(rete maBeolare mediale)
hosil
qilishda ishtirok etadi. Oldingi katta boldir arteriyasi oyoq panjasining dorsal yuzasida oyoq
panjasining orqa arteriyasiga
(dorsalis pedis)
davom etadi. Undan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1.
Oyoq kaftining birinchi dorsal arteriyasi
(a. metatarsea dorsalis I)
uchta shoxga bo'linib, bosh
barmoqning ikki tomoni va II barmoqning medial tomonini qon bilan ta’minlaydi.
2.
Oyoq kaftining chuqur tarmog'i
(r. plantaris profundus)
I suyak oralig'idan oyoq kaftiga o'tib
kaft ravog'i bilan anastomozlashadi.
Lateral kaft oldi arteriyasi
(a. tarsea lateralis)
ravoqsimon arteriya bilan anastomoz hosil qiladi.
Medial kaft oldi arteriyasi
(a. tarsea medialis)
oyoq panjasining medial chekkasiga boradi
Arteriyala
rn
ing tarqalish qonuniyatlari
Arteriya tizimi a’zolarni qon bilan ta’minlab, ularning tuzilishi, vazifasi va taraqqiyotiga moslashadi.
Arteriyalarning odam tanasida tarqalishi ma’lum bir qonuniyatlaiga rioya qiladi. Bu qonuniyatlar
quyidagi guruhlarga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |