5-sinf adabiyot dastlabki ikki bobdan.
1.Maqol soʻzining ma'nosi nima?
a)forscha "soʻz"
b)arabcha "soʻz"
c)arabcha "hikmat"
d)forscha "jumboq"
2.Chistonlar quyidagi qaysi janrda yozilmaydi?
a)fard b)bayt
c)gʻazal d)tuyuq
3.Majoziy xarakterdagi nasriy va she'riy usulda yoziladigan janr bu?
a)masal b)maqol
c)topishmoq d)chiston
4.Ezop qaysi davrda yashab oʻtgan?
a)mil.6-asr b)mil.avv.6-asr
c)mil.4-asr d)mil.avv.4-asr
5.Imom Buxoriy necha yoshida zehni bilan ustozlarini shoshirib qoʻydi?
a)10 b)14
c)16 d)12
6.Imom Buxoriy "Al-jome as-sahih" asari ustida necha yil ishladi?
a)10 b)14
c)16 d)12
7.Imom Buxoriyning onasining tushiga qaysi paygʻambar kiradi?
a)Nuh b)Ibrohim
c) Muhammad d)Dovud
8.Ezop kimning saltanatida xazinabon lavozimida ishlaydi?
a)Ksanf b)Likurg
c)Krez d)Krey
9.Ezopning qaysi masalidan chiqadigan xulosa "Qilmish-qidirmish"?
a)Ustiga tuz ortilgan eshak
b)Yovvoyi echkilar va choʻpon
c)Kiyik bilan tokzor
d)Eshak bilan baqalar
10.Imom Buxoriydan bizga qancha asar qoldi?
a)20ga yaqin b)20dan ortiq
c)30ga yaqin d)10dan ortiq
11.Imom Buxoriy hadislarida ilm nimaga o'xshatilgan?
a)kattakon ko'lga
b)koʻp yogʻgan yomgʻirga
c)donishmand insonga
d)mavj urgan dengizga
12.Riyo-bu nima?
a)ikkiyuzlamachilik
b)zolimlik
c)yomon axloqlik
d)yolgʻonchilik
13."Doʻst uldirki, o'ziga ravo koʻrmagan narsani doʻstiga ham ravo koʻrmaydi..." Ushbu maqol qaysi asarda keltirilgan?
a)Ezop masallari
b"Mahbub ul-qulub"
c)"Hayrat ul-abror"
d)"Lison ut-tayr"
14."Ogʻirning ostidan, yengilning ustidan o'tma" maqoli Ezopning qaysi masaliga taalluqli?
a)Ustiga tuz ortilgan eshak
b)Kiyik bilan tokzor
c)Eshak bilan baqalar
d)Yovvoyi echkilar va choʻpon
15.20-asrga kelib masal yaratganlardan quyidagilardan qaysi biri yoʻq?
a)Abdulla Qodiriy b)Yamin Qurbon
c)Sami Abduqahhor d)Muxtor Xudoyqulov
16. "Uch ogʻa-ini botirlar" ertagida uch ogʻil otalarini oldiga necha yilda 6kishi boʻlib qaytib kelishdi?
a) 1 yil b) 2 yil
c) 3 yil d) oʻsha yiliyoq
17. Kimki rizqim ulugʻ, umrim uzun boʻlsin desa...... Hadisni davom ettiring.
a)qarindoshlariga oqibatli boʻlsin
b)insofli va adolatli boʻlsin
c)ochlarga taom bersin
d)barchaga salom bersin
18. Ezop badfe'l kimsalarni nimaga qiyos etgan?
a)ayiqqa b)tulkiga
c)sherga d)boʻriga
19. "Uch ogʻa-ini botirlar" ertagida "...shu nonni taxlagan odamning otasi novvoy..." deb kim aytadi?
a)tongʻich botir b)oʻrtancha botir
c)kenja botir d)vazir
20. Quyidagilarni bir-biriga muvofiqlashtiring.
A-Surxondaryo, Samarqand, Fargʻona; B-Buxoro; C-Xorazm; D-Toshkent
1.matal; 2. choʻpchak; 3. ushuk; 4. varsaki
a)1-A, 2-D, 3-B, 4-C
b)1-B, 2-D, 3-C, 4-A
c)1-A, 2-D, 3-C, 4-B
d)1-B, 2-D, 3-A, 4-C
21. Xirs va hirs soʻzlarini farqini yozing.
22. Hamid Olimjonning doston va balladalarini yozing. (4ta)
23. "Butun vujudida kuch va gʻayrat olovday lovullab turadigan, qilayotgan mehnatida keskir qilichday iroda kechi yaqqol sezilib turadigan qahramon..." Kim va qaysi asarda?
24. Hamid Olimjoning qutlugʻ 70 yoshi munosabati bilan yozilgan sheʼr nomi?
25. Aka-uka Grimmlarning uch jildlik kitobini nomini yozing.
Tuzuvchi: Filolog_10_04
Do'stlaringiz bilan baham: |