Birinchisi
, qishloq xo’jalik kasblari ta’limi
hisoblanib, unda tinglovchilarga
fermerlik asoslari o’qitiladi va qishloq xo’jaligi bo’yicha menejmentlar yetishtirib
beriladi. Bunday ta’lim Amerikaning bo’lg’usi fermerlari dasturi asosida ish olib
boradi.
Ikkinchisi,
biznes ta’limidir. Unda o’quvchilarga tijorat, tijorat iqtisodiyoti,
ichki iqtisodiyot mutaxassisligi o’rgatiladi, bunday o’quv yo’nalishlarida bolalarda
muruvvat, bemorlarga g’amxo’rlik qilish, insonparvarlik tuyg’ularini
tarbiyalash
masalalariga jiddiy ahamiyat beriladi.
Uchinchisi,
savdo va sanoat ta’limi bo’lib, unda yoshlarga mahsulot ishlab
chiqarish va mexaniklik kasbi o’rgatiladi.
To’rtinchisi,
qurilish ta’limi bo’lib, bu ta’lim tizimi orqali turli qurilish
kasblari bo’yicha bilim va ko’nikmalar beriladi.
By kasb dasturlari o’quvchilarni ana shu kasbga tayyorlashi, ularni shu kasb-
korni yanada chuqurroq o’rganishi bo’yicha o’qishni davom ettirishga tayyorlashi
mumkin. Bundan tashqari, dasturning uchinchi turi ham mavjud bo’lib, bu umumiy
ta’lim (akademik) dasturidir. Bu dastur kasblar yuzasidan umumiy tushuncha
beradi va o’quvchilarga kasblarning o’ziga xos xususiyatlarini ochib beradi.
AQSHda har bir o’quvchining fanlar bo’yicha
olgan bilimlarini jamlovchi
attestat mavjud. U o’quvchilarning oliy o’quv yurtlariga kirishlarida ana shu
attestat nusxalari topshiriladi. Kollejga o’qish istagida hujjat topshirgan
o’quvchilar yuqori o’rta maktabning so’nggi ikki yili bilimlari hajmida kirish test
sinovlaridan o’tkaziladi. Test sinovlarini amalga oshirish maxsus ta’sis etilgan
ta’lim test xizmati hamda Amerika kollejlari test sinovlari xizmati tomonidan ado
etiladi. Test sinovlari tegishli bilimlar bo’yicha o’quvchilarning saviyasini belgilab
berishdan tashqari o’g’il - qizlarning tanlagan kasbiga
layoqatini va qobiliyatini
ham aniqlaydi.
Chunki o’quvchi tanlagan kasb uning tabiatiga, sog’lig’iga, dunyoqarashiga
mos kelmay qolishi mumkin. Test sinovlarida attestatda ko’rsatilgan ballar
umumlashtiriladi va o’quvchilar tomonidan berilgan tavsifnomalar e’tiborga olinib,
kollejga kiruvchining taqdiri belgilab beriladi.
Odatda, o’quvchilarga dastlabki 6 yil davomida barcha o’quv
predmetlari
bo’yicha bir o’qituvchi bilim beradi. Keyingi 6 yil ichida esa har bir predmet
bo’yicha alohida o’qituvchi belgilanadi.
Ayrim maktablar o’quvchilarining o’quv predmetlarini o’zlashtirishda eng
yangi
o’quv
vositalarini
qo’llash
va
o’rganilayotgan
darsliklarni
programmalashtirish tufayli katta muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritmoqda.
Maktablarda qo’llanishi mumkin bo’lgan vositalar elektron yozuv apparatlari
(kolligrafiya va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan
moslamalar), ta’lim
televideniesi, qo’lda ko’tarib yuradigan elektron til
laboratoriyasi, slaydlar, videoapparaturalar,
elektron doska, kompyuter va
hokazolardan iborat.
AQSH maktablarining O’zbekiston maktablaridan farqli tomoni shundaki, u
yerda boshlang’ich maktab, o’rta maktab alohida – alohida binoda joylashgan.
Maktablar ishini tashkil etishdagi yana bir o’ziga xoslik shundaki, o’quv
binolaridan butun yil davomida foydalanib turiladi. 1970 yillarda Amerika maorif
xodimlari tomonidan ilgari surilgan “Maktab eshiklari doimo ochiq bo’lsin” degan
chaqiriq hozir ham amalga oshirilib kelinmoqda. Yozgi ta’til
kunlarida ham
pedagoglar yoshlarga turli mashg’ulot va o’quvlar taklif qiladilar, maktab
o’quvchilari bilimini chuqurlashtirish, ular uchun kollejga
tayyorlov kurslarini
tashkil qilish bilan band bo’ladilar.