III. Fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish
14.
|
Huquqni qo‘llash amaliyotini tanqidiy tahlil qilish, normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish asosida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qilish holatlari yuzasidan zudlik bilan zarur choralar ko‘rishni ta’minlashga qaratilgan takliflar tayyorlash.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar va idoraviy hujjatlar loyihalari
|
2016-2017 yillar
|
Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy xavfsizlik xizmati
|
15.
|
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni qo‘rib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha, jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi barcha zaruriy choralarni ko‘rish:
idoralar rahbarlari tomonidan muntazam ravishda sayyor fuqarolar qabullarini o‘tkazish;
videokonferensaloqadan foydalangan holda fuqarolarni masofadan turib qabul qilishni tashkil etish;
mazkur sohada idoraviy nazoratni kuchaytirish.
|
CHora-tadbirlar rejasi
|
2017 yil
I chorak
|
Bosh prokuratura, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar
|
16.
|
Faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan hamkorlik qilishning samarali mexanizmlarini keng qo‘llash, axborot xizmatlarining faoliyat to‘g‘risidagi axborotni jamoatchilikka etkazish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish.
|
Idoraviy hujjatlar
|
2017 yil
I chorak
|
Vazirlik va idoralar
|
17.
|
Faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish va tashkil etish, bunda e’tiborni avvalo huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish.
|
Idoraviy hujjatlar
|
2017 yil
I chorak
|
Vazirlik va idoralar
|
18.
|
Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg‘or ilmiy-texnika vositalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.
|
CHora-tadbirlar kompleksi
|
2017 yil
IV chorak
|
Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi
|
19.
|
Jinoyatlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yish samaradorligini ta’minlash maqsadida mamlakat mintaqalarida Toshkent shahar IIBBdagi kabi jinoyatlar haqida xabarlarni qabul qilishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
|
CHora-tadbirlar kompleksi, idoraviy hujjat
|
2017 yil mobaynida
|
Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi
|
|