5-mavzu: qonun ustuvorligini ta’minlash va sud xuquq tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari reja



Download 129,44 Kb.
bet25/25
Sana02.09.2021
Hajmi129,44 Kb.
#162869
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
5-МАЪРУЗА МАТНИ

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016 y., 43-son, 497-modda)

Farmon bilan tasdiqlangan Davlat dasturida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. Bu borada amalga oshirilishi ko‘z­da tutilgan vazifalar sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qi­lishga qaratilganligi bilan g‘oyat ahamiyatlidir.

Ma’lumki, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlamasdan turib, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish to‘g‘­risida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas. Buning uchun bi­rinchi navbatda, bu boradagi huquqiy asoslarni takomillashtirish zarur.

SHu nuqtai nazardan, Davlat dasturida 2020 yil 1 oktyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudya­lar oliy kengashi, Adliya vazirligi kabi idoralar zimmasiga «Sudlar to‘g‘­risi­da»gi qonunning yangi tahriri loyi­hasini tayyorlash yuklatilgan. Mazkur qonun loyihasida:

sudlar raislarining sudya­lar faoliyatini baholash, ularga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atishdagi ishtirokini qayta ko‘rib chiqish;

sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish haqi­dagi qaror ustidan shikoyat qilish mexanizmini takomillashtirish;

sudyalar vakolatlarini to‘xtatib turish hamda tugatish asoslari va tartibini xalqaro standartlarga moslashtirish;

sudyalarning maqomini belgilovchi normalarni takomillashtirish va iste’fodagi sudyaning huquqiy maqo­mini belgilash;

sudyalarni rotatsiya qi­lishning aniq va shaffof me­xanizmini joriy etish;

sudlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini tizimlashtirish;

sud mustaqilligiga daxl qilish bog‘liq har qanday ho­lat yuzasidan sudya tomonidan bevosita va tezkor xabar berish imkoniyatini ko‘z­da tutuvchi tizim yaratish;

ushbu masalalarni qonun­os­ti hujjatlar bilan tartibga solish tartibini bekor qilish nazarda tutilishi belgilangan.

Qayd etish lozimki, amaldagi «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun ana shu masalalarni tartibga solish nuqtai nazaridan takomillashtirishga muhtoj edi.

SHuningdek, endilikda qo­nunchiligimiz uchun muhim yangilik «iste’fodagi sudya» tu­shunchasini joriy etish va uning huquqiy maqomini belgilash ko‘zda tutilmoqda. Fikrimizcha, sudyaga iste’fo e’­lon qilish huqu­qini berish va iste’fodagi sudya sudya­ning barcha huquq­laridan, shu jumladan, daxlsizlik huqu­qi­dan foydalanishi tartibini belgilash sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlashga xizmat qi­ladi.

«Sudlar to‘g‘risida»gi qo­nunning 67-moddasiga muvofiq, sudyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta’minot berish sudyalar mus­taqilligining asosiy kafolatlaridan biridir. Binobarin, sudyalarni yuqori darajada moddiy va ijtimoiy ta’minlash zaruriyati mavjudligi hech kimga sir emas.

Mazkur Farmonning eng ahamiyatli jihatlaridan yana biri ushbu Farmon bilan tas­­diqlangan Davlat dasturida sudyalarning moddiy-texnik sharoitlarini yaxshilash va sudyalar faoliyatining ijtimoiy kafolatlarini kuchaytirish borasida aniq vaziflarning belgilanganidir.

Xususan, 2020 yil 1 mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Moliya vazirligiga 2021 yildan sudyalar va sud xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘liq davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatilgan. Buning uchun:

byudjetda alohida satr ajratish;

sudyalar va sud xodimlarining ish haqini oshirish, ularning mehnatiga haq to‘lash normalarini qayta ko‘rib chiqish va xalqaro standartlarga moslashtirish;

yangi qurilishi rejalashtirilayotgan sud binolarini ilg‘or xalqaro tajriba asosida loyihalashtirish, sud binolarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha dasturni tasdiqlash;

sudyalarni qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilgan xizmat uy-joyi olish huquqiga ega bo‘l­gan rahbarlar ro‘yxatiga kiritish;

sudlar faoliyatini mo­liya­lashtirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilashga qa­ratilgan manzilli chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyi­hasini ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Ushbu vazifalarning amalga oshirilishi sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Davlat dasturida, shuning­dek, ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko‘rib chi­qish vakolatini jinoyat ish­lari bo‘yicha sudlarga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Xorijiy davlatlar, xususan, Germaniya, YAponiya, Janubiy Koreya qonunchiligi o‘rganilganda, ma’muriy sudlar tomonidan faqat davlat boshqaruvi organlari fao­liya­ti bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan nizolar, ya’­ni fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarga oid ishlar ko‘rilishi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, ma’muriy sudlar om­maviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlardan tashqari ma’muriy huquq­buzarliklarga oid ishlarni ham ko‘rib chiqadi.

Bu esa, ma’muriy sudlarda ish hajmining keskin oshishiga olib kelmoqda. Qolaversa, ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko‘rib chiqish sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

SHu sababli ayni sohada Davlat dasturida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi sudlardagi ish hajmini maqbullashtirishga va ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko‘rish sifatini oshirishga xizmat qiladi.




1 Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3-жилд. –Т.: Ўзбекистон, 1996. 10-б.

2 Каримов И.А. Ўзбекистон миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1-жилд. –Т.: Ўзбекистон, 1996, 321-б.

3 Х. Бобоев, 3. Ғофуров, 3. Исломов. "Миллий истиклол мафкураси ва тараққиёт". –Т.: Янги аср авлоди, 2001. 115-б.

4 Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз – жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир. –Т.: Ўзбекистон, 2005.

5 Халқ сўзи. №236 (6419). 2015 йил 6 декабрь.

6 Халқ сўзи. №236 (6419). 2015 йил 6 декабрь.

Download 129,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish