Fransuz matematiklari Ferma (1601-1665) va Dekart (1596-1650) tahminan bir vaqtda analitik geometriya fanini yaratdilar. Ular geometriyadagi o‘zaro bog‘lanishlarini analitik funksional bog‘lanishlar orqali berdilar. Bu bog‘lanishlarni algebra va analiz yordamida o‘rganishning umumiy sxemasini berdilar. Ferma va Dekartlarning bu g‘oyalari matematik fikrlashning ulug‘vor yo‘nalishlardan hisoblanadi. Ammo bu g‘oyalarni qadimgi zamonlarda ham paydo bo‘lganligini ham aytish zarur. Dekartning 1637 yilda yozgan «Geometriya» asaridan 100 yil keyin Nyutonning (1642-1727) «Metod flyuksiy» (1736 y.) asarida bayon etilgan cheksiz kichik miqdorlar tushunchasi matematik analiz faniga asos soldi. CHeksiz kichik miqdorlarning paydo bo‘lishi va uni geometriya faniga qo‘llanishi geometriyaning yangi shahobchasi diferensial geometriyalarning hisoblash usullari paydo bo‘ldi. Matematiklar orasida shunday ishqivozlar borki, ular geometrik masalalarni arifmetika va algebra vositalari bilan emas balki geometrik usul bilan echishni tavsiya qilganlar. Ularning geometriyani geometrik usullar asosida yaratish kerak degan fikrdalar. Ammo geometriyaning sintetik usullariga keng yo‘l berib, analitik usullarning ahamiyatini inkor qilish yaramaydi. Sof geometrlar o‘z oldilariga maqsad qilib analitik geometriya masalasini sintetik tahlil qilish zarur deb hisoblaydilar.
Ular geometriya uchun prinsipni amalga oshirib, yangi geometriyani yaratishga erishdilar. Bu yangi fan ya’ni geometriyaning yangi shahobchasi umuman sonlar haqida va miqdorlar haqidagi tushunchalariga ega bo‘lmaydi. Bu geometriyaning ustunligi proeksiyalash usuli qo‘llaniladi. SHuning uchun uni proektiv geometriya deb nomlandi. Proektiv geometriya o‘zining taraqqiyotiga XVIII asr oxiri va XIX asr boshlariga ega bo‘ldi. Bu geometriyani yaratuvchilari fransuz matematiklari Ponsele va SHals va nemis matematiklari Myobius va SHteynerlar hisoblanadi.
SHtaud va Reye asarlarida proektiv geometoriya o‘zining eng yuqori darajasiga erishgan.
1636 yilda Dezarg (1593-1662) perspektiva haqida risola chop etdi. Bu risolada Ponsele va SHalning g‘oyalari rivojlantirildi. Perspektiv yasash masalalari proektiv geometriyani rivojlantirishga boshlang‘ich asoslardan biri bo‘lib, ular ko‘pgina tushunchalarni umumlashtirdi. Bu tushunchalar proektiv geometriyada o‘z o‘rnini topib uning asosini tashkil qildi.
XVIII asrning oxirida mashhur «Politexnika maktabi» asoschisi fransuz olimi va injeneri G.Monj (1746-1818) o‘zigacha ma’lum bo‘lgan tasvirlash usullarini bir tizimga keltirib uni chuqur nazariy asoslab berdi. Bu yangi nazariya geometriya fanidan chizma geometriyani ajratdi. Uch o‘lchamli shakllarni geometrik qoidalarini qo‘llagan holda tekislikka tasvirlash texnika va san’atning amaliy masalalarini echishdan hosil bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |