n. saphenus shoxlari yonida joylashib, taqim osti chuqurchasiga kiradi va taqim osti venasiga quyiladi.
Oyoq panjasining chuqur venasi ikkita bo'lib, chuqur arteriya bilan birga yo'naladi. Oyoq panjasining
kaft tomonidagi chuqur vena
v. digitales plantares bo'lib boshlanib,
v. metatarseae plantares lar
orqali kaftning chuqur ravog'iga
(arcus venosus plantaris) quyiladi. Bu ravoqdan hosil bo'lgan
medial va lateral kaft venalari orqali qon orqa katta boldir venasiga oqadi.
Oyoq panjasining dorsal venalari (w.
metatarseae dorsalis pedis) shu tomondagi chuqur ravoqqa
quyadi. Bu ravoq esa oldingi katta boldir venasiga
(v. tibialis anterior) davom etadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq oyog'ida teri osti vena chigallari bo'lib, yirik venalar yaxshi bilinmaydi. Ikki
yoshlardan so'ng bu chigallardan oyoqning katta va kichik yashirin venalari yaqqol ko'rina boshlaydi.
Ulaming diametri 2 yoshgacha tez o'sadi, katta yashirin vena 2 marta, kichigi esa 2,5 marta
kattalashadi.