gorizontal va vertikal o’lchamlarda saqlangan bo’lsa ekranda ham xuddi shunday tasvirlanadi. Grafik tasvirni foydalanuvchi o’zi xohlagan o’lchamda tasvirlash imkoniyatiga ega, buning uchun height va width parametrlaridan foydalaniladi. Web sahifada grafik tasvirni boshqa ob'ektlardan bo’sh joy bilan ajratib turuvchi hspace va vspace parametrlari ham mavjud. hspace parametri bo’sh joyni gorizantal bo’yicha piksellarda o’rnatsa, vspace parametri esa vertikal bo’yicha o’rnatadi. Bu parametrlar qiymati faqat sonlarda beriladi. Border parametri bilan tasvir atrofidagi chegara qalinligi o’rnatiladi. Parametr qiymati sifatida pikselda o’lchangan son beriladi. Jimlik bo’yicha bu parametr 0 qiymat qabul qiladi va chegara xoshiyasi ko’rinmaydi. Tasvirni o’ziing atrofidagi matnga nisbatan tekislashni ko’rib chiqamiz. Buning uchun align parametri ishlatiladi. Bu parametr qiymati sifatida quyidagi so’zlar ishlatiladi: buttom, middle, top, left, right.
Bizda Web sahifani bezash uchun unga videoroliklar joylashtirish imkoniyati ham mavjud. Foydalanuvchi o’z brauzerida videoma'lumotni ko’rishi uchun videoma'lumot yozilgan faylni o’z kompyuteriga to’liq yuklab olishi lozim. Video fayllar katta hajm egallaganligi sababli uni tarmoq orqali kompyuterga yuklash uchun ko’proq vaqt sarflanadi.
Brauzerlar odatda AVI, Real Video va Windows Media formatlaridagi videofayllarni tasvirlash imkoniyatiga ega. Ularni Web sahifa tarkibiga qo’shish uchun ham tegi ishlatiladi. Videofayl joylashgan manzilni ko’rsatish uchun esa dynsrc parametri ishlatiladi. Jimlik bo’yicha Web sahifa tarkibiga kiritilgan videoma'lumot Web sahifa yuklangandan keyin avtomatik ravishda bir marta tasvirlanadi, lekin bizda tasvirlanish jarayonini boshqarish yoki bu jarayonni foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan qilish imkoniyati mavjud. tegiga parametrini qo’shish orqali biz yuklangan fideoklipni tasvirlash jarayonini bemalol boshqarishimiz mumkin. parametrining qiymatlari sifatida mouseover va fileopenkalit so’zlari ishlatiladi. mouseover parametri foydalanuvchi sichqoncha ko’rsatkichini videotasvir joylashgan soha ustiga olib kelishi bilan videotasvirning tasvirlanish jarayoni boshlanishini bildirsa, fileopen parametri esa Web sahifa kompyuterga to’liq yuklanib bo’lgandan keyin darhol tasvirlanish jarayoni boshlanishini bildiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Tami.uz
Arxiv.uz
Ziyo.net
e-dastur.uz.
Xulosa
Men bu mavzulardan tushunganlarim HTML da gipirmurojatlar freymvorklar va formalar bilan ishlash bo’ldi HTML dasturlash tili bo’lmasa ham bunda saytga aloqador narsalarni ya’ni Frontend da qo’llaymiz. Albatta bunda tuzayotgangan saytimizga fon berish har xil rasm,vedio va xullas multimedia materiallarini qo’yib ishlashimiz mumkin.Bu ayniqsa web-dasturchi bo’layotgan yoshlarimizga judayam qo’l keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |