5. Психологик билимларнинг системаси


Шахс ривожланишини даврлаштириш



Download 1,02 Mb.
bet115/128
Sana31.12.2021
Hajmi1,02 Mb.
#229708
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   128
Bog'liq
гост икки

141.Шахс ривожланишини даврлаштириш. Psixika rivojlanishini yoshga oid davrlashtirish masalalari A.N.Leontev, L.I.Bojovich, V.V.Davidov, M.I.Lisina, A.V.Petrovskiy, D.I.Feldshteyn va boshqalarning ishlarida batafsil ko‘rib chiqilgan. V.I.Slobodchikov va R.A.Tsukermanlar yoshga oid davrlashtirishning birmuncha mashhur ikki modelini E.Erikson va D.B.Elkonin ta’limotlarini tahlil qilgan. Ularning fikriga ko‘ra, bu ikki ta’limot «muvozanatlashmagan» va «to‘liqsiz»ligi bilan farqlanadi. E.Erikson birinchi o‘ringa rivojlanishning ichki manbalarini qo‘ysa, D.B.Elkonin-tashqi muhitni qo‘ydi. Mualliflar umumiy psixik rivojlanish va davrlashtirish nazariyasi asosiga, bir vaqtning o‘zida rivojlanishning ikki tomonini – uning ob’ekti va manba’sini o‘z ichiga oluvchi «mavjudlik birligi» tushunchasini qo‘yishni taklif qilganlar har qanday insoniy birlikni (mavjudlikni) tuzilishida kamida ikki kishi ishtirok etadi va birlikning mazmuni va shaklini almashinuvi hamkorning almashinuvi bilan kuzatiladi. Psixik rivojlanishning integral davrlashuvini umumiy ko‘rinishi o‘zida bazis (asos) birlikning har-hil turlarida shaxs rivojlanishining sub’ekti sifatida inson rivojlanish bosqichlarini aks ettiradi. Har bir bosqich murakkab tuzilishiga ega: mavjudlikni shakllanish bosqichi va mustaqillikni shakllanish bosqichi, tug‘ilish inqirozi (yangi birlikka o‘tish) va rivojlanish inqirozi (yangi birlikni o‘zlashtirish) farqlanadi. Yondashuvni keng batafsil yoritmasdan ajratilgan bosqichlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz: I. Jonlanish (tug‘ilgandan 12 oylikkacha, katta yoshdagi qondoshi bilan umumiylik. Bola o‘zining jismoniy psixosomatik individualligini egallaydi. II. Ruhlanish (11oylik-6,5yosh) – katta yoshdagi yaqinlari bilan umumiylik (birlik). Bola o‘zi uchun ilk bora o‘zining o‘zligini (mashhur bo‘lgan «Mening o‘zim!») kashf etadi, o‘zining shahsiy hohish va qobiliyatini sub’ekti deb biladi. III. Shaxsiylashuv (5,5-18 yosh)-qo‘liga qalam tutgan insonning hamkori bo‘lib, madaniyat sohasidagi ijtimoiy kattalar hisoblanadi; o‘qituvchi, murabbiy, ustoz va b.r. Inson birinchi marotaba o‘zini shaxsiy tarjimai holining muallifi ekanini anglaydi, kelajagi uchun shaxsiy javobgarligini his qiladi, boshqa odamlar bilan birgalikdagi turmush ichida o‘zining ular bilan o‘xshashlik chegaralarini aniqlaydi. IV. Individuallashuv (17-42yosh)-insonning hamkori bo‘lib, ijtimoiy qadriyatlar va ideallar tizimi bilan asoslangan, faoliyat munosabatlariga u bilan kirishuvchi insoniyat hisoblanadi. Sub’ekt rivojlanishining ushbu bosqichini mohiyati – insonning shaxsiy mavqeini o‘lchashiga ko‘ra ijtimoiy qadriyatlarni individuallashuvidir. Inson o‘z mustaqilligi uchun javobgar bo‘lib boradi. V. Universallashuv (39yoshdan yuqori) har qancha rivojlangan individuallik chegaralaridan tashqariga chiqish va bir vaqtning o‘zida umumiy-yuqori insoniy, ekzistensial qadriyatlar doirasiga «o‘zining boshqasiga» kirish. Ilohiy insoniyat universal voqelikni anglashdagi suhbatdosh va tuzishdagi ishtirokchi sifatidadir. Slobodchikov va Sukermenlar kimyodagi Mendeleyev jadvali yoki biologiyadagi evolyutsion shajara bilan davrlashtirish chizmasining ahamiyatini taqqoslab, davrlashtirish chizmasini katta amaliy ahamiyatiga ishonch hosil qildilar: «Agar rivojlanishning umumiy haritasi tuzilsa, psixolog va pedagoglar turli yoshdagi odamlar uchun rivojlanishning maqbul yo‘llarini (ma’lum bir qadriyatlar nuqtai-nazaridan) ta’minlash uchun, ular yaratadigan madaniy - ta’limiy kenglikdagi bo‘shliqlar, oq dog‘larni ko‘rishlari mumkin. So‘nggi yillarda psixik rivojlanishda inqirozlar g‘oyasini nazariy va eksperimental o‘rganish keng avj oldi. Inqiroz davrlarining yangi tuzilishi L.I.Bershedova tomonidan yoshga bog‘liq rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tishga psixologik tayyorlik shaklida tahlil qilingan. K.N.Polivanova ishlarida og‘ir «inqirozli» yosh davrlarida ontogenetik rivojlanishda real va ideal shakllarni o‘zaro o‘tishi sodir bo‘lib, bu o‘zaro ta’sirning murakkab ichki mehanizmi ochiladi. Bu mantiqda inqiroz (og‘ir) yoshi zaruriyat yuzasidan bir qator keyingi keluvchi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Psixologlar diqqat markaziga nafaqat yoshdagi yangi tuzilmalar balki, «yo‘qotishlar», (me’yoriy yoshga doir involyutsiya belgilari) ham kiritilishiga e’tibor qaratiladi. Yoshga oid dinamika nafaqat kattalar nuqtai nazaridan (yetilishning psixofiziologik me’yori va yoshning madaniy me’yoriga muvofiqlikni bola tomonidan egallanishi nuqtaidan) balki «o‘zini his qilish» bolalik me’zonlarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqilishi kerak.zamonaviy psixologlar postindustrial axborotli davrda ijtimoiy hayotning yangi yondashuvlariga ahamiyat qaratmoqdalar. XX asrning oxiri XXI asrning boshi hayotning odatiy davrlarini chegarasi va yoshga oid barqaror orientatsiyalarning yemirilishi bilan harakterlanadi. Davr xodisalari tobora vaqt va kenglikda individuallashadi va keng o‘lchamda turlanadi (o‘zgaradi): maktabga chiqish vaqti, talabalik davri, mutaxassisligi bo‘yicha ish boali, shuningdek nikohga kirish, erta va kech farzand tug‘ilishi. K.N.Polivanova «yosh g‘oyasi», «madaniy yosh» (tushunchalari) kategoriyalari insonga munosabat vositasi sifatida (o‘zining ahamiyatini) uning jamiyatdagi o‘rnini aniqlab, unga ma’lum bir talab va kutuvlarni qo‘yib, o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. Biroq, zamonaviy holat yagona «yosh pog‘onalardan» individual rivojlanishning noaniqligiga o‘tishni aks ettiradi. Ayrim tadqiqotlar davrlashtirish yondashuviga muqobil sifatida hayotiy hodisalar psixologiyasini rivojlantirishni taklif qiladilar. Bu muammoda ko‘p jihatlar o‘rganilmay qolmoqda, lekin uning o‘rganish usullari nazariy jihatdan yetarli darajada aniq yoritilgan. D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontьev) nazariyasiga, har qaysi rivojlanish pallasida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi rolьi nazariyaning asosiy mohiyatini tashkil qiladi. D.B.Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim toshdi:

1. Go’daklik davri - tug’ilgandan 1 yoshgacha - yetakchi faoliyat -bevosita emotsional muloqot;

2. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - yetakchi faoliyat -predmetlar bilan nozik harakatlar qilish;

3. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - rolьli o’yinlar;

4. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha - o’qish;

5. Kichik o’smirlik davri - 10 yoshdan 15 yoshgacha - shaxsning intim (dilkash, samimiy) muloqot;

6. Katta o’smirlik yoki ilk uspirinlik davri - 16 yoshdan 17 yoshgacha; - yetakchi faoliyat - o’qish, kasb tanlash davri.

D.B.Elkonin tasnifini ko’pchilik psixologlar tomonidan e’tirof etilsa-da, biroq uning birmuncha munozarali tomonlari mavjud. Umuman D.B.Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa yosh davrlari psixologiyasida muhim o’rin to’tadi. Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyondasi A.ALyublinskaya inson kamolotini yosh davrlarga ajratishda faoliyat nuqtai nazaridan yondashib, quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi;

1. CHaqaloqlik davri - tug’ilgandan bir oylikkacha;

2. Kichik maktabgacha davr - 1 oylikdan 1 yoshgacha;

3. Maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr -1 yoshdan 3 yoshgacha;

4. Maktabgacha tarbiya davri - 3 yoshdan 5 yoshgacha;

5. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11, 12 yoshgacha;

6. O’rta maktab yoshi davri (uspirin) - 13 yoshdan 15 yoshgacha:

7. Katta maktab yoshi davri-15 yoshdan 18 yoshgacha.

Pedagogik psixologiyaning taniqli namoyondasi B,A.Krutetstkiy insoning ontogenetik kamolotini quyidagi bosqichlardan iboratligini ta’kidlaydi:

1. CHaqaloklik (tug’ilgandan 10 kunlikkacha);

2. Go’daklik (10 kunlikdan 1 yoshgacha);

3. Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);

4. Bog’chagacha davr (3 yoshdan 5 yoshgacha};

5. Bog’cha yoshi (5 yoshdan 7 yoshgacha);

6. Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 11 yoshgacha);

7. O’smirlik (11 yoshdan 15 yoshgacha);

8. Ilk o’spirinlik yoki katta maktab yoshi (15 yoshdan 18 yoshgacha).



Yuqoridagi barcha tasniflar ularga qanday nuqtai nazardan yondashilganligidan qat’iy nazar inson kamolotini to’la ifodalab berishga ojizlik qiladi. Go’daklik davri bolaning tug’ilganidan bir yoshlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Go’daklik davri inson hayotidagi organik ejtiyojlarni (kislorodga, ovqatga, issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yo’naltirilgan hatti–harakatlarning tug’ma, instinktiv shakllari sof xolda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi. Bola tug’ilishining birinchi haftasidanoq uning ko’rish va eshitish sezgilari jadal suratda rivojlanadi. Ilk go’daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, harakat holatidan juda jadal ravishda rivojlanadigan, quvnoq bolaga aylanish davridir. U qisqa vaqt ichida kattalar bilan munosabat o’rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga o’rganadi. U atrof olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo’li bilan ushlab, ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e’tibor beradi va predmetlar yordamida shu tovushlarni o’zi yaratishga harakat qiladi. U o’z onasi va boshqa yaqinlari bilan emotsional munosabatga kirishadi. Go’dak yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanadi. Go’daklik davridagi bolaning hayoti to’liq kattalar bilan hamkorlikdagi emotsional munosabat bilan bog’liq bo’lib, bola kayfiyatining yaxshi bo’lishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi. 4-5 oyligidan boshlab, bola o’z yaqinlarini begonalardan ajrata boshlaydi. Kattalar bilan emotsional munosabat shu yoshdagi bolalarning asosiy yetakchi faoliyati bo’lib, bola psixik taraqqiyotining asosi bo’lib hisoblanadi. Kattalar yordami bilan bajariladigan barcha hatti–harakatlari bolaning kelgusi psixik rivoji uchun asos bo’ladi. Kattalarning bolaga nisbatan emotsional munosabati, ularning gaplariga bolaning o’z diqqatini qaratish, javob qaytarishga harakat qilishi, ba’zi so’zlarni yodida saqlab qolib, emotsiya bildirishi, diqqat, xotira, nutq va boshqa bilish jarayonlarining rivojlanishiga zamin bo’ladi. Go’dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o’z onasining yuzini va ovozini o’zgalarnikidan ajrata boshlaydi. 3-4 oyligidan boshlab, bolalar yaqinlariga o’z harakatlari bilan ko’rish, eshitish yoki gapirishni xohlayotganligini ko’rsatadilar. 8 oyligidan boshlab esa, bola o’zgacha muhit va begonalar qo’liga tushsa, o’z xavotirini yig’isi orqali namoyon etadi. Bu xavotir 14-18 oyligida asta–sekinlik bilan kamaya boshlaydi. Ilk bolalik (1-3 yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatga molik, uning kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi - muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to’g’ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Kattalar bilan bo’ladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida ko’proq ma’lumot oladi. Nutq - bu yoshlarda nafaqat muloqot, balki bola tafakkurining rivojlanishi va o’zini-o’zi, shuningdek, bilish jarayonlarini boshqarish vositasi bo’lib ham xizmat qiladi. Ilk davridagi bolalarning yetakchi faoliyat turi - predmetlarni o’rganish hisoblanadi. Go’daklik davridagi bolalarga nisbatan, ilk bolalik davridagi bolalar atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan ko’proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar, go’dak bola qo’liga ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2-3 yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan o’rganganidan so’nggina, o’z amaliy faoliyatida ishlata boshlaydi. Bolani dastlab, ayni shu predmetlarning qo’llanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, u o’z savoliga javob olish maqsadida ko’pincha kattalarga «Bu nima?» degan savol bilan murojaat qiladilar. 3 yoshlar arafasida predmetlarning vazifalarini to’la o’zlashtirgan bolalar, o’z o’yinlarida, shu predmetlardan maqsadsiz foydalanib qolmay, balki ularni o’z vazifalariga kura ishlatadilar ham. Ilk bolalik davrida Bolaning tafakkuri turli faoliyatlarda, xususan, o’yin faoliyatida rivojlanadi. Bilish jarayonlari va o’yin faoliyati bola nutqini rivojlantiradi. Bolaning nutqi situativ xarakterga ega, maktabgacha yosh davrining oxiriga kelib esa u o’z ona tilini, grammatik tuzilishini yaxshi o’zlashtiradi, ichki nutq paydo bo’ladi, nutq alohida faoliyat tarzida shakllanadi. Bolaning shaxsiy xulq atvori aktivligida esa motivlar shrarxiyasi paydo bo’la boshlaydi. O’zining va tengdoshlarining ishlarini baholay boshlaydi. Shu tarzda o’z-o’zini baholash yuzaga keladi. Maktabgacha yosh davr davomida maktab ta’limiga tayyorlik shakllanadi. 6 yoshli bolada bilimga qiziqish, (narsa va hodisalarning xossalarini qidirish va taqqoslash, ajablanish) oddiy aqliy operasiyalarni bajara olish qobiliyati shakllangan bo’lishi, emosional irodaviy jihatlari, muloqot ko’nikmalari yetarlicha bo’lishi kerak. Bolaning shaxsiy xulq atvori aktivligida esa motivlar shrarxiyasi paydo bo’la boshlaydi
142.Темпераментни тадкик этиш буйича замонавий тадкикотлар. Psixikaning individual jihatidan o’ziga xos, tabiiy jihatdan shartlashgan dinamik ko’rinishlari mamnun kishining temperamenti deb ataladi. Individuallik - shaxsning subyektiv va ijtimoiy mohiyatini ifodalashdagi o‘ziga xos xususiyat bo‘lib - temperament, xarakter, qobiliyat, iste’dod va geniylik sifatlariga bo‘linadi. Har bir inson takrorlanmasdir, shuning uchun har bir inson o‘z sifat va xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Masalan, bir xil temperamentli insonlarda ularning qobiliyatlari turlicha va xarakterlari har xil bo‘lishi mumkin. Rus olimi I.RPavlov o‘zining “Asab tizimining tiplari” nomli ta’limotini kashf etdi. Akademik I.P.Pavlov asab tizimining kuchli, muvozanatsiz - xolerik, kuchli, muvozanatli, epchil - sangvinik, kuchsiz, ta’sirchan - melanxolik, kuchli, muvozanatli, sust - flegmatik kabi 4ta umumiy tiplarini aniqladi. Yangi Zellandiyada bo‘lib o‘tgan tadqiqotlarning birida 900 ta odamning hayoti kuzatildi. Bu o‘tkazilgan tadqiqotlarda shuni aniqlashdiki, ruhan faol va impulsiv 3 yoshli bolalar 21 yoshida yanada agressiv, urushqoq bo‘lib voyaga yetgan. Sust 3 yoshli bolalar esa 18 yoshdan keyin yanada ehtiyotkor va qat’iyatsiz bo‘lib o‘sgan. Yillar davomida jur’atsiz, sust bolalar o‘zlarini erkin tutishni o‘rganishadi, lekin dadil va jur’atli bolalarning hammasiyam uyatchan va tortinchoq bo‘lavermaydi.

143. Муомала ахборот алмашинуви сифатида (коммуникатив жихати). Muomala (iqtisodiyotda) — mehnat mahsulotlarini oldisotdi vositasida ayirboshlash. Tovar xoʻjaligi uchun xos. M. bevosita ayirboshlashpzm pul vositachiligi bilan farq qiladi. M. ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida, natural xoʻjalik asosida tovar xoʻjaligining paydo boʻlishi bilan boshlangan. Almashuv uchun maqsulot (tovar) ishlab chiqarish shakllana boshlagach, almashuvga zaruriyat tugʻilgan, natijada M. kelib chiqqan. Tovarlarning oddiy, bevosita almashuvi (T—T)dan farqli ravishda M.da tomonlar pul orqali bogʻlanadilar (T— P—T). Almashuv ishtirokchilaridan birining qoʻliga oʻtgan pul maʼlum vaqtdan soʻng tovarlar va xizmatlar sotib olishga sarflanadi, jarayon toʻxtovsiz davom etadi. Mex.nat mahsullarining tovarga aylanishi M.ning kelib chiqishiga shart-sharoit yaratadi. Qiymatning pul shakli kelib chiqishi natijasida M. funksional mustaqillik kasb etdi. Dastlabki bosqichlarda tovar M. si mahalliy bozorlar doirasida cheklangan edi. Ijtimoiy mehnat taqsimotinint chuqurlashuvi, tovar—pul munosabatlarining kengay-ishi natijasida yagona ichki bozor va jahon bozori shakllandi. Keyinchalik tovar M.si rivojlanib, tovarlarni yetkazib berish vaqti ularning qiymatini qoplash vaqtidan farq qila boshladi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish moddiytexnika asosining shakllanishi kredit, keyinchalik qimmatli qogʻozlar M.sini rivojlantirdi. M. ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarishdan isteʼmolga yoʻnaltirishda alohida vazifalarni bajaradi. M. sohasida tovar ishlab chiqaruvchilarning abstrakt mehnati oʻzining ijtimoiy bahosini oladi, zarur mehnat vositalari va buyumlarini sotib olish orqali ishlab chiqarishning yangi sikli uchun sharoit yaratiladi, tayyor mahsulot isteʼmol fazasiga yekazib beriladi, aholining talab darajasi aniqlanadi.




Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish