IV. Kadrlarni tanlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish
20.
|
YUksak axloqiy-irodaviy va kasbiy fazilatlarga ega, yuklatilgan vazifalarni va amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali bajarilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan kadrlarni shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish tizimini takomillashtirish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2017 yil
II chorak
|
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi
|
21.
|
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlari o‘rtasida suiiste’molchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va ularga chek qo‘yish bo‘yicha idoraviy nazoratni kuchaytirish, odob-axloq qoidalariga og‘ishmay rioya etilishini ta’minlash.
|
Idoraviy hujjatlar va profilaktik chora-tadbirlar
|
2016-2017 yillar
|
Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi
|
22.
|
Quyidagilar orqali sudyalik lavozimlariga nomzodlarni qayta tayyorlash, sudyalar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish:
xorijiy amaliyot va xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda o‘qish va amaliyot o‘tash davrini uzaytirish orqali sudyalikka nomzodlarni tayyorlashga yangi talablarni qo‘yish;
sud amaliyotining dolzarb masalalarini muhokama qilish bo‘yicha muntazam ravishda tadbirlar o‘tkazish shaklida sudyalarning malakasini oshirish.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi
|
2017 yil
II chorak
|
Adliya vazirligi, Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy ho‘jalik sudi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi
|
23.
|
Adliya vazirligi huzuridagi YUristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan masofaviy ta’limni amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy videokonferensaloqa tizimi bilan jihozlangan uning hududiy filiallarini tashkil etish.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi
|
2017 yil
II chorak
|
Adliya vazirligi, Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy ho‘jalik sudi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi
|
24.
|
Quyidagilarni:
YUridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha davlat talablari;
YUridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Adliya vazirligi huzuridagi YUristlar malakasini oshirish markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
|
2017 yil
II chorak
|
Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy ho‘jalik sudi, Moliya vazirligi
|
25.
|
Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslari faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
prokuror-tergov xodimlari malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlashning samarali tizimini joriy qilish;
Oliy o‘quv kurslarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi
|
2017 yil
III chorak
|
Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi
|
26.
|
Quyidagilarni nazarda tutgan holda sud va huquqni muhofaza qilish tizimi xodimlarini idoralararo rotatsiya qilish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash:
sud va huquqni muhofaza qilish tizimi xodimlarining mazkur tizimdagi bir idoradan boshqasiga o‘tishda maxsus (harbiy) unvonlar nisbatini belgilash;
rotatsiya qilingan xodimlarning ko‘p yillik xizmati, pul ta’minoti va pensiyasini hisoblashning optimal tartibini belgilash.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
|
2017 yil
II chorak
|
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi
|
|