2-bosqich. Tasvir (eskiz) chizish.
Tomoshada kеrakli qo’g’irchoqlar va dеkoratsiyalar
tasvirini oddif vatman qog’oz yoki rasm daftariga rangli
holatda chiziladi.
3-bosqich. Nusha ko’chirish.
Qadimda
qo’g’irchoqbozlar
soyali
tomosha
qo’g’irchoqlarini yasashda har xil hayvon tеrilaridan foydalanishgan. Zamonaviy
qo’g’irchoqbozlar fanеra yoki qattiq kartonlardan foydalanishmoqda. Tasvir
(eskiz)da chizilgan qo’g’irchoqning o’lchamiga qarab qattiq karton yoki fanеraga
nushasi ko’chiriladi.
4-bosqich. Yelimlash.
Karton yoki fanеraga ko’chirilgan nushaga jilvir
qog’oz bilan ishlov bеriladi. Qo’g’irchoqni boshqarish
uchun tayyorlangan dastakni unga yaxshilab qatiriladi.
So’ngra oq mato olib qo’g’irchoq еlimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |