Protokollar-(ингл: protocol,рус: протокол) Qurilma, dastur va ma’lumotlarga ishlov berish tizimlariga hamda jarayonlar yoki foydalanuvchilarning o‘zaro ishlashiga oid algoritmni belgilovchi jami qoidalar. Masalan, aloqa liniyasi protokoli – ma’lumotlar ulushining tuzilmasi va kodlash usullarini va uning aloqa liniyalari orqali uzatish jarayonini tartibga soluvchi qoidalar. Internet tarmog‘i protokollari – IP protokollari.
Internet hujjatining ekranga qanday uzatilishini boshqaradigan ko'rinmas kompyuter qoidalarining to'plami. Ushbu o'nlab dasturiy qoidalar, fonda ma’lumotlarni xavfsiz saqlash uchun tartib-qoidalarini qo'llagan holda ishlaydi.
5.4.-rasm. Mobil aloqa standartlari. Hujjatning internet protokoli brauzeringiz manzil satriga kiritilgan birinchi harflar bilan tavsiflanadi, uchta belgidan iborat " // ". Siz ko'rasiz, eng keng tarqalgan protokol - muntazam ko'prik matni uchun http: // . Ko'rib chiqqan ikkinchi eng ko'p protokol , https: // , hackerlarga qarshi mustahkamlangan gipermatnli sahifalar uchun.
Quyida ayrim protokollarning vazifalarini keltirib o‘tamiz. NNTP (Network News Transfer Protocol) Yangiliklar uzatishning tarmoq protokoli. Usenet yangiliklar guruhida xabarlarni uzatish uchun foydalaniladigan protokol. UUCP protokoli o‘rniga yaratilgan.
SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) Elektron pochta uzatishning oddiy protokoli, SMTP protokoli. Pochtani foydalanuvchilardan serverlarga va keyinchalik qabul qiluvchiga jo‘natish uchun xizmat qiladi. RFC 0821da tavsiflangan 14ta buyruqdan iborat. Ko‘plab kengaytmalarga ega.
TFTP (Trivial File Transfer Protocol) Fayllar uzatishning oddiy protokoli. FTP protokolining soddalashtirilgan turi. Asosan disksiz ishchi stansiyalarini dastlabki yuklash uchun ishlatiladi. FTP protokolidan farqli o‘laroq, TFTP autentifikatsiya imkoniyatlariga ega emas va UDP transport protokoliga asoslangan. TFTP protokolining spetsifikatsiyasi RFC 1350da keltirilgan.
UDP (User Datagram Protocol) Foydalanuvchi deytagrammalar protokoli,UDP protokoli. TCP/IP protokollari oilasidan ma’lumotlar uzatishning transport protokoli. RFC 768da tavsiflangan.-
FTP (File Transfer Protocol) Fayllarni uzatish protokoli hamda uni amalga oshiruvchi dastur. Protokol fayllarni TCP/IP asosida tarmoqdan, jumladan, Internetdan ham foydalanuvchi kompyuterlar orasida fayllar uzatish uchun ishlab chiqilgan. Biror axborotdan FTP yordamida foydalanish amalga oshirilayotgan kompyuterda FTP mijoz, boshqa kompyuterda esa FTP serveri o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Veb amaliyotida FTP orqali foydalanish odatda provayder serverida joylashgan veb-sayt sahifalarini o‘qish uchun ishlatiladi. Protokol shifrlanmaydi, mualliflash paytida login va parol ochiq matn sifatida uzatiladi. Sniffer yordamida ularni osonlik bilan “tutib olish” mumkin. Ushbu usul tarmoqning bitta qismida joylashganda yaroqlidir. Maxsus dasturlar yordamida uzatiladigan fayllarni muallifflash bo‘lmasa tutib olish mumkin. Trafikni tutib olishdan muhofaza qilish uchun SShdan foydalanish mumkin.
ICMP (Internet Control Message Protocol) Boshqaruvchi xabarlarning tarmoqlararo protokoli – TCP/IP protokollari stekiga kiruvchi tarmoq protokoli. ICMP asosan ma’lumotlarni uzatish jarayonida ro‘y bergan xatoliklar va boshqa favqulodda hollarda qo‘llaniladi. ICMPga, shuningdek, ba’zi servis funksiyalari ham yuklatiladi. IP paketlarini yetkazish mumkinligini tekshirish uchun xizmat qiladigan ping utilitasi 8 (aks sado-so‘rov) va 0 (aks sado-javob) turdagi ICMP xabarlaridan foydalanadi. IP paketlari boradigan yo‘lni aks ettiruvchi traceroute utilitasi 11 turdagi ICMP xabarlaridan foydalanadi.
IGMP (Internet Group Management Protocol) Интернет гуруҳларини бошқариш протоколи, IGMP протоколи. IPv4 протоколига асосланган, тармоқдаги боғламалар томонидан тармоқ маршрутизаторларига IP гуруҳга тегишлилигини хабар қилиш ҳамда гуруҳ маршрутлашларини бошқаришнинг бошқа функцияларини бажариш учун қўлланиладиган тармоқ протоколи.
IGP (Interior Gateway Protocol) Ички шлюзлар протоколи, IGP протоколи. Мухтор тармоқ маршрутизаторлари орасида йўналишлар ҳақида ахборот алмашиш учун ишлатилади.
IP (Internet Protocol) Internet protokoli. TCP/IP protokollari yig‘masidan iborat tarmoq pog‘onasi protokoli. IP protokolida tarmoqdagi har bir kompyuterga to‘rt xonalik IP manzil (4 bayt) mos qo‘yiladi. Shu bilan birga nimtarmoqdagi kompyuterlar manzilning umumiy boshlang‘ich bitlari bilan birlashtiriladi.
IPv6 (Internet Protocol Version 6) IP протоколининг версияси, олдинги (IPv4) версия Интернетда фойдаланганда дуч келган муаммоларни ечиш мақсадида ишлаб чиқилган бўлиб, 32 бит ўрнига 128 битдан иборат манзил узунлигидан фойдаланади.
LDAP (Lightweight Directory Access Protocol) Katalogdan foydalanishning soddalashtirilgan protokoli. TCP/IP tarmoqlarida kataloglar xizmatining
soddalashtirilgan protokoli. X.500 standartiga asoslanadi.
POP (1 Post Office Protocol) – Pochta bo‘limi protokoli. Elektron pochta mijozlari tomonidan TCP/IP ulanishi orqali masofadagi serverdan elektron pochta xabarlarini yuklash uchun mo‘ljallangan qo‘llanma pog‘onasidagi standart Internet protokoli. Protokolning joriy versiyasi -
POP3. q: POP3
2. Point of Presence – Hozir bo‘lish nuqtasi.Mijozlar ulanishi mumkin bo‘lgan aloqa operatori (provayderi) uskunalari joylashgan joy – aloqa bog‘lamasi, ma’lumotlar markazi yoki alohida kommunikatsiya uskunasi birligi.
PPTP (Point-to-Point Tunneling Protocol) Nuqta-nuqta turidagi tunnel protokoli. Standart, himoyalanmagan tarmoqda maxsus tunnel yaratish orqali kompyuterga server bilan himoyalangan ulanishni o‘rnatishga imkon beradi. PPTP protokoli PPP kadrlarini IP tarmog‘i, masalan, Internet orqali uzatish uchun IP paketlari ichiga joylashtiradi. PPTP, shuningdek, ikkita lokal tarmoq orasida tunnelni tashkil qilish uchun ham ishlatilishi mumkin. RRTR, tunnelga xizmat ko‘rsatish uchun qo‘shimcha TCP ulanishdan foydalanadi.
RDP (Remote Desktop Protocol) Foydalanuvchining terminal qo‘llanmalar xizmati ishlayotgan server bilan uzoqdan ishlashni ta’minlash uchun ishlatiladigan amaliy pog‘onadagi protokol. Ushbu protokol mijozlari Windowsning deyarli barcha versiyalari (jumladan, Windows CE va Mobile), shuningdek, Linux, FreeBSD, Mac OS X operatsion tizimlari uchun mavjud. Sukut ishlatiladigan port - TCP 3389.
SNMP (Simple Network Management Protocol) Aloqa tarmoqlarini TCP/IP arxitekturasi asosida boshqarish protokoli. Tarmoq qurilmalarini masofadan nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi.
TCP (Transmission Control Protocol) Uzatishni boshqarish protokoli. TCP/IP protokollari setkasida transport pog‘onali protokol. Ma’lumotlarning ikki tomonlama ketma-ket uzatilishini ta’minlaydi. Protokol RFC 793da tavsiflangan. TCP vazifalariga paketlarning mumkin bo‘lgan yo‘qolishini tekshirish, bir necha paketdan to‘g‘ri tartibda ma’lumotlarni yig‘ish hamda yo‘qolgan va buzilgan paketlarni qayta jo‘natishga so‘rov berish kiradi. Veb-serverlar bilan aloqa qilish uchun kompyuterlarda TCP/IP protokoli bajarilishi lozim.
TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) TCP/IP protokollari oilasi. Internetda ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatiladigan protokollar to‘plami. Dastlab UNIX operatsion tizimlari uchun yaratilgan. Hozirgi paytda barcha asosiy operatsion tizimlarga o‘rnatiladi.
UDP (User Datagram Protocol) Foydalanuvchi deytagrammalar protokoli, UDP protokoli. TCP/IP protokollari oilasidan ma’lumotlar uzatishning transport protokoli. RFC 768da tavsiflangan.
WTCP (Wireless Transmission Control Protocol) TCP end-to-end semantikasini qo‘llashga imkon beruvchi, proksidan foydalanishga asoslangan TCP modifikatsiyasi. Simsiz tarmoqlarda TCP imkoniyatlarini yaxshilash uchun qo‘llaniladi.
Telnet (TELecommunication NETwork) Tarmoq orqali matnli interfeysni ta’minlovchi tarmoq protokoli (zamonaviy shaklida TCP transporti yordamida). Protokolning mijoz qismini bajaruvchi ba’zi utilitalar ham telnet deyiladi. Protokolning asosiy vazifasi – terminal qurilmalar va terminal jarayonlar o‘zaro ishini ta’minlash. Protokol shifrlash yoki ma’lumotlar haqiqiyligini tekshirishni ko‘zda tutmaydi. Shuning uchun u TCP protokoli zaif bo‘lgan barcha turdagi hujumlarga zaif. Tizimga uzoqdan xavfsiz ulanish uchun SSH tarmoq protokoli qo‘llaniladi.
PPP(Point-to-Point Protocol) Nuqta-nuqta protokoli. OSI tarmoq modelining kanal pog‘onasidagi protokol. Ketma-ket aloqa (nul-modem kabeli orqali to‘g‘ri ketma-ket aloqa, Ethernet ustidagi aloqa, telefon liniyalari orqali modem aloqasi, CSD, GPRS yoki EDGE texnologiyalari orqali mobil aloqasi) liniyalarida IP va boshqa tarmoq protokollarini o‘rnatish va ishlatish mexanizmi. PPP yordamida PPP serveriga ulanib, ushbu server ulangan tarmoq resurslaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lish mumkin.