5-mavzu. Sport-huquqiy munosabatlari individual ishtirokchilarining (sportchilar, sport hakamlari, sport murabbiylari, sport agentlari, sport menejerlari, sport shifokorlari va psixologlarining) huquqiy maqomi Reja


Sport unvonlari, sport razryadlari, malaka toifalari. Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi



Download 36,54 Kb.
bet2/4
Sana24.11.2022
Hajmi36,54 Kb.
#871212
1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu sport huquqi

Sport unvonlari, sport razryadlari, malaka toifalari. Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi
O‘zbekiston Respublikasida quyidagi sport unvonlari, sport razryadlari, malaka toifalari belgilanadi:
a) sport unvonlari:
Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster;
O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri;
b) sport razryadlari:
O‘zbekiston sport ustaligiga yoki O‘zbekiston grossmeysterligiga nomzod;
birinchi sport razryadi;
ikkinchi sport razryadi;
uchinchi sport razryadi;
o‘smirlar uchun birinchi sport razryadi;
o‘smirlar uchun ikkinchi sport razryadi;
o‘smirlar uchun uchinchi sport razryadi;
v) sport hakamlarining malaka toifalari:
xalqaro toifali sport hakami;
milliy toifali sport hakami;
birinchi toifali sport hakami;
ikkinchi toifali sport hakami;
uchinchi toifali sport hakami;
sport bo‘yicha hakam;
g) trenyerlarning malaka toifalari:
xalqaro toifali trener;
oliy toifali trener;
birinchi toifali trener;
ikkinchi toifali trener;
d) yo‘riqchi-uslubchilarning malaka toifalari:
oliy toifali yo‘riqchi-uslubchi;
birinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi;
ikkinchi toifali yo‘riqchi-uslubchi.
Sport unvonlari, sport razryadlari hamda malaka toifalarini berish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari bo‘yicha tegishli sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan normalar hamda talablarni, shuningdek ularni bajarish shartlarini belgilaydi. Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizomda mazkur normalar, talablar va shartlarning mazmuni, shuningdek sport turlari bo‘yicha sport unvonlari va sport razryadlarini berish tartibi belgilanadi.
Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi va u to‘g‘risidagi nizom maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Bundan tashqari trenerlik faoliyatini tartibga soluvchi ko‘plab qonunosti hujjatlari ham mavjud bo‘lib, bular orasidan O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 5 apreldagi 96-son «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga muvofiq qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyati to‘g‘risidagi nizom”ni e’tirof etish mumkin. Ushbu Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini olib borayotgan jismoniy shaxslar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritib kelayotgan tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Nizomda sport turi bo‘yicha trenerlik faoliyatining maqsad va vazifalari hamda uni tashkil etishga oid normalar mavjud bo‘lib, ular trenerlik faoliyatini huquqiy jihatdan mukammal belgilab beradi.
Jumladan, Nizomda trenerlik faoliyatining maqsadlari sifatida quyidagilar belgilangan:

  1. jismoniy tarbiya va sportni targ‘ibot qilish;

  2. jismoniy tarbiya va sport vositalari yordamida aholini sog‘lomlashtirish;

  3. sport zaxiralarini hamda xalqaro sport maydonlarida O‘zbekiston Respublikasi sporti sha’nini munosib himoya qila oladigan yuqori malakali sportchilarni tayyorlash;

  4. kelgusida sport mahoratlarini takomillashtirish maqsadida istiqbolli va iqtidorli bolalar va o‘smirlarni saralab olish va sportda bo‘ladigan yo‘nalishlarini aniqlash.

Quyidagilar esa trenerlik faoliyatining asosiy vazifalari sifatida e’tirof etilgan:

  1. sportchilarni turli sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarda qatnashish uchun tayyorlash;

  2. jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarni sport bo‘yicha tayyorlash va sog‘lomlashtirishda o‘quv-mashq mashg‘ulotlari jarayoniga ilg‘or ilmiy usullarni joriy qilish;

  3. jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning bilim, qobiliyat va ko‘nikmasi sifatini, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarliklari darajasi ustidan nazoratni amalga oshirish;

  4. olib borilayotgan mashg‘ulotlarning xavfsizligini ta’minlash va sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlari talablariga rioya qilish;

  5. jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan turli xil doping va taqiqlangan vositalarni qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashish.

Trenerlik faoliyatini tashkil etish juda muhim va huquqiy jihatdan tartibga solishni talab qiluvchi vazifa bo‘lib, “O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyati to‘g‘risidagi nizom”da bu masalaga ham alohida o‘rin ajratilgan. Unga ko‘ra, trenerlik faoliyati aholi orasida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib borish va sportchilarni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan tibbiy tavsiyalar va boshqa hujjatlarda belgilangan sharoitlar, me’yorlar va talablarga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda chet elda o‘quv-mashq mashg‘ulotlari, o‘quv-mashq yig‘inlari va sport musobaqalari, ommaviy jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazilayotgan joylarda;
jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalarida, sport klublari va markazlarida, boshqa sport texnika tashkilotlarida, jismoniy tarbiya va sport jamoalarida;
o‘quv maskanlarida;
aholiga xizmat ko‘rsatadigan sport, sport-sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport-tomosha tashkilotlarida, alpinist lagerlari, shaxmat-shashka klublari, o‘q otish maydonlari, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi seksiya va guruhlarda;
shaxsiy tartibda amalga oshiriladi.
Trenerlik faoliyati shartnoma asosida amalga oshiriladigan faoliyat hisoblanadi. Trenerlik faoliyati quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:

  • individual (yakka) ish usuli shaklida;

  • guruhiy (brigada) ish usuli shaklida.

Trenerlik faoliyatini amalga oshirishda quyidagilar taqiqlanadi:

  • zo‘ravonlik, diniy ekstremizm va davlat tuzumi, mamlakatning tinchligi va xavfsizligi, uning aholisiga qarshi qaratilgan boshqa harakatlarni targ‘ibot qilish;

  • kamsituvchi munosabatda bo‘lish, shu jumladan milliy, diniy, jinsiy, siyosiy, madaniy, iqtisodiy va boshqa belgilar bo‘yicha kamsitish;

  • sport bilan shug‘ullanuvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish;

  • sportga aloqasi bo‘lmagan faoliyatni olib borish;

  • taqiqlangan vositalar, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishni targ‘ib qilish.

Sport va ommaviy tadbirlarda trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning ishtiroki, sport turi bo‘yicha tegishli xalqaro va milliy federatsiyalar, shuningdek ushbu tadbirlarni tashkil qiluvchi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan reglament, nizom va boshqa hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 36,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish