5-seminar: Jizzax voxasida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar va uning
o`lkani o`rganishdagi ahamiyati
“Arxeologiya” so’zining yuzaga kelishiga 2,5 ming yildan ko’proq vaqt otgan
bo’lsada, u fan sifatida XIX asr davomida shakllanib ijtimoiy, fanlar darajasiga
ko’tarildi. “Arxeologiya” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “arxayos” – qadimgi,
“logos” – fan, ya’ni qadimiyatni o’rganadigan fan ma’nosini bildiradi. Arxeologiya,
o’lkashunoslik va tarix fanlarining asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
Markaziy Osiyoda tarixchilik ilmi juda qadim zamonlarda yuzaga kelgan
bo’lsada, o’sha zamonlarda yuzaga kelgan ko’pgina asarlar bizgacha yetib
kelmagan. Xorazimlik mashhur olim Abu Rayxon Beruniyning yozishiga qaraganda
arab istilochilari mahalliy olimlarni yo’qotibgina qolmay, mahalliy til va mahalliy
yozuvdagi ko’pgina asarlarni yondirib yo’q qilib tashladilar. Ana shu tufyli
o’lkamizdagi olimlarning nodir asarlarni saqlanmagan, ko’p qimmatli asarlar xorijiy
mamlakatlarga tashib ketilgan. Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi”,
Bal’amiyning “Tarix tobori tarjimasi” kabi asarlarning yozilganligiga ming yildan
ko’p vaqt o’tgan bo’lib, xalqimizni qadimiy tarixini o’rganishda muhim ahamiyatda
ega.
O’zbekiston hududida umuman, Markaziy Osiyo mintaqasida o’zbek xalqining
shakllanish jarayonini sug’dlar va Sug’diyonasiz tasavvur qilish mumkin emas.
Bunga hozircha saqlanib qolgan yozma manbalar ana shundan dalolat beradi.
O’zbekiston hududida istiqomat qilgan zahmatkash va jafokor so’g’dlarni
o’rganishmiz uchun arzigulik qimmatli yozma manbalar qoldirganlar. Bizningcha
O’rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, o’zbek xalqi so’g’dlarning bevosita vorisi
hisoblanadi. So’g’d xalqining tiliga, siyosiy huquqiy qonunlariga iqtisodiy – ijtimoiy
hayotiga, ma’naviyatida daxldor bo’lgan barcha hujjatlarni va manbalarni talqin
qilish va har taraflama o’rganish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1998 yil 27 – iyul “O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix
institute faoliyatini takomillashtirish to’grisida”gi qarori tufayli yanada dolzarb
masalalardan biriga aylandi. Tarix fanida turkiy xalqlarning asl makoni to’ronda
azaliy etnos ekanligini, bu yerda Sug’diy, Xorazmiy, Boxtariy kabi xalqlar bilan
birga hamjixat yashaganini inkor qilishga urunishlar ba’zi hollarda ko’zga
tashlanmoqda.
So’g’d yozma yogorliklarining ko’pchilik qismi O’zbekiston qisman
Tojikiston, Qirg’iziston Sharqiy Turkistonda topib o’rganilgan. Bunga so’g’dlarning
“Buyuk ipak yo’li” bo’ylab xalqaro savdo munosabatlarida faol ishtirok qilganliklari
sabab bo’lgan edi. Umuman olganda so’g’dlar vatanimiz tarixida qadimgi va ilk
o’rta asrlar davrida yashagan salmoqli nufuzga ega xalq hisoblanadi. Mahmud
Qoshg’ariy o’zining “Devonu lug’atit turk” asarida so’gdlarning Markaziy Osiyo
bo’ylab qadim zamonlardan turkiy aholi nufuzi kattaligi tufayli ko’p hollarda
turkiylashib borganligini ko’rsatib o’tadi. Bu xalq milloddan avvalgi IV –III
asrlardan boshlab o’lkamizda yozuv madaniyatini yaratishdek buyuk jarayonga o’z
hissasini qo’shgan. Umuman olganda so’g’d yozuvi Xorazmiy, Parfiyon, Baxtar
yozuvlari bilan bir qatorda shakllangan va sharqqa tomon fonlik harf belgili
alifboning yaratuvchilik an’anasining yoyilishiga xizmat qilgan.
Rossiya imperiyasining komunistlar boshqargan davridagi hukmron mafkura
mohiyati asosida davlat tushunchasiga ham sinfiylik nuqtai nazaridan yondashilgan
edi. O’zbek davlatchiligi miloddan avvalgi VII asrlardayoq qaror topgan bo’lsada,
ammo marksizm – leninizm ta’limoti bo’yicha yurtimizdagi ijtimoiy siyosiy tuzum
milodiy IV asrga qadar quldorlik, 1924-yilga qadar feodal, 1991-yilgacha esa
sotsialistik mazmunga ega bo’lib kelganligi sovet tarixshunosligida doimo uqtirib
kelindi. Go’yo jamiyat taraqqiyoti jarayoni biron millat va jamiyat blan uzviy
bog’liqda emas, formatsiyalar va sinfiylik nuqtai nazaridan baholangan edi.
Sak, Skif, Massaget va So’g’d bo’lgan ajdodlarimiz Eron ahmoniylariga,
Yunon – makedon bosqinchilariga, arab fohishalariga qarshi Vatan ozodligi uchun
kurash olib borib, ko’p qurbonlar berganlar.
Tarixiy manbalarda ta`kidlashicha, miloddan avvalgi 327-yilning qishini
Aleksandr Nautakda o`tkazdi. Bahorda esa So`g`d qal`asini qo`lga kiritishga
otlandi. Yunon tarixchilarining yozishicha, Baqtriya va Sug`diyonadan tog`lar
orasida bir necha mustahkam qal`alar joylashgan. Ular So`g`d, Sizimeta, Arimaza
va Xerion deb atalgan. Ammo bu ma`lumotlar mavjud qadimgi qal`alar bilan
solishtirganda ularning faqat ikkitasini taxmin qilish mumkin bo`lgan. Olimlar
Sug`d qal`asi Nautak rayonida, Urgut tog`larida, Xerion qal`asi esa Hisor tog`lining
Boysun tizmalarida joylashgan deb ta`kidlashgan.
Kurs Ruf Nautak qal`asining hokimi Sisimfr bo`lgan, degan fikrni aytsa,
Arrian qal`aga Herion hokimlik qilardi deydi. Arrian qal`a nomini tilga olmaydi.
Ularning ayrimlari bu qal`ani Nautak bilan chalkashtiradi. Boshqa birlari bu qal`a
Oks daryosi bo`ylaridagi baland tog`larga joylashgan edi deyishadi. Arrian qal`a
Sug`d tog`iga muallifning bu o`rnida qaysi tog`ni nazarda tutgani aniq emas. Biroq
qal`aning nomi tarixiy asarlarda tilga olinmaydi. Muhimi shundaki, har ikkala
qal`adagi hujum tasviri bir xil ifodaga ega. Asarda Sug`diyonalik Oksiart qal`a
hokimlari Sisimfr va Herionga Aleksandr tomonidan elchi qilib yoborilgan deyilgan.
Qal`ada Arrianning ta`kidlashicha, Oksiartning xotini va qizlari yashiringan bo`ladi.
Bundan yana bir anglashilmovchilik kelib chiqadi. Aleksandrning yaqin kishisi
Oksiart nega xotin va qizlarini Sug`d tog`idagi qal`aga joylashtiradi.
O`rta Osiyoning antik davrlari tasvirlangan asarlarda ayrim hollarda bir-biriga
zid va takror bo`lgan ko`plab lavhalarga duch kelamiz. Bu holat ayniqsa, Kurs
Rufning ”Aleksand Makedonskiy tarixi”, Arrianning ”Aleksandrning yurishi”
asarlarida yaqqol ko`zga tashlanadi.
1
Biz ushbu keltirilgan tarixiy asarlarni o`rganish asosida hamda tarixchi,
Respublikamizning yetakchi arxeologlarining chuqur xulosalarga tayangan holda
haqiqiy tarixiy voqea joylarini yoritib berishga harakat qildik.
Aleksandr Makedonskiy Turonda Spitamen boshchiligidagi Sak, massaget va
skiflar qarshiligini tor-mor qilgandan so`ng, Samarqand atrofi, Zarafshon daryosi
bo`ylaridagi aholi manzillarini talab, o`t qo`yib kulini ko`kka sovurdi. Ming-
minglab kishilar ayovsiz qirib tashlandi. Yunonlar taqibidan sog`-omon qolgan
yurtdoshlarimiz Sangzor daryosi bo`ylab Jizzaxga chekindilar. Iskandar qo’shinlari
uchun Jizzax shahrini egallash oson bo’lmadi. Jizzax, Qaliya va boshqa shahar
mustahkam qal’a devorlari, yaxshi qurollangan himoyachilari bilan mudofaa
qilinardi. Dushmanning toshotar qurollari qamaldagilarni chalg’itib turgan bir
1
Holmurodov R.M. Sug`d tog`idagi jang tarixi. Antik dunyo.
№
5-6, 2012, 14-bet.
paytda, Iskandar qalqonchi va kamonchi shaxsiy jangchilari bilan suv kirib, suv
chiqadigan qurigan o’zan orqali shaharga kirib, shahar darvozasini ochadi. Dushman
qo’shinlari shahar ichkarisiga kiradi va og’ir janglar bo’ladi. Shahar
himoyachilaridan ko’p jangchi qurbon bo’ladi. Iskandar Jizzax shahrini egallaydi.
Kuchlar teng bo’lmagani bois, ular Jizzax, so`ng Rovotsoy tog`i tomon chekinib
boraverdilar. Borishda ular yo’l-yo’lakay epchil, chaqqon, jasur, sara jangchilarni
pistirmalarga qo’yib ketaverganlar. Bu usul yunon qo’shinlarini tobora tog’
ichkarisigacha ergashtirib ketish strategiyasi edi. Himoyachilarning harbiy rejasi ish
berib, dushmanni Ravotdan to Ko’rpasoygacha qariyb 9 km ichkariga boshlab
borganlar. Ularni taqib qilib kelayotgan Makedon qo`shinlari Jizzaxda xususan
Qaliyada to`xtab, qarshilik ko`rsatish harakatini yo`qotish rejasini tuzadi. Arianni
ta`kidlashicha (mil av 92-175) qarshilik ko`rsatish birlashmalarini soni 30 mingga
yaqin bo`lgan. Ravot bilan Ko`rpasoy oralig`i 8-9 kmni tashkil etadi. Ko`rpasoyga
borgancha soyning ikki tomoni tik qoyalardan iborat bo`lgan. Himoyachilarning
jang qilish imkoniyat nihoyatda katta edi. Ularni pistirmada hech kim, hatto qushlar
ham payqay olmagan.
Afsuski, Ahamoniylar hukmronligining mustamlaka tuzumi sharoiti ularni
jang qilish san`ati imkoniyatini cheklagan. Barcha erkaklarda ov qilish uchun o`q-
yoydan boshqa qurollari deyarli bo`lmagan. Bu qurollar ham yetarli emas edi.
Shunga qaramay vatanparvarlar dushmandan o`ch olish ishtiyoqida o`zlari uchun
qulay, dushmanlari uchun o`ta noqulay joy tanladilar. Ko`rpasoydan,
Paymartsoydan Ravotga tomon sharqirab oqayotgan suv tovushi dushmanlarni qiya
betlardagi himoyachilarni ayrim harakatlarini mutlaqo seza olmasligi tabiiy. Ikki soy
betlaridagi tik qiya tog`larning balandligi 500-600 metr chamasida.
Himoyachilarning joylashgan o`rinlari dushmanni yoy bilan aniq nishonga olish
masofasi tik qoyada 200-250 m tashkil etgan. Harsangtoshlarning xarsang toshlari
yumalatish joylari masofani tanlamagan. Himoyachilar boshliqlari bir-ikki yil
davomida dushmanlar bilan ro`para kelgan, ularni jang san`atidan xabardor bo`lgan
yurtdoshlarimiz edi.
Yunon makedon qo`shinlari muntazam qo`shin bo`lib, ko`p yillar harbiy
tayyorgarlik ko`rgan, ko`p yillik tajribaga ega, mag`lubiyat nima ekanligini bilmay
kelayotgan edi. Ximoyachilarni Ravotsoy, Uobsoy, Tangi, Ko’rpasoy, Og’ajon va
boshqa ko’pgina qishloq aholisi barcha imkoniyatlarini ishga solib, qo’llab-
quvvatlaganlar. Ayniqsa, tog’ni yaxshi bilganlar, jangchilarni pistirma uchun qulay
joylarga joylashtirganlar. Bu voqea Ravotsoy bilan Ko`rpasoy oralig`ida jang qilish
dushmanlar uchun nihoyatda noqulay bo`lgan joyda bo`lib o`tgan. Grek makedon
qo`shinlari bexosdan dahshatga tushub, kimdir ”Varvarlar” deb hayqirsa, kimdir
”Dushmanlar” deb baqir-chaqir qilishar, kimdir ”Pistirma” deya baqirishib
sarosimaga tushdilar. Qoyalar tepasidan harsang toshlar ular boshiga yashindek
gumburlab dushman ustiga tusha boshladi; har tarafdan paykonli o`qlar jaladek
yog`ildi. Vatanparvarlarning hujumlari shu qadar tez sodir bo`ldiki, dushman
jangchilarining ilg`or qismi bu zarbalardan halok bo`ladilar.
Yunonlarning qoyalarga chiqishi qiyin edi. Qoyalar hamma tomondan tik
bo`lib, bitta qoyaning yarmida ta`kidlanishicha, juda katta g`or bo`lib, qoya
himoyachilari yunonlarni tepaga ko`tarilishiga imkon bermay, ularni turli himoya
qurollari bilan yer tishlatar edilar. Yunonlar bu joylarni egallashga ahd qildi. Ammo
barcha urinishlari zoya ketdi.
Yunon-makedon jangchilari o`zlarining toshotar qurollari yordamidagina
ularning keskin hujumini biroz bo`lsada susaytirishga erishdilar. Bu jangda
Aleksandrning o`zi dastlab paykon o`qidan biqinidan yaralandi. Shunga qaramay
jangchilarini ilhomlantirish uchun ilgariga qarab intilganida katta harsang tosh
bo`lagining bir qirrasi bo`yniga kelib zarb bilan urilishi uni holdan butunlay
toldiradi. U holsizlanib, ko`z oldi qorong`ulshib otdan qulab tushadi. Aleksandrni
bu holatda ko`rgan yunon jangchilari tahlikaga tushib, yig`lashdi. Ular o`z
hukmdorlarini o`lib qoldi, deb o`ylaydilar”
1
.
Grek makedon qo`shinlarini qo`mondonlari barcha murdalarni to`plab, jangda
o`ldirilgan Iskandar jangchilari yoniga terishni buyurdilar. Dushman murdalarining
1
Boynazarov F. O`rta Osiyoning antik davri. T., 1991, 50-bet.
har qirqtasiga uch nafardan shahid ketgan vatanparvar to`g`ri kelgan
1
. 30 minglik
himoyachilar ham ancha talofat ko`rdi. Makedonlar Yunonistondan to Jizzaxgacha
bunchalik ko`p va og`ir talofat ko`rmagan edilar. Aslida bu jang ularning mag`lub
etilganliklaridan darak berar edi.
Bo’lib o’tgan mudhish jangdan so`ng, shox mahalliy aholining vakillaridan
bo`lgan Oksiart boshchiligidagi elchilarni vatan himoyachilari boshliqlari Arimaz,
Sisimfr va Herionlar huzuriga yubordi. Elchilar Iskandar Zulqarnayn butun dunyoni
egallagani, uni askari nihoyatda ko`pligi, unga bas kelishning qiyinligini uqtirib,
bekorga jang qilmanglar, qishloqlaringiz, ota-onalaringiz, bola-chaqalarimiz qirilib
ketmasin. Agar, Iskandarni tan olsalaringiz, sizlar omon qolasizlar, yunonlar qaytib
ketadi deb ishontiradilar. Muzokaralar ijobiy hal etilgandan so`ng, Aleksandr
qo`shinlari Jizzaxga qaytib keladi. Katta o`tirishda kimdir Aleksandrga Oksiartning
Roksana degan go`zal qizi borligini aytadi. Aleksandr mahalliy aholi bilan do`stlik
ipini abadiy bog`lash uchun go`zal Roksanaga uylanadi. Aleksandr juda ko`plab
ellarni, elatlarni bo`ysundirgan bo`lsada, yolg`iz Roksananing ishqi bilan yashadi.
Chunki, “Roksana dunyoda tengsiz go`zal edi”
2
– deb ta’rif bergan yunon tarixchisi
Kvint Kurtsiy Ruf.
Haqiqatda esa, Aleksandr muqarrar mag’lubiyatdan qutilib qolgani uchun
minnatdorligi evaziga erli xalqni qo’llab-quvvatlashga yanada erishish uchun
qo’llangan edi.
Kurts Ruf o`z asarida sikflarni adolat va tinchlik tarafdori sifatida tasvirlaydi.
Hatto asarda shunday epizodlar berilganki, Skif xalqi tinchlik tarafdori ekanligini,
boshqa varvarlardan farqi, ular qo`pol emas, madaniyati durust edi deb baholaydi.
Kursiy Ruf massagetlar tadbirkorligi va jangovorligiga alohida to`xtab o`tadi.
Homer davrlaridayoq, Skiflarning nomi uzoq, uzoq Afinaga yetib borgandi.
Bu o`rinda Homerning Skiflar haqidagi fikri e`tiboringizni o`ziga jalb etadi. “Homer
o`zining poemasida skiflar haqida kuylagan edi, deb yozadi Flaviy Arrian”
1
Sagdullayev A. O’zbekiston tarixi. T., 1999, 168-bet.
2
Kvint Kursiya Ruf. Istoriya Aleksandra Makedonskogo. Iza-vo, MGU, 1963, str. 307.
Aleksandrning yurishi” asarida Skiflar haqiqatgo`y odamlar bo`lgan. Ular Osiyoda
yashaydi, bir oz kambag`alrog`u, ammo juda haqiqatgo`y.
1
Mana shu dalillarning o`zi ham qadimgi davrlarda xalqimiz orasida
donishmandlar, fozillar, aqli raso, zukko va haqiqatgo`y kishilar yetarlicha
bo`lganligini dalillaydi.
Morguzar tog’idagi bu joy jang tarixi tafsilotlarini Arrian ham, tarixchilarimiz
ham aniq aytib berolmay, birlari Surxondaryoning Boysun tog’larida, birlari
Urgutda, boshqalari taxminan Hisor tog’lari atrofida deb aytishdi. Bu voqeaga
aniqlik kiritishni arxeologlarimizdan Respublika Arxeologiya institutining katta
ilmiy xodimi, hozirda ushbu institut ilmiy ishlari bo’yicha rektor o’rinbosari
M.Pardayev dastlab, Qaliyatepadan IV asrga, yunonlarga oid bir qancha ashyolarni
topdi. Jizzax davlat pedagogika institutimizning katta o’qituvchisi F.Toshboyev esa
Ko’rpasoy yaqinidagi mozorlardan o’sha davrga oid uyum-uyum jasadlarni aniqladi.
Respublika arxeologiya institutining katta ilmiy xodimi A.A.Gritsina jang
joylaridan, xususan Ko’rpasoydan mil.avv. IV asrga oid rad qilib bo’lmaydigan dalil
va isbotlarni aniqladi.
2
Yana bir isbot, haqiqatdan ham Ko`rpasoyga borishda o`ng tomondagi tik
qoyada katta g`or bor. Uning ichiga 400-500 jangchi bemalol sig`adi. G’orning
uzunligi haligacha aniqlanmagan. Aytishlaricha g’or juda uzun. G’orning kengligi
8-10m, balandligi 10-15v bo’ladi. Bu g`orni Ko`rpasoyliklar va tog`liklar hozir
kaptarxona deyishadi. Vaqtida dushmanni yer tishlata olgan g`or.
Yuqorida tilga olinib yanglish aytilgan qoya toshli manzilgoh joylarida olib
borilgan arxeologik ma`lumotlar eramizdan avvalgi I-II asrlarga oid ekanligini
ko`rsatdi. Shuning uchun u joylar Aleksandr Makidonskiyning harbiy yurishlariga
aloqasi yo`q bo`lib chiqdi.
Morguzar tog’ining Ravotsoy va Ko’rpasoy qoyatosh tog’larida olib borilgan
jang, xalqimizning qadimda nihoyatda jasur bo’lganligini, bosqinchi yovlarga qarshi
shafqatsiz kurash olib borganligini ko’rsatadi.
1
Arrian Flaviy. Poxod Aleksandra, Izd-va An SSSR, M-l, 1962, str-33.
2
Gritsina A.A. Ustrushanskiy b
ы
li. T., 2000, str-147-148.
Kushonlar saltanati davrlarida ham o’z mustaqilliklari yo’lida tinmay
kurashganlar. Ana shu davrlardagi ularning o’z mustaqil ichki siyosiy hayotlarining
ifodasi sifatida turli tuman tangalar zarb etib, o’zlarining davlatchilik mayllarini
namoyish qilganlar. VI – VIII asrlarda Turkiston mamlakati Kesh, Buxoro,
Panjakent, Dizak shaharlari misolida Samarqand markaziy hokimiyati atrofida
birlashgan davlat edi. Arab istilosi davrida Turk xoqonligining tashkiliy raxnamoligi
ostida barcha elatlar turkiylar bilan yelkama yelka turib, yurt ozodligi uchun kurash
olib borishgan.
1
So’g’dlarning o’z Vatanlarida qolgan qismi X – XI asrdan turkiy va tojik
xalqlari tarkibiga singib keta boshladi, tabiiyki tillari ham yo’qola boshladi. Buning
oqibatida butun bir tarixiy xalqning o’lkamiz madaniyatini shakllanirishdagi
ishtiroki ham tarixning sirli pardasi ortiga yashirina boshladi. Nihoyat XIX asrning
so’ngi choragi, XX asrning boshlarida O’rta va Markaziy Osiyo jumladan Sharqiy
Turkiston xududida keng tus olgan arxeologik qidiruv tadqiqot ishlari tufayli
so’g’dlardan qolgan noyob yozma yodgorliklar ham topila boshladi, hatto dastavval
bu yodgorliklarning tili ham baxsli edi. 1904 yili Beruniyning “Asar ul boqiya”
(o’sha asr 104 – 105 betlar) asaridagi so’g’d taqvimi atamalari bilan o’sha noma’lum
tilsimotlardagi atamalar bilan bir hilligi, bu tilning so’g’dcha ekanligiga asos bo’lib
xizmat qildi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davri O’zbekiston tarixining eng qadimgi davrlaridan
biri xisoblanadi. Xozirgi zamon tarix fanining ma’lumotiga qaraganda, kishilik
jamiyatining bu davri qariyb bir million yilga to’g’ri keladi. Bu sinfiy jamiyat
yuzaga kelgan, ya’ni sinf paydo bo’lgunga qadar o’tgan davrni o’z ichiga oladi.
Tarixning davrlashtirishga qadar Markaziy Osiyoda iptidoiy jamoa tuzimi davri
bo’lganligiga Shuro tarixchilari shubha qilib kelishardi. Ikkinchidan ko’p vaqtlar
Markaziy Osiyoga aholi go’yo Eron va Shimoloy Hindiston tomonidan ko’chib
kelgan noto’g’ri g’oyalar ilgari surilib ham kelinardi.
O’zbekiston hududida eng qadimgi odamlar ilk poleolit davrida taxminan 700-
500 ming yillar oldin yuzaga kela boshlaydi. Tarixchi olimlar qadimgi sinantrop-
1
Abu Rayxon Beruniy. Tanlangan asarlar to’plami. I jild. 1968, Toshkent, “Fan”, 104 – 105 betlar.
xitoy odamiga yaqin qarindoshlik urug’ida ekanligi, Janubiy-Sharqiy Osiyoning
qadimgi odamlar bo’lganligi taxmin qilishadi. Tarixchilar alohida insonlarning kelib
chiqishi, o’zaro qarindoshlik aloqalari bir oila ajdodlarini o’rganadigan sohani
geneologiya (shajara) deb yuritishadi. Asrlar davomida eng qadimgi odamlarning
turmushi nihoyatda og’ir kechganligi tufayli, tabiat kuchlarini yengishga, tabiiy
muhitga moslashib yashashga muhtoj bo’ganlar.
Jahon fani yutuqlari ko’ra kishilik sivilizatsiyaning ajdodlari Zinjantrop-
Janubiy Afrika, Pitekantrop- Indoneziyada, Sinantrop- Xitoyda, Neandertal-
Germaniyada yashaganligini arxeologlar qazilmalar yordamida va Sharqiy
Afrikadagi Oldivoy Indoonizyadagi Yava orolida 1890 yilda topilgan pitenkantrop
(yunoncha pitegos-maymun, antropa-odam), Pekin shahri yaqinida topilgan
Sinantroplar o’tkir qirrali tosh qurollaridan va tabiiy olovdan foydalanganliklari
tarix arxeolog olimlar tomonidan isbot qilindi. Ilk poleolit davri ishbilarmon
odamning vakilari bo’lmish Zinjantrop va Avstralopiteklar (lotincha janubiy
maymun odami) bundan 2-3 million yillar muqaddam yashagan bo’lsa,
Pitekantroplar millodan avvalgi 700-600 ming yillarda, Sinantroplar esa 700-600
ming yillar ilgari yashaganlari isbot qilindi.
1
Neandertallar g’oyalarni o’zlashtiradilar, qo’l chuqmor va nayza uchlarini
yasab, o’zlariga hayvon terisidan kiyim-kechak tayyorlab olovdan foydalaniladi.
Mamont va boshqa yirik muzlik davri hayvonlarini ovlaydilar.
1938-1939 yillarda mashhur rus arxeologi A.P.Okladnikov tomonidan paleolit
davri yodgorliklari O’zbekiston hududida ko’p topilgan. Arxeologlar muste
makonlarini Surxondaryo viloyatlari Boysun tumanidagi Teshiktoshda qadim
odamlar makonini topishda muvaffaq bo’lganlar. 1947 yilda samarqandli arxeolog
D.N.Lev Samarqand viloyatidagi taxti qoracha dovoni territoriyasida Omon quton
g’orini ochib o’rganadi. Shu davrga oid yodgorliklar Toshkent viloyatining Chirchiq
vodiysidagi Xo’jakent va Obirahmat g’orlarida, Ohangaron vodiysidagi Kulbuloqda
Buxoro viloyatidagi Uchtutda, Farg’ona vodiysidagi Qal’acha va So’x atroflarida
topib o’rganildi. Teshiktosh g’ori butun dunyoga mashhur bo’ldi. Bu yerni
1
Sa’dullayev A.Norqulov N. O’zbekiston tarixi. T., “Sharq”, 1999, 29-30 betlar.
o’rganishdagi xizmatlari uchun professor A.N.Okladnikovga Davlat Mukofoti
laureate unvoni berildi. Teshiktoshdan 3000 dan ortiq tosh qurollari arxar, kiyik
yovvoyi ot, qoplon to’shlar quyon kabi xayvonlarning suyaklari topildi. 1938 yili
Boysun tog’idegi Teshiktosh makonida 8-9 yoshli neandortal bolasining suyagi
topildi. Bola jasadi g’orda qoidali qilib ko’milgan bo’lib, qadimgi tosh asri
qabrlaridan biri bo’lgani isbot qilindi.
1
Antropolog olim M.M.Gerasimov shu noyob
topilmani qayta tiklaydi.
1
1988 yili O’zbekiston Respublikasi F. A muhbir a’zosi O’tkir Islomov
raxbarligida Farg’ona vodiysining So’x va Shohimardon soylari soxillarida
arxeologik tadqiqotlar olib borilib, kata natijalarga erishildi. Arxeologlar Seleng’ur
g’oridan o’sha zamon toshqurollari bilan ko’milgan odam suyagini topdilar. Bu
suyak Must’e davrida odamlarning suyaklari bo’lib na neandertal va na
pitekantronga o’xshaydi. Buni aniqlash maqsadida YUNESKOdan mutaxasislar
chaqirildi. Mutaxassislar bu suyakni sinchiklab o’rganib, uni “Fergantron” odami
deb topdilar. Bu esa fan olamida juda kata yangilik hisoblanadi.
“Fergantron odam”ning yashagan davri qadimgi tosh (neolit) davrining ashel
bosqichi hisoblanadi. Agar Teshiktosh g’oridan topilgan neandartal bolasi bundan
100 ming yillar avval, yashagan bo’lsa, Fergantron odami esa bundan bir million
yillar avval yashagani isbot qilindi. Bu ikki topilmaning tarix fani sohasida
odamzodning paydo bo’lishi muammosining ilmiy yechimida jahon ahamiyatiga
molik ixtiro ekanligini tan oldi.
1955 yili Toshkentda chamasi 15 km g’arbda joylashgan Shoim ko’prik degan
joyning Qoraqamish arig’i bo’yida eng qadimgi tosh davrining izlari ashel davridan
tortib, must’e va undan keyingi davrlardagi odamlarning juda ko’p toshdan yasagan
qurollari topildi. Turkistonda Toshkent viloyatining Bo’stonlik tumanida, Farg’ona,
Qayroqum cho’lida ham achel davrining ba’zi qurollari topilib, o’rganilganda
Markaziy Osiyo va O’zbekistonda taxminan 400 – 500 ming yil ilgari ashel davri
qurollarini ishlatgan ibtidoiy to’da bo’lib odamlar yashaganini isbotlab berdi.
1
Nabiyev A. Tarixiy o’lkashunoslik. T., 1996, 48-49 betlar.
1
Artsixoviskiy A.V. Arxeologiya asoslari. Toshkent., “O’qituvchi”, 1970, 270 – 271 betlar.
Mezolit davri oxirlarida odamlar hayvonlarni qo’lga o’rgata boshlaydilar.
Ovchilar itni o’rgatib olishi bilan ov unumi oshadi. Ov paytida tutib olingan
qo’zichoq, uloq, buzoqlarni o’ldirmasdan manzilgoh yonida zaxira tarzida boqa
boshladilar.
O’rta tosh va mezolit davrida yashagan ajdodlarimiz ibtidoiy san’at
mo’jizalarini yarata boshlaydilar. Bular asosan qoyalarga va qoyatoshlarga qizil
bo’yoq bilan yoza boshlaganlar, o’ymakorlik usulida tasvirlangan ov manzaralari
hisoblanadi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumi davridan qolgan yodgorliklar:
qoyatoshlarga o’yib solingan qadimgi odam va hayvonlarning rasmlari,
Surxondaryo viloyatidagi Zaravut soyi darasida, Samarqand atrofidagi Ilonsoy va
Oqsoyda, Jizzax viloyatining Takatosh (Molguzar tog’i) va Sayxonsoy mavzesida,
Toshkent viloyatining Parkent, Chotqol tog’ tizmalarida, hamda Andijon
viloyatining Xo’jaobod, Imomota tog’ tizmalarida topib o’rganilgan. Molguzar
tog’ining Jizzax shahri yaqinidagi Takatosh va Sayxonsoyda toshga o’yib yozilgan
surat manzaralaridan birida o’ndan ortiq ovchi yovvoyi buqa va arxarlar podasiga
kamondan o’q uzayotganliklari chizilgan. O’rtaga ko’rinarli joyda bir ovchi
ayolning rasmi solingan. Rasmda itlar ham bor. Bu shubhasiz, odam qo’liga
o’rgangan hayvonlarning tasviridir.
1
Neolit (yangi tosh) davrida o’tish, asosan toshni silliqlash va teshish usullarini
o’rganishdan boshlangan. Bu davrda odamlarning katta yutuqlaridan biri sopol
idishlar yasash bo’ldi. Ko’pchilik aholi bu davrda daryo, ko’l va dengizlar bo’yida,
aksariyati qum ustida chayla qurib yashaganlar. Markaziy Osiyoda neolit davri 6 –
4 ming yilliklar bilan belgilanib, odamlar o’troq bo’lib, ovchilik va baliqchilik bilan
kun kechirganlar. Ana shuning uchun ham spool idishlarning tagi tekis emas,
yumaloq yoki tuxum uchiga o’xshash yasalgan. Arxeologlar tomonidan
O’zbekistonda Boysun tog’laridagi Machay, Amir Temur g’orlarida, O’zboy
atrofida va Qoraqalpog’istondagi Yonbosh qal’asi atrofida neolit davri
madaniyatining qoldiqlari topilgan. Bu neolit davri makonlari ichidagi eng diqqatga
1
Xaydarov X. Jizzax viloyati tarixi. Toshkent., “Mehnat”, 1996, 20 - bet.
sazovorlari Qoraqalpog’istonda, Buxoroda topilgan kalta minoralar chaylasi
hisoblanadi.
1
Neolit davrida qabilalarning ko’pchiligi o’troq hayot tarziga o’tib, doimiy
yashash uchun manzilgohlar qura boshlaydi. Guvalakdan uylar qurish boshlanadi.
Urug’ jamoasining qarorgohlari yuzaga keladi. O’troq hayot tarzi va mehnat
qurollarining takomillashuvi jamoalarning ziroat va chorvachilik bilan
shug’ullanishiga turli buyumlar yasay oladigan hunarmandchilikning rivoj topishiga
asos bo’ldi. Bu davrning eng muhim kashfiyotlardan biri kulolchilik, tikuvchilik va
to’quvchilik bo’ldi. Odamlar baliq va qushlarni tutish uchun to’r to’qishni o’rganib
oldilar.
Tosh qurollari bilan mis ishlatilgan davr eniolit deb atalib, bu davr miloddan
avvalgi 4 – 3 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Bu davrning ko’plab manzilgohlari
Turkmanistonda Konetdog’ tog’ etagidagi soylar quyi oqimida anov, Kaxkaxa,
Chacha, Nomozgoh kabi tepaliklardan topib o’rganilgan.
2
Bu davrda Xorazmda
Kaltaminor chaylasidagi kabi yashash davriga o’tib, aholi mayda guruhlarga
bo’linib, suv toshqinlari chegarasida ibtidoiy dehqonchilik bilan birga chorvachilik
bilan shug’ullanganlar. Turkmanistondagi singari Kaltaminor chaylasi yaqinidagi bu
qishloq Qorako’l rayonidagi Zarafshon daryosining qurib qolgan Mahandaryo
havzasidagi 1950 yillar akademik Ya.G’ulomov tomonidan topib o’rganilgan bo’lib,
o’troq aholining toshdan ishlangan qurollari, idishlar, o’qlar, zebu-ziynat buyumlar
va hokozolar topilgan. Xorazmda dehqon va chorvadorlar madaniyati birinchi marta
Kaltaminor chaylasi yaqinida aniqlangani uchun “Toza Bog’yon madaniyati” deb
yuritiladi. Bronza mehnat quroliga ega odamlar yerga tuzukroq ishlov berish orqali,
ekin yer maydonlari kengaydi, ortiqcha mahsulot yuzaga keladi. Bu esa birinchi
yirik mehnat taqsimotining yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
Markaziy Osiyo hududida bronza davri miloddan avvalgi 3 ming yillik
o‘rtalaridan boshlanib miloddan avvalgi 2 ming yillikkacha kelib, o‘z rivojini
1
Artsixoviskiy A.V. Arxeologiya asoslari. Toshkent, 1970, 272 bet.
2
NabiyevA. O’sha ko’rsatilgan kitob, 56 – bet.
yuksak natijasiga ko‘tarildi. Bu davrda o‘troq dehqonchilik taraqqiy etib, yirik
qarorgohlar yuzaga keldi.
Sug‘orishning kelib chiqishi Xorazmda Kaltaminor, Toza Bog‘iyon
madaniyat izlari Amudaryoning toshqin suvlaridan foydalanib yashagan xalqning
madaniyati ekanligi, Moxandaryo havzasida toshqin suvlarni tartibga solib, u erlarda
qishloq xo‘jalik ekinlari: tariq, arpa, kunjut, qovoq, bug‘doy ekib dehqonchilik
qilganlar. Xorazm, Farg‘ona, Zarafshon vohasida ham toshqin suvlar tartibga
solinib, kanal holatiga keltirilgan. Bu Ashel madaniyati davridan tortib, to davlatlar
yuzaga kelganga qadar, ya’ni Markaziy Osiyoda ilk yozma tarixiy ma’lumotlar
yuzaga kelgan, bir necha ming yillikni o‘z ichiga oladi.
Arxeologlar tomonidan sun’iy sug‘orishning kelib chiqish manzilgohlari
Xorazmning g‘arbidan, Qorako‘l cho‘llari, (xozirgi Qaroqolpog‘iston) xududlarida
bundan 2500 2600 yillar ilgari juda katta qal’a binolar yuzaga kelganligi
aniqlaganlar.bu qal’alar ichida imoratlar solingan bo‘lib, qal’alar atrofidagi qadimgi
Soriqamish darasiga kirib, borgan Davdon suvi toshqinlari kanallar orqali
boshqarilib, dehqonchilik va chorvachilik ishlari amalga oshirilgan. Bu davrdagi
yozma manbalarda bayon qilinishicha, miloddan avvalgi VII asrda Markaziy
Osiyoda saklar davlati bilan G‘arbiy Erondagi Axmoniylar davlati yuzaga
kelganiga qadar bu joylar Xorazm davlatiga qaram bo‘lganligi amalda isbotlandi.
Markaziy Osiyoda o‘troq hayot va etnogenez masalalari qadimgi Baqtiriya,
Katta
Xorazm,
Marig’iyona
davlatlari
kabi
xarbiy
demokratik
konfederatsiyalarining paydo bo‘lgani, ilk shaharlar, ilk qal’a, Qiziltepa, Ko‘zaliqir,
Afrosiyob, Yorqo‘rg‘on, Davratepa atrofidagi kanallarning qazib ishga
tushirilganligi kishilarning dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik bilan
shug‘ullanishiga sabab bo‘ldi.
Mamlakatning iqtisodiy hayotida muntazam xom – ashyo yetkazib beruvchi
qishloqlarning nufuzi ko’tarilib, xususan ziroatkor maydonlarga bo’lgan munosabat
ayniqsa ularga egalik qilish udumlari asta sekin o’zgarib bordi. Mamalakatda yer
aristokratsiyasi – dehqonlar qishloqlarga, ariqlar boshiga kelib, bino qura
boshlaydilar. VI asrlarga kelib, qurolli yigitlar – chopar saqlab, atrofidagi qishloq
aholisini o’z foydasiga ishlatib kun kechirdilar. Milodning I asrining 25 yilidan to
IV asrning 50 yillariga qadar hukm surgan Kushonlar davlati o’rniga alohida –
alohida hukmdorlar paydo bo’lib, ularning boshida “dehqonlarning” vakili turadi.
Kata yerga ega bo’lgan dehqonlar aylanasi pasxa bilan o’ralgan, hom g’ishdan
qurilgan qurg’onlarda istqomat qilishgan. Bunday imorat – mudofaa inshootlarning
harobalari hozir Toshkent, Samarqand, Buxoro, Jizzax, Farg’ona vohasi va boshqa
joylarda tepa shaklida saqlanib qolgan.
Tarixiy manbaalarga qaraganda, o’zbek xalqining ijtimoiy, oilaviy maishiy,
shaxsiy turmushida diniy tasavvurlar muhim o’rinni egallab kelganlar. Din ibtidoiy
jamoa tuzumida hozirgacha ma’naviy madaniyatning, oila va shaxsiy hayotiga
singib ketgan. Dinning ildizi eng qadimiy tosh davriga borib taqaladi va keyingi
tarixiy taraqqiyot jarayonida turli xil shaklda namoyon bo’ladi. Miloddan avvalgi III
asrdan boshlab O’rta Osiyo va Shimoliy Hindiston, Grek Baqtiriya davlati, keyinroq
Kushon ham Eftalit davlatlari qo’l ostida bo’lgan. II asrda Kushon davlati budda
dinini Hindistondan O’rta Osiyo va Sharqiy Turkistonga tarqatib, uni davlat dini
darajasiga ko’targan. O’zbekistonda ayniqsa, uning janubiy tumanlarida va Sharqiy
Turkistonda topilgan ko’plab buddizm yodgorliklari o’sha davrga taalluqli ekanligi
hisoblanadi.
O’rta Osiyo qadimiy aholisining xudolari ko’p bo’lib, olovlar ham, tosh,
daraxtlarga ham, ayrim hayvonlar turlariga ham, quyosh, oy, yulduzlarga ham
sig’inishgan. Biroq eramizdan oldingi 2000 yilning oxirlarida 1000 yillikning
boshlariga kelib, yangi – otashparastlik dini yuzaga keldi. Bu din ta’limotchisi
sifatida Spidamid Zardusht (Zaratushtra, Zaraost) yuzaga keldi. Zardusht ta’limoti
tomonidan yaratilgan “Avesto” (aslida Ovisto) O’rta Osiyo, Eron va Ozaybayjon
xalqining qadimiy muqaddas kitobi hisoblangan. Bu diniy asar otashparastlar yani
quyosh va olovga sig’inuvchilar – zardushtiylarning iqtisodiy – ijtimoiy xayoti, olam
to’g’risidagi tasavvurlari, urf odatlari, madaniyatlari yozuvlarni o’rganishdagi
muhim manba bo’lib xizmat qilmoqda. Otashparastlik Zardusht dinining rivojlanishi
Eronda emas balki O’rta Osiyoda bo’lganligi arxeologlar tomonidan isbotlandi.
Akademik Ya. G’ulomov 1936 yili Xorazmning Mang’it tumanidagi Kubba tog’
ustida Zardushtiylarning qabristonin topib, unga xom g’ishtlardan qurilgan 60 metrli
tor bino xarobasi ichida benihoya ko’p inson suyaklarining qoldiqlari
saqlanganligini aniqlashga muvofiq bo’ldi. Chunki, Zardushtiylik dini e’tiqodiga
ko’ra koinot olov, tuproq, suv va xavo kabi to’rt unsurdan tashkil topgan. Bu
unsurlar muqaddas hisoblangan va ularga nisbatan kishilarning e’tiqodi nihoyatda
kuchli bo’lgan. Ularga iflos va badbo’y narsalarni tashlash taqiqlangan. Hatto
marhumlar jasadini yerga ko’mish, suvga tashish, ko’katlar ustida qoldirish
taqiqlangan. O’sha zamon udumlariga ko’ra marxum yashagan xonadonda bir necha
kun o’t yoqilmagan, taom pishirilmagan. Murdalar toshloq tepaliklar yoki shahardan
tashqarida bino qilingan maxsus daxmalarning ustida qoldirilgan. Quzg’unlar va
yirtqichlar ularning etini yeb bitirgach, suyaklari quyoshda sarg’ayib toblangach,
ularni jamlab, qopqoqli sopol ostonlar(tobut)ga solib qo’yilgan. Barcha motam
marosimlari tugagach, marxum ustixonlari solingan ostadon (ossuariy) – tobutcha
maxsus xilxona “naus”ga kiritilib, supa ustiga terib qo’yilgan.
1
Ya.G’ulomov nomli Samarqand arxeologiya instituti arxeologi A.Gritsaning
olib borgan izlanishlari tufayli Jizzax viloyati hududida ham marxum murdalarning
tepaliklar va shahardan tashqarida bino qilingan mahsus daxmalar Zomin tumaning
Kultepa, Azlartepa va boshqa yirtqichlar yeb bitirgach, qopqoqli sopol ostadonlarga
ko’milganini topishga muvofiq bo’ldi. Marhumning ustixonlari usti yopiq xumlarda
ko’milgan tuman markazidan uncha uzoq bo’lmagan Qizilsoy qishlog’ida,
Zominsoy, Pshag’arsoy hududlarida topib o’rganildi. Jizzax shahri va uning atrfida
olib borilgan qurilish ishlari natijasida aholi tomonidan topilgan mahsus
tayyorlangan katta hajmda sopol xum ostadonlar xozirgi paytda Zomin tumani tarixi
muzeyida namoyish qilinmoqda.
1
Jizzax vohasida, Sangzor daryosi bo’ylarida sug’orma dehqonchilik
rivojlanadi. Hunarmandlar yasagan mis, bronza va temirdan yasalgan mehnat
quroliga ega bo’lgan odamlar tomonidan yerga ishlov berish yaxshilanib bordi.
Chorvachilik va hunarmandchilikning rivojlanishi, ekin maydonlarining kengayishi
1
Muxammadjonov A. O’zbekiston tarixi. 1999, 45-bet.
1
Gritsina A. A. O pogrebleniyax v xumax v Zaaminskom tumane. O’zbekiston moddiy madaniyat tarixi, 2 –
kitob, Samarqand, 1999, 222 – 225 bet.
tufayli qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish yuzaga keladi. Bu xol
chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishiga, hunarmandchilikning
rivojlanishiga, mehnat taqsimotining yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. O’rta Osiyo
hududida qadimgi yuksak madaniy hayot yo’lini bosib o’tgan
Do'stlaringiz bilan baham: |