5-sinf Adabiyot Sana



Download 356,97 Kb.
bet20/171
Sana30.12.2021
Hajmi356,97 Kb.
#93079
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   171
Bog'liq
5-sinf-adabiyot

V. Uyga vazifa. Uyga vazifa qilib Ezop masallaridan biri mazmunini yozma bayon qilib kelish topshiriladi.

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.


5-sinf Adabiyot Sana______________

MAVZU: EZOP VA UNING MASALLARI HAQIDA

Tarbiyaviy maqsad - tarbiyalanuvchilarda komil insonlik fazilatlarini shakllantirish;

Ta'limiy maqsad - EZOP VA UNING MASALLARI to'g'risida tushuncha berish, masallarning mazmuni bilan tanishtirish;

Rivojlantiruvchi maqsad - o'smirlarda yuksak axloqiy fa­zilatlarni rivojlantirish

Darsning bosqichlari:

1.Tashkiliy qism: 2 daqiqa

2.Takroriy qism : 5 daqiqa

3.Yangi mavzu bayoni: 15 daqiqa

4.Yangi mavzuni mustahkamlash: 10 daqiqa

5.Baholash: 5 daqiqa

6.Uyga vazifa: 3 daqiqa

Ikkinchi soatda masallar mazmuni, mohiyati bilan tanishgan o'quvchilarga endi ularning adabiy janr sifatida tabiati haqidagi nazariy ma'lumot berish maqsadga muvofiqdir. Bunda N. Hotamov va B. Sarimsoqovning «Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o'zbekcha izohli lug'ati»dan foydalanish mumkin. Ayni chog'da yana boshqa nazariy manbalarga murojaat etish tavsiya qilinadi.

Masal — majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo'lib, nasriy yoki she'riy shaklda yoziladi. Uning asosiy qahramonlari turli hayvonlar, narsa-buyumlardan iboratdir. Bular ramziy-majoziy ma'noda qo'llanilib, insonlar fe'l-atvoridagi turli xususiyatlarga

ishora sifatida keltiriladi. Masalning asosiy jihati shuki, u to'liq ma'noda tarbiyaviy maqsadga yo'naltiriladi. Yuqorida ko'rib o'tilgan Ezop masallari bunga yorqin misoldir. Agar Ezop birinchi masalchi hisoblansa, undan so'ng eramizning birinchi va ikkinchi asrlarida yashab o'tgan grek masalchilari Fedr, Babriy torn ma'noda uning davomchilari hisoblanadi. Hatto Fedrning masalchilik rivojidagi asosiy xizmati shunda ediki, u Ezop masallarini she'riy yo'l bilan lotin tiliga tarjima qiladi. Ana shu tarjimalarga suyanib va ilhomlanib XVII asrda Fransiyada Lafonten, XVIII asrda Germaniyada Lessing, Gellert va XVIII— XIX asrlarda Rossiyada I. A. Krilov masal janrida barakali ijod qildilar.

Ko'hna Sharq adabiyotida ham majoziy shaklda, ya'ni turli hayvonlar tilidan tarbiyaviy ahamiyatga molik hikoyachalar keltirish tajribasi qadim Hind adabiyotining nodir namunalari bo'lgan «Panchatantra», «Kalila va Dimna» kabi asarlar tarkibida uchraydi. Bu asarlar ham dunyoning ko'pgina tillariga taijima qilinib, yaratilishiga turtki bergan.

Masalchilikning eng yaxshi namunalari o'zbek adabiyotida ham mavjud ekanini ta'kidlab, awalo Ezop masallaridagi hi- koyat va hikmatlarga o'xshagan ibratli maqol va matallar o'zbek xalqi hayotida, uning kundalik turmushida, so'zlashuv nutqida doimiy uchraydigan hodisaligini eslatish lozim. Ezop masal- laridan kelib chiqadigan xulosalar aks etgan qator maqollar va hikmatli iboralar ota-bobolarimiz tomonidan azal-abaddan aytib kelinganini anglatuvchi namunalar keltirilsa, mavzu yanada qiziqroq yoritiladi. Buning sababi shundaki, ko'tarilgan masala va mavzular insonlarga birdek xos bo'lgan xususiyatlardir. Shu- ning uchun ham Sharq, jumladan, o'zbek mutafakkir shoir-u adiblari maxsus «Pandnoma», «Odobnoma»lar yaratib, bu asar­lar maktab-madrasalarimizda alohida o'quv qo'llanmasi bo'lib xizmat qilgan.

Shu o'rinda o'qituvchi majoziy shakldagi ibratli hikoyat- larning eng sara namunalari ulug' bobokalonimiz Alisher Navoiy hazratlarining «Xamsa» asaridagi birinchi doston “Hayrat ul- abror” («Yaxshi kishilarning hayratlanishi») da va maxsus shu yo'nalishda yaratilgan «Lison ut-tayr» («Qushlar tili») dostonida uchrashini alohida aytib o'tishi lozim. Shu bilan birga XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida yashab o'tgan Muhammad Sharif Gulxaniy ham «Zarbulmasal» nomli asari bilan o'zbek adabiyo­tida masalchilik rivojiga ulkan hissa qo'shgani, XX asrda Hamza Hakimzoda Niyoziy, Yamin Qurbon, Sami Abduqahhor, Muxtor Xudoyqulov kabi shoirlar ijodida masal janrining yaxshi namunalari uchrashiga oid misollar keltirilsa, mavzu ancha keng ochiladi.

Shundan so'ng Ezopning yana «Bo'ri bilan Laylak», «Eshak bilan baqalar», «Ustiga tuz yuklangan eshak», «Burgut, zag'cha va cho'pon» nomli masallari tahlil etiladi. Darslikdagi bunday tahliliy materiallardan to'la foydalanish mumkin. Masallardagi do'st-u dushmanning farqiga borish, qiyinchilikka duch kelganda uni yengib o'tishga harakat qilish, hiylakorlik qilaman, deb sharmanda bo'lmaslik, sabrli, qanoatli bo'lishga, «Birni ko'rib shukur qilish, birni ko'rib fikr qilish» haqidagi maqollarni hamisha yodda tutish, behuda chiranmaslik, har bir inson o'z o'rni va haddini bilishi kerakligi haqidagi pand-u o'gitlar ibratli tarzda bayon etilganiga oid masalalar bayon qilinadi. Bunda bolalarni faol bahsga tortib, har bir fazilat va nuqsonlar haqida fikr yuritishga da'vat etiladi. O'qituvchi ana shu tahlil va xulosalarni mustahkamlash uchun turli tasviriy vositalar, ko'rgazmali qurollardan foydalansa, teatr va kino asarlariga murojaat etsa, mavzuning keng o'zlashtirilishiga erishishi aniq.



Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish