5-mavzu. Shaxs ma’naviy taraqqiyotining mezonlari.
REJA:
1.
.Shaxsning o’z o’zini boshqarish faoliyatini jadallashtirish. Shaxs ma’naviy
taraqqiyotining mezonlari.
2.Shaxsning professional karyerasi, tiplari, maqsadi va vazifalari. Karyera
tushunchasining mazmuni unga erishish mexanizmlari.
3. Shaxs ma'naviyatini shakllantirishda ota-ona mas'uliyati.
4. Adabiyot va san'at - shaxs ma'naviyatini shakllantirish va rivojlantirishning muhim
vositasi.
Tayanch so’z va tushunchalar:
Iymon; diniy iymon; dunyoviy iymon; iymonlilik; iymonsizlik; insoniylik; diyonat;
adolat; mehr-shafqat; e'tiqod; poklik; halollik va vafodorlik; sharm va hayo; nomus;
nomuslilik; kamtarlik; «Otang bolasi bo’lma, odam bolasi bo’l»; «Kamtarga kamol,
manmanga zavol».
Shaxs ma'naviyatini rivojlantirishning omillari va vositalari ko’p. Ular haqida oldingi
ma'ruzalarda u yoki bu munosabat bilan o’z fikrimizni bayon etganligimizni hisobga olib,
mazkur ma'ruza matnida asosan rejada qo’yilgan masalalarni bayon etish bilan cheklanishni
lozim topdik.
O’zbek xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar davom etib
kelayotgan, o’z ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydigan ajoyib qadriyatlaridan biri ota-
onani yuksak darajada e'zozlash, izzat-ikromini, hurmatini joyiga qo’yishdan iboratdir.
Farzand uchun dunyoda ota-onadan ko’ra mehribon, aziz va mo’'tabar zot yo’q. Ota-ona
farzandlarning suyanchiqi, bitmas-tuganmas boyligidir.
Ota-ona o’z farzandidan hech narsani ayamaydi. Ularning tabiat ato etgan buyukliklari
ham ana shunda. O’zbek xalqi odob-axloqi bo’yicha, keksalarning, ota-onaning oldidan
salom bermasdan o’tish gunoh hisoblanadi. Ota-onani qadrlash, ularning beo’lchov,
beminnat xizmatiga bir umr sodiq bo’lish, duolarini olish - bolalarning farzandlik burchidir.
Bu milliy qadriyatlarimizning eng muhim talablaridan biridir.
Buyuk bobomiz xazrat Alisher Navoiy aytganlaridek, ota-onani hurmat qilish
«...farzandlar uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq
bo’lsa ham kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang boshi uchun butun
jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyong obod bo’lishni istasang, shu ikki odamning
roziligini ol! Tunu kuningga nur berib turgan - birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh.
Ularning so’zlaridan tashqari bir narsa yozma, ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam
ham bosma. qamma xizmatni sen odob bilan bajar, «adab» so’zidagi «dol» kabi qomatingni
ham qil».
Tan olishimiz kerakki, sho’rolar davrida keksalarni, ota-onalarni hurmat qilish
haqidagi milliy qadriyatlarimiz biroz xira torta boshladi. Ba'zi yoshlarimizda o’zlaridan
kattalarni, nuroniy qariyalarni hurmat qilish, ularning nasihatlariga quloq solish singari
yuksak ma'naviy fazilatlar yo’qolib ketayotgani sezilmoqda. Ehtimol, boshqa millat
kishilari bunga unchalik e'tibor berishmas, lekin biz, o’zbeklar buni his qilmay ilojimiz yo’q.
Keksalar uchun ajratilgan uylarda farzandlari tirik, o’ziga to’q bo’lgan ota-onalar
yashayotganligiga toqat qilib bo’lmaydi. Gohi-gohida bo’lsa ham, ota-onaga qo’l ko’tarish,
undan ham oqirroq jinoyat qilish hollari sodir bo’lib turganligini eshitib turibmiz! Bu - oddiy
nuqson emas, balki uchiga chiqqan tubanlik, baqritoshlik, milliy qadriyatlarimizni oyoq-osti
qilish, o’z insoniyligini yo’qotishdir. Milliy qadriyatlarimizga, o’zbek xalqining sha'niga
doq tushuradigan bunday yaramas hodisalar zamini, ildizi, sababi nimada, degan savol
paydo bo’lishi tabiiy.
Sho’rolar davrida, avlod-ajdodlarimizning o’gitlari, pand-nasihatlari, ajoyib
an'analarimiz tarqib qilinish o’rniga nuqul qoralandi, yomon otli qilindi, bid'at, xurofot, deb
baholandi. Milliy tarbiya borasidagi merosimiz o’rganilmadi, tarqib etilmadi. Ularning
o’rniga ta'lim-tarbiya borasida Evropa, Rusiya modelini ko’klarga ko’tarib maqtab, tarqib
qilib, yoshlarimizni o’z milliy qadriyatlarimizdan bebahra qilib qo’ydik. Ana shu tufayli
diniy-axloqiy, oila, qo’ni-qo’shni, mahalla-ko’ylar ta'siri kabi ta'lim-tarbiyaning hayot
sinovidan o’tgan bebaho boyliklaridan judo bo’la boshladik. Mustaqilligimiz tufayli bularga
chek qo’yildi, bunday salbiy illatlarni tugatish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmokda.
Kattalarga izzat-ikrom, kichiklarga mehr-shafqat, ota-onalarga e'zoz, farzandlarga
mehr-sadoqat kabi insonni inson sifatida uluqlaydigan, axloqiy, ma'naviy jihatdan go’zal va
barkamol qiladigan qadriyatlarimiz odamlar, ayniqsa yoshlar qalbidan o’rin ola boshlagani
quvonchli bir holdir.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni - Konstitutsiyada
farzandlarning jamiyat, oila, ota-onalari oldidagi insoniy burchlari va mas'uliyatlari
nimalardan iboratligi milliy qadriyatlarimizdagi asosiy qoya va qoidalarga asoslanib
belgilab berilgan. Uning 66-moddasida qayd qilinishicha, voyaga etgan, mehnatga layoqatli
farzandlar o’z ota-onalari haqida qamxo’rlik qilishga majburdirlar.
Xullas, har bir farzandning o’z ota-onasini e'zozlashi farzandlik burchi va jamiyat
oldidagi mas'uliyati sanaladi. Ota-onani e'zozlashning quyidagi sharqona talablariga
hammamiz amal qilishimiz ham farz, ham qarz, farzandlik burchimizdir. Ota-onaga taom
berish, ozoda qilib kiyintirib qo’yish, kasal bo’lganda shifokorga ko’rsatish, kerakli dori-
darmonni keltirib berish, doimo hol-ahvol, sihat-salomatliklarini so’rab turish, ota-ona
oldida «uh» tortmaslik, gerdaymaslik lozim bo’ladi. Ota-ona norizo bo’lgan ishni qilmaslik,
aroq ichma, yomonga qo’shilma, desa uni qilmaslik va qo’shilmaslik kerak bo’ladi.
Ko’chada yurganda otadan oldin yurmaslik, otadan avval ovqatga, dasturxonga qo’l
uzatmaslik, otadan avval o’tirmaslik, otadan ko’ra poygakda o’tirish, otaning oldida oyoqni
uzatib yonboshlab olish bizning axloq-odobimizga kirmaydi. Ota-ona chaqirganda labbay
deb javob qaytarish, nima ish qilayotgan bo’lsa, hech ikkilanmasdan darrov ularga javob
berish farzandlik burchi hisoblanadi. Shunda ota-ona o’z farzandidan rozi bo’ladi. Ota-
onaning roziligini olgan farzand baraka topadi, ishi o’ngidan keladi, oldiga qo’ygan
maqsadiga erishadi. Ota-onasi norizo bo’lgan farzand kechgacha yugursa ham, ishining
barakasi bo’lmaydi, biri ikkiga aylanmaydi. Turmushga chiqish, uylanishda ota-onaning
roziligini, oq fotihasini olishda hikmat ko’p. Yuqoridagilarning hammasi biz uchun bir
xovuch oltin, xazina. Kelgusi hayotimiz uchun poydevor qo’yish demakdir. Bu dunyo
qaytar dunyo, nima eksang shuni o’rasan, Siz ota-onangizga nima qilgan bo’lsangiz, u sizga
farzandlaringizdan qaytadi. Bu ham tabiat qonuni bo’lsa ne ajab!
Endi ota-onani hurmat qilishning uluqvorligi haqidagi ba'zi ibratli fikrlarni hadislardan
keltirib o’tamiz. «qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat
qilsa, Olloh taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa,
unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi
qilmaguncha, Olloh taolo undan rozi bo’lmaydi»; «Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo
(jannatdagi daraxt) nasib bo’lib, Olloh taolo uning umrini ham ziyoda qiladi»; «Uch toifa
kishilarning duosi, hech shubhasiz, Olloh taolo qoshida maqbuldir: mazlum kishining duosi,
musofirning duosi va ota-onaning duosi»; «Ota-onalarning keksaygan vaqtda har ikkisini
yoki biri bo’lmaganda boshqasini rozi qilib, jannatiy bo’lib olmagan farzand xor bo’lsin,
xor bo’lsin, va yana xor bo’lsin»; «Ota-onaga itoat qilish - tangriga itoat qilishdir. Uni oldida
gunoh qilish tangri oldida gunoh ish qilish bilan barobardir» va boshqalar.
Yuqorida farzandning ota-ona oldidagi burchi haqida fikr yuritdik. Ota-onaning ham
farzand oldidagi burchi nihoyatda katta va mas'uliyatlidir. Farzandlarning kelajakda qanday
ma'naviyat egasi bo’lishi ko’p jihatdan ota-ona, u bergan tarbiyaga bogliq. qar bir ota-ona
farzandi oldida o’z otalik, onalik burchini to’liq his etishi, unga javobgarligini ma'nan
anglab etishi kerak.
Sobiq sho’rolar davrida uzoq vaqt milliy va ma'naviy tarbiya chetga surib qo’yildi.
Oqibatda bolalar tarbiyasida ota-ona mas'uliyati pasayib ketganligi hech kimga sir emas.
Vaholanki bola, o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida ota-ona beradigan tarbiya juda
muhim ahamiyatga ega. Farzand tarbiyasi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishini har
bir ota-ona yaxshi bilishi foydadan xoli bo’lmaydi. Birinchisi - nasl tarbiyasi, ya'ni bola
tarbiyasi - bola tuqilmasdan uch-to’rt yil oldin boshlanishi kerak. Ya'ni bo’lqusi ona va
otaning soqliqi, farzand tarbiyalashga mas'ulligini hisobga olish lozim bo’ladi. Bu - bola,
farzand ko’rishni istagan ota-onaning bo’lajak farzandlari taqdiriga mas'uliyat bilan qarab,
o’zlarining salomatliklarini yaxshilashlarini nazarda tutadi. Ikkinchi bosqich - homiladorlik
davridagi parvarish. Bu masala o’ta muhim, o’ta ahamiyatli bo’lib, bizda bu eng qoloq soha
bo’lib kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda homiladorlik davri tuqilajak inson taqdirining
60 foizini belgilashi ko’zda tutiladi. Bu davrdagi chora-tadbirlar aksariyat ota-onalar
tomonidan amalga oshiriladi. Uchinchi davr bola tuqilgandan to 6-7 yoshgacha bo’lgan
davr. Shu davrga kelib, bola ma'naviyatining asosiy kurtaklari shakllanib bo’ladi. So’ng ana
shu ma'naviy kurtaklarni parvarishlash va yanada rivojlantirish davri boshlanadi.
Ma'naviy barkamollik, balki, beshikdagi allaning mazmunidan, bolani kiyintirish-u
uni halol luqma bilan boqishdan boshlanishi mumkin. qazrati Bahouddin Naqshband
aytganlaridek, insondagi yaxshi fe'llar, amollar halol luqmadandir. Demak, ota-ona
farzandini halol luqma bilan boqsa, u farzand ma'nan pok va halol bo’lib voyaga etadi. Biz
sho’rolar zamonida buni unutayozdik, ahamiyat bermadik, boz ustiga tarbiyani ham tuzum
o’z manfaatlariga moslashtirib, uni o’z qo’liga oldi.
Xulosa shuki, bola tarbiyasini dono xalqimiz aytganidek, u hali tuqilmasdan ota, ona
va butun oila a'zolari hamjihatligida boshlashimiz lozim buladi.
Olamda barcha narsa juft-juft bo’lib yaratilgan. Juft bo’lib yashash tabiat qonuni,
taqazosi. Lekin oila bo’lib yashash barcha mahluqotlar orasida faqat odam nasliga xosdir.
Oila jamiyatning birinchi va birlamchi buqini, zarrachasi. Jamiyat ana shu kichik
zarralardan tashkil topadi. Er va xotin - ikki tirik vujudning, ikki olamning o’zaro ittifoqidan
paydo bo’lgan uchinchi bir olam - bu oiladir. Agar oila tinch-totuv, ahil bo’lsa, olam tinch
va obod. Aks holda, turmush do’zaxga aylanadi, oila zindonning o’zi bo’ladi, buning jabrini
esa er va xotinning o’zigina emas, balki farzandlari, yaqinlari ham tortadi.
Oila poklikka va soflikka, ikki tomonlama muhabbatga, sadoqat va vafodorlikka
asoslanishi kerak. Bu farzandlar tarbiyasi uchun muhim omil hisoblanadi.
Eng qadimgi odatimizga ko’ra, o’zbek oilasi ham to’ydan boshlanadi. Xalqimiz
saxovatli xalq. Topganini el-yurt oldiga qo’ysam, deydi. Xalqimizni to’ysevarlikda ayblab
bo’lmaydi. Agar ayblasak, o’z-o’zimizni kamsitgan bo’lamiz. To’y va ma'rakalarimizga
o’rinsiz tosh otish insofdan emas. Lekin to’y bahona soxta obro’ olishga intilish, kimosharga
isrofgarchilikka yo’l qo’yishni oqlab bo’lmaydi. To’y va ma'rakalarda musobaqa emas,
xayr-saxovat va ma'naviyat qadriyatlarini mustahkamlash ustivor bo’lgani yaxshi.
O’zbek oilasining tashqaridan sezilmaydigan o’ziga xos ichki qonun-qoidalari,
axloqiy, ma'naviy mezonlari bor. quyida biz shulardan ba'zilari, turmush uchun zarurlari
haqida to’xtab o’tishni lozim topdik, zero bu Siz kabi oila qurish oldida turgan yoshlar
uchun foydadan xoli bo’lmas, degan niyatdamiz. Aytmoqchi bo’lgan gaplarimizni eshitgan
bo’lsangiz, yana bir bor eshitsangiz foydadan xoli emas.
Rizq-ro’z tongda har bir odamga, oilaga ulashiladi. Kimki qaflat bosib, o’rnida
yotaversa, rizqidan quruq qoladi, deyiladi. Barvaqt turilsa, ish unumli, o’sha kun xayrli
bo’ladi....
Yuz-qo’lni yuvmasdan hol-ahvol so’ralmaydi, yuz-qo’lni yuvgandan so’ng kichiklar
kattalarga salom beradilar, ayollar nonushta tayyorlaydilar, qizlar-kelinlar hovli, eshik
oldini supurib, suv sepib qo’yadilar...
Ish yoki o’qishga oilaning tabarruk yoshlilaridan fotiha olib ketilishi axloq-odob
doirasiga kiradi, qaytganda, avval ularga uchrashib, salom beriladi, hol-ahvol so’raladi...
Oila odobiga ko’ra katta yoshlilar bolalarga, baloqatga etgan farzandlar, kelinlar katta
yoshlilarga ochiq-sochiq holda ko’rinmaydilar, bachkana qiliq qilmaydilar, pardasiz
so’zlarni aytmaydilar. Ko’chaga uy kiyimida chiqilmaydi va boshqalar. Aytaversak, o’zbek
oilasining fazilatlari ko’p, qonunlarda belgilanmagan, ammo millatimizning qadriyatlariga
aylangan tartib va talablari mavjud. Ularni farzandlarimiz o’zlashtirishi ham farz va ham
qarzdir.
Shunday qilib, oila - jamiyatning asosiy bo’qini. Oilada singdirilgan tarbiya, Vatan,
el-yurt, mustaqillik, ozodlik haqida berilgan tushuncha, tasavvur bolaning murqak qalbida
bir umr muhrlanib qoladi. Oila mustahkam, tinch, farovon, soqlom bo’lsagina, jamiyatda
barqarorlik vujudga keladi. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, «Oilaning jamiyatdagi o’rni,
tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab etmasdan, oilaga millat manfaati
nuqtai nazaridan yondashmasdan turib, xalqchil mafkura yaratolmaymiz». Ya'ni ma'naviy
sohadagi vazifalarimizni muvaffaqiyatli amalga oshiraolmaymiz.
Shuning uchun ham mamlakatimizda oilani mustahkamlashga alohida e'tibor
berilmoqda. Jumladan, Asosiy qonunimizning «Oila» deb atalgan 14-bobida quyidagi
qoidalarni o’qish mumkin:
«63-modda. Oila jamiyatning asosiy bo’qinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida
bo’lish huquqiga ega...
64-modda. Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va
tarbiyalashga majburdirlar...
65-modda. ...Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi» va boshqalar.
Mustaqil Respublikamizda Oila munosabatlariga alohida ahamiyat berilayotganligini
Oliy Majlisning birinchi chaqiriq o’n birinchi sessiyasida «Oila kodeksi» haqidagi
qonunning qabul qilinishida ham ko’rishimiz mumkin. Davlatimizning oilaning rolini
oshirishga qaratilgan siyosati albatta farzandlarimizning ma'naviyatini yuksaltirishida katta
ahamiyatga ega bo’ladi.
Adabiyot va san'at asarlari mustaqil respublikamiz fuqarolari ma'naviy dunyosini
boyitish, ularni go’zal narsalarning hammasidan bahramand qilish kabi ajoyib
xususiyatlarga ega. Ma'naviy qoyasi yuksak, badiiy jozibali adabiyot va san'at asarlari
kishilar qalbiga tezroq yo’l topish, estetik hissiyotiga kuchli ta'sir qilish, hayotiy voqea-
hodisalarni chuqur mushohada etishga da'vat etish kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Shuning uchun adabiyot va san'at asarlarining kishilarni yuksak ma'naviy-axloqiy ruhda
tarbiyalashdagi badiiy ta'sir etishdek vositalik xususiyatidan imkoni boricha kengroq
foydalanish muhim ahamiyatga egadir.
Adabiyot va san'at asarlarining kuchi uning xalqchil va tushunarliligida, kishilar ichki
- ruhiy dunyosiga emotsional ta'sir ko’rsata olishidadir. Ma'naviy barkamol avlodni
tarbiyalashda adabiyot va san'atning ana shu xususiyatini hisobga olish muhimdir.
Ma'naviy tarbiyada o’zbek xalqining boy ma'naviy merosidan keng foydalanish uning
ta'sirchanligi, samaradorligini oshirishda muhim omil bo’la oladi. Yoshlarimiz ma'naviy
tarbiyasida Yusuf xos qojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Lutfiy, Alisher Navoiy,
Abdurahmon Jomiy, Mashrab, Muqimiy, Furqat, Abdulla qodiriy, Cho’lpon, Usmon Nosir
kabi klassik shoir va yozuvchilarimiz asarlaridan foydalanishimiz ular qalbini, ruhiy
dunyosini ma'naviy boyitishda katta ahamiyatga egadir. Ularning bizga qoldirgan boy
badiiy-ma'naviy merosi o’zining chuqur falsafiy mazmuni, ahloqiy yo’nalishi bilan ajralib
turadi.
Klassik san'atkorlarimiz asarlarida halollik va poklik, to’qrilik, birovning haqiga ko’z
olaytirmaslik,
xiyonat
qilmaslik,
insonparvarlik,
vatanparvalik,
mehnatsevarlik,
diyonatlilik, iymonlilik, halol luqma bilan kun ko’rish, ota-onani hurmat qilish kabi inson
uchun zarur ma'naviy xislatlar yuqori badiiy saviyada bayon etilgan.
Ma'naviy tarbiyada Pirimqul qodirov, Odil Yoqubov, Said Ahmad, O’tkir Xoshimov,
Tohir Malik kabi yozuvchilarimiz; Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Oydin Xojieva, Omon
Matchon, Rauf Parfi kabi shoirlarimizning asar va she'rlaridan ham keng foydalanish, badiiy
asarlar, ulardagi qahramonlarning fe'l-atvori, axloqi, ma'naviy dunyosi to’qrisida suhbat,
munozara o’tkazish katta samara beradi.
Ma'naviy tarbiyada kishilar ongi, ruhiyatiga ta'sir etishda teatr san'atining ham roli,
o’rni va ahamiyati, ta'sir etish doirasi imkoniyatlari cheksizdir. Biz teatr san'atini ikki
tomoni charxlangan shamshirga o’xshatishimiz mumkin. U bir tomoni bilan kishilar qalbiga
yoruqlik olib kirsa, uni yuksak ma'naviylik tomon yo’llasa, ikkinchi tomoni bilan esa inson
qalbidagi nodonlik, jaholat ya'ni ma'naviyatsizlikka va jaholatga qarshi kurashadi.
Teatr san'ati boshqa san'at turlari kabi obrazli - badiiy tabiati bilan inson qalbiga
emotsional ta'sir ko’rsatish, uning ruhiy dunyosiga chuqur kirib borish, shu orqali ma'naviy
dunyosini boyitish xususiyatiga ega. Mustaqillikni mustahkamlash, kishilarni yuksak
ma'naviylik ruhida tarbiyalashda teatr san'atining ana shu xususiyatidan unumli foydalanish
zamon talabi. Afsuski, kishilarimiz, shu jumladan yoshlarimizning teatr, kino san'ati, yoki
san'atning boshqa turlariga bo’lgan qiziqishi unchalik etarli darajada emasligi kishini
ajablantiradi. Teatr voqeligimiz, kishilarimiz turmushi, intilishi, qiziqishi, xatti-
harakatlarini hayajon bilan aks ettiradigan maydondir. U bir vaqtning o’zida ham so’z, ham
musiqa, ham xatti-harakat orqali inson qalbiga ta'sir etish xususiyatiga egaligi bilan ajralib
turadi. Shuning uchun teatr va kino san'atining bu xususiyatidan ma'naviy tarbiyada
foydalanish katta samara berishi shubhasiz. Faqat ulardan samarali foydalanish lozim
bo’ladi.
Bunday asarlarni kishilar qalbiga kirib borishida televidenie imkoniyatlaridan
foydalanishga alohida ahamiyat berish talab etiladi. Kishilarimiz «Otalar so’zi - aqlning
ko’zi» kabi ko’rsatuvlarni sabrsizlik bilan kutganidek, ma'naviy yuksaklikka chorlaydigan,
ya'ni jasorat va olijanoblikni, ma'naviy go’zallik va axloqiy poklikni, uluqvorlik, nafosat va
ma'naviy qadriyatlarimizni tarqib etuvchi badiiy yuksak adabiyot va san'at asarlariga
muhtojdir. Chunki, ular ma'naviyatimizni yuksaltiribgina qolmasdan, shuning bilan birga
yoshlarimizga ilm egallashda, millat va vatanni taraqqiy ettirishda fidoyilik ko’rsatishda,
zavq-shavq va ilhom baqishlaydigan vositalarning asosiylaridan biri hisoblanadi.
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda va yoshlarimiz ongiga milliy istiqlol qoyalarini
singdirishda respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashining olib borayotgan amaliy
ishlarini ham a'lohida ta'kidlash lozim bo’ladi. Uning viloyatlardagi va Toshkent shahridagi
bilimlarida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, talaba yoshlar bilan
respublikamizning ko’zga ko’ringan adabiyot va san'at arboblarining uchrashuvlarini
tashkil qilish, ko’zga ko’ringan olimlar ishtirokida turli ilmiy-amaliy konferentsiyalar
uyushtirish kabi o’ta muhim ishlarni amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu kengash tomonidan
ma'naviyat, tarbiya va ta'lim masalalariga baqishlangan ilmiy, ilmiy-ommabop risolalarni
bosib chiqarayotgani va ularni yoshlar o’rtasida keng tarqibot qilayotganligini alohida
ta'kidlash lozim bo’ladi. Bu kengash o’z faoliyati bilan mamlakatimizda tarbiya borasida
olib borilayotgan umumiy ishga o’z hissasini qo’shib kelmoqda.
Xulosa qilib aytganda, ma'naviy tarbiya bugungi kunning eng dolzarb masalasi. Bu
ishga yurtimizning barcha ziyolilari - o’qituvchilar, jurnalistlar, yozuvchilar, vrachlar,
artistlar, barcha rahbarlar birdek mas'uldirlar. Mamlakatimizda tarbiyani hozirgi zamon
talablari darajasida olib borishda mavjud barcha imkoniyatlar va vositalardan samarali
foydalanganimizdagina ma'naviyati yuksak yoshlarni tarbiyalashga erishish mumkin
bo’ladi.
Ota-onaning farzand oldidagi uluqligi nimadaq
Birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh iborasining mazmunini izohlang.
Ota-onaning farzandlar oldidagi burchi nimada deb bilasizq
Farzandlarning ota-onalar oldidagi burchi nimada deb bilasizq
Ota-ona va farzandlar mas'uliyati haqida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
nimalar ko’rsatilganq
Ota rozi – xudo rozi iborasining mazmunini izohlang.
Farzand tarbiyasini qaysi davrda boshlanishi haqida nimalar bilasizq
Yaxshi fe'llar, yaxshi a'mollar – halol luqmadandir iborasini mazmunini izohlang.
O’zbek oilasining ma'naviy-axloqiy jihatlari haqida nimalarni bilasizq
Kishilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda adabiyot va san'atning ahamiyati nimada
deb bilasizq
qaysi yozuvchi va shoirlar asarlarida o’zbek milliy ma'naviyatining o’ziga xos jihatlari
o’z ifodasini topganq Ular milliy ma'naviyatimizning rivojlanishida qanday ahamiyatga
egaq
Vatanparvarlik haqida so’z yuritishdan avval Vatan tushunchasiga izoh berish
maqsadga muvofiq. Vatan aslida arabcha so’z bo’lib, ona yurt ma'nosini anglatadi, shu
ma'noda olib qaraydigan bo’lsak, O’zbekiston - o’zbek xalqining vatani, muqaddas
sajdagohidir:
Dunyo bo’ldi chamanim manim,
O’zbekiston vatanim manim.
Vatan - bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to’kilgan muqaddas dargohdir.
Vatan - bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga etgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-
odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o’sib, kamol topib boradigan zamindir.
Vatan deganda, hamisha o’zimiz tuqilib o’sgan, ko’z ochib ko’rgan, ta'lim-tarbiya olib
voyaga etgan, necha-necha avlodu ajdodlarimiz yashab o’tgan, ularning aql-idroki, mehnati
sarf qilingan yurt ko’z oldimizga keladi.
Vatan ona kabi aziz va mukarramdir. Vatan insonga baxt-iqbol beradigan zamindir.
Abdulla Avloniy aytganidek: «qar bir kishining tuqilib o’sgan shahar va mamlakatini shul
kishining vatani deyilur. qar kim tuqilgan, o’sgan joyini jonidan ortiq suyar... Biz
turkistonliklar o’z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar arabistonlarini,
qumlik issiq cho’llarini, eskimuslar shimol taraflar, eng sovuq qor va muzlik erlarni boshqa
erlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi turonlik oson erlarga o’z
vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi.»
Vatan - bu xalqning o’tmishi, buguni va kelajagidir. Vatan - muqaddas qadriyat.
Taraqqiyot vatandan boshlanadi. U insonning kindik qoni to’kilgan joy, insonni ijtimoiy
etimlikdan asrovchi manzil, ma'naviy kamolot va fuqarolik maydoni, hayot maktabi,
farovonlik va baxt-saodat o’choqidir.
Inson uchun vatan yagonadir. Vatanning katta-kichigi ham, boy-kambaqali ham
bo’lmaydi. Vatan tanlanmaydi. Vatan bizning molimiz emas. Shuning uchun ham u pulga
sotilmaydi va sotib olinmaydi. Vatan in'om etilmaydi, qarzga berilmaydi. Vatan har bir
fuqaro uchun muqaddas va betakrordir. Prezidentimiz Islom Karimov keltirgan iboradek,
«Vatan - sajdagoh kabi muqaddasdir». Vatanni eng oliy ne'mat singari boshimiz uzra baland
ko’tarib, har on va har soniyada uning tuproqini ko’zlarga surtib, unga ta'zim bajo
aylashimiz farzandlik burchimizdir. Muqaddas xadisi shariflarda «Vatanni sevmoq
iymondandir», deyilgan. Ya'ni iymoni but, vijdoni pok har bir inson vatanni sevadi, uni
qanimlar ko’zidan asraydi, uning yashnashi va yashashi, hurligi uchun kurashadi.
Vatan mehrini, vatan sehrini, uning mo’'tabarligiyu uluqvorligini so’z bilan ifodalash
qiyin.
qar bir barkamol inson vatan kamoloti va istiqboli, el-yurtining ozodligi va
mustaqilligi uchun hamma narsani, hatto shirin jonini ham ayamaydi. Bu haqda mavlono
Fuzuliyning, mening bitta hayotim bor, bordiyu mingta hayotga ega bo’lgan taqdirimda ham
hammasini vatan uchun sarflagan bo’lur edim, deb aytgan so’zlari har birimiz uchun bebaho
o’gitdir.
Sho’rolar davrida milliy manfaat, vatanga, ona zaminga mehr-muhabbat degan his-
tuyqular asta-sekin so’na boshladi. «Vatan» tushunchasi mavhum bir umumiy holga kelib
qolgandi. qamma narsa - «Umumsovet» manfaatiga qaratilgandi. qar bir millat, xalq ming
yillardan beri yashab kelayotgan o’z vatani uchun qayqurishga haqli emasdi.
Oxir oqibat shunga etdiki, sobiq Sovet davrida bu mamlakatda yashayotgan xalqlar,
shu jumladan o’zbeklar ham o’z vatanida bevatan bo’lib yashashga majbur bo’ldilar. Buni
O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov «Vatan umidi» she'rida shunday ifodalaydi:
Agarchi ismim Erkin,
Erki yo’q, bandi kishan bo’ldim.
Ko’zim boqliq, dilim boqliq,
Tilim yo’q, besuxan bo’ldim...
Muazzam Sayhunu Jayhun -
Labida tashnalab qoldim,
Kiyintirdim jahonni,
Jismim uryon, bekafan bo’ldim.
Chekubdur Boburu Furqat
Vatan hajrida afqonlar,
Men ersam, ne qurbatkim,
Vatanda bevatan bo’ldim.
Olisda, oh diyorim deb
Soqingan, ey vatandoshim,
Dema sen, o’zni bebaxt,
Baxti yo’q aslida man bo’ldim...
Inson uchun na davlat va saltanat, na toju taxt, hech bir narsa Vatanga, el-yurt mehriga
teng kelolmaydi. Vatandan judolik - inson uchun katta baxtsizlikdir.
Inson istagan joyda bir parcha nonga qornini to’yqazishi mumkin. Lekin Vatanning
o’rnini hech narsa bosolmaydi. Vatanda yashash haqiqiy baxtdir.
Mustaqillik tufayli biz o’zimizning haqiqiy vatanimizni topdik. Bu mustaqillikning
bizga bergan eng oliy ne'matidir. Vatani mustaqil xalqning o’zi ham mustaqil bo’ladi. Yurti
ozod va erkin odamning erki o’z qo’lida bo’ladi.
Tarix o’zbek xalqining hozirgi Siz kabi avlodi zimmasiga qoyat buyuk vazifani
yukladi. Bu Vatanimiz kuch-qudratini mustahkamlash, uning dovruqini olam uzra yoyish,
shuhratiga shuhrat qo’shishdir. Bunda esa vatan, Prezidentimiz aytganidek, Siz kabi fidoyi
vatanparvarlarga tayanadi. qar birimiz o’zimizning yaratuvchilik, bunyodkorlik
faoliyatimiz, halol mehnatimiz bilan o’zimizdan keyingi avlodlarga ozod va obod vatanni
qoldirishimiz kelgusi avlodlar, nasl-nasablarimiz oldidagi burchimizdir.
Milliy mustaqillik - xalqimizda, ayniqsa o’sib kelayotgan yosh barkamol avlodimizda
vatanparvarlik to’yqularining tiklanishida muhim ahamiyat kasb etdi. qozirda
vatanparvarlik o’zining qanday qirralari bilan namoyon bo’layotirq Vatanparvarlikning
mohiyati nimalarda, qanday amaliy ishlar faoliyatida namoyon bo’ladiq Umuman
vatanparvarlik nima, uni qanday tushunmoq kerak, u haqda donishmandlar nima deganlarq
quyida ana shular haqida bahs yuritmoqchimiz. Avvalo, hozirgi o’zbek vatanparvarligi ota
- bobolarimiz yaratuvchanlik ishining bevosita davomidir. Saodatli, baxtli, kelajagi buyuk
O’zbekistonga hozir har daqiqada ulush qo’shmoq, vatanga muhabbat, vatanparvarlikning
asl ko’rinishidir. Vatanga munosib farzand bo’lish, uning eri, suvi, eli bilan chambarchas
boqliq ekanligimizni teran anglash, uni ardoqlash ham vatanparvarlikning bir ko’rinishi,
qirrasi.
Vatanparvarlikni eng oliy tuyqu sifatida o’tmish mutafakkirlari alohida qayd etganlar
va o’zlari ham unga sodiq qolganlar. Endi ana shu qaydlardan ba'zilarini eslab o’tamiz.
Tsitseron (Rumo notiqi va faylasufi). Bizga ota - onalar, bolalar, yaqin xesh-aqrobalar
qimmatlidir, lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina «Vatan» degan so’zda
mujassamlashgan. Vatanga nafi tekkudek bo’lsa, qaysi vijdonli odam u uchun jonini
berishga ikkilanar ekan!
Gegel (nemis faylasufi). Ma'rifatli xalqlarning haqiqiy jasorati Vatan yo’lida qurbon
bo’lishga hozir ekanliklarida aks etadi.
Bayron (ingliz shoiri). Kimki o’z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi.
Belinskiy (rus tanqidchisi). Kimki o’z Vataniga daxldor bo’lmasa, u insoniyatga ham
dahldor emas.
Gyugo (frantsuz adibi). O’z vataniga doq tushirish - uni sotish degan so’z.
Vatan tuyqusi bo’lgan kishidagina vatanparvarlik jo’sh uradi. Prezidentimiz Islom
Karimov aytganidek: «Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tuqiladi.
Ya'ni, inson o’zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat
tuyqusini ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qanchalik chuqur bo’lsa, tuqilib o’sgan yurtga
muhabbat ham shu qadar cheksiz bo’ladi».
Vatanparvarlik deganda esa yana qo’yidagilarni anglash joiz:
- o’z xalqini, tarixini yaxshi bilish va u bilan faxrlanish;
- qadimiy obidalar, mislsiz imoratlar, ajdodlar yaratgan moddiy va ma'naviy
meroslarni ko’z qorachiqiday asrash va avlodlarga taqdim etish;
- xalqimizning, ajdodlarimizning go’zal va ma'noli urf-odatlar, rasm-rusum va
udumlarini qadrlay bilish, ularni davom ettirish;
- ajoyib vatandoshlar - ajdodlar nomi bilan, ularning uluq ishlari, ijodlari bilan
faxrlanish, ularning ishlarini davom ettirish, ularga munosib voris bo’lish;
- shunday ajoyib xalqqa, yurtga, uning boy tili va madaniyatiga mansubligi bilan
faxrlanish;
- Turonzaminni himoya qilib, tomirida oxirgi qoni qolguncha dushmanga qarshi
kurashgan bahodirlarni, ayovsiz janglarda halok bo’lgan qahramonlar nomini yod etish;
- asrimizning yigirmanchi, o’ttizinchi, qirqinchi, elliginchi va nihoyat saksoninchi
yillarida xalqimiz, millatimizga qarshi uyushtirilgan qataqonlarda qamoq va surgun
azoblarini boshidan kechirgan va halok bo’lgan minglab millatimiz gullarini unutmaslik;
- bu aziz va go’zal vatanimizda yuksak e'tiqod bilan yashash, unga hamisha sadoqatli
bo’lishdir.
Vatanparvarlik hammamizning o’z ishimizga mas'uliyat bilan qarash, vatanning
boyliklarini ko’z qorachiqiday asrash, boyliklariga boylik qo’shishga o’z ulushimizni
qo’shish, ilm-fan cho’qqilari sari intilish va boshqalardir.
Vatanparvarlik bir so’z bilan aytilganda o’z ijobiy ishlarimiz, bunyodkorlik
harakatlarimiz bilan uning kuch-qudratiga, gullab yashnashiga imkon darajasida hissa
qo’shish:
- ona yurtimizda tinchlik, barqarorlik va osoyishtalikni saqlashga intilish
vatanparvarlikning belgisidir;
- vatanparvarlik – xalqaro munosabatlarda vatan, millat manfaatlarini birinchi o’ringa
qo’yishdir.
Vatanparvarlik haqida so’zlar ekanmiz, mustaqillik bizga in'om etgan
vatanparvarlikning oliy ramzlari haqida so’zlamasdan iloj yo’q. Vatanparvarlikning oliy
ramzlari xalqimiz, yoshlarimiz qalbidan mustahkam o’rin olayotganligi nihoyatda
quvonchlidir. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayroqi Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohi oldida 180 tadan ortiq mustaqil davlatlar bayroqlari
qatorida maqrur hilpirab turishini ko’rish va his etish naqadar katta baxt, insonni naqadar
kuchli bir hissiyotga chulqab oladi... Prezidentimiz Islom Karimov juda to’qri ta'kidlab
o’tganidek: «O’zbekiston fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari – Davlat
Gerbi, Davlat Bayroqi, Davlat Madhiyasi azizdir. Ular ona vatan - O’zbekiston
Respublikasiga iftixor va cheksiz hurmat to’yqusini tarbiyalaydi».
Davlatimiz mukofotlari - «O’zbekiston qahramoni» oliy unvoni, orden va medallar,
faxriy unvonlar ham mamlakatimiz fuqarolarida o’z Vatanidan qururlanish to’yqularini
oshirishga xizmat qiladi.
O’z milliy valyutamiz so’mimiz ham vatanparvarlik ramzidir.
Xullas, Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: «O’zbekiston - muqaddas Vatan,
ota-bobolarimiz yotgan er, o’zimiz yotadigan er. Farzandlarimizni shu zaminga sadoqat
ruhida tarbiyalash, ularning qalblarida shu muborak zaminning har qarichiga mehru
muhabbat uyqotish bugungi kunning eng ustivor fazilatlaridan biriga aylanayotgani
hammamizni quvontiradi».
Ikkinchi masalaning bayoni. Vatanparvarlik tushunchasi insonparvarlik tushunchasi
bilan uyqundir. Vatanparvarlik uchun intilish, vatanparvarlik uchun kurashning zaminida
insonparvarlik yotadi.
Insonparvarlik bu o’zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. U purma'no va
sermazmun tushunchadir. Insonparvarlik o’zbek xalqining ajralmas xislati tarzida ko’zga
tashlanadi. qur'oni Karim insonparvarlik qoyalari asosiga qurilgan. Muhammad
alayhissalom hadislari shu qoyalarga boy hikmatlar majmuasi sanaladi. Insonparvarlik
kishilarning bir-biriga hurmatida, qadr-qimmatida, mehr-shafqatida, diyonatda, o’zaro
ko’maklashuvda, hamdardlikda, boshqalar qayqusiga sherik bo’lib, quvonchidan va
baxtidan sevinishda, xalq baxti va yutuqlaridan faxrlanishda ko’rinadi.
O’zbek xalqining turmush tarzi, mehnat faoliyati, o’zaro munosabatlari, hamkorlik,
hamdardlik, vafodorlik, bir-biriga suyanishi, yaxshi qo’shnichilik, bolajonlik, ota-onaning
bolaga, bolaning ota-onaga hurmati, sadoqati kabi qadriyatlari insonparvarlik qoyalari bilan
suqorilgan. O’zbek xalqi bir umr mehr-shafqatli bo’lgan, barchaga yordam qo’lini cho’zgan.
O’zbek xalqi o’zining insonparvarligini fashizmga qarshi kurash yillari etim bolalarning
boshini silab o’z tarbiyasiga olib yorqin namoyon etdi.
O’zbek xalqi doimo umuminsoniyat dardini kuylab kelgan. Al-Xorazmiy, al-Beruniy,
Ibn Sino, az-Zamahshariy, Pahlavon Mahmud, Alisher Navoiy, Ogahiy asarlaridagi qoyalar
- insonparvarlik ruhi bilan ajralib turadi. Xususan, Navoiy ijodida insonparvarlik alohida
ahamiyat kasb etadi. Uningcha, vatanga, xalqqa sadoqat eng avval uning taqdiri ustida
qamxo’rlikdan iboratdir. Insonga nisbatan beparvolik, uning taqdiri va baxtu saodati
ustidagi qam emaslik sharafli inson uchun tamomila yotdir. Navoiyning barcha-barchani
insonga qamxo’r bo’lishga chaqirgan, insonparvarlikni kuylagan qo’yidagi bayti asrlar osha
hammamiz uchun ibrat yangliq yangrab turibdi:
Odami ersang, demagil odami,
Oniki, yo’q xalq qamidin qami.
Navoiy ijodida bu mavzuning alohida o’rin egallaganligi tahsinga sazovordir. U
nafaqat badiiy ijodda, balki o’z amaliy faoliyatida ham yuksak insonparvarlikka sodiq
qolgan mutafakkirdir. U xalq uchun, el-ulus uchun, beva-bechora, etim-esirlar uchun
madrasalar, tabobat xonalar, shifo maskanlari qurdirgan. Doshqozonlarda ovqat pishirib
tekinga tarqatgan. Dardmanlarga bepul tabobat ko’rigi uyushtirib tibbiy yordam bergan.
Bunday insonparvarlik namunasidan hammamiz har qancha o’rnak olsak arziydi.
Mustaqil O’zbekiston otliq davlatimizning butun siyosati insonparvarlik qoyalari bilan
suqorilganligi va uni amaldagi namunasi ekanligi bilan har birimiz har qancha faxrlansak
arziydi. Jumhuriyatimiz hokimiyati inson huquqlari va demokratiyaga oid masalalarni
maxsus qonun bilan belgilab qo’yibdi.
Prezidentimiz va O’zbekiston davlatining eng uluqvor va insonparvarlik qoyalaridan
biri – ichki va tashqi tinchlik siyosatidir. Inson tuqilgan ekan, u yashashi kerak. Yashash
uchun tinchlik zarur. Demak, davlatimizning tinchlik siyosati insonparvarlik siyosati
mazmuni bilan yo’qrilgan.
O’zbekiston davlatining ekologik siyosati ham insonparvarlik mazmuni bilan
boqlangan. Ekologiya buzilar ekan, inson salomatligi yomonlashadi. Inson nosoqlom ekan,
bu jamiyatdagi nosoqlomlikni keltirib chiqaradi. Mamlakatimizda «Soqlom avlod uchun»
dasturining ilgari surilganligi insonparvarlikka qaratilgan katta tashabbusdir. Mustaqil
O’zbekiston o’z halqining salomatligi haqida qayqurar ekan, bunga milliy boylik sifatida
qaraydi.
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
o’zining insonparvarlik qoyalari bilan ajralib turadi. Bu haqda Islom Karimov shunday
yozadi: «Shu ko’hna zamin odamlari ko’nglida ustivor bo’lgan adolat, haqiqat, iymon,
mardlik, tantilik, baqri kenglik kabi uluq xislatlar bu muborak hujjatdan munosib o’rin
olgan». Bu tarixiy hujjatda insonparvarlik o’z ifodasini to’la topgan. Chunonchi: «39-
modda. qar kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, shuningdek boquvchisidan
mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish
huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman
belgilab quyilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emas».
Davlatimizning asosiy qonuni o’zining insonparvarlik kafolati ustivorligi tufayli xalq oldida
katta obro’-e'tiborga ega.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan islohatlarning muhim tamoyilidan
biri ijtimoiy siyosatga qaratilgani bilan ajralib turadi. Bu to’qrida Islom Karimov shunday
yozadi: «Islohatlarimizning muhim tamoyillaridan biri - aholining kam ta'minlangan
tabaqasi, ya'ni qariyalar, nogironlar, bolalarini muhofaza qilish, ularni puxta himoyalashdir.
Yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, ish bilan ta'minlanishida har tomonlama
yordam berish davlatimizning muqaddas burchidir». Bu erda Prezidentimiz Islom
Karimovning insonparvarlik fazilati namoyon bo’lgan.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 1997 yilni «Inson manfatlari»; 1998 yilni
«Oila»; 1999 yilni «Ayollar»; 2000 yilni «Soqlom avlod» yili deb belgilanishida ham
chuqur insonparvarlik ma'nosi yotadi.
Insonparvarlikning ko’rinishlaridan biri bu insonni uluqlashdir. Inson tabiatning
gultoji. U har qancha maqtovga loyiq zot sanaladi. Bu haqda qur'on va hadislarda,
mutafakkirlar ijodida ajoyib, ibratli fikrlar aytilgan. Biz bu o’rinda «Sharq Gegeli» degan
sharafli nomga sazovor bo’lgan faylasuf shoir, mutafakkir Mirzo Abdulqodir Bedil
so’zlarini keltirish bilan cheklanamiz. Bedil insonni irqiy, milliy, diniy e'tiqodlaridan qat'iy
nazar hurmat va ehtiromga sazovor zot deb biladi va bu haqda shunday deydi: «qar kimki,
hazrati insonni sajdaga sazovor demasa, u mal'undir». qanday ajoyib fikr! Ushbu fikr har
qanday davr uchun ham adolatli, ardoqli va olijanobdir.
Mustaqil Respublikamiz fuqarolari, xususan yoshlari ruhiyatida vatanparvarlik va
insonparvarlik tuyqularini shakllantirish, ularni rivojlantirish demokratik, adolatli va
xuquqiy jamiyatni barpo etishning muhim kafolati sanaladi. Shuning uchun vatanparvarlik
va insonparvarlik tuyqularini shaklantirish butun tarbiyaviy ishimizning muhim
yo’nalishlaridan biri bo’lib qolmoqi lozim.
Uchinchi masalaning bayoni. O’z millatiga sadoqatli bo’lish millatparvarlik bilan
hamohang tushunchadir. Millatparvarlik bu har bir inson uchun yuksak burch sanaladi. O’z
millatini sevmagan inson o’zini ham, Vatanini ham seva olmaydi. Millatparvarlik o’z
millatini boshqa millatlardan ustun qo’yish yoki kamsitish kabi (millatchilik va shovinizm)
jirkanch harakatlardan tubdan farq qiluvchi tuyqudir. Millatparvarlik o’z millatining
birligini mustahkamlash, o’z tili, urf-odatlari, an'analarini rivojlantirish, qadriyatlar va
meroslarni ko’z qorachiqiday asrash, o’z millatining kelajagi uchun xizmat qiluvchi aql-
zakovat (intellektni), salohiyatni (potetsial) rivojlantirish va milliy tarbiyani amalga oshirish
yo’lida fidoyi bo’lishdir.
Milliy o’zlikni anglashning muhim omili bo’lgan millatparvarlik tuyqusini
shakllantirishda yaqin o’tmishda millatimiz manfaatlarini ko’zlab millatparvarlikning
yorqin namunasini ko’rsatgan millatimizning sodiq farzandlari amalga oshirgan ishlarni
tashviqot qilish katta ahamiyatga ega. Bugun F. Xo’jaev, A.Ikromov, A. qodiriy, U.Nosir,
A.Fitrat, I.Mo’minov, X.Abdullaev, Sh. Rashidov kabilarning nomlari millatparvarlikni
o’zida yorqin mujassam etganligini yoshlarga tushuntirishimiz lozim. Ularning har biri
Sho’rolar tuzumining eng murakkab, eng qiyin sharoitida millatimizning manfaatini, qadr-
qimmatini, or-nomusini, tarixini, madaniyatini va ma'rifatini himoya qildilar.
Millatimizning mustaqilligi uchun jon fido etdilar. Ulardan birlari millatimiz sharafini
himoya qilibgina qolmay, uni jahon uzra ko’z-ko’z qilishda o’zlarini ayamadilar. Yana
birlari esa ona zaminda millatimiz orasidan ulkan kadrlar etishib chiqishiga jonbozlik
ko’rsatdi, boshqa birlari esa, yurtimizdan tashib ketilgan xomashyolar o’rnini to’lqizish
uchun markazdan ko’proq texnika, texnologiya, fan yutuqlarini, mablaqlarini olib kelish
yo’lida faollik ko’rsatdi.
Bugun mustaqil O’zbekistonning jahonda o’z munosib o’rnini topishi,
millatimizmining qadr-qimmatini joyiga qo’yish ona zaminda yashayotgan barcha millat va
elatlar vakillari bilan barqaror rivojlanish yo’lida faoliyat ko’rsatayotgan O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomi millatparvarlikning yorqin ifodasi sifatida
xalqimiz qalbidan chuqur o’rin olgan.
Millatimizning mustaqilligi uchun kurashgan qanday millatparvar farzandlarni
bilasizq
Mazkur masala echimi ko’p qirrali. qo’yilgan masalani har kim o’z ma'naviy dunyosi
o’lchami bilan o’lchab, shunga yarasha xatti-harakat qiladi. Insonning chin ma'nodagi
insonligi - uning iymoni, diyonati, mehr-oqibati, pokligi va halolligi, kamtarligi va
boshqalar bilan o’lchanadi. Buni biz umumiy tarzda insoniylik tushunchasi bilan
ifodalashimiz mumkin. Insoniylik esa faqat iymonli insonlardagina bo’ladi. Biz bu o’rinda
hamma kishilar uchun umumiy tarzda tegishli bo’lgan masalalar ustida baholi qudrat fikr
yuritamiz. Agar biz iymon tushunchasining mohiyatini to’qri anglab, tushunib olsak,
iymonni izohlovchisi bo’lgan diyonat, mehr-oqibat, poklik va halollik, kamtarlikning ham
mohiyatini bilib olamiz. Faqat iymonli kishilargina poklik va halollik, diyonat, ezgulik,
mehr-oqibat yo’lida bo’ladilar. Shuning uchun ham mazkur masalada iymon tushunchasini,
uning mohiyatini keng qamrovli asosda bayon qilishni maqsadga muvofiq deb bildik.
Iymon arabcha so’z bo’lib, luqaviy ma'nosi - ishonch demakdir. Shariatda esa janob
payqambarimiz Muhammad alayhissalom Olloh tarafidan keltirgan barcha xabarlarga til
bilan iqror bo’lib, dil bilan tasdiqlashga iymon deyiladi. Ya'ni qur'oni Karim va qadisi
Shariflar orqali Olloh to’qrisida, jannat, do’zax, qiyomat kabilar haqida berilgan xabarlarga
ishonch - iymondir.
Ma'naviy-axloqiy fazilat sifatida esa iymon faqat odamzotgagina xos ruhiy xodisa
jumlasiga kiradi. Inson, odamzotdan tashqari hech bir maxluqotda iymonning o’rni-tagi
ham yo’q. Binobarin, odamzot jamiki boshqa jonzotlardan biron bir narsaga ishonib, uni
muqaddas deb bilishi, ya'ni iymon keltirishi bilan ajralib turadi. Iymon kishi
ma'naviyatining, axloqining o’q ildizi, poydevori, negizidir. Iymondan mahrum kimsaning
aqli nechoqli o’tkir, irodasi naqadar cho’ng bo’lmasin va shular tufayli o’zligidan qanchalik
maqrurlanmasin, u chinakam insonlar qatoriga hech qachon kiritilmagan, kiritilmaydi ham.
Zero, iymonsiz odam na Ollohdan qo’rqadi va na bandalardan uyaladi. U o’z nafsining
itoatkor quli bo’lib, har qanday razolat va pastkashliklardan qaytmaydi. Olloh hammamizni
shundan asrasin. Buning uchun iymon yo’lini tutishimiz lozim.
Iymonning mohiyati azaldan olam va odamzotning kelib chiqishi, odamning olamdagi
o’rni qanday, inson umrining ma'nosi nimada, zoti bashar nimaga da'vat etilgan, u nimalarga
qodiru, nimalarga noqodir singari muammolar tashkil etib keladi.
qamma dinlarda iymonga alohida e'tibor beriladi. Iymon barcha dinlarning ustuni
sanaladi. Chunonchi, zardushtiylik iymoni uch tayanchga: niyat - fikrning sofligiga,
so’zning sobitligiga, amallarning insoniyligiga suyanadi. Iymonli kishi o’qrilik va
talonchilikdan, o’zgalarning mol-mulkiga ko’z olaytirishdan, birovnig haqiga xiyonat
qilishdan, boshqacha aytganda, o’zligiga, ya'ni o’z iymoniga xilof, zid ish qilishdan o’zini
tiya biladigan komil insondir. Iymonli odamga yuqorida qayd etilgan hodisalarni qilma,
gunoh bo’ladi deb tarqib qilishning hojati yo’q.
Bundan 1400 yil muqaddam Ollohning irodasi bilan Muhammad alayhissalom
faoliyatlari tufayli bunyodga kelgan islom ta'limotiga ko’ra, iymon mohiyatini qur'oni
Karimning quyidagi surasi ochib beradi: «Amantu billahi va malaikatihi va kutubihi va
rosulihi val yavmal oxiri va qodari xayrihi va sharrihi minallohi taolo val ba'si ba'dal mavt
haqqun. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashxadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh».
Mazkur suraning ma'nosi esa taxminan shunday: «Chin ko’nglim ila iymon keltirdim:
Ollohi taologa va uning farishtalariga va uning kitoblariga va uning payqambarlariga ham
bu dunyo yo’q bo’lib oxirat kuni bo’lmoqiga va qadarga, ya'ni yaxshi va yomon ishlar har
qaysisi ilohi taolodan bo’lmoqligiga va o’lgandan so’ng qabrdan tirilib va bularning
hammasi haqiqat ekaniga. Dilim birla guvohlik berurman, albatta Ollohdan o’zga hech
ma'bud yo’qdir. Yana guvohlik beraman, albatta Muhammad Ollohi taoloning bandasi va
barcha bandalariga din ahkomlarini o’rgatmoq uchun yuborgan payqambaridur».
qozirgi kunda Er yuzida diniy iymonning bir talay turlari bo’lib, jahon ahllari aro keng
taralgani to’rttadir: buddaviy iymon, iudaviy iymon, isoviy iymon, islomiy iymon. Bu
iymon turlari mazmun jihatdan farqlansa-da, ammo mohiyatan birdir. U ham bo’lsa, biron-
bir narsa va qoyani benihoya sharifu muqaddas, azizu mukarram bilib, kundalik faoliyat va
xulq-atvorda ana shu e'tiqoddan kelib chiqib, xatti-harakat qilishdan iboratdir. Binobarin,
jamiki iymon turi kishi amaliy faoliyat va xulq-atvori dasturi sifatida namoyon bo’ladi.
Diniy iymon bilan birga inson tajribasi, bilimi tufayli yuzaga kelgan dunyoviy iymon
ham bor. Dunyoviy iymon mazmunini olam va odam haqida so’nggi ikki yarim ming yil
mobaynida kashf etilgan ilmiy-falsafiy bilimlar, mehnat ahlining to’plagan hayot tajribasi,
ijtimoiy xotirasi, turli-tuman udumlar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, an'analar va ular
zamiridagi bilimlar tashkil etadi. Dunyoviy iymonning o’zagi odamiylikdan iborat bo’lib,
uning tarkibiga kiradigan unsurlar, qirralar, jihatlar qoyat turli-tumandir. Odamiylik
deganda xalqimiz uzoq tarixi davomida turli sinovlardan o’tib sayqal topib kelayotgan va
faqatgina ijobiy fazilatlar tarzida e'zozlanadigan axloqiy qadriyatlarni tushunsak bo’ladi.
Odamiylik qoyasi xalqimizning butun turmush tarziga, urf-odatlari hamda an'analariga,
uning mislsiz boy oqzaki va yozma ijodiga, mumtoz adabiyotimiz va san'atimizga singib
ketgan bo’lib, hozircha chuqur o’rganilib umumlashtirilgani yo’q. «Odam bo’lish oson,
odamiy bo’lish qiyin», «Otang bolasi bo’lma, odam bolasi bo’l», «O’zingga ravo
ko’rmaganni boshqaga ravo ko’rma», «Yomon o’z qamida, yaxshi - el qamida» singari
hikmatlarda ajdodlarimiz ardoqlagan insoniylik qadriyatlarining bir zarrasigina aks etgan,
xolos.
Diniy va dunyoviy iymonning mohiyatida andak tafovut bo’lsa ham, ularning
mazmuni va shakliy tuzilishi bir xil. Chunonchi, diniy iymonda ko’proq Ollohga, dunyoviy
iymonda esa odamiylikka, chin insoniylikka urqu beriladi. Ularning har ikkovi ham aslida
kishini chinakam, bosh harflar bilan yoziluvchi INSON bo’lib tarbiya topishiga qaratilgan.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, mustamlakachilik va qaramlik, qataqonlik yillari
xalqimizning ming yillar davomida tarkib topgan ham diniy, ham dunyoviy-axloqiy
iymoniga qaqshatqich zarba berildi. Olis moziydan quvvat olib tobora ravnaq topib
kelayotgan diniy iymon nazariy jihatdan kommunistik mafkuraning ashaddiy dushmani
deya e'lon etilib, amaliy jihatdan ayovsiz ta'qib va tazyiq ostiga olindi, turli yo’llar bilan
tahqirlandi, iymoniga sodiq bo’lgan minglab dindorlar, avvalo, ruhoniylar jismonan yo’q
qilib yuborildi.
Dunyoviy iymon esa mash'um sinfiylik mezoniga solinib soxtalashtirildi, buzib talqin
etildi. Oqibat shunga olib keldiki, hatto eng yaqin tuqishganlar, ya'ni ota-ona, ona-bola, aka-
uka, opa-singillar - hamma-hammasi bir-biriga ashaddiy dushman qilib qo’yildi. 70 yil
mobaynida kishilarimiz ham diniy, ham dunyoviy iymoniga zid qayriinsoniy ruhda
tarbiyalanib keldi. Millatimiz kishilari orasida o’z iymoniga qarshi zamona zo’ravonlariga
yaltoqilik, xushomadgo’ylik, chaqimchilik, ta'magirlik, poraxo’rlik, qirromlik,
xiyonatkorlik, riyokorlik, xullas til bilan dilning, dil bilan amalning boshqa-boshqaligi,
iymoniga zid singari axloqiy illatlar bolalab ketdi. Diniy va dunyoviy iymon mayib-majruh
holatga keltirildi.
Iymon kishilik hayotida shu qadar hal etuvchi mavqega egaki, usiz chin ma'nodagi din
ham, axloq ham, inson ham, demakki jamiyat ham bo’lmaydi.
Yuqorida aytganimizdek, dunyoviy iymonda ko’proq inson axloqidagi odamiylikka
urqu beriladi. Kundalik hayotda iymon so’zi keng qo’llaniladi. Bunda ko’proq dunyoviy
iymon ma'nosi ko’zda tutiladi. Chunonchi xalqimizda ayrim kishilarning o’ta axloqsizlik
xatti-harakatiga nisbatan «iymonsiz» degan haqoratomuz ibora ishlatiladi. Bu haqorat
zamirida Ollohga ishonch-e'tiqodi yo’q, xudodan, dindan qaytgan, xudosiz ma'nolaridan
tashqari vijdonsiz, vijdonfurush, yaramas, razil, diyonatsiz kabi dunyoviy iymon ham aks
etgan. Bu shunday ashaddiy diniy va dunyoviy haqoratki, o’tmishda shu haqoratga asossiz
duchor bo’lgan oriyatli kishilar haqorat etuvchi kimsa ustidan qoziga shikoyat qilishgacha
borgan. Iymoni yo’q kishilar esa mahalla-ko’yda, yaqin kishilari orasida la'natlangan
hisoblangan, unday kishilar bilan muomala qilinmagan, oxir-oqibatda oriyati dosh
berolmasa ko’chib ketishgacha borilgan......
Bizningcha, zamondoshimiz bo’lmish odamlarni, Siz kabi yoshlarni iymonli sifatida
quyidagicha tavsiflashimiz mumkin: e'tiqodli, o’zining aniq maslagiga ega, taqvodor,
hamiyatli, oriyatli, or-nomusli, sharm-hayoli, vijdonli, andishali, insofli, kamtarin, halol va
pok, to’qri so’z kabi fazilatlar sohibidir.
Demak, insoniylikning muhim shartlari - diyonatlilik, mehr-shafqatlilik, poklik va
halollikni iymon tushunchasi o’z ichiga oladi. Chunki, faqat iymon sohibi bo’lgan
insondagina diyonat, mehr-shafqat, poklik va halollik bo’ladi. Iymonsiz kishilardan uni
kutish mumkin emas. Ana shu va boshqa fazilatlar bo’lmagani uchun ham ba'zi odamlarga
nisbatan iymonsiz so’zini ishlatamiz.
Ikkinchi masalaning bayoni: Endi iymonlilikning ba'zi kategoriyalarini qisqa
izohlashga o’tamiz. Ularning mazmuni, mohiyati va amaliy ahamiyatini chuqur anglab
olmoqlik va o’zimizning kundalik xatti-harakatimizda amal qilmoqlik bizni har damda
yuksak insoniylikka, komillikka tomon eltadi, demakki iymonimiz mustahkamlana boradi.
Iymonning boshi - taqvo. Taqvo - har noto’qri ishga qo’l urishda - Ollohdan qo’rqish,
yomon ishlardan saqlanish. Ollohdan qo’rquvchi banda oilada, jamiyatda halol yashaydi,
haromga qo’l urmaydi, oxiratda javob berishini o’ylab, birovning haqiga xiyonat qilmaydi,
to’qri bo’ladi, poraxo’rlik qilmaydi, qasamxo’r bo’lmaydi, birovni aldamaydi, yolqon
gapirmaydi, kishilarga, vatanga xiyonat qilmaydi va boshqalar. Ilohi hammamizga ham
taqvodor bo’lish nasib etsin. Bu o’zimizga boqliq. Sharm-hayo ham iymonlilik belgisi
sanaladi. Sharm - bu so’z har bir odamning nojo’ya, yomon xatti-harakatlardan o’zini tiya
olish, uyalish hissi. qadisi shariflarda aytilishicha, odam, eng avvalo o’zidan uyalishi kerak.
Nojo’ya, yomon qilmishi, xatti-harakati uchun o’zidan uyalgan odam o’zgaga ham nojo’ya
xatti-harakatni ravo ko’rmaydi. O’zidan uyalmagan odamda sharm bo’lmaydi. Demak,
sharm odam o’z nojo’ya harakati uchun o’z vijdoni, diyonati oldida javob berish hissi, desak
bo’ladi.
qayo - bu o’zbekcha uyat demakdir. qayosiz, behayo deyilganda, uyatsiz ish qilganda
xijolat chekmaydigan, odob - axloqsiz kishi tushuniladi. qayo erkak kishiga nisbatan
ayollarda tabiatan ko’proq bo’ladi. Erkak kishi bemalol aytadigan ba'zi so’zlarni, ayollar
turli andisha va uyalish tufayli ayta olmaydilar, hayo ularga yo’l bermaydi. qayoli bo’lish,
bu faqat uyatli so’zni aytmaslikda emas. U bundan ham ko’ra kengroq ma'no va mazmunga
ega. Sharm-hayoli bo’lish insonni hayvon singari tubanlashib ketishdan saqlaydi. O’z
nojo’ya xatti-harakatidan uyalish hissi faqat odamlargagina xos xususiyat. Farzandlarimizni
sharm-hayoli qilib tarbiyalash oiladan boshlanadi. U milliy tarbiyaning muhim jihatini
tashkil etadi.
Iymonli bo’lishning belgilaridan biri or-nomus hisoblanadi. Or qilish odamning o’ziga
nomunosib yoki ep ko’rmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, uyat va nomus qilish
tuyqusidir. Or yana biror narsadan hazar qilishni ham bildiradi.
Oriyat esa or-nomusdan tashqari izzat-nafs, qadr tuyqusidir. Odatda oriyatli odamlar
o’zlari va oilalarining, tuqishganlarining izzat-nafsi, qadri, hurmatini yuksak tutib,
boshqalar tomonidan toptalishi, haqorat qilinishi va hurmatsizlanishiga loqaydlarcha qarab
turmaydi, turolmaydi.
Nomus - bu iffat, bokiralik ma'nolaridan tashqari kishining o’z mavqeini saqlash,
uluqlash va ardoqlash, xijolat tortish tuyqusini, oila va ajdodlar sha'niga doq tushirmaslik
ma'nosini ifodalaydi. Ko’pincha, biror kishini, uning oila a'zolarini, ajdodlarini nohaq
haqoratlasalaru, u kishi bunga beparvo, loqaydlarcha tursa, undaylarga qarata senda or-
nomus, oriyat bormi o’zi, deb xitob qilinadi. Bizning ota-bobolarimiz, xalqimiz qadimdan
or-nomusli, oriyatli bo’lib kelgan, shuning uchun ular o’z yurtini, uning tuproqini, onalari
va farzandlarini boshqa bosqinchilar tomonidan toptalishini o’zlari uchun or deb bilganlar.
Ko’rinadiki, or-nomus, oriyat mohiyatida vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyqulari yashirinib
yotadi.
Iymonli bo’lishning yana bir belgisi odamning diyonatli, vijdonli bo’lishidir. Diyonat
va vijdon bir-biriga yaqin tushuncha. Diyonat va vijdon odamlardagi insof tuyqusiga
hamohangdir. Diyonat va vijdon kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe'l-atvori uchun
avvvalo o’zi oldida, qolaversa oila, jamoat, jamiyat va vatan oldida ma'naviy mas'uliyat his
etishidir. Vijdonli, diyonatli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan qazabga keladi, ularga qarshilik
bildiradi; o’z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib xursand bo’lsa, yomon
tomonlaridan norozi bo’lib, ruhan eziladi, vijdon azobiga uchraydi. O’zini bilgan odamga
vijdon azobidan oqirroq jazo yo’q. Shuning uchun xalqimizda vijdon azobi go’r azobi degan
maqol bor. Bu maqolning tagida chuqur ma'no yotadi.
Mehr-shafqatlilik ham iymonning belgilaridan biridir. Yuqoridagilar kabi mehr-
shafqat ham xalqimizga xos xususiyat sanaladi. Mehr-shafqat odatda etim-esir, qarovsiz
qolgan qariyalar, qariblarga, nogironlarga nisbatan moddiy va ma'naviy yordam ko’rsatish
tuyqusi, desak bo’ladi. Bizning mustaqil Respublikamiz rahbariyati ota-bobolarimiz
udumini davom ettirib, bozor munosabatlariga o’tish sharoitida ota-onasiz, qarovsiz qolgan
bolalar va hech kimi yo’q qariyalar, shuningdek nogironlarga nisbatan yuksak mehr-
shafqatlilik namunasini ko’rsatayotir.
O’zbekiston mustaqillikka erishgan shu kunlarda odamlarda, ayniqsa yosh avlodda
poklik va halollik odobini mustaqillik ruhida shakllantirish vazifasi turibdi. Insonning
insonligi uning pokligi va halolligi bilan o’lchanadi. Shuning uchun ota-bobolarimiz
hamisha pok va halol bo’lishga da'vat etib kelishgan, halol bilan xaromni farqlash to’qrisida
nasihat qilishgan. Bu musulmon odami, xususan o’zbek xalqi axloq-odob qonuniyatining
asosini, boshqacha aytganda iymonning negizini tashkil etadi. Poklik va halollik esa
iymonning asosiy belgilaridan biridir. Poklik va halolliksiz iymonli bo’lish mumkin emas.
Iymonli bo’lishning o’zi esa insonning pokligi va halolligiga yo’qrilgandir. Pok va halol
bo’lmagan odamdan ezgulik chiqmaydi, unda mehru-shafqat, oriyat, nomus, sharm va hayo
bo’lmaydi. Ko’rinadiki, iymonning barcha belgilari asosida poklik va halollik yotar ekan.
Mana shuning uchun ham bizning ota-bobolarimiz poklik va halollikka alohida e'tibor
berganlar.
qalol bu insonlar uchun ruxsat qilingan yaxshi, ijobiy ishlar, xatti-harakatlar
majmuasidir, mehnat evaziga topilgan narsalar, shuningdek pok va toza oziq-ovqatlar
sirasidir. qalollikning yanada kengroq ma'nodagi jihatlari bu turmushdagi halollik, o’zaro
muomala-munosabatdagi halollik, jamoa orasidagi halollik, savdo-sotiqdagi halollik,
do’stlar o’rtasidagi halollik va shu kabilardir. Yuragi, qalbi pok va toza, halol yo’ldan
yurgan insonlar hamisha xotirjam bo’ladi, ko’ngli ravshan, doimo sihat-salomat yuradi.
Xorazmlik qomusiy olim, buyuk alloma Mahmud az-Zamahshariy bu haqda shunday deb
nasihat qiladi: «qalol va pokiza kishi doimo xotirjamu tinchlikdadir, birovga xiyonatu
yomonlik qiladigan kishi esa halokatga giriftordir».
qayot, asosan oiladan boshlanadi. O’zbek xalqida «qush uyasida ko’rganini qiladi»,
degan naql bor. Demak, ota-ona pok va halol bo’lsa, farzandi ham shu ruhda kamol topadi.
Farzanddagi yaxshi fe'l va amallar halol luqmadandir.
Xulosa shuki, poklik va halollik iymonli bo’lishning asosiy shartidir. Insondagi yaxshi
yoki yomon illatlar uning iymoniga, ya'ni pokligi va halolligiga boqliq. Inson iymonining
pokligiga doimo shayton rahna solib, uni yo’ldan adashtirmoqchi, noshar'iy yo’llarga
solmoqchi, halollik, poklik yo’lidan urmoqchi bo’lib qalbida qulqula uyqotishga harakat
qiladi. Shuni yaxshi esda saqlashimiz kerakki, poklik va halollik yonida doimo uni shu
yo’ldan ozdirmoqchi bo’lgan shaytoniy vasvasa hamroh bo’lib yuradi. Ozgina iymon
yo’lidan toyilishga moyillik bo’lsa, o’sha erda darrov shaytoniy hissiyot bosh ko’taradi va
oxir oqibat inson qalbini zabt etishga intiladi. Shuning uchun doimo iymon, poklik va
halollik yo’lida xushyor turishimiz kerak. Bu, ayniqsa bozor munosabatlariga o’tish davrida
nihoyatda zarur.
Yuqorida iymonli odamning asosiy belgilari ustida fikr yuritdik. Ularning har birini
inson uchun bir bezak, deb bilmoq kerak. Shu o’rinda inson uchun nihoyatda zarur bo’lgan
boshqa bir bezak ustida to’xtab o’tmaslikning iloji yo’q. Busiz inson barkamol bo’la
olmaydi. U ham bo’lsa kamtarlik belgisidir. Kamtarlik odamni bezaydi, obro’sini oshiradi,
do’stlarini ko’paytiradi.
Kamtarlik - inson ichki ma'naviy dunyosining namoyon bo’lishidir. Agar insonning
qonida, qalbida yumshoqlik, saxovat, odob-andisha, sharm-hayo, or-nomus, oriyat
bo’lmasa, ming harakat qilmasin, baribir, odamlar ko’ziga kamtar bo’lib ko’rina olmaydi.
O’zbek xalqi urf-odatida, milliy qadriyatlarimizda takabburlik qiluvchilar, firibgarlar,
maqtanchoqlar, manmanlar keskin qoralanadi. Kamtarga kamol, manmanga zavol, degan
o’gitlar behikmat emas.
Tarixchi Xondamir «Mukomirul-axloq» kitobida: «Boshingga takabburlik havosini
keltirma. Chunki takabburlik bilan hech kim biror joyga etgan emas. Go’zallar zulfi kabi
shikastlikni (kamtarlikni) odat qil, bu bilan har nafasda minglab ko’ngilni ovlaysan», - deb
ko’rsatgan edi.
Xullas, har birimizni iymon, poklik va halollik, or-nomus, sharm va hayo, kamtarlik,
qo’yingki insonni bezovchi go’zal xulq-odob, axloq tark etmasin.
Takrorlash uchun savollar:
Vatan deganda nimani tushunasiz (uning tor va keng ma'nolari)q
Vatanparvarlik haqida o’tmish mutafakkirlari aytgan qanday fikrlarni bilasizq
«Vatanni sevmoq imondandir», «Vatan sajdagoh kabi muqddasdir» iboralarining
mohiyatini izohlang.
Vatanparvarlikning asosiy namoyon bo’lish jihatlariga nimalar kiradiq
Nima uchun insonparvarlik o’zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas qismi deb
faxrlanamizq
Mustaqil O’zbekistonning insonparvarlik siyosati nimalarda ko’rinadiq
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida insonparvarlik qoyalari bayon
qilingan moddalardan misollar keltiring.
qanday odamni millatparvar deyish mumkinq
Do'stlaringiz bilan baham: |