanik to‘qima sklerenxima ham mavjud. 


Download 353,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish