Tayanch iboralar: Difteriya. Gravis. Mitis. Sil-Nilsen usuli. Clastridium, tetani, septicum Botulinum.
Corynebacterium urug‘i gram musbat tayoqchasimon bakteriyalardan tashkil topgan bo‘lib, ular spora hosil qilmaydi, xarakatsiz. Tayoqchasining chetida metoxromatik kriptalar joylashgan. (Babej-Ernst yoki valyutin donachalari). Korinobakteriyalar sitoplazmasida valyutindan tashqari lipid va kraxmal kiritmalari ham bor.
Korinobakteriyalar urug‘ining 20 ga yaqin patogen, shartli-patogen, nopatogen turlari mavjud.
Difteriya qo‘zg‘atuvchisi – Corynebacterium diphtheriae ni 1883-84 yillarda Klebs va Leffler kashf etgan. E.Ru va A. Iersen esa bakteriya ekzotoksinini ajratib olishga muvaffaq bo‘lganlar. Franso‘z olimi G.Ramon ekzotoksin kuchini formalin ta’sirida kamaytirib, kuchsizlantirilgan toksin, ya’ni anatoksin olishga muvaffaq bo‘ldi va uni kasallikning oldini olish uchun amaliyotga tatbiq qildi (1923 y.).
Cor. diphtheriae coryna lotincha so‘z bo‘lib, to‘g‘nog‘ichsimon, diphteniae esa parda, qobiq degan ma’noni anglatadi.
Cor. Diphtheriae – to‘g‘ri yoki bir oz bukilgan gram musbat tayoqcha bo‘lib, o‘zunligi 1-8 mkm, eni 0,3-0,8 mkm. Bu bakteriyalarning xarakterili belgisi polimorfizm (tipik tayoqchalaridan tashqari o‘zun, kalta, tarmoqlanadigan, noksimon formalarining bo‘lishi), metaxromatik granula (valyutin donalari birmuncha to‘qroq bo‘yalganligi uchun tanasining bir tekis bo‘yalmasligi) va tayoqchalarning surtmada kerilgan panja barmoqlari, to‘qmoq to‘dalari ko‘rinishida bir-biriga nisbatan burchak ostida joylashuvidir. Gram musbat. Neysser usuli bo‘yicha bo‘yalganida valyutin donalari yaxshi ko‘rinadi: bakteriyalar tanasi sariq rangga, valyutin donalari esa to‘q ko‘k rangga bo‘yaladi.
Difteriya bakteriyasi aerob yoki fakultativ anaerob nafas oladi, ular 370 S (chegarasi 15-40oS) haroratda, rN 7,2-7,6 bo‘lganda oqsillar (ivitilgan zardobli) agarli muhitlarda va qandli bo‘lonlarda yaxshi o‘sadi. Ru va Leffler muhitlaridagi koloniyalari qavariq yaltiroqdir, ularning o‘sishi shagren teriga o‘xshab ketadi. Marten bo‘lonida parda ko‘rinishida o‘sishi xarakterlidir.
Kultural, bioximiyaviy va boshqa xossalariga qarab difteriya tayoqchalarining 3 - biovari tafovut qilinadi: gravis, mitis, intermedius. Gravis tipi telluritli muhitlarda yassi, dumaloq, chetlari tishsimon, kulrang qora rangli koloniyalar hosil qiladi. Mitis tipining koloniyalari birmuncha mayda, qavariq, yaltiroq, silliq, qora rangda bo‘ladi. Intermedius tipi oraliq holatni egallaydi. S va R tip koloniya hosil qiladi.
11.1-rasm
Difteriya glyukoza, maltoza, levulyozani kislota hosil qilib parchalaydi. Nitratni nitritlarga qaytaradi, kaliy telluritni sulfid telluritga aylantiradi. SHu sababli telluritli agarda qora yoki kulrang koloniyalar hosil bo‘ladi.
Difteriya bakteriyalari kuchli ekzotoksin hosil qiladi, bu toksin organizmga yuborilganda yurak muskuli, buyrak usti bezlari va pereferik nerv sistemasini tanlab shikastlaydi. Toksin kuchi dengiz cho‘chqalarida aniqlanadi va hayvonni 3-4 kun mobaynida o‘ldiradigan eng kam dozasi (D/t) bilan o‘lchanadi. Difteriya toksini kam chidamli, 60oS da quyosh nuri va har xil ximiyaviy moddalar ta’sirida oson parchalanib ketadi. 0,3-0,4% farmalin ta’sirida va 400S da bir oy mobaynida zaharsiz birikma – anatoksinga aylanadi. Anatoksin immunogen xossalarni saqlab qoladi, shunga ko‘ra undan odamlarni immunlash uchun foydalaniladi.
Difteriya tayoqchalari gialuronidaza, neyrominidaza, fibrinolizin fermentlarini ham hosil qiladi, bo‘lar bakteriyalarning toksigenligini yanada oshirib, to‘qimalar orasida tarqalishini ta’minlaydi.
Difteriya tayoqchalarini antigen tuzilishimurakkab, u joylashgan bakteriya hujayra devori ko‘p qavatli, shuning uchun qalinroq va boshqa gram musbat bakteriya hujayra devoridan farq qiladi. Hujayra devorining yo‘za qavati temperaturaga chidamsiz, tipga xos oqsil antigan joylashgan. Bu antigen bo‘yicha difteriya korinobakteriya 58 ta serologik variantlarga bo‘linadi, korinobakteriyalarda 19 xil fagotiplar bo‘lib, ular yordamida infeksiyaning manbai aniqlanadi, hamda kulturalarni identifikatsiya qilishda foydalaniladi.
Difteriya bakteriyalari past temperaturaga ancha chidamli, ular turli buyumlarda 15 kungacha, sut va suvda 6-20 kungacha, ko‘z va bahorda esa buyumlarda 5,5 oygacha, bemordan olingan materialda ham o‘zoq saqlanadi. YUqori temperaturalar ta’siriga sezgir: qaynatilganda o‘sha zahoti, 60oS da 10 minut davomida o‘ladi, dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida tez halok bo‘ladi. Hayvonlar tabiiy sharoitda difteriya bilan kasallanmaydi.
Patogenezi. Difteriya mikroblarining kirish darvozasi burun-xalqum, ba’zan ko‘z, jinsiy organlar shilliq pardalari, teri va jaroxatlardir. Infeksiya manbai bemor yoki bakteriya tashib yuruvchi odam hisoblanadi.
Kasallik ko‘z-qishda ko‘proq uchraydi. Difteriya korinobakteriyalari kirgan joyida mahalliy yallig‘lanish rivojlanib parda hosil bo‘ladi.
Kasallik patogenezida gistotoksin muhim ahamiyatga ega, chunki u bemorlardagi oqsil sintezini to‘xtatadi, transferaza fermentining faoliyatini kamaytiradi.
Difteriya tayoqchasining toksini qonga so‘rilib, organizmning umuman qattiq zaxarlanishiga sabab bo‘ladi va yurak muskuli, buyrak usti bezlari, nerv hujayralarini tanlab shikastlantiradi. Bo‘g‘ilib qolish yoki yurakning falajlanishidan odam o‘lib ketishi mumkin.
Difteriya bilan kasallangandan so‘ng antitoksik immunitet paydo bo‘ladi.
Laboratoriya tashxisi. Difteriya pardasi burun va xalqumdan olingan surtma tekshirish uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Material ikkita steril paxta tampon bilan olinadi. Tamponning biri ekish uchun ishlatilsa, ikkinchisida surtma tayyorlash uchun foydalaniladi. Surtmalar gram, neysser usulida bo‘yalib, mikroskopda tekshiriladi. Surtmalar differensial diagnostik muhitlardan biri quyilgan kosachaga ekib ko‘riladi. 37oS da termostatda 24-48 soat o‘stiriladi. SHubxali koloniyalardan surtmalar tayyorlanib, metilen ko‘ki bilan bo‘yaladi. Sof kulturani ajratib olish uchun alohida yotgan shubxali koloniyalarning bir qismi zardobli (Ru muhitiga) ekib ko‘riladi. Difteriya tayoqchasining toksin ishlab chiqarish-chiqarmasligi hozirgi vaqtda (agarda) diffo‘z pretsipitatsiyalash metodi bilan aniqlanadi. Buning uchun Petri kosachasidagi tarkibida 15-20 % ot zardobi, 0,3% maltoza va 0,03% sistin qo‘yilgan oziqli agar satxiga, 5000 AE ml tutuvchi bo‘g‘maga qarshi antitoksinli zardob shimdirilgan 1,5x6 sm kattalikdagi filtr lentasi quyiladi. Kosachalar 37oS da 30 minut davomida termostatda quritilgandan so‘ng tekshiriluvchi kulturalar quyilgan qog‘oz parchasi chekkasidan 0,6-0,8 sm masofada perpendikulyar ekiladi. Kontrol sifatida oldindan toksigenlik xususiyati ma’lum bo‘lgan kultura ekiladi. Ekmalar 37oS da kelasi kungacha termostatda saqlanadi.
Toksigenlik xususiyatiga ega bo‘lgan kulturalar o‘sganda, toksin bilan antitoksin uchrashgan erda qattiq oziqli muhitda oq chiziqlar – “mo‘ylovchalar” ko‘rinishida pretsipitat hosil bo‘ladi.
Difteriya korinobakteriyasini toksigen va notoksigen shtammlari dengiz cho‘chqachalari terisi ostiga yoki teri orasiga yuborib, ularning toksigenlik xususiyatlari aniqlanadi.
Profilaktikasi va davosi. Difteriya tarqalishini oldini olish uchun kasallikni barvaqt aniqlash, bemorlarni kasalxonaga yotqizish, dezinfeksiya qilish, bolalar o‘rtasida va bolalar muassasalarida ishlovchi kishilar orasida, difteriya mikroblarini tashib yurgan odamlarni aniqlash zarur.
Spetsifik profilaktikasi difteriyaga qarshi aktiv immunitet paydo qilish uchun difteriya anatoksinini yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi. AKDS adsorbsiya qilingan ko‘kyo‘tal, difteriya, qoqshol vaksinasi va ADS-M-adsorbsiya qilingan difteriya, qoqshol anatoksini bilan emlanadi.
Bemorga klinik belgilariga ko‘ra tashxis qo‘yilgandan so‘ng o‘rtacha og‘irlikdagi difteriya 5000-15000 XB yoki uning og‘ir shakllarida 30000-50000 XB antitoksin zardobi yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |