5-mavzu:YOSH BOLALARNI NERV SISTEMANING UMUMIY TUZILISH VA FIZIOLOGIYASI.MARKAZIY NERV SISTEMASINING TUZILISHI, FIZIOLOGIYASI.
Reja:
1.Nerv tizimining ahamiyati. Markaziy va perferik nerv sistemasi haqida tushuncha. Somatik va vegetativ nerv sistemasi.
2.Nerv tolalarining tuzilishi. Nerv tolalarining asosiy xususiyatlari: o‘tkazuvchanlik, labillik, nisbiy charchamaslik, ikki tomonlama o‘tkazish.
3. Nerv tolalarining mielinlashuvi. Periferik, orqa miya, bosh miya nerv tolalari mielinlashuvining o‘ziga xos xususiyatlari. Bola hayoti mobaynida turli nerv tolalari mielinlashuvining o‘ziga xos xususiyatlari.
4.Vegativ nerv sistemasi. Joylashishi, bo‘limlari, tuzilishi.
5. Simpatik nerv sistemasining tuzilishi, funksiyalari. Parasimpatik nerv sistemasining tuzilishi, funksiyalari. Vegetativ nerv sistemasining yoshga oid xususiyatlari.
Nerv sistemasi ikki qismga: markaziy qism bilan periferik qismga bo‘linadi. Markaziy qism miya qutisida joylashgan bosh miyadan va umurtqa pog'onasi kanalida joylashgan orqa miyadan iborat.
Bosh miya ham, orqa miya ham po‘stloqlar bilan qoplangan. Bu po‘stloqlarning biri miyaga zich yopishgan va unda qon tomirlari juda ko‘p bo'ladi. Bu po‘stloqdagi tomirlar nerv to‘qimalari ichiga kirib boradi. Ana shu tomirlar orqali miyaga oziq moddalar va kislorod boradi, miyadan esa parchalanish mahsulotlari olib ketiladi. Bosh miya bilan orqa miyada to'q va och tusli uchastka- larni ko‘rish mumkin. Bu uchastkalar kulrang va oq moddadan tuzilgan.
Kulrang modda qisqa va juda tarmoqlanib ketgan o‘simtalar bilan bir-biriga birikkan neyron tanalaridan iborat. Kulrang modda yaxlit qavat bo'lib yotadi, masalan, yarim sharlar po‘stlog‘ida yoki har xil kattalikdagi orolchalar shaklida joylashgan bo'ladi, bu orolchalar yadrolar deb ataladi. Yadrolardagi neyronlarning ayrim gruppalari nerv markazlarini hosil qiladi. Qo‘zg‘alish bu markaz- larda markazga intiluvchi neyronlardan markazdan chiquvchi neyronlarga o‘tadi. Miyaning oq moddasi tolalardan iborat. Bu tolalarning markaziy qismi uzun, tarmoqlanimaydigan neyron o‘simtalaridan hosil bo'lgan, neyronlar tanasi esa kulrang modda- da yotadi. Tolalar o‘tkazuvchi yollar hosil qiladi. Bu yo'llar yarim sharlar po‘stlog‘ining ayrim uchastkalarini va bosh hamda orqa miyada joylashgan yadrolarni bir-biri bilan tutashtiradi. Ba’zi tolalar miya chegarasidan chiqib, nervlar tarkibiga kiradi. Oq modda tolalari va nervlar markazga intiluvchi hamda markazdan chiquvchi yo‘llar hosil qiladi, bu yo'llar esa o‘zgarishni organlardan har xil nerv markazlariga va markazlardan organlarga o‘tkazadi.
Nerv sistemasining periferik qismi. Nerv sistemasining periferik qismi orqa miya nervlari, bosh miya nerlari va nerv tugun- laridan iborat. Orqa miya nervlari orqa miyadan chiqib, tana, bo‘yin va qo'l-oyoqlarda tarmoqlanadi. Bu nervlar aralash nerv- lardir: ular markazga intiluvchi va markazdan chiquvchi tolalar- dan iborat. Markazga intiluvchi tolalar orqali retseptorlardan orqa miyaga qo‘zg‘alish keladi, markazdan chiquvchi tolalar orqali esa qo‘zg‘alish orqa miyadan har xil organlarga o‘tkaziladi.
Bosh miya nervlari bosh miyadan chiqib, kalla va bo‘yinga tarqaladi, ulardan faqat bittasi qorin bo‘shlig‘i organlarida tar- moqlanadi.
Bosh miya nervlari jumlasiga hid bilish, ko‘rish va eshitish nervlari kiradi, bu nervlar markazga intiluvchi tolalardan hosil boigan. Ular qo‘zg‘alishni sezgi organlari retseptorlaridan bosh miyaga o‘tkazadi. Yuz nervida markazdan chiquvchi tolalar boladi. Shu tolalar orqali qo‘zg‘alish bosh miyadan yuz muskullariga va so‘lak bezlariga o‘tadi. Bosh miya nervlarining ba’zilari aralash nervlardir. Ularning eng yirigi adashgan nerv deb ataladi. Bu nerv yurakda, o‘pkada, jigarda, ichaklarda, buyraklarda va boshqa organlarda tarmoqlanadi. Qo‘zg‘alish adashgan nervning markazga intiluvchi tolalari orqali ichki organlarning retseptorlaridan bosh miyaga o'tkaziladi. Qo‘zg‘alish adashgan nervning markazdan chiquvchi tolalari orqali bosh miyadan ichki organlarga kelib, moddalar almashinuviga ta’sir etadi.
Nerv tugunlari — o‘zaro birikkan neyron tanachalarining to‘plamidir. Nerv tugunlari har xil organlar ichida yoki ular yonida bo‘ladi. Bunday tugunlarning ikkita uzun zanjiri umurtqa pog‘onasining ikki yoniga joylashgan. Quyosh chigalini hosil qi- luvchi eng yirik tugunlar qorin bo‘shlig‘ida joylashgan.
Bosh miya nervlari bilan orqa miya nervlarining markazdan chiquvchi tolalari harakatlantiruvchi va vegetativ tolalarga bolinadi. Harakatlantiruvchi nerv tolalari orqa miya bilan bosh miyaning harakatlantiruvchi markazlaridan boshlanib, skelet muskullarida tamomlanadi. Bu tolalar skelet muskullarining qisqarishiga sabab boluvchi qo‘zg‘alishni o‘tkazadi.
Vegetativ nerv tolalari gavdaning hamma organlariga boradi. Bu tolalar organlardagi yoki shu organlar yonidagi nerv tugunlari orqali o‘tadi; vegetativ nerv tolalari harakatlantiruvchi tolalardan shu bilan farq qiladi. Qo‘zg‘alish nerv tugunlarida bir neyrondan ikkinchi neyronga o‘tadi. Vegetativ tolalar organning faoliyatini kuchaytiruvchi yoki sekinlashtiruvchi qo‘zg‘alishni o‘tkazadi. Bunday tolalar skelet muskullarida ham bo‘ladi. Bu tolalar orqali boruvchi qo‘zg‘alish muskullarni qisqartmasada, ammo muskullarda moddalar almashinuvini kuchaytirib, ularning ishini zo‘raytiradi. Odatda, organga qarama-qarshi ta’sir etadigan ikkita vegetativ nerv tolalari keladi. Masalan, tomirlarga tomir kengaytiruvchi va tomir toraytiruvchi nervlar keladi. Tomir kengaytiruvchi nervlarning ta’sirlanishi organning oziqlanishini oshiradi va uning faoliyatini kuchaytiradi, tomir toraytiruvchi nervlarning ta’sirlanishi esa organning oziqlanishini pasaytiradi va uning ishini bo‘shashtiradi. Yurakda ham ikkita nerv tarmoqlanadi. Bulardan birining ta’sirlanishi yurak qisqarish miqdori va kuchini oshiradi, ikkinchisining ta’sirlanishi esa qisqarish miqdori va kuchini kamaytiradi. Organlarning ana shunday ikki to- monlama innervatsiyasi shu organlar faoliyatini juda aniq tartibga solish uchun imkon beradi, chunki nervlardan birining ta’siri ikkinchisining ta’sirini muvozanatlab turadi.
Orqa miya
Orqa miya umurtqa kanaliga joylashgan chilvir shaklida bo‘ladi, orqa miyaning yuqori uchi bosh miyaga tutashadi. Uning pastki uchi esa I—II bel umurtqasi ro‘parasida ta’momlanadi. Bo‘ym umurtqalari va pastki ko‘krak umurtqalari atrofida orqa miya yug‘onlashadi: shu yerda undan qo‘l va oyoqlarga juda yirik nervlar tarmoqlanib ketadi. Orqa miyaning old va orqa qismidan bo‘ylama egatlar ketadi, markazdan esa orqa miya kanali o‘tadi, bu kanal limfaga o‘xshash suyuqlik bilan to‘lgan boMadi.
Orqa miya kanali atrofida kulrang modda joylashgan. Miya ko‘ndalangiga kesilganda bu modda kapalak yoki H harfi shaklida bo‘ladi. Kulrang modda uzun neyron o‘simtalaridan iborat oq modda bilan o‘ralgan. Neyron o‘simtalaridagi qo‘zg‘alish o‘tkazuvchi yo‘llarni hosil qiladi, bu yo‘llar orqa miya nerv markazlarini bir-biri bilan va bosh miya nerv markazlari bilan tutashtiradi.
O
rqa miya nervlari. Orqa miyadan 31 juft orqa miya nervlari tarmoqlanib ketadi. Bularning har biri ikkitadan ildizcha, oldingi va keyingi ildizchalardan boshlanadi. Bu ildizchalar umurtqa pog‘onasi kanalidan chiqish teshigida bir-biri bilan qo‘shiladi.
39-rasm. Orqa miyaning tuzilishi.
Orqa ildizchalar. Shishlar — orqa miya tugunchalarini hosil qiladi. Tugunchalarda sezivchi neyronlar tanasi yotadi, bu tanalar nok shaklida bo‘lib, ikkita o‘simtaga ega. Neyron o‘simtalaridan biri keyingi ildizcha bilan orqa miyaga, ikkinchisi esa orqa miya nervlariga kiradi va teri, muskullar, bo‘g‘imlar suyak ustligi hamda boshqa organlarning retseptorlariga kelib tamomlanadi. Bu retseptorlarda birorta ta’sirlovchi tufayli qo‘zg‘alish hosil bo‘lsa sezuvchi neyron bu qo‘zg‘alishni orqa miyaga o‘tkazadi. Orqa ildizchalar shikastlansa tananing har xil sohalaridagi teri sez- maydigan bo‘lib qoladi.
Oldingi ildizchalar kulrang moddada harakatlantiruvchi markazlarni hosil qiladigan neyronlardan boshlanuvchi tolalar- dan iborat. Orqa miya tarkibiga kirgan bu tolalar muskullargacha yetib boradi. Oldingi ildizchalar shikastlansa, gavdaning ayrim uchastkalari harakatlanish qobiliyatini yo‘qotadi. Sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlar orqa miyada oraliq neyronlar bilan
o‘zaro birikkan, bu birikish natijasida reflektor yoyi hosil bo‘ladi. ,
Shuning uchun retseptorlarning, masalan, teri retseptorlarining, har qanday ta’sirlanishiga javoban organizm reaksiya ko‘rsatadi, ya’ni harakatga keladi. Bunda teri retseptorlarida hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishlarni sezuvchi neyronlar oraliq neyronlar orqali hara-katlantiruvchi neyronlarga o‘tkazadi.
Orqa miya nervlari aralash nervlardir, chunki ular harakatlantiruvchi deb atalishi mumkin bo‘lgan oldingi ildizchalardan va sezuvchi deb ataladigan orqa ildizchalarning qo'shilishidan hosil 4
bo‘lgan.
Orqa miyaning funksiyalari. Har xil tajriba va kuzatishlar orqa miyada harakatlantiruvchi refleks markazlari borligini ko‘rsatadi.
Bosh miyasi olib tashlangan baqa ancha murakkab harakatlar qila 1
oladi. Bunday baqani pastki jag‘idan osib qo‘yib, tanasining o‘ng tomoniga kislota bilan ho‘llangan qog‘oz yopishtiramiz. Bunda orqa o‘ng oyog‘ining muskullari qisqaradi, baqaning oyog‘i ko‘tariladi va qog‘ozni o‘sha oyogi panjasi bilan olib tashlaydi. -
Baqaning shu oyog‘ini qimirlamaydigan qilib bog‘lab qo‘yamiz.
Baqa qog‘ozni chap oyog‘i bilan olib tashlaydi, chunki qo‘zg‘alish miyaning o‘ng tomonidan chap tomoniga o‘tadi. Biroq, hayvon o‘z tuzilishi jihatidan qanchalik yuksak bo‘lsa, uning harakatlari- da bosh miya shunchalik katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Odamda ayrim hollarda jarohatlanish natijasida orqa miya bilan bosh miya orasidagi aloqa uzilib qolgan. Bunday odamda oddiy reflekslar ro‘y bergan, ammo murakkab harakatlar mutlaqo bo‘lmagan.
Orqa miya bilan bosh miyasi orasidagi aloqa uzilgan odamlar hamma vaqt yotaveradi, o‘tirib-tura olmaydi. Orqa miya qon tomirlarining kengayish-torayishiga, ter bezlarining faoliyatiga va organizmning boshqa ko‘plab funksiyalariga ta’sir etadi. Orqa miyaning faoliyati bilan bog‘liq bo'lgan barcha reaksiyalar shartsiz reflekslardir. Shartsiz reflekslar irsiy bo‘lib, ular bola tug‘ilgandan keyinoq, shu reaksiyalarni vujudga keltiradigan sabab ta’sir etsa, darhol namoyon bo‘ladi.
Qo‘zg‘alishni o'tkazuvchi yollar. Orqa miyada yuqoriga ko‘tariluvchi va pastga tushuvchi yo‘llar bo‘ladi. Yuqoriga ko‘tariluvchi yo‘llar orqa miyaning keyingi yarmi bo‘ylab o‘tadi.
Tana, bo‘yin, qo‘l-oyoqlar va ichki organlar retseptorlarida hosil bo‘ladigan qo‘zg‘alish orqa miya nervlari orqali orqa miyaga o‘tkaziladi. Bu yerda qo‘zg‘alish yuqori ko‘tariluvchi yo‘llarning neyronlariga o‘tib, bu yo‘llar orqali bosh miya ustuniga, undan keyin esa bosh miya po‘stlog‘iga boradi. Bu qo‘zg‘alish biror nar- saga tegib ketilganini, bosimni, og‘riq, issiqlik, sovuq va boshqa- larni sezishga sabab bo'ladi. Pastga tushuvchi yo‘llar orqa miyaning oldingi qismi bo‘ylab o‘tadi. Bu yoMlar nerv qo‘zg‘alishini bosh miyadan orqa miyaning harakatlantiruvchi markazlari- ga o‘tkazadi. Qo‘zg‘alish bu yerdan orqa miya nervlari bo‘ylab muskullarga, ter bezlariga va boshqa organlarga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |