Bola rivoji
Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga yetishishining samarali bo’lishini ta’minlash uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etuvchi omillarini, rivojlanish jarayoniga taalluqli davrlarni aniqlash darkor. Shuningdek, bola shaxsining rivojlanishida ta’lim-tarbiya va bola faolligini rolini ham aniqlash lozim.
Shaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar tizimiga qo’yib kuzatish zarur. Ana shundagina shaxsning ijtimoiy hulqi, ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ruyobga chiqadi. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal qilish uchun uning hulqiga ta’sir etuvchi omillarining (faktor) tabiatini, shaxsning xususiyatini yaxshi bilmoq kerak.
Yuqoridagi omillarga asoslanib rivojlanishga quyidagichi ta’rif berish mumkin: Rivojlanish deb bola vaznining oshishi, suyak va muskul tizimining, jinsiy tanosil a’zolarining, nerv-funksional faoliyatining kamol topishi, aql-zakovatini shakllanishiga aytiladi.
“Dunyoda mavjud bo’lgan jami borliq - deb yozgan edi Ibn Sino, - o’z tabiatiga ko’ra kamolot sari intiladi. Kamolot sari intilish esa o’z mohiyati e’tiborila yaxshilikdir”. Ayniqsa inson tirik mavjudod sifatida kamolotga yetishga doimo intiladi.
Mutafakkir A.R.Beruniyning da’vosicha, hamma odamlar o’z qiyofasi jihatidan bir-biriga o’xshaydi, ammo ayni choqda ular bir-biridan farq qilib turadi. Bu tafovut “ular temperamentining tabiat xususiyatlari va hokazolarining ziddiyatli bo’lishi tufayli ularning instentlari zamirida yotadi”, deb izohlangan. Haqiqatan ham insonlar bir-birlariga umumiy holda uxshaydi, ammo tabiati, tabiiy xususiyatlari, xarakteri bilan bir-birlaridan farq qiadi.
Pedagogika fani shaxsning kamolatiga yetishning murakkab va ziddiyatli jarayon deb beradi. Shaxsning kamolga yetishishida nasl - irsiyat (biologik), ijtimoiy muhit ham, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya va nihoyat o’zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega.
Shaxs qanday jamiyatda yashasa o’sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asosAn kamol topadi. Agar shu jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklari yuksak bo’lsa, u shaxsga shu qadar katta ta’sir ko’rsatadi yoki aksincha. Ikkinchi tomondan esa, shaxs faoliyati davomida mehnat orqali o’z moddiy va ma’naviy boyligini yaratish jarayonida ongini, hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab boradi.
Odam atrofni obyektiv borliqni ko’proq bilgani sari onglilik darajasi o’sadi, fikrlash doirasi kengayadi, yangi ong va ko’nikmalarni egallaydi va o’zini takomillashtirib boradi.
Demak, shaxsning kamolga yetishuvi jamiyat rivojiga chambarchas bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |