Bo‘lajak talabalar uchun test
5-sinf adabiyot darsligi
5-sinf adabiyot darsligi bo‘yicha test
1. Intermediyalar adabiyotning qaysi turiga mansub?
A) she’riyat
B) nasr
C) dramaturgiya
D) maxsus tur
2. Quyida berilgan maqollarning qay biri ko‘chma
ma’noli so‘zlardan iborat emas?
A) «Qazisan, qartasan, axir aslingga tortasan»
B) «Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang,
yuz hayda»
C) «Olmaning tagiga olma tushadi»
D) «Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi»
3. «Ey volida, duolaring sharofatidan Alloh
O‘g‘lingga ko‘rish ne’matini qaytardi!» - deb
Oyshabibiga xitob qilgan payg‘ambar ismi qaysi
javobda berilgan?
A) Muso
B) Muhammad (s.a.v)
C) Ibrohim
D) Yoqub
4. «Og‘irning ostidan, yengilning ustidan о‘tmа»
Ushbu xulosa Ezopning qaysi masalidan kelib
chiqadi?
A) “Kiyik bilan tokzor”
B) “Yovvoyi echkilar bilan cho‘pon”
C) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
D) “Eshak bilan baqalar”
5. “…podshoh degani it go‘shtidan ham qaytmaydi”.
Ushbu gap qaysi qahramon tilidan aytilgan?
A) to‘ng‘ich botir B) o‘rtancha botir
C) kenja botir
D) vazir
6. “Uzun umring bor bo‘lsin,
Bola, baxting yor bo‘lsin».
Ushbu jumla kimning tilidan olingan?
A) Baxtiyor
B) Qul Tarlon
C) Jurjon xoni
D) baliqchi
7. “O‘riklar gullar” sheʼrida “Donday yoyiq” deb
nima ta’riflangan?
A) yoshlik
B) yillar
C) o‘rik guli
D) bahor
8. Oddiy odamlar taqdiriga befarq, bag‘ritosh,
oldidagi narsa nima ekanini oxirigacha surishtirmay,
bir sho‘rlik keksani oʻldirtirib yuborgan podshoh
obrazi qaysi asarda uchraydi?
A ) “Guliston bit-turkiy”
B) “Oygul bilan Baxtiyor”
C) “Hisomiddin al-Yog‘iy”
D) “Mening oʻgʻrigina bolam”
9. 1812-1822-yillarda Grimmlar yozgan qaysi asar
uch jildlik edi?
A) «Zolushka»
B) «Yosh pahlavon»
C) «Bremen musiqachilari»
D) «Bolalar va oilaviy ertaklar»
10. Qaysi ertak qahramoni hammadan turtki
yeydigan, so‘kish eshitadigan va eng qiyin
yumushlarni bajaradigan obraz bo‘lib, ertak
davomida o‘zining halol mehnati, yoqimli so‘z va
odoblari bilan baxtiyor bo‘ladi?
A) «Botir tikuvchi»
B) «Qor qiz»
C) «Yosh pahlavon»
D) «Bolalar va oilaviy ertaklar»
11. Qaysi ikki asar deyarli bir vaqtda yozildi va ikkala
asar хalqimizning o‘zligini anglashida muhim rol
oʻynadi?
A) “Oʻzbekiston”, “Oʻzbegim”
B) “Xotiram siniqlari”, “Turkman binosi”
C) “Kamtarlik haqida”, “Sayding qoʻya ber,
sayyod…”
D) “Tor koʻngullik beklar”, “Ajab ermas”
12. «Tingla, hayot!» asari kimning ijod namunasi
sanaladi?
A) Erkin Vohidov
B) Anvar Obidjon
C) Mirtemir
D) Maqsud Shayxzoda
13. «Karvоn yo'llarida» asari kimning ijod namunasi
sanaladi?
A) Mirkarim Osim
B) Abdulla Avloniy
C) Asqad Muxtor
D) Gʻafur Gʻulom
14. Abdulla Qahhorni suyuntirib yuborgan asar
nomini toping.
A) «Dunyoning sihlari» (Oʻ. Hoshimov)
B) «Jaloliddin Manguberdi» (M. Shayxzoda)
C) «Oʻzbegim» (E. Vohidov)
D) «Cho‘l havosi» (Oʻ. Hoshimov)
15. “Oralarida bir-birlariga shunday muhabbat
paydo bo‘ldiki, bunga osmonning o‘zi ham hasad
qilardi”.
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) “Kichkina shahzoda”
B) “Bolaning ko‘ngli podsho”
C) “Hellados”
D) “Hayrat ul-abror”