5-mavzu reja


ning ma’no taraqqiyoti qanday bo‘lsa, tovar so‘ziniki ham  aynan



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana26.03.2022
Hajmi1,08 Mb.
#511093
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu

ning
ma’no taraqqiyoti qanday bo‘lsa, tovar so‘ziniki ham 
aynan
shunday. Faqat bu so‘zlarning biri sharqiy turkiy
tillarga,
ikkinchisi esag‘arbiy 
turkiy tillarga xosdir. 
Demak,
tovar
so‘zi o‘zbek tilining ming yillir aslo‘z so‘zi 
sifatida
yashashga haqli. 

SHuni ham aytish kerakki, boshqa tildan so‘z olinganda, bu so‘z talaffuz 


jihatidan oluvchi tilning tovush qonuniyatlariga muayyan bir darajada 
moslashtirilmog‘i maqsadga muvofiq. Arab, fors, yapon, turk va ko‘plab boshqa 
tillarda bu tamoyil an’anaga aylangan. Ana shunday yo‘l tutilganda, o‘zga tilning 
so‘zi bu tilga tamoman o‘z bo‘lishi va bu til rostmana boyishi mumkin. Aytaylik, 
iqlim so‘zini bugun hech qaysi o‘zbek boshqa so‘z bilan almashtirish kerak 
demaydi. Tilimizdagi benihoya ko‘p arabcha so‘zlar qatorida bu so‘z ham 
o‘zlashib ketgan. Ammo bu so‘z aslida arablarning ham bevosita o‘z "mol"i emas. 
Uni arablar yunon tilidan olganlar. YUnonlarda klimatos so‘zi bor, u "quyosh 
nurining erga tushishidagi qiyalik darajasi" degan ma’noni ifodalaydi. Bu so‘zni 
arablar talaffuzini ham arabchalashtirgan holda(iqlim) o‘zlashtirganlar. YOki 
yapon tilida
sisutemu
(sistema),
akusento
(aksent),
purusu
(puls; yapon tashda l 
tovushi yo‘q),
 ideorogi
(ideologiya) kabi bir qancha talaffuzi ham moslashtirilgan 
o‘zlashmalar mavjud. O‘zbek tilida ilgari rus tilidan o‘zlashtirilgan va aynan 
talaffuz qilinadigan
komitet
(fransuzcha
comite
so‘zidan olingan) so‘zi bor edi. 
Mustaqillikdan keyin ayni shu fransuzcha so‘zni o‘zbekcha talaffuzga 
moslashtirib,
 ko‘mita
shaklida olindi va u adabiy leksik me’yorga aylandi. 
Tilimizning lug‘at xazinasini boytish va tozaligini ta’minlash, leksik 
me’yorlarining muntazamligiga erishishda eng ma’qul yo‘l o‘zbek tilining o‘z 
ichki imkoniyatlariga tayanishdir. O‘zbek tilining o‘z qonuniyatlari asosida yangi 
so‘zlar yasash, u yoki bu sababga ko‘ra iste’moldan chiqqan qadimgi va eski 
turkiy so‘zlarni tiklash, tilimizning teran tomirlari bo‘lmish shevalardan so‘z olish 
maqsadga 
muvofiq. 
Masalan,
raport
so‘zining 
o‘zbekcha 
muqobili 
sifatidabil
dirgi
so‘zi yasaldi va adabiy tildan joy oldi, 
rayon 
so‘zi avval
nohiya
so‘zi 
bilan almashtirildi, ammo leksik me’yor maqomini olmadi. Keyinroq eski o‘zbek 
tilidagi
tu
man so‘zi iste’molga kiritildi, u faol lug‘atimizda o‘z o‘rnini topdi. 
Adabiy tilda hozircha mavjud bo‘lmagan, turli sohalarga oid so‘zlarni izlab 
topishda shevalar tengsiz manbadir. O‘zbekistonning bir hududida dehqonchilik, 
boshqasida chorvachilik, yana boshqasida baliqchilik rivojlangan, demakki, bu 
sohalarga oid xilma-xil so‘zlar o‘sha erlarda bor. Taomshunos olim Karim 
Mahmudov xotiralaridan birida shunday voqeani hikoya qilgan edi: Olim bir 
taomning tayyorlanish tartibini yozib, zukko so‘z sinchisi Abdulla Qahhorga 
ko‘rsatadi. Undagi
ikra
so‘zini ko‘rgan yozuvchi: "Buning o‘zbekchasi yo‘qmi?" 
deb so‘raydi. Olim: "Baliqning urug‘i" desa bo‘ladi", deydi. So‘zning ichu tashini 
naqd ko‘ra biladigan adib: "Nima, sizga baliq o‘simlikmi? " deydi achchiqlanib. 
"Bo‘lmasa, "baliqning tuxumi" bo‘lsin", deb javob beradi olim izlangan bo‘lib, 
YOzuvchi: "Baliq tovuq emas", deydi va xalkda uni ifodalaydigan alohida so‘z 
bo‘lishi kerakligini aytadi... Olim safarlaridan birida Xorazmda Qahhor qasd etgan 
so‘zni eshitadi, u erda
 uvulduruq
deyilarkan. SHu tarzda bu so‘z adabiy tildan joy 
oladi. 


Leksik me’yorlarga huda-behuda aralashaverish, har bir chet so‘zga g‘ashlik 
bilan qarayverish, o‘rinli-o‘rinsiz chet so‘zni almashtirish payidan bo‘laverish til 
leksik me’yorlarining barqarorligini buzadi. Bu, albatga, nutqiy muloqot jarayoni 
uchun ham, nutq madaniyati uchun foydali emas. Ingliz dinshunosi va tarixchisi 
Jeyms Jorj Frezer bir kitobida shunday bir antiqa odatni tasvirlaydi. Avstraliyadagi 
hindu qabilalaridan biridagi urfga ko‘ra, biror kishi vafot etsa, uning ismini tilga 
olish taqiqlanar ekan. Ma’lumki, har qanday kishi ismi ayni zamonda turdosh ot 
hamdir, ya’ni u muayyan ma’noga ega bo‘lib, hayotdagi biron- bir narsa yoki 
tushunchani ifoda etadi.Masalan,

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish