VIII. YUridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish
42.
|
Quyidagilarni nazarda tutgan holda advokatura institutini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlashda advokatning rolini kuchaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash:
sud ishini yuritishda ishtirok etish uchun advokat orderini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibini qayta ko‘rib chiqish;
advokat so‘rovini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlarini aniqlashtirish;
fuqarolik va xo‘jalik nizolarini sudgacha hal qilish jarayonida advokat ishtirokining tartibi va asoslari;
advokatlik faoliyati uchun o‘rnatilgan soliq stavkalarini qayta ko‘rib chiqish.
|
Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
|
2017 yil
IV chorak
|
Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi
|
43.
|
Notarial idoralar va FHDYO organlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, shu jumladan:
notarial idoralarga elektron murojaat qilish;
ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun davlat bojini to‘lash bo‘yicha elektron to‘lovlar joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash.
|
Qonun hujjatlariga va idoraviy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
|
2017 yil
IV chorak
|
Adliya vazirligi, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi
|
44.
|
Kadrlarning barqaror zaxirasini shakllantirish va notarial harakatlar tezkorligini oshirish bo‘yicha, shu jumladan:
lavozimida uch yillik stajga ega bo‘lgan notarius yordamchisiga tegishli stajirovkani o‘tamasdan turib notarius lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etish imkonini berish;
notarius yordamchisiga hujjat nusxalari to‘g‘riligini tasdiqlash vakolatini berish;
notariuslarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularni davriy rotatsiya qilish tartibini joriy etishni nazarda tutadigan takliflar tayyorlash.
|
Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
|
2017 yil
III chorak
|
Adliya vazirligi
|
45.
|
Davlat organlarida yuridik xizmatning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, shuningdek adliya organlari tizimida yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tuzilmalar tashkil qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi
|
2017 yil
I chorak
|
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi yoki bir hujjatga birlashtirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi PF-4850-son Farmoniga
2-ILOVA
Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha Komissiya
TARKIBI
1.
|
Abdullaev I.B.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Komissiya raisi
|
2.
|
Murodov O.B.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi
|
3.
|
Kokanbaev B.A.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari
|
4.
|
Mirbabaev B.SH.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi
|
5.
|
Gaziev SH.A.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi
|
6.
|
Kamilov K.F.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining raisi
|
7.
|
Gulyamov SH.T.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari
|
8.
|
Ikramov M.M.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri
|
9.
|
Axmedbaev A.A.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri
|
10.
|
Abduxakimov A.A.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri
|
11.
|
Kasimov R.S.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri
|
12.
|
Mirzaxidov X.M.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
|
13.
|
Parpiev B.R.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining raisi
|
14.
|
Dusanov Z.A.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining raisi
|
15.
|
Quchqorov J.A.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari
|
16.
|
Rustambekov N.M.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh inspektori
|
17.
|
Mavlonov B.M.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining etakchi inspektori
|
18.
|
Xanaev U.U.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining etakchi konsultanti
|
19.
|
Kamilov A.A.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi Sud inspeksiyasining rahbari
|
20.
|
Axmedov R.T.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi
|
21.
|
SHayxov A.E.
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi.
|
Izoh: komissiya a’zolari boshqa lavozimga o‘tganda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga
SHARH
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar sud-huquq sohasini demokratlashtirish va erkinlashtirishga, sud hokimiyatining fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirishga zamin yaratdi.
SHu bilan birga, mamlakatni rivojlantirishning zamonaviy talablari va strategik ustuvor vazifalari sud-huquq tizimini yanada takomillashtirishni talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarib, quyidagi uchta asosiy ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi:
|
Do'stlaringiz bilan baham: |