Umumiy profilaktikasi. Jamoa hamshirasining mahalla va tibbiy muassasalarda sanitariya-maorif ishlari va infeksiya tarqalishini oldini olish bo‘yicha faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Fiziologik ajralmalar bilan aloqada bo‘lganda, muolajalarni bajarganda va boshqa shu kabi sharoitlarda yaxshilab qo‘lni yuvish, rezinali qo‘lqop, niqob, ko‘zni himoyalovchi ko‘zoynak kiyish, ishlatilgan asboblarga ishlov berish va sterilizatsiya qilish, bir martalik tibbiy asboblarni ishlatishga da’vat etish, kundalik tibbiy xizmat ko‘rsatish va parvarish qilishda shprits bilan bo‘liq nojo‘ya hodisalar profilaktikasi, tibbiy chiqindilarni utilizatsiya qilish va boshqa shu kabi holatlarni misol tariqasida sanab o‘tish mumkin. Shuningdek, soqol olganda qon yopishib qoladigan uskuna, tish shiyotkasi, sochiq va boshqa narsalardan individual foydalanish to‘g‘risida bemor oilasi va yaqinlari orasida insruktaj o‘tkazish.Jamoa hamshirasi patronaji. Vrach ko‘rsatmalariga binoan hamshira uyida davolanadigan OITS bilan og‘rigan bemorning uyiga borib, unga va uning oila a’zolariga parvarish xizmatlarini o‘rgatadi. Hamshira parvarishi psixiologik tomonga muhim ahamiyat berib, uyda davolash kursi bilan bog‘liq yordamni ko‘rsatadi. Mijoz va uning oilasi bilan muloqotda bo‘lganda doimo ularga nisbatan hamdard bo‘lish, ishonchli munosabatlar o‘rnatilishini hamshira doimo yodda tutishi kerak. Davolash natijasi ana shu omillarga bo‘g‘liq bo‘ladi. Hamshira bemorning turmush tarzi va psixiologik holatini yaxshilab o‘rganib, dori-darmon bilan davolanishning aniq uslublari bo‘yicha unga instruktaj beradi. Bunday holatlarda davolanish zarurligi, samarasi va ta’sirlari, davolanishni olib borish uslublari va boshqalar to‘g‘risida bir necha marta tushuntirish muhim hisoblanadi. Shuningdek, vrach buyurgan doridan tashqari boshqa dorilarni parallel qabul qiladigan bemorlar ham uchraydi. Bunday hodisalarni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak, chunki ba’zi dorilarni birga qabul qilish mumkin emas.Infeksiya bilan zararlangan bemorlarni tekshirish va kuzatish. OITS virusi bilan zararlangandan so‘ng bemorlarning 95 % VIG antitelo tashuvchilariga aylanadi. OITS virusi bilan zararlangan, 10 yildan ortiq infeksiyalangan bemorlarning yarmidan ko‘pi vaqt o‘tishi bilan SD-4 limfositlar soni kamayadi, immunitet pasayadi, natijada OITS rivojlanishi ehtimoli paydo bo‘ladi. Ammo, OITS virusi bilan infeksiyalanganlar soni kam bo‘lsa, ba’zi bemorlarda kam boisa-da, 10 yil davomida SD-4 limfositlar soni kamayishi va immunitet pasayishi kuzatilmaydi.OITS asoratlarini oldini olish. Bugungi kunda OITSda asorat sifatida rivojlanadigan yuqumli kasalliklarning ko'pi uchun dori moddalari ishlab chiqilgan va ma’lum darajada ularni davolash imkoniyati paydo bo‘lgan. Shuningdek, kasallikning davolash uslublarini yaxshilash va profilaktika qilishda yaxshi yutuqlarga erishildi. Masalan: ma’lum darajada pnevmosit pnevmoniyaning rivojlanishi va qaytalanishining oldini olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Demak, bu SPID oqibati sohasida yaxshi natijalarga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |