(r.cricothyroideus)
chiqadi.
2.
Til arteriyasi
(a. lingualis)
tashqi uyqu arteriyasidan til osti suyagi katta shoxlari sohasida
boshlanib, pastga tilga tomon yo'naladi. U ikkiga: til orqasi shoxi
(r. dorsalis linguae)
va tilning
chuqur arteriyasiga
(a. profunda linguae)
bo'linib til mushaklari va shilliq pardasini qon bilan
ta’minlaydi. Bundan tashqari til arteriyasi til osti suyagiga
(r. suprahyoideus)
va til osti so'lak beziga
r. sublingualis tarmoqlarini beradi.
3.
Yuz arteriyasi
(a. facialis)
til arteriyasidan 3—5 mm yuqoriroq, pastki jag' burchagi sohasidan
boshlanadi. Jag' osti uchburchagi sohasida bu arteriya jag' osti beziga tegib o'tib unga bez tarmoqlarini
(r.glandularis)
beradi. So'ngra pastki jag' qirrasini aylanib o'tib yuzga chiqadi, yuqori va oldinga
yo'nalib og'iz burchagiga boradi. Bo'yin sohasida yuz arteriyasidan yumshoq tanglayga ko'tariluvchi
tanglay arteriyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |