«O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI»
5 mavzu. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining demokratik asoslarini shakllantirish, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar 5 mavzu. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining demokratik asoslarini shakllantirish, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar Reja: Reja: - 1.Davlat va jamiyatning huquqiy asoslarini shakllantirish va liberallashtirish.
- 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi.
- 3. Ko‘p partiyaviylik tizimini shakllantirish.
Davlat va jamiyatning huquqiy asoslarini shakllantirish va liberallashtirish.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘liga o‘tdi. Mamlakatda boshlangan barcha o‘zgarishlarning asosiy maqsadi – inson va uning manfaati hamda hayotini hayotini, munosib darajada qo‘llab-quvvatlashdir
Har qanday demokratiya mamlakatning milliy xususiyatlarini va xalqning mentalitetini hisobga olgan holda umuminsoniy qadriyatlarga, xalqaro qonunlar va urf-odatlarga asoslanadi.
Suverenitet zamonaviy konstitutsiyaviy va xalqaro huquqning asosiy jihatlaridan biri bo‘lib, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikkita shaklga ega: bular -ommaviy (milliy) suverenitet va davlat suverenitetidir.
Davlat suvereniteti deganda davlat hokimiyati barcha ichki ishlarda va xalqaro munosabatlarda mujassamlanadigan xalqning irodasiga asoslanganligini anglatadi.
O‘zbekiston demokratik huquqiy davlatni shakllantirish, davlat suverenitetini mustahkamlash, buning uchun mustahkam qonunchilik bazasini yaratish yo‘lidan qat’iy qadam tashlamoqda. Shu haqda gapirib, I.Karimov shunday degan edi:"Faqat qonun ustuvorligiga erishish orqali biz adolatli jamiyat, farovon hayot barpo etish imkoniyatiga ega bo‘lamiz".
1
- 1-bosqich - 1991-1994 yillar - eski, yakka partiyaviylik, ma’muriy-buyruqbozlik tizimini va unga tegishli organlarni tugatish, yangi davlatchilikning siyosiy va huquqiy asoslarini yaratish, siyosiy va ma’muriy tuzilmani shakllantirish.
2
- 2 bosqich - 1995-1999 yillar - ko‘p partiyaviylik tizimni kuchaytirish, demokratik institutlarni rivojlantirish va hokimiyatni ajratish tizimini mustahkamlash orqali institutsional demokratiya yo‘lini izchil davom etttirish.
3
- 3 bosqich - 1999-2000 yillar. 1999 yil oxiridagi parlament va 2000 yil yanvaridagi saylovlar. O‘zbekiston Prezidenti va demokratik institutlarning barqaror va samarali faoliyat ko‘rsatishiga qaratilgan bosqich
4
- Birinchi bosqichning qonunchilik faoliyati 1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinishi bilan yakunlandi
Jamiyatni siyosiy isloh qilish jarayonida quyidagi bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
5
Do'stlaringiz bilan baham: |