5-sinf adabiyot (0001)


ADABIYOT (6-SINF 2017 02)



Download 0,57 Mb.
bet5/19
Sana02.03.2022
Hajmi0,57 Mb.
#479684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
5,6,7,8 sinf adabiyot darsligi asosida

ADABIYOT (6-SINF 2017 02)
1.Said Ahmadning familiyasi berilgan qatorni aniqlang?
A) Ahmadov B) Tursunov
C) Husanxo‘jayev D) Jalilov
2.Said Ahmad qalamiga mansub bo‘lgan hajviy hikoya berilgan qatorni aniqlang?
A) “Hukm” B) “Muhabbat”
C) “Ishqiboz” D) “Tortiq”
3. Said Ahmadning birinchi kitobi qanday nomlanadi?
A) “Hukm” B) “Muhabbat”
C) “Ishqiboz” D) “Tortiq”
4. Ikkinchi jahon urushi yillarida Said Ahmad ishlagan matbuot nashrlari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Mushtum”, “Qizil O‘zbekiston”
B) “O‘zbekiston ovozi”, “Yosh kuch”, “Mushtum”
C) “O‘zbekiston ovozi”, “Sharq yulduzi”
D) “Gulxan”, “Yoshlik”, “Qizil O‘zbekiston”
5. Said Ahmadning birinchi kitobi yozuvchi necha ytoshidaligida nashr etilgan?
A) 16 yoshidaligida B) 20 yoshidaligida
C) 21 yoshidaligida D) 17 yoshidaligida
6. Said Ahmad qalamiga mansub to‘plamlar berilgan qatorni aniqlang?
A) “Ishqiboz”, “Qishloq hukm ostida”, “Muhabbat”
B) “Muhabbat”, “Farg‘ona hikoyalari”, “Eryurak”
C) “Ishqiboz”, “Qishloq hukm ostida”, “Muhabbat”, “Farg‘ona hikoyalari”, “Eryurak”
D) “Tortiq”, “Hukm”, “Qadrdon dalalar”
7. Said Ahmadning 1988- yili nashrdan chiqqan asaining janri to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang?A)Qissa B) Hikoya C) Doston D) Roman
8. “Billur qandillar”, “Izlayman” , “O‘ch”, “Hukm”. “Qadrdon dalalar”, “Qishloq hukm ostida”, “Ufq”, “Quyosh maskani”, “Tong nafasi”
Yuqorida sanalgan asarlardan nechtasi qissa janrida yozilgan?
A) 5 tasi B) 6 tasi C) 4 tasi D) 3 tasi
9. Said Ahmadning 70-80 yillarda o‘z hikoyalari asosida yozgan pyesalari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Kelinlar qo‘zg‘aloni”, “Baxtsiz kuyov”
B) “Xandon pista”, “Kuyov”
C) “Kelinlar qo‘zg‘aloni”, “Kuyov”
D) “Kelinlar qo‘zg‘aloni”, “Kuyov”, “Xandon pista”
10… 60- yillarda bu asarning dastlabki ikki kitobi chop etilgan. Keyinroq uchinchi kitobi ham e’lon qilinib, trilogiya sifatida adabiyotimiz xazinasini boyitdi…
Yuqoridagi fikrlar bildirilgan asar haqidagi noto‘g‘ri ma’lumot berilgan qatorni aniqlang?
A) Bu asada O‘z o‘g‘lini qo‘ltiqtayoq bilan qabr qozib ko‘mgan ota obrazi uchraydi
B) Bu asardagi markaziy obrazlardan birining ismi Ikromjon edi
C) Bu asar 3 kitobdan tashkil topgan bo‘lib bu kitoblardan birining nomi bilan bir xil nomdagi asar yozgan ijkor asarida o‘z o‘g‘lini ikkinchi jahon urushidan keyin turmush o‘rtog‘isiz tarbiya qilgan, ammo kelinining qo‘lidan bir payola ham choy icholmay olamdan o‘tgan ona obrazi uchraydi
D) Bu asarda Farg‘ona kanalining qozilish jarayoni bilan bog‘liq voqealarnui ham uchratishimiz mumkin
11. Said Ahmadning sof satirik yo‘nalishda yozgan hikoyasi haqidagi to‘g‘ri hukmlar miqdorini aniqlang?
1. Bu asar qahramoni birinchi kuni 9 tonna, ikkinchi kuni 9,5 tonna paxta tergan edi; 2. Bu asarda it uyning savlati bo‘lishi haqida gapirilgan; 3.Bu asarda kabobchi bilan do‘stlashgan laganbardor kishi obrazi uchraydi; 3. Bu asardagi obrazlardan biri yetti yil deganda imoratini bitkazganligi haqida o‘z do‘stining xotiniga hikoya qilib beradi;4.Tillayev o‘z xizmatkorlaridan biri, Qurbonnning uyiga 180 ta shifer hamda 40 tunika tushirib beradi; 5.Bu asardagi Tillayevning yotib qolishiga sabab uning bod kasaliga chalinganligi edi; 6. Bu asarda Berdiali aka obrazi uchraydi; 7.Bu asarda o‘larcha ezma deb ta’riflangan kasb egalari ilg‘or paxtakorning ikki kun vaqtini olishgandi.
A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 5 ta
12. Said Ahmadning yumoristik yo‘nalishda yozgan hikoyasi haqidagi to‘g‘ri hukmlar miqdorini aniqlang?
1. Bu asar qahramoni birinchi kuni 9 tonna, ikkinchi kuni 9,5 tonna paxta tergan edi; 2. Bu asarda it uyning savlati bo‘lishi haqida gapirilgan; 3.Bu asarda kabobchi bilan do‘stlashgan laganbardor kishi obrazi uchraydi; 3. Bu asardagi obrazlardan biri yetti yil deganda imoratini bitkazganligi haqida o‘z do‘stining xotiniga hikoya qilib beradi;4.Tillayev o‘z xizmatkorlaridan biri, Qurbonnning uyiga 180 ta shifer hamda 40 tunika tushirib beradi; 5.Bu asardagi Tillayevning yotib qolishiga sabab uning bod kasaliga chalinganligi edi; 6. Bu asarda Berdiali aka obrazi uchraydi; 7.Bu asarda o‘larcha ezma deb ta’riflangan kasb egalari ilg‘or paxtakorning ikki kun vaqtini olishgandi;8. Bu asarda bir gapirib o‘n kuladigan obraz uchraydi; 9. Bu asar qahramoning ovozini lentaga yozib eshttirish bilan bir qatorda ikki marta televizordan ham ko‘rsatishgan edi; 10. Bu asar qahramonining rasmini chizishga kelgan rassom 10 kun deganda bu qahramonni o‘ziga o‘xshatib chizishga muyassar bo‘ladi.
A) 6 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 5 ta
13.Qaysi asarda tarvuzni butunligicha yutib o‘yin ko‘rsatadigan polvon obrazi uchraydi?
A) “sariq devni minib” romanida
B) “Sobiq” hikoyasida
C) “Avlodlar davoni” romanida
D) “Yulduzlar mangu yonadi”qissasida
14. Qaysi asardagi voqealar oktabr oyida yuz bergan edi?
A) “sariq devni minib” romani
B) “Sobiq” hikoyasi
C) “Po‘latjon yuz tup ko‘chat ekmoqchi” she’ri
D) “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi
15. qaysi asarda katta maqsadlar yo‘lida intilayotgan yaxshi bir mehnatkash insonni asrab- avaylash, uning kuchidan oqilona foydalanish, har bir odam o‘z o‘rnida bo‘lib, o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi lozimligi kabi masalalar hajviy yo‘sinda, mubolag‘a, lof singari badiiy tasviriy vositalar orqali tasvirlangan?
A) “Sobiq” hikoyasida
B) “Qoplon” hikoyasida
C) “Tanobchilar” asarida
D) “Hajv ahli rasta” asarida
16.Insoniyatni fashm atalmish vabodan qutqarish yo‘lida halok bo‘lgan chex shoiri kim edi?
A) N.Dobrolyov B) M.Jalil
C) Y.Fuchik D) B.Fuchik
17.1942- yilning iyun oyidagi janglarda yaralanib fashistlar qo‘liga asir tushgan hamda shu yilda Germaniya poytaxti Berlindagi Moabit turmasiga keltirilgan ijodkor kim edi?
A) Yulius Fuchik B) Abdulla To‘qay
C) Musa jalil D) Andre Timmermans
18. Musa jalil haqidagi fikrlardan nechtasi to‘g‘ri?
1. U Rossiyaning Orenburg guberniyasida dehqon oilasida tug‘ilgan; 2. U Rossiyaning Orenburg guberniyasida hunarmand oilasida tug‘ilgan;3.U dastlab ovuldagi boshlang‘ich maktabda o‘qigan; 4. M.Jalil Orenburgdagi“Husayniya” madrasasida tahsil olgan;5. Uning dastlabki she’ri “Turkiston fronti ”gazetasida bosilib chiqqan; 6.M.jalil 1925- yilgacha yozgan asarlarini jamlab “Biz boramiz!” nomi ostida nashr ettirgan.
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta
19.Qaysi ijodkorning ilk she’ri 1919- yili “Qizil yulduz” gazetasida bosilib chiqqan?
A) Zulfiya B) Musa Jalil C) I.Yusupov D) H.Olimjon
20.Musa jalilining she’rlar va dostonlardan iborat dastlabki to‘plamining nomi to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang?
A) “Biz boramiz!” B) “O‘rtoqqa”
C) “Ordenli millioner” D) “Xat tashuvchi”
20.Musa jalilning 1929- yili chop etilgan asari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Biz boramiz!” B) “O‘rtoqqa”
C) “Ordenli millioner” D) “Xat tashuvchi”
21.Qaysi asarda xat tashuvchi yigit Temirbulat bilan dehqon qiz Fayro‘zaning sof muhabbatlari, samimiy insoniy kechinmalari yorqin she’riy bo‘yoqlarda aks ettirilgan?
A) “Biz boramiz!” B) “O‘rtoqqa”
C) “Ordenli millioner” D) “Xat tashuvchi
22.Dastlabki tatar milliy operalarining yaratilishiga munosib hissa qo‘shgan ijodkorning bastakor Jiganov bilan hamkorlikda yaratgan yaratgan asari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Biz boramiz!” B) “O‘rtoqqa”
C) “Oltin soch” D) “Xat tashuvchi”
23.Musa jalil qalamiga mansub poema berilgan qatorni toping?
A) “Biz boramiz!” B) “O‘rtoqqa”
C) “Ordenli millioner” D) “Xat tashuvchi”
24.M.Jalil qalamiga mansubikkinchi jahon urushining bor vaxshati tasvirlangan asari berilganqatorni toping?
A) “Biz boramiz!” B) “O‘rtoqqa”
C) “Ordenli millioner” D) “Okopdan xatlar”
25.M. Jalil qaysi daryo bo‘yida bo‘layotgan janglarning birida asir tushganedi?
A) Niva B) Don C) Volxov D) Kelasuri
26.Qaysi ijodkor o‘z she’rlaridan birida pistaletim so‘ngi minutda xiyonat qilmaganida edi,dushman qo‘limga kishan solmagan bo‘lar edi deb ta’kidlagan?
A) Yulius Fuchik B) Abdulla To‘qay
C) Musa jalil D) Andre Timmermans
27. Kim urushdan keyin Moabit turmasidan qutilib chiqib Musa jalil she’rlarini Brusseldagi konsulxonaga olib kelgan?
A) Yulius Fuchik B) Abdulla To‘qay
C) Jiganov D) Andre Timmermans
28. Musa Jalilning asirlikda va tutqunlikda yozgan she’rlaridan nechtasi “Moabit daftari”ga kiritilgan?
A) 115 tasi B) 66 tasi C) 60 tasi D) 110 tasi
29. Qaysi ijodkor ijodida o‘z ontini qon bilan yozgan va bu ont uni olg‘a borishga undaydigan lirik qahramon uchraydi?
A) Mirtemir B) Musa Jalil C) Uyg‘un D) U.Nosir
30.Yurtini deb yurtidan ketgan ijodkor nomi berilgan qatorni aniqlang?
A) Mirtemir B) Musa Jalil C) Uyg‘un D) U.Nosir
31.Musa Jalilning butun hayoti hayoti va ijodiga qo‘yilgan go‘zal badiiy obida bo‘lib qolgan bayt berilgan qatorni aniqlang?
A) . “O‘lim” deyish mumki axir,
Yengib o‘tgan bunday o‘limni?
B) Yurtni, seni qo‘limdan bersam,
Nima qolar menga olamda?
C) Tuproq ko‘mar tanni, ko‘molmas
O‘tli qo‘shiq to‘lgan ko‘ngilni.
D)Bayrog‘imga qon bilan yozgan
Ontim undar olg‘a borishga!
32.Musa Jalil o‘zining “Qushcha”nomli she’rida qushchadan qanday iltimos qilgan edi?
A) O‘z she’rlarini ona yurtiga olib borishini
B) Ona yutiga yuragini olib ketishini
C) Ona yurtiga qo‘shiqlarini olib ketishini
D) Ona yurtiga tanini olib ketishini
33.Musa Jalili she’rlarini kim o‘zbek tiliga tarjima qilgan?
A) Mamarasul Boboyev C) Usmon Qo‘chqor
B) Nosir Fozilov D) Nizom komil
34.xalq orasida usta ___________ nomi bilan mashhur bo‘lgan bu kishi san’at va adabiyotgajuda qiziqar, o‘z zamonasining yetuk adiblari Ogahiy, Komil Xorazmiy, Mujrib Xonaxorobiy, Bayoniy, kabi shoirlar bilan do‘stona munosabatda bo‘lib, tez-tez suhbatlashar, doimiy muloqot qilar edi. Tushirib qoldirilgan shaxs nomini toping, bu ismning qaysi ijodkorga aloqasi borligini toping?
A) O‘tar, Avaz O‘tarning o‘g‘li
B) G‘oyibnazar so‘fi, Muqumiyning otasi
C) Qo‘nanboy, Ibrohimning (Abay) otasi
D) Munis,Ogohiyning tog‘asi
35. “…bitta qiyshiq so‘qmoqning dilga qanchalar yaqinligi” haqida she’r yozgan ijodkorni belgilang?
A) Mirtemir B) Usmon Nosir C) Ibroyim Yusupov D) Asqat Muxtor
36.O‘g‘lini har nahorda uyqudan uyg‘otib tuxum yuttiradigan obraz qaysi asarda uchraydi?
A) “Avlodlar davoni” B) “Yulduzli tunlar”
C) “Yulduzlar mangu yonadi” D) “Ufq”
37. “Sariq devni minib” asarida Hoshimjondan kompost haqida ma’lumot berishni kim iltimos qiladi?
A) Akbar aka Nosirov B) Polvon tog‘a
C) Rahimjon aka D) O‘rmon aka
38. “Shum bola” qissasida boy Shum bolaning qaysi yolg‘onidan so‘ng uni “haromi” deya haqoratlaydi?
A) dandon sopli pichoqning singanini aytgach
B) to‘riq qashqa bilan suv tashiganini aytgach
C) o‘t tushganini aytgach
D) o‘rtancha qizi Adol opaning dunyoga arzigulik o‘g‘ilchali bo‘lganini aytgach
39. “Boychechak”, “Yor-yor”, “Boshginam og‘riydi”, “chittigul”, “Oq terakmi, ko‘k terak”
Ushbu nomlari zikr etilgan qo‘shiqlardan nechtasi o‘yin qo‘shig‘i hisoblanadi?
A) 5 tasi B) 2 tasi C) 3 tasi D) 1 tasi
40. “Boychechak”, “Yor-yor”, “Boshginam og‘riydi”, “chittigul”, “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Kiyov salom”, “turey- turey”, “Churey- churey”, “Kelinsalom”, “Xo‘sh- xo‘sh”, “Xo‘p hayda”, “Maydagul”
Ushbu nomlari zikr etilgan qo‘shiqlardan nechtasi mehnat qo‘shig‘i hisoblanadi?
A) 5 tasi B) 2 tasi C) 3 tasi D) 4 tasi
41. “Boychechak” qo‘shig‘i haqidagi fikrlardan nechtasi to‘g‘ri?
1. bu qo‘shiqdagi boychechak yoshlik jo‘shqinlik ramzi hisoblanadi; 2. “Boychechak” qo‘shig‘ining 4,8,10 qatorli ko‘rinishlari mavjud;3.bu qo‘shiqning naqorat tarzida takrorlanadigan qismi jamoa bo‘lib kuylanadi; 4. Bu qo‘shiq mavsum qo‘shig‘i hisoblanadi; 5. “Boychechak” qo‘shig‘idagi boychechak mehnatkash inson ramzi hisoblanadi; 6. “Boychechak” qo‘shig‘idagi boychechak bahorga yetib kelganlik, shukronalik belgisi hisoblangan.
A) 5 tasi B) 2 tasi C) 3 tasi D) 4 tasi
42.Xalq og‘zaki ijodi namunasi hisoblanmish qaysi qo‘shiq juft- juft matn va naqarotdan iborat?
A) “Boychechak” B) “Chittigul”
C) “Boshginam og‘riydi” D) “Sut xotin”
43. “Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyat tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, millatimizning g‘ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron- bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa”.
Alisher Navoiy haqida bildirilgan yuqoridagi fikr muallifi berilgan qatorni aniqlang?
A).A. Hayitmetov B) P. Shamsiyev
C) I.Karimov D) S.G‘aniyeva
44. “Mahbub ul- qulub” asarining nasriy bayoni kim tomonidan tabdil qilingan?
A) Abdulqadir Hayitmetov B) Porso Shamsiyev
B) So‘yima G‘aniyeva D) Naim Karimov
45. Alisher Navoiy qalamiga mansub“ Mahbub ul- qulub ” asarida Navoiy nimani “Insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, balki u daraxtning foydali mevasi” ga o‘xshatadi?
A) Hilmni B) Himmatni C) Sahovatni D) Saxiylikni
46. Alisher Navoiy qalamiga mansub“ Mahbub ul- qulub ” asarida Navoiy nimani Odamiylik mulkining mavj urib turgan dengiziga hamda bu dengizning bebaho gavhariga o‘xshatadi?
A) Hilmni B) Himmatni C) Sahovatni D) Saxiylikni
47. “Mahbub ul- qulub” asarida Navoiy nimani himmat ahlining ixtisosi deb ta’riflagan?
A) Hilmni B) Himmatni C) Sahovatni D) Saxiylikni
48.Navoiy fikricha qanday odamlar borligi tufayli olam ahli uchun yuz ming sharaf va shukuh yetishadi?
A) Himmtli odamlar borligi uchun
B) Axiy odamlar borligi uchun
C) Saxiy odamlar borligi uchun
D) Sahovatli odamlar borligi uchun
49.A. Navoiy qanday odamlarni sichqon ovlovchi kalxatga o‘xshatgan?
A) Himmtsiz odamlarni
B) Sahovatsiz odamlarni
C) Baxil odamlarni
D) Saliq yig‘uvchilarni
50. Qaysi asarda aytilishicha, isrof qilish saxiylik emas; o‘rinsiz sovurishni aqlli odamlar saxiylik demas. Halol molni kuydirganni devona deydilar; yorug‘ joyda sham yoqqanni aqldan begona deydilar.
A) “Hayrat ul- abror”
B) “Mahbub ul- qulub”
C) “Tuhfat ul- afkor”
D) “Hibbat ul -haqoyiq”
51.Qaysi asarda Zarur vaqtida berilgan eski chopon va bo‘z to‘n saxovat; bemahal hadya qilingan zarbof chopon esa yaramaslikdir degan hikmatomuz fikrlar uchraydi?
A) “Hayrat ul- abror”
B) “Mahbub ul- qulub”
C) “Naqliya so‘zlar”
D) “Hibbat ul -haqoyiq”
52.Alisher Navoiy o‘zining “Mahbub ul -qulub” asarida nimani inson vujudining xushmanzara mevali bog‘iga va odamiylik olamining javohirga boy tog‘iga o‘xshatadi?
A)Hilmni B) Himmatni C) Sahovatni D) Saxiylikni
53.Alisher Navoiy o‘zining “Mahbub ul -qulub” asarida nimani hodisaqlar to‘la dengizdagi kishilik kemasining langariga va insoniyat qadrini o‘lchaydigan tarozining toshiga tenglashtiradi?
A)Hilmni B) Himmatni C) Sahovatni D) Saxiylikni
54.Alisher Navoiy o‘zining “Mahbub ul -qulub” asarida nimani insonni xaloyiqning izzat-hurmatiga sazovor ettiruvchi vosita sifatida tilga oladi?
A) Hilmni B) Himmatni C) Sahovatni D) Saxiylikni
55. Hiri tog‘i og‘ir bo‘lgani uchun uni sel bossa ham tashvishi yo‘q,
To‘zg‘oq o‘simligining yaprog‘i yengil bo‘lgani uchun shamolda barbod bo‘ladi.
Ushbu bayt qaysi asrdan olingan?
A) “Hayrat ul- abror”
B) “Mahbub ul- qulub”
C) “Naqliya so‘zlar”
D) “Hibbat ul -haqoyiq”
56.Mazlumga yaxshlik qilsang, zolimdan omonda bo‘lasan, agar kuchlilardan zarar ko‘rmayin desang, kuchsizlarga foyda yetkaz. Ushbu hikmatomuz fikrlar qaysi asardan olingan?
A) “Naqliya so‘zlar” B) “Mahbub ul- qulub”
C) “Al jome’ as-sahih” D) “Mufradot”
57.Qaysi asarda ko‘p, bemaza so‘zlaydigan ezma kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o‘xshatilgan?
A) “Hayrat ul- abror”
B) “Mahbub ul- qulub”
C) “Naqliya so‘zlar”
D) “Hibbat ul -haqoyiq”
58. “Mahbub ul –qulub” asarida aytilishicha insondagi eng yaxshi a’zolar qaysidir?
A) qalb va dil B) til va dil
C) qalb va ko‘ngil D) yurak va ko‘z
59. “Mahbub ul-qulub” asari haqidagi hukmlardan nechtasi noto‘g‘ri?
1. Bu asarda o‘zi xunuk, gapi bema’ni, ovozi yoqimsiz odam eshakka o‘xshatilgan; 2.Bu asarda odam til bilan hayvonlardan imtiyozliligi aytilgan; 3.Bu asarda baxt bag‘ishlovchi toza ruh manbayi deb til ta’riflangan; 4.Bu asarda tilning ofati deb qalb nazarda tutilgan; 5.Bu asarda yolg‘onni chindek gapiruvchi so‘z ustamonlari kumushga oltin qoplab sotuvchi zargarga o‘xshatilgan; 6.Bu asarda azob va mashaqqat tavoze va adabning negizi deb ta’kidlangan.
A) 2 tasi B) 3 tasi C) 1 tasi D) 4 tasi
60. “Mahbub ul -qulub” asarida erituvchi va kuydiruvchi, ayriliqqa uchraganlarni maqsadiga yetkazuvchi va mahrumlarni murod uyiga olib kiruvchi deb nima ta’riflangan?
A) Hilm B) Sahovat C) Safar D) himmat
61. “Mahbub ul- qulub”asarida xom odamlarni pishiruvchi va taomlarni singdiruvchi deb nima ta’riflangan?
A) Hilm B) Sahovat C) Safar D) himmat
62. “Mahbub ul-qulub” asarida aziz kishilarning mazorini ziyorat qilish fayziga musharraf va mukarram qiluvchi; yo‘lovchining yurishiga quvvat beruvchi, musofirni turli joy va manzillar bilan tanishtiruvchi deb nima ta’riflangan?
A) Bilimlilik B) Safar C) Himmatlilik D) oliyjanoblik
63. Alisher Navoiy nimani odam badanidagi jonga qiyoslaydi?
A) Hilm B) Sahovat C) Safar D) himmat
64. “Bu xoksor va parishonro‘zg‘or kamina bolalikdan to qarilikka qadar ko‘hna davron voqealaridan, aylanuvchi osmon hodisalaridan, fitna qo‘zg‘ovchi dunyo buqalamunligidan –tovlamachiligidan, zamonaning rang singari gunogunligidan ko‘p vaqt va uzoq muddat har xil xayol va taraddudlar bilan daydib yurdim; har tovur va ravishda bo‘ldim va turli yo‘llarga kirdim, yaxshi –yomonning xizmatini qildim; katta –kichikning suhbatida bo‘ldim; goh xorlik va qiyinchiliklar vayronasida nola qildim; goho izzat va ma’murlik bo‘stonida majlis qurdim”.
Ushbu fikrlar qaysi asardan olingan?
A) “Hayrat ul- abror”
B) “Mahbub ul- qulub”
C) “Naqliya so‘zlar”
D) “Hibbat ul -haqoyiq”
65. Gaho topdim falakdin notavonlig‘,
Gahi ko‘rdum zamondin komronlig‘,
Base issig‘, sovug‘ ko‘rdum zamonda,
Base achchig‘, chuchuk totdim jahonda
Ushbu lirik asarning janri to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang?
A) G‘azal B) Tuyuq C) Qit’a D) Masnaviy
66. “Mahbub ul-qulub” asri haqidagi bildirilgan fikrlardan nechtasi to‘g‘ri?
1.Bu asrni ijodkor umrining so‘nggi yillarida yozgan bo‘lib, ijodkor umri davomida ko‘rganlarini teran tahlildan o‘tkazgan, muayyan xulosalar chiqargan; 2.Bu asarda sahovat va himmt insoniyat bog‘ining hosildor daraxtiga o‘xshatilgan; 3.Bu asar 3 qismga bo‘lingan; 4. Bu asarning birinchi qismi turli foydali kuzatishlar va misollar haqida; 5. Bu asarning 2 qismi yaxshi fe’l xosiyati va yomon xislat kasofati to‘g‘risida; 6.Bu asarning 3 qismi har xil odamlarning fe’l-atvori va ahvoli haqida; 7. Bu asarning 1 qismi har xil odamlarning fe’l-atvori va ahvoli haqida;8. Bu asarda tiriklik belgisi sifatida harakat nazarda tutilgan; 9. Bu asarda insonga azob beruvchi, uni mashaqqatlar sari olib boruvchi hamda uni pishiruvchi deb safar ta’riflangan.
A) 7 B) 8 C) 5 ta D) 6
67. Qaysi ijodkor Jur’at tahallusini bilan ijod qilgan?
A) Muhammadsharif B) Muhammadamin
C) Huvaydo D) Muqumiy
68.Gulxaniy faoliyati va ijodi haqidagi ma’lumotlardan qaysi biri haqiqatga muofiq emas?
A) Undan bizgacha 12 g‘azal, Qo‘qon xoni Amir Olimxonga bag‘ishlangan qasida va “Zarbulmasal” asari yetib kelgan.
B) U ko‘proq oddiy insonlarga manzur bo‘ladigan she’rlar, hajviy asarlar bitgan.
C) U tirikchilik vajidan hammomda o‘t yoquvchilik bilan ham shug‘ullangan.
D) “Barmog‘im”, “Ey, to‘ti”, “Lola ko‘nglimdek bag‘rim” singari g‘ azallarida lirik qahramonning ruhiy kechinmalari ta’sirli ifoda etilgan?
69. Muhammadsharif (Gulxaniy) qalamiga mansub qaysi g‘azlida navkarlik davridagi og‘ir hayoti tasvirlangan?
A) “Lola ko‘ksidek bag‘rim” B) “Barmog‘im”
C) “Bideh” (bergil,ber menga) D) “Ey, to‘ti”
70.Gulxaniy qalamiga mansub qaysi asarda muallif katta ijtimoiy masalalarni –o‘z davrining harbiy tartibi, rasm-rusmlari, harbiylar hayotini ta’sirli misralarda bayon etgan?
A) “Lola ko‘ksidek bag‘rim” B) “Barmog‘im”
C) “Bideh” (bergil,ber menga) D) “Zarbulmasal”
71.Gulxaniy qalamiga mansub qaysi g‘azalning lirik qahramoni umumlashma obraz darajasiga ko‘tarilgan?
A) “Lola ko‘ksidek bag‘rim” B) “Barmog‘im”
C) “Bideh” (bergil,ber menga) D) “Ey, to‘ti”
72. “Zarbulmasal” asari haqidagi fikrlardan nechtasi to‘g‘ri?
1. Bu asarda xalq turmush tarzi va udumlari haqida majoziy uslubda so‘z yuritiladi; 2.Bu asarda mamlakatimiz hududidagi qadimiy shaharlar Buxoro va Qo‘qon nomlari uchraydi; 3.Masal so‘zi o‘tmishda biz hozir qo‘llaydigan maqol ma’nosida qo‘llanilgan; 4. “Zarbulmasal” da 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq kata –kichik hikoyat mavjud; 5. Bu asarning yozilishiga Jomiyning “Bahoriston”, “Sitsilat uz- zahob” asarlari turtki bo‘lgan; 6.Bu asarni yozguncha yozuvchi Sa’diy Sheroziy, Hofiz sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, So‘fi Olloyor kabi so‘z ustalarining hikmatlaridan ham mahorat bilan foydalangan; 7. Bu asardan olingan “Tuya bilan bo‘toloq ” asarida erki o‘zida bo‘lmagan kishining fojiasi ko‘rsatiladi; 8.“Zarbulmasal” nasriy didaktik asarlar guruhiga kiradi.
A) 5 tasi B) 6 tasi C) 4 tasi D) 7 tasi
73.Qaysi asar yakunidan ayrilganni ayiq yer degan xulosani chiqarish mumkin?
A) “Maymun bilan Najjor” B) “Kabutar bilan zag‘”
C) “Tuya bilan bo‘taloq” D) “Sher bilan durroj”
74. Qaysi asarlarda afsonaviy jannat bog‘i bo‘lmish Bog‘i Eram nomi tilga olinadi?
A) “Susambil”, “zarbulmasal”, “Kuntug‘mish”
B) “Zarbulmasal”, “Ravshanxon”
C) “Mahbub ul -qulub”, “Hayrat ul- abror”, “Bo‘ston”
D) “Guliston”, “ravshanxon”, “Shohnoma”
75. Qaysi asarda turli –tuman ne’matlarga boy bir tog‘ bo‘lib unda xurram-u to‘q yashaydigan hayvonlar borligi haqida hikoya qilinadi?
A) “Zarbulmasal” B) “Susambil”
C) “Yulduzli tunlar” D) “Sher bilan Durroj”
76. Ko‘ngli tilagan mevasini yeb, xuddi o‘zini odamlardek tutadigan, shuningdek katta bir gul tupini o‘ziga Vatan deb biladigan maymunb tasviri qaysi asarda uchraydi?
A) “Zarbulmasal” B) “Susambil”
C) “Yulduzli tunlar” D) “Sher bilan Durroj”
77.O‘zini tog‘ xisrovi (podshasi) hisoblaydigan obraz qaysi asarda uchraydi?
A) “Farhod va Shirin” B) “Dasht-u dalalarda”
C) “Xisrov va Shirin” D) “Zarbulmasal”
78.Kissayi purzar emish elga hunar,
Behunar elni o‘xiyur (rish) xar
Hunar haqida aytilgan ushbu misralar qaysi asardan olingan?
A) “Bo‘ston” B) “Guliston”
C) “Zarbulmasal” D) “Farhod va Shirin”
79. “Zarbulmasal” asaridagi “Tuya bilan bo‘talooq” hikoyasidagi tuyakash qayerdan edi?
A) Qo‘qon B) Farg‘ona C) Namangan D) Buxoro
80.Qaysi asarda Iroqdan Hijozga safarga chiqqan qahramonlar uchraydi?
A) “Tashbaqa bilan chayon” maslida
B) “Tuya bilan bo‘taloq” masalida
C) “Yodgor po‘stindo‘z” hikoyasida
D) “Mahbub ul-qulub” asarida
81. “Toshbaqa bilan Chayon” masali haqidagi hukmlardan nechtasi to‘g‘ri?
1. Bu masalda toshbaqa sangpusht nomi bilan uchraydi; 2. Bu asarda “yaxshilik qil suvga tashla baliq bilar baliq bilmasa xoliq bilar” maqoli toshbaqa tilidan aytilgan; 3. “Eshak o‘yini qirq yilda va it o‘yini bor anda” maqoli aqrab tilidan aytilgan; 4. “ishonmagin do‘stingga somon tiqar po‘stingga” maqoli bu masalda toshbaqa tilidan aytilgan;
A) 2 tasi B) 1 tasi C) 3 tasi D) 4 tasi
82.Qaysi asarda o‘zini bog‘bon sanab olti tub daraxtning ho‘l shoxini quruq shoxiga payvan d qiladigan va bu hunari bilan o‘zini olam bog‘boni hisoblaydigan obraz uchraydi?
A) “Mahbub ul -qulub” B) “Zarbulmasal”
C) “Naqliya so‘zlar” D) “Nasihatlar”
83. “Zarbulmasal” asari bilan bog‘liq ma’lumotlardan nechtasi to‘g‘ri hisoblanadi?
1. Bu asarda yaxshi ko‘rgan to‘ppisini suvga oqizib ololmagach: “Yo‘qolgani ham xo‘b bo‘ldi, boshimga ham tor kelur erdi ”- deydigan obraz haqida hikoya qilinadi; 2.Bu asarda bir hunuk yuzli odam yo‘ldan oyina topib olganligi va bu oyinada o‘zining aksini ko‘rib u oynaga turli xil ayblar qo‘yganligi haqida hikoya qilinadi; 3. Bu asarda dunyo kattakon ko‘lga, zamona esa bu ko‘l ustidan esib o‘tuvchi yelga o‘xshatiladi; 4. Bu asarda o‘n yoshida Nuh payg‘ambarni obi azobda qolganlarida kemalarini itarib baham berdim, o‘n besh yoshimda hazrat Ibrohim alayhisalomni kofirlar manjanoqqa solib otganlarida bir yoqlarida hozir edim deb maqtanadigan obraz haqidagi hikoya ham uchraydi; 5.Bu asarda duradgor Burxoniddin haqidagi hikoyalar ham uchraydi.
A) 2 tasi B) 5 tasi C) 3 tasi D) 4 tasi
84. Avaz O‘tar faoliyati va ijodi bilan bog‘liq ma’lumotlardan nechtasi to‘g‘ri?
1. Bu ijodkor Xivada hunarmand oilasida dunyoga kelgan bo‘lib, uni otasi 8 yoshida maktabga beradi;
2. Bu ijodkor Munis, Ogahiy, Komil, Feruz, Bayoniy kabi ijodkorlar bilan yaqindan muloqotda bo‘lgan; 3. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ijodkor 14 yoshlaridan she’r yozishga kirishgan va o‘n sakkiz yoshida yetuk shoir nomini olgan; 4. Bu ijodkor 35 yil umr ko‘rgan;
5.Bu ijodkorning ota kasbi sartaroshlik edi; 6.Bu ijodkor lirikasida mumtoz she’riyatimizning g‘azal, ruboiy, tuyuq, fard, murabba, muxammas, masnaviy kabi janrlari uchraydi; 7.Bu ijodkor lirikasida mumtoz adabiyotimizning g‘azal, muxammas, masnaviy, mustazaod, ruboiy, qit’a singari janrlari uchraydi.
A) 6 tasi B) 5 tasi C) 3 tasi D) 4 tasi
85. Avaz O‘tar o‘z she’rlarini to‘plab tuzgan devoni qanday nomlanadi?
A) “Saodat sohili ” B) “Azim rivoyatlari”
C) “Devoni Avaz ” D) “Saodat ul iqbol”
86.Qaysi qatorda Avaz O‘tar qalamiga mansub g‘azallar berilgan?
A) “Ey, to‘ti”, “Boy bolasi bilan kambag‘alning bolasi”
B) “Til”, “Maktab”, “Fidoyi xalqim”
C) “Biling, ushbu zamon g‘amnokidirman”, “Maktab”, “Til”
D) “Avaz, xalqim uchun to‘kilsa qonim”, “Maktab”, “Fidoyi xalqim”
87. Avaz O‘tar nimani “robition olamiyon”, “foidai kon” deb ta’riflaydi?
A) Bolalarning maktabga borishini
B) Ilm o‘rganishni
C) Til o‘rganishni
D) Maktab ochishni
88.Avaz O‘tar nimani yaxshi niyat va orzularimizga yetishtiruvchi deb ta’riflaydi?
A) Mustaqillikni B) Maktabni
C) G‘yri tillarni bilishni D) Gazetalar chiqarishni
89. Qaysi ijodkor xuddi Muqumiy, Furqat, Zavqiy, Hamza singari ma’rifatparvarlik she’riyatini yuqori darajaga ko‘tarishga o‘z hissasini qo‘shdi.
A) Avaz O‘tar B) Abay C) H.Olimjon D)X.Saloh
90.Har bir she’rida kishi yuragini jizillatadigan his, joziba sezilib turadi va tez yodda qoladi.
Ushbu tavsif qaysi ijodkor she’riyati haqida?
A) Zulfiya B) Mirtemir C) Avaz o‘tar D) Abay
91.Avaz O‘tar o‘z asarlaridan birida bag‘rining to‘la qonligini ta’kidlab o‘tadi, buning sababi nima edi?
A) Maktab ocholmagani
B) Til bilmaganligi
C) Xalqiga biror foydaliroq ish qilolmaganligi
D) Nazm to‘la asarlar yozolmaganligini
92.Qaysi ijodkorning asl ismi Ibrohim edi?
A) Avaz O‘tar B) Abay C) Lutfiy D) Zavqiy
93.Ahmad Rizo madrasasida tahsil olgan ijodkorning ijodi va faoliyati bilan bog‘liq notog‘ri ma’lumot berilgan qatorni aniqlang?
A) Bu ijodkor Qozag‘istonning Yettisuv viloyati Chingiztog‘ tumanida usta-hunarmand oilasida dunyoga kelgan.
B) Bu ijodkorning ijodi she’r aytish va o‘lan aytish bilan boshlangan.
C) Bu ijodkor o‘lanlarni yozma adabiyotga kiritish bilan birga 17 ta o‘lan kuyini bastalagan va bular hozirgacha oqinlar tamonidan sevib ijro etiladi.
D) Bu ijodkor ham ma’rifatparvar ijodkor bo‘lib, uning asarlarini o‘zbek tiliga Mirtemir va Uyg‘un tomonidan tarjima qilingan.
94.Abay qalamiga mansub dostonlar berilgan qatorni aniqlang?
A) “Sho‘rlik Qozog‘im”, “Azim rivoyatlari”, “Ma’sud”
B) “Ilm o‘rgan”, “Mas’ud”, “Azim rivoyatlari”
C) “Boyning bolasi va kambag‘alning bolasi”, “Iskandar”, “Ma’sud”
D) “Mas’ud”, “Azim rivoyatlari”, “Iskandar”
95. Abayning 44 bo‘limdan tashkil topgan asari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Naqliya so‘zlar” B) “Ilm o‘rgan”
C) “Sho‘rlik Qozog‘im” D) “O‘lan”
96. “Naqliya so‘zlar” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan bolalar yozuvchisi berilgan qatorni aniqlang?
A) Mamarasul Boboyev B) Nosir Fozilov
C) Mirtemir D) Uyg‘un
97. Qaysi asardagi podshoh bir qishloq yaqinida chodir va o‘tovlar tikdirib, ancha vaqt ov o‘ljalari bilan ro‘zg‘or tebratgan?
A) “Yulduzli tunlar” B) “Rustamxon”
C) “Avlodlar davoni” D) “Jamshid podsho ta’rifi”
98. Abayning “Ilm, Aql, G‘ayrat, yurak” o‘rtasidagi suhbatda ushbu gaplarni kim aytgan:
U senga bosh bo‘lsa, seni ham, albatta, o‘z erkingga qo‘ymaydi, o‘rinsiz narsalarga qo‘l urdirmaydi.
A) g‘ayrat B) yurak C) Ilm D) aql
99.Qaysi asarda odamlarni savob ishlarga da’vat qilsa-da, o‘zi tahorat qiligunicha uch barmog‘idan birini yuvib ikkitasini yuvmaydigan persanaj uchraydi?
A) “Yulduzli tunlar” (Hatta Hasan)
B) “Zarbulmasal” (Yodgor)
C) “Zarbulmasal” (Ibrohimbek)
D) “Shum bola” (Eshon)
100.Qaysi asar qahramoni suvdan qo‘rqib nayzasini yelkasiga tashlab u yoqdan bu yoqqa yuruvchi posbonga o‘xshatiladi?
A) “Zalbulmasal” B) “Yulduzli tunlar”
C) “Shum bola” D) “Zulmat ichra nur”
101.Qaysi asarda har qanday yalqov kishi qo‘rqoq va g‘ayratsiz bo‘lishi, har qanday g‘ayratsiz, qo‘rqoq kishi maqtanchoq bo‘lishi; har qanday maqtanchoq, qo‘rqoq kishi aqlsiz, nodon bo‘lishi haqidagi hikmatomuz fikrlar uchraydi?
A) “Zarbulmasal” B) “Hikmatlar”
C) “Naqliya so‘zlar” D) “Mahbub ul- qulub”
102. Qaysi ijodkor o‘z asarlarida dunyodagi barcha mavjud hodisalarning sirini hech bo‘lmasa yuzakiroq bo‘lsa ham bilmaslik – bu odamgarchilikdan emas deb hisoblagan?
A) Abay B) Avaz O‘tar C) Zulfiya D) Alisher Navoiy
103. Abayning “Ilm, Aql, G‘ayrat, yurak” o‘rtasidagi suhbatda ushbu gaplarni kim aytgan:
Dunyoda hech narsa yo‘qki, u mening ishtirokimsiz kamol topsin. Avvalo, mana, sening o‘zingni bilish ham, erinmay, sabot va matonat bilan izlab, o‘rganib, yana uni o‘z o‘rnida ishlatish ham mening ishim.
A) g‘ayrat B) yurak C) Ilm D) aql
104. Abayning “Ilm, Aql, G‘ayrat, yurak” o‘rtasidagi suhbatda ushbu gaplarni kim aytgan:
Har kuni o‘z vaqtida toat-ibodatni kanda qilmay o‘rniga qo‘yish ham, o‘rinsiz bo‘lar-bo‘lmas ishlarga ko‘ngil qo‘ydirmaydigan, insonni sof saqlaydigan, uni gunohkorlikdan saqlaydigan, adashgan bandalarni to‘g‘ri yo‘lga solib yuboradigan ham mening ishim.
A) g‘ayrat B) yurak C) Ilm D) aql
105. Abayning “Ilm, Aql, G‘ayrat, yurak” o‘rtasidagi suhbatda ushbu gaplarni kim aytgan:
- Na bu dunyoda va na u dunyoda nimaiki foydali zararli bo‘lsa –biladigan bir menman. Mensiz inson na o‘z foydasini biladi va na o‘z zararidan qochib qutiladi. Hatto ilmni ham o‘qib o‘rgana olmaydi.
A) g‘ayrat B) yurak C) Ilm D) aql
106. Abayning “Ilm, Aql, G‘ayrat, yurak” o‘rtasidagi suhbatda ushbu gaplarni kim aytgan:
Men inson tanasining podshosiman, qon mendan taraydi. Jon mendan makon quradi, mensiz hayot yo‘q. Issiq uyda yumshoq to‘shakda yotgan to‘q bir odamni och-yolong‘och, to‘shaksiz sovqotib yurgan kambag‘alning holi nima kechti ekan deb o‘ylantirib, uni u yonidan bu yoniga ag‘anatadigan, uyqusini qochirib, jonini achitadigan ham menman. Kattalarga nisbatan hurmat – izzat, kichiklarga nisbatan meh- shafqat qildiradigan ham menman. Biroq inson meni hamma vaqt ham sof saqlay olmaydi. Oxiri bir kun xor qiladi.
A)g‘ayrat B) yurak C) Ilm D) aql
107. Abayning “Ilm, Aql, G‘ayrat, yurak” o‘rtasidagi suhbatda ushbu gaplarni kim aytgan:
Adolat, insof, or- nomus, rahm- shavqat, mehribonchilik kabi narsalarning hammasi mendan chiqadi.
A) g‘ayrat B) yurak C) Ilm D) aql
108. Abayning “Ilm, Aql, G‘ayrat, yurak” o‘rtasidagi suhbatda ushbu gaplarni kim aytgan:
yaxshisini yaxshlikka yetkazadigan ham –men, yomonnning ta’zirini beradigan ham –men.
A) g‘ayrat B) yurak C) Ilm D) aql
109. Abayning “Ilm, Aql, G‘ayrat, yurak” o‘rtasidagi suhbatda ushbu gaplarni kim aytgan:
Ko‘pgina foydang bilan birga zararing ham yo‘q emas.ba’zan yaxshilikka, ba’zan esa yomonlikka mahkam yopishib olasan.
A) g‘ayrat B) yurak C) Ilm D) aql
110. Kishi eshtgan narsasini unitmaslik uchun…?
1. Avvalo zehnli bo‘lmoq kerak; 2. O‘z zehnidan o‘zi foydalana olmog‘i kerak; 3.bir narsani ko‘rgan yo eshtgan bo‘lsa, unga chin yurakdan ko‘ngil qo‘yib, fahm-farosat bilan uqub olmoqlik kerak; 4. Eshtganlarini bir necha marta ichida takrorlab ko‘ngliga jo qilmoq kerak; 5.Ko‘ngilga boshqa narsalarni mutlaqo keltirmaslik va kelsa ham unga zarracha e’tibor bermaslik kerak.
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,4,5 C) 1,3,4,5 D) 2,3,4,5
111. Qaysi asarda ilmni shunchaki biron kori- holimhga yarab qolar deb o‘rganmaslik krak, balki hayotda turmushga tatbiq qilish maqsadid o‘rganmoq kerak degan fikrlar uchraydi?
A) “Naqliya so‘zlar” B) “Al jome’ as sahih”
C) “Mufradot” D) “Bo‘ston”
112. Qaysi asar qahramonlari ikkinchi jahon urushining tirik qurbonlari deb ta’riflangan?
A) “Naqlayi so‘zlar” B) “Urushning so‘nggi qurboni” C) “Mening o‘g‘rigina bolam”
D) “O‘g‘lim sir abo‘lmaydi urush”
113. “Naqlayi so‘zlar”da ko‘ngildagi ishonchni mustahkamlash vositasi sifatida kim yoki nima e’tirof etiladi?
A) bahs B) ilm C) yaratuvchining so‘zlari D) aql
114. Insonning insonligi ishni qanday boshlashidan bilinadi, lekin qanday tugatishdan emas; Ko‘ngildagi ko‘rkam o‘y og‘izdan chiqquncha xiralanadi kabi hikmatlar qaysi asarda uchraydi?
A) “Naqliya so‘zlar” B) “Al jome’ as sahih”
C) “Mufradot” D) “Bo‘ston”
115.Baxtiyor bo‘lguningcha baxtingni eling ham tilaydi, o‘zing ham tilaysan, baxtiyor bo‘lganingdan so‘ng esa faqat o‘zingga tilaysan.
Yuqoridagi fikrlar qaysi asardan olingan?
A) “Naqliya so‘zlar” B) “Yadmit ad dahr”
C) “Mufradot” D) “Bo‘ston”
116. “Hijron kunlarida”, “Nilufar”, “Dala armoni”, “Dalada bir kun”, “Do‘stlik”, “She’rlar”, “Ona”, “Ko‘zlar”, “Kuylarim sizga”, “sizga aytar so‘zlarim, “Yuragimga yaqin kishilar”, “O‘ylar”, “Shalola”
Ushbu asarlardan nechtasi Zulfiya qalamiga mansub?
A) 7 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 6 ta
117.Zulfiya qalamiga mansub poemalar berilgan qatorni aniqlang?
A) “Ona”, “Ko‘zlar”, “Quyoshli qalam”
B) “Hijron kunlarida”, “Mushoira”, “Quyoshli qalam”
C) “Mushoira”, “Quyoshli qalam”, “Xotira siniqlari”
D) “Quyoshli yurt”, “Xotira siniqlari”
118.Zulfiyaning qaysi she’rida bu dunyoda tayanch tog‘siz biror tirik jon yo‘qligi ta’kidlanadi?
A) Bog‘lar qiyg‘os gulda”
B) “Bahor keldi seni so‘roqlab”
C) “…baxtim bor ajoyib kishilar aro”
D) “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush”
119.Zulfiyaning qaysi she’rida hayotsevarlik, umidbaxsh tuyg‘ular bosh mavzu hisoblanadi?
A) Bog‘lar qiyg‘os gulda”
B) “Bahor keldi seni so‘roqlab”
C) “…baxtim bor ajoyib kishilar aro”
D) “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush”
120.Zulfiyaning she’rlari qaysi tillarga tarjima qilingan?
1.rus; 2 inglis; 3yapon; 4kares; 5arab; 6 fors; 7xitoy; 8 vetnam; 9hind; 10 nemis; 11bolgar; 12qazoq
A) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11 B) 1,2,3,5,6,7,8,9,10,11
C) 1,2,3,5,6,7,8,9,10,11,12 D) 1,3,4,5,6,7,8,9,10,11
121. Zulfiya qaysi millat shoiralarining she’rlarini ona tilimizga tarjima qilgan?
A) Arab, hind, vetnam, rus
B) Arab, rus, ukrain, hind
C) Rus, ukrain, ozarbayjon, hind
D) rus, ozarbayjon, vetnam, hind
122.P.Qodirov tavallud topgan qishloq nomi keltirilgan qator berilgan qatorni aniqlang?
A) Xo‘jasoat B) Kengko‘l
C) Katta togob D) Keng dala
123.Qaysi ijodkor o‘z tarjimayi holida izlab –izlab Toshkent davlat universitetini topib kelganligini va uning sharqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirganligini ta’kidlab o‘tadi?
A) T.murod B) P.Qodirov C) X.Sultonov D) E.Vohidov
124.P.Qodirov qalamiga mansub birinchi asari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Tengdoshlarim” B) “Studentlar”
C) “Meros” D) “Qora ko‘zlar”
125. Pirimqul Qodirov qalamiga mansub romanlar berilgan qatorni aniqlang?
A) “Qadrim”, “Meros”, “Erk” , “Najot”
B) “Uch ildiz” ,“Ulug‘bek xazinasi”, “Oq qushlar oppoq qushlar”
C) “Qora ko‘zlar”, “Uch ildiz”, “Olmos Kamar”, “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni”
D) “Qadrim”, “Meros”, “Erk” , “Najot”, “Qora ko‘zlar”
126.P.Qodirovning paxtakorlar hayoti qalamga olingan asari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Qadrim” B) “Uch ildiz”
C) “Meros” D) “Erk”
127. “Yulduzli tunlar” asarida keltirilishicha, Boburning ustozi kim edi?
A) Ahmad Tanbal B) Xo‘ja Abdulla
C) Muhammad Nosir D) Mirzo Abdulla
128. “Yulduzli tunlar” asarida Ahmad Tanbal tomonidan osib o‘ldirilgan obraz kim edi?
A) Ahmad Tanbal B) Xo‘ja Abdulla
C) Muhammad Nosir D) Mirzo Abdulla
129. “Yulduzli tunlar”asarida Bobur onasining Andijondan Qo‘qonga kelganligini Qosimga kim aytgan edi?
A) Tolib B) Nizom C) Tohir D) Ali
130. “Yulduzli tunlar” romanida Bobur o‘n oydan beri ko‘rmagan onaizorini kutiob olish uchun … yo‘liga … qo‘riqchi navkari bilan chiqdi. Nuqtalar o‘rniga kerakli ma’lumotlarni joylashtiring.
A) Axsi yo‘liga 300 tacha navkar bilan
B) Konibodom yo‘liga 200 tacha navkar bilan
C) Xo‘jand yo‘liga 200 tacha navkar bilan
D) Qayraqum yo‘liga 200tacha navkar bilan
131. “Yulduzli tunlar” romanida Qutlug‘ Nigor xonim o‘g‘lining yoniga qanday otda keladi?
A) Yoldor ot B) Saman ot
C) Bo‘z ot D) Oq ot
132. “Yulduzli tunlar” romanidagi Toshkent tojdori kikm edi?
A) Ahmadbek B) Abusaid C) Ali Do‘stbek D) Mahmudxon
133. “Yulduzli tunlar ” romanida Bobur Qosimbekning qaysi ishini xatolik deb baholaydi?
A) Samarqanda uyushtirilgan bo‘xtonnning oldini olmaganligini.
B) Shaxnishinning orqasidan topilgan sandiqni Boburga ko‘rsatmaganligini.
C) Boburni Samarqandda behush ko‘rgan navkarni to‘xtatib turmaganligini
D) Bobur tarafdorlarining Tanbal va Jahongirga bo‘yin egganligini aytmaganligini
134. “Yulduzli tunlar” romanida Xonzoda begim tomonidan Boburni sevintiradigan sovg‘a haqida gapiradi, bu sovg‘a qayerdan topilgan edi?
A) Xo‘janddan B) Shaxnishindan C) Archakentdan
D) Devor va tomning birlashgan joyidan
135.silliq charm qoplangan sandiq tasviri qaysi asarda uchraydi?
A) “Oygul va baxtiyor”da B) “Tohir va Zuhra” da
C) “Yulduzli tunlar”da D) “Kuntug‘mish” dostonida
136.Qaysi asarda devorga osig‘lik turkman gilamlari haqida gapirilgan?
A) “Alpomish” xalq dostonida
B) “Yulduzli tunlar” romanida
C) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida
D) “Qoplon” hikoyasida
137. “Yulduzli tunlar” romani haqidagi fikrlardan nechtasi to‘g‘ri?
1.Amir Temur Qoraqum, Qizilqum, Badahshon-u Hisor hududlarida 3 yil quvg‘inlikda yurib kuch to‘plagan; 2. Asarda keltirilishicha Bobur Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” asarini o‘qir edi; 3.Asarda paremiologiya birliklari uchraydi; 4.Asarda keltirilishicha Samarqand yetti oy qamal azobini tortgan edi.5.Ahamad Tanbal Andijonni egallagan paytda Xo‘jand va Toshkent hali ham Boburga hayrixoh edi; 6.Asarda rivoyat qilinishicha, Bobur yigirma besh yoshida ham Shahrisabzdagi ham Samarqanddagi xonumonidan ayrilgan edi.
A) 5 tasi B) 6 tasi C) 4 tasi B) 3 tasi
138. “Yulduzli Tunlar” romanida Boburning xolasi qayerda yashar edi?
A) Xo‘jand B) O‘ratepa C) Ovchi qishlog‘ida D)Axsi
139. “Yulduzli tunlar” romanida aytilishicha, Marg‘ilon dorug‘asi kim edi?
A) Ahmad Tanbal B) Ali Do‘stbek
C) Mahmudxon D) Nosir
140. “Yulduzli tunlar” romanida Boburga xiyonat qilib andijonni yashiriqcha Ahmad Tanbalga topshirgan obraz kim edi?
A) Ahmad Tanbal B) Ali Do‘stbek
C) Mahmudxon D) Nosir
141. to‘rt kunlik yo‘lni bir yarim kunda bosib o‘tgan obraz qaysi asarda uchraydi?
A) “Ravshanxon” da B) “Yulduzli tunlar” romanida
C) “Yulduzlar mangu yonadi” da D)“Rustamxon”da
142.Qaysi asar qahramoni o‘z amiriga sadoqatini isbotlash uchun Qur’oni karimni o‘rtaga qo‘yib so‘z beradi?
A) “Ravshanxon” da B) “Yulduzli tunlar” romanida
C) “Yulduzlar mangu yonadi” da
D)“Kuntug‘mish” va “Yulduzli tunlar”da
143.Ahmad Tanbal Andijonga kimni dorug‘a qilib tayinlagan edi?
A) Tohir B) Ali Do‘stbek
C) Mahmudxon D) Nosir
144. “Yulduzli tunlar’ romanida Ahmad tanbalga sadoqat saqlab turgan Axsi dorug‘asi kim edi?
A) Uzun Hasan B) Ali Do‘stbek
C) Mahmudxon D) Nosir
145. Ahmad Tanbal chekingan mustahkam qo‘rg‘onlardan birining nomi berilgan qatorni aniqlang.
A) Pop B) Chimkent C) Chotqol D) Bandi solar
146. Ahamad Tanbalning akasining ismi berilgan qatorni aniqlang?
A) To‘xtamish B) Tilba sulton C) Mahmudxon D) Muhamma
147. “Yulduzli tunlar’ romanida Bobur qo‘shinlari Ahmad Tanbalni qayergacha taqib qilib borishdi?
A) Chotqol B) Arxiyon C) Archakent D) G‘ova
148. “boshini zo‘r ishga berib qo‘ygan” ijodkor berilgan qatorni aniqlang?
A) P.Qodirov B) Cho‘lpon C) Fitrat D) Hamza
149. Mustabid tuzum tazyiqi ostida olti yil chop etilmay yotgan asar berilgan qatorni aniqlang?
A) “Qo‘shchinor chiroqlari” B) “Yulduzli tunlar”
C) “Sinchalak” D) “Otamdan qolgan dalalar”
150.Oysha obrazi uchraydigan ijodkorlar qalamiga mansub romanlar berilgan qatorni aniqlang?
A) “Yangi ohangda kuylanayotgan viloyat”, “Bobur”
B) “Quyonlar saltanati”, “Yulduzli tunlar”
C) “Al jome’ as sahih”, “Tanobchilar”
D) “Bobur”, “Al jome’ as sahih
151. Murod Muhammaddo‘st qalamiga mansub asarlar berilgan qatorni aniqlang?
A) “Ko‘ngil ozodadur”, “Galatepadan qaytish”
B) “Bir toychoqning xuni”, “Galatepadan qaytish”
C) “Otoyining tug‘ilgan kuni”, “Javob”
D) “Yozning yolg‘iz yodgori”, “Ko‘ngil ozodadur”
152.T.Murod 1972-1976 –yillarda …?
A) “O‘zbekiston fizkulturachisi” gazetasida ishlagan
B) “Fan va Turmush”jurnalida xizmat qilgan
C) Respublika radiosining “Vatandoshlar” tahririyatida xizmat qilgan
D) O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida faoliyat yuritgan.
153. T.Murod va Abdulla Qodiriyni bog‘lab turuvchi unsur berilgan qatorni aniqlang?
A) Har ikkala ijodkor bir xil nomdagi asar yozgan va bu asarlar oxirigacha tugallanmay qolgan.
B) Har ikkala ijodkor Moskvadagi Jahon adabiyoti institutida tahsil olgan.
C) Har ikkala ijodkor asarida bir hil nomdagi qishloq nomlari uchraydi
D) Har ikkala ijodkor asarda tush ko‘rish epizodi uchraydi.
154.Tog‘ay Murodni iste’dodli yazuvchi sifatida ko‘rsatgan dastlabki yirik asari nechinchi yilda yaratilgan edi?
A) 1975- yilda B)1978- yilda C) 1976-yilda D) 1979- yilda
155. Tog‘ay Murodni iste’dodli yazuvchi sifatida ko‘rsatgan dastlabki yirik asari ko‘rsatilgan qatorni aniqlang?
A) “Ot kishnagan oqshom”
B) “Otamdan qolgan dalalar”
C) “Yulduzlar mangu yonadi”
D) “Oydinda yurgan odamlar”
156. “Yoshlik” jumalida chop qilinishi bilan butun xalqimiz orasida juda tez dovruq qozondi. Chunki bu asarda o ‘sha davr adabiyotida kamdan kam tilga olinadigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, butun dunyoga ibrat qilib ko‘rsatiladigan “sovet
kishisi” tabiatiga xos bo'lgan turfa illatlar badiiy jihatdan ta’sirchan va ishonarli tarzda ochib berilgandi.
Ushbu parcha Tog'ay Murodning qaysi asari haqida?
A) “Oydinda yurgan odamlar”
B) “Ot kishnagan oqshom”
C) “Otamdan qolgan dalalar”
D) “Yulduzlar mangu yonadi”
157.Qaysi asarda o‘z egasini o‘limdan qutqarib qolgan ot tasviri uchramaydi?
A) “Alpomish” dostonida
B) “Ot kishnagan oqshom”
C) “Do‘nan”
D) “Qiyomat qarz”
158. Tog‘ay Murodning qaysi asaridagi qahramonlar atrofidagilarga faqat yaxshilik tilaydigan, umrini ezgulikka baxshida etgan oliyjanob qalb egalari deb ta’riflangan?
A) “Oydinda yurgan odamlar”
B) “Ot kishnagan oqshom”
C) “Otamdan qolgan dalalar”
D) “Yulduzlar mangu yonadi”
159. Qoplonbek va Oymomo qaysi asar qahramonlari hisoblanadi?
A) “Oydinda yurgan odamlar”
B) “Ot kishnagan oqshom”
C) “Otamdan qolgan dalalar”
D) “Yulduzlar mangu yonadi”
160.T.Murodning qaysi asarida farzandsiz ayol iztiroblari tasvirlangan bo‘lib, u so‘ngi nafasidagina onalik baxtidan bir lahza totinadi-yu, dunyodan ko‘z yumadi?
A) “Oydinda yurgan odamlar”
B) “Ot kishnagan oqshom”
C) “Otamdan qolgan dalalar”
D) “Yulduzlar mangu yonadi”
161. Qaysi asarda oydek sokin va unsiz suhbat quradigan sevishganlar obrazi uchraydi?
A) “Oydinda yurgan odamlar”
B) “Ot kishnagan oqshom”
C) “Otamdan qolgan dalalar”
D) “Yulduzlar mangu yonadi”
162. T.Murodning 1993-yil yozib tugallangan asari haqidagi ma’lumotlardan nechtasi notog‘ri?
1. Bu asarning janri roman edi; 2.Bu asar yuz yildan ortiq tarixni o‘zida mujassam qilgan edi; 3. Asarda uch oilaning uch avlodi haqida hikoya qilinadi; 4.Bu asarda uchraydigan Jamoliddin obrazi XX asrning 30-yillarida milliy istiqlol yo‘lida kurashgan bobolarimiz timsoli edi; 5.Bu asar “Otamdan qolgan dalalar” romani edi; 6. Bu asarda Aqrab obrazi uchraydi;
A) 4 tasi B) 3 tasi C) 5 tasi D) 6 tasi
163. T. Murod qaysi asari uchun Qodiriy nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan?
A) “Oydinda yurgan odamlar”
B) “Ot kishnagan oqshom”
C) “Otamdan qolgan dalalar”
D) “Yulduzlar mangu yonadi”
164.T.Murodning qaysi asari asosida Shuhrat Abbosov tomonidan ikki qismli badiiy film suratga olingan?
A) “Oydinda yurgan odamlar”
B) “Ot kishnagan oqshom”
C) “Otamdan qolgan dalalar”
D) “Yulduzlar mangu yonadi”
165. T.Murod tomonidan tarjima qilingan asar berilgan qatorni aniqlang?
A) “Yovoyi Yo‘rg‘a” B) “Qiyiq qizning quyilishi”
C) “yevgeni Onegin” D) “kasandra tamg‘asi”
166. “Yulduzlar mangu yonadi” qissasidagi Sadr polvon qaysi qishloqdan edi?
A) Sho‘rchi B) Xo‘jasoat C) Turbat D) Termiz
167. Normurod polvon obrazi qaysi asarda uchraydi?
A) “Avlodlar davoni” B) “Yulduzlar mangu yonadi”
C) “Sobiq” D) “Sariq devni minib”
168. Qaysi asarda farzandlar o‘zlari minib yuradigan mashinaga o‘xshatiladi?
A) “Yulduzli tunlar” B) “Yulduzlar mangu yonadi”
C) “Po‘latjon yuz tup ko‘chat ekmoqchi”
D) “Sariqdevni minib”
169. “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida: “ xalq nimasi bilan xalq!O‘zining urf- odatlari bilan xalq! Ko‘p urf- odatlarimizni birovlar…birovlar o‘ziniki qilib oldi!” – deb kuyingan obraz kim edi?
A) Bo‘ri polvon B) Nurmurod polvon
C) Amir polvon D) Nasim polvon
170. “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida kuragi yerga tegmagan Bo‘ri polvonning kuragi ilk bor qayerda yerga tegadi?
A) Termizda B) Xo‘jasoatda
C) Sariosiyoda D) Sho‘rchida
171. “Laylakning yurishini qilaman deb, chumchuqning puti yirtilgan ekan ” maqoli qaysi asarda keltirilgan?
A) “Avlodlar davoni” romanida
B) “Yulduzlar mangu yonadi” romanida
C) “Burgut, zog‘cha va cho‘pon” masalida
D) “Sariq devni minib” romanida
172.Bo‘ri polvonning kuragini yerga tekkizgan polvon kim edi?
A) Ismoil polvon B) Nosir polvon
C) Maksim polvon D) Sadr polvon
173. Yosh-yoshligini – qari qariligini qiladi maqoli qaysi asarda uchraydi?
A) “Avlodlar davoni” romanida
B) “Yulduzlar mangu yonadi” romanida
C) “Burgut, zog‘cha va cho‘pon” masalida
D) “Sariq devni minib” romanida
174. “Yulduzlar mangu yonadi” qissasidagi Bo‘ri polvon Suluvni qaysi xususiyati sababli yaxshi ko‘rib qolgan edi?
A) Birovga hech qachon yolg‘on gapirmaganligi sababli
B) Mehnatsevarligi sababli
C) Erkak zoti ko‘ziga tik qaramasligi sababli
D) Gapning dangalini gapiradigan xususiyati borligi tufayli
175. Abray va Tilovberdi o‘rtasidagi kurashda davraboshi kim edi?
A) Bo‘ri polvon B) Amir polvon
C) Sadr polvon D) Nasr polvon
176. Qaysi asar qahramoni o‘zinining otasini o‘ziga g‘anim deb biladi?
A) “Shum bola” B) “Asrga tatigulik kun”
C) “Yulduzlar mangu yonadi”
D) “Yo Jamshid”
177.1980-1985-yillarda I.Yusupov qanday mashg‘ulot bilan shug‘ullangan?
A) “Amudaryo” jurnalining bosh muharriri vazifasini bajargan.
B) Respublikaning markaziy gazetasida bosh muharrir vazifasini bajargan.
C)Qoraqolpog‘iston Ma’naviyat va ma’rifat markazining raisi lovozimida faoliyat yuritgan.
D) Qoraqolpog‘iston yozuvchilar uyushmasi raisi vazifasini bajargan.
178.1. “Qoraqalpoqni ko‘p maqtamang ko‘zimcha”, “Cho‘l to‘rg‘ayi”, “Kun chiqish yo‘lovchisiga”, “Ajniyoz”, “Gilamchi xotin haqida haqiqat”, “Turnalar”, “Mangu buloq”, “Qora tol”, “Mening yigitlik vaqtim”, “Akatsiya gullagan joyda”, “Dala armonlari”
Berilgan asarlardan nechtasi I.Yusupov qalamiga mansub she’rlar hisoblanadi?
A) 4 tasi B) 3 tasi C) 5 tasi D) 6 tasi
179. 1. “Qoraqalpoqni ko‘p maqtamang ko‘zimcha”, “Cho‘l to‘rg‘ayi”, “Kun chiqish yo‘lovchisiga”, “Ajniyoz”, “Gilamchi xotin haqida haqiqat”, “Turnalar”, “Mangu buloq”, “Qora tol”, “Mening yigitlik vaqtim”, “Akatsiya gullagan joyda”, “Dala armonlari”, “Buloqlar qaynaydi”, “Mangu buloqlar”
Berilgan asarlardan nechtasi I.Yusupov qalamiga mansub dostonlar hisoblanadi?
A) 4 tasi B) 3 tasi C) 5 tasi D) 6 tasi
180. I.Yusupov qalamiga mansub dramalar berilgan qatorni aniqlang?
A) “Akatsiya gullagan joyda”, “Akatsiya gullagan joyda”, “Umirbek laqqi”
B) “Aktrisaning iqboli”, “Umrbek laqqi”, “Qirq qiz”
C) “Oltin qirg‘oq”, “Aktirisaning iqboli”, “Ajniyoz”
D) “Aktrisaning iqboli”, “Umrbek laqqi”, “Ajniyoz”
181.I.Yusupovning tarjima asarlari nechinchi yilda chop etilgan?
A) 1985- yil B) 1986- yil C) 1988- yil D) 1972-yil
182. . 1. “Qoraqalpoqni ko‘p maqtamang ko‘zimcha”, “Cho‘l to‘rg‘ayi”, “Kun chiqish yo‘lovchisiga”, “Ajniyoz”, “Gilamchi xotin haqida haqiqat”, “Turnalar”, “Mangu buloq”, “Qora tol”, “Mening yigitlik vaqtim”, “Akatsiya gullagan joyda”, “Dala armonlari”, “Buloqlar qaynaydi”, “Mangu buloqlar”
I.Yusupov qalamiga mansub asarlardan nechtasi o‘zbek tiliga tarjima qilingan?
A) 4 tasi B) 3 tasi C) 5 tasi D) 6 tasi
183.Qaysi asarda alohida ikki to‘rtlik ham ilova qilingan?
A) “Nido” dostonida B) “Qadirdon so‘qmoqlar”
C) “Po‘latjon yuz tup ko‘chat ekmoqchi”
D) “To‘qqizinchi palata”da
184.Qaysi she’riy asarda shoirlar chug‘urlab turgan chumchuqlarga o‘xshatiladi?
A) “Tug‘ulish” she’rida B) “Yo‘l” she’rida
C) “Qadirdon so‘qmoqlar” D) “Yo‘lchi” she’rida

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish