5-mavzu. Rasmiy hujjat turlari. Xizmat yozishmalari (Xatlar, Diplomatik yozishmalar, Tijorat yozishmalari). Reja


Diplomatik yozishmalarning turlari



Download 32,69 Kb.
bet3/5
Sana20.03.2022
Hajmi32,69 Kb.
#502416
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maʼlumotnoma

Diplomatik yozishmalarning turlari
Diplomatik yozishmalar juda keng qamrovlidir. Bugungi kunda diplomatik yozishmalarning quyidagi turlari faol qo‘llanmoqda:
1. Nota va bayonotlar.
2. Rasmiy xatlar.
3. Ilova xatlar.
4. Yarim rasmiy shaxsiy xatlar (nomalar).
5. Esdalik yozishmalari.
6. Diplomatik (protokol) qaydnomalar.
7. Memorandumlar.
Nota. Davlatlararo yozishmalarning eng asosiy va keng tarqalgan turi bo‘lib, biror muhim masala yuzasidan axborot beruvchi oliy darajadagi hujjatdir. Unga bevosita davlat boshliqlari, prezidentlar, vazirlar, elchilar va boshqa yuqori mansabdor shaxslar orasidagi yozishmalar kiradi. Shuningdek, nota biror shaxsga bevosita murojaatsiz, ko‘pincha davlatlarning davlatlarga, vazirlikning vazirlikka yoki elchixonaga yo‘llagan axboroti sifatida ham yoziladi. Shunga ko‘ra, hozirgi vaqtda jahon hamjamiyatida notalarning ikki xil turi keng qo‘llanmoqda: shaxsiy nota va verbal nota.
Shaxsiy nota - bevosita davlat boshliqlari yoki yuqori mansabdor shaxslar o‘rtasidagi diplomatik yozishmadir. Bunda ushbu mansabdor shaxslarning lavozim darajalari teng bo‘lishi talab qilinadi. Davlat rahbarlarining, vazir va boshqa oliy mansabdorlarning ismi, otaismi va familiyasi to‘liq, hech qanday qisqartirishsiz yozilishi kerak. Ba'zi mamlakatlarda ismlar juda uzun bo‘lib, unda deyarli barcha avlodlarni sanab ko‘rsatish kerak bo‘ladi. Nota yuborayotgan shaxsning nomi va lavozimi to‘liq holda bayonotning yuqori chap burchagiga, gerb tasviri yoniga yozilishi kerak. Nota yuborilayotgan shaxsning nomi va lavozimi pastki chap qismiga yoziladi. Shaxsiy notalar quyidagi masalalar bo‘yicha yuboriladi:
1) ishonch yorliqlarini topshirish;
2) elchixona, vakolatxonalarning ochilishi munosabati bilan;
3) davlatning tashkil topgan yoki mustaqillik e'lon qilingan kuni bilan qutlash;
4) milliy bayramlar munosabati bilan qutlash;
5) prezidentlik saylovi yoki referendum munosabati bilan qutlash;
6) mamlakatda ro‘y bergan muhim ijtimoiy-siyosiy voqyea munosabati bilan;
7) mamlakatda yuz bergan tabiiy ofat (zilzila, suv toshqini, va h.k.) munosabati bilan hamdardlik bildirish;
8) prezident yoki yuqori mansabdor shaxsga aloqador musibat munosabati bilan ta'ziya bildirish.
Shaxsiy nota murojaat, asosiy qism va xulosaga bo‘linadi va I shaxs tomonidan yoziladi. Shaxsiy notada murojaatning quyidagi shakllari mavjud: «Prezident janobi oliylari», «Qirol hazrati oliylari», «Qirolicha hazrati oliyalari», «Bosh vazir janobi oliylari», «Hurmatli janob Vazir», «Hurmatli janob Elchi», «Hurmatli janob Vakil» va boshqalar. Asosiy qismda hujjat mazmuni yoritiladi. Unda «Sizga hurmat bilan shuni ma'lum qilamanki, ....», «Sizga chuqur hurmat va ehtiromimni izhor etaman va shuni bildirish sharafiga muyassarmanki», «Men Siz janobi oliylariga o‘z hurmatimni izhor etib, .......... shuni bildirish sharafiga muyassarmanki» kabi qoliplashgan birliklar ishlatiladi. Xulosa qismi ham do‘stona yozilgan notalarda hurmatni ifodalovchi so‘zlar bilan tugallanadi: «Fursatdan foydalanib, yana bir bor Sizga hurmat va ehtiromimni izhor etaman»; «Imkoniyatdan foydalanib, Sizga bo‘lgan hurmat va ehtiromimni yana bir bor izhor etaman»; «Mening hurmat va ehtiromimga yana bir bor ishonch bildirgaysiz» kabi.

Download 32,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish