5-Mavzu. O’sish va rivojlanish


Postembrional rivojlanish



Download 160,22 Kb.
bet8/10
Sana01.01.2022
Hajmi160,22 Kb.
#289291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-мавзу

5. Postembrional rivojlanish. Postembrional (homiladan keyi­ngi) rivojlanish tuxum qo’yuvchilarda homilaning tuxum qobiqlaridan chiqishidan, ona qornida rivojlanuvchi organizmlarda esa organizmning tug’ilishidan boshlanib, uning o’limigacha davom etadi.

Postembrional davrda organizm o’sadi, hujayralar, to’qimalar, a’­zolar ixtisoslashadi va asta-sekin qariydi. Postembrional rivojla­nishning ikki turi mavjud:

a) Bilvosita rivojlanish.



b) Bevosita rivojlanish.

Bilvosita rivojlanish umurtqasizlarda (g’ovaktanlilar, kovakich­lilar, yassi va halqali chuvalchanglar, bo’g’imoyoqlilar, ignatanlilar), tu­ban xordalilarda (assidiyalar, lansetniklar), tuban umurtqalilarda (to’garakog’izlilarda, suvda ham quruqlikda yashovchilarda) uchraydi. Ular tuxum qobiqlaridan lichinkalar holatida chiqadi. Lichinkalar o’z tuzi­lishiga ko’ra yetuk shakllardan keskin farq qiladi. Ularda jinsiy bez­lar rivojlanmagan bo’lib, tashqi muhitga moslashishni ta’minlovchi maxsus lichinka a’zolari mavjuddir. Lichinkalar mustaqil oziqlanadi, o’sadi, o’z shaklini va tuzilishini o’zgartiradi va yetuk organizmlarga aylanadi. Shunday o’zgarib rivojlanish metamarfoz deb ataladi. Meta­marfoz natijasida lichinka a’zolari yo’qolib, ularning o’rniga yetuk or­ganizmlarga xos a’zolar shakllanadi. unga misol qilib amfibiyalar ri­vojlanishini keltirish mumkin. Tuxumdan chiqqan lichinka (itbaliq)da jabra yoriqlari, yon chiziqlar, ikki kamerali yurak, bir doirali qon ay­lanish sistemasi bor. Metamorfoz jarayonida tiroksin garmoni ta’si­rida dum yo’qolib, oyoqlar paydo bo’ladi, yon chiziqlar yo’qolib, o’pka va ikkinchi qon aylanish doirasi paydo bo’ladi, kalla suyaklari o’zgaradi.

Hashoratlar o’zining rivojlanishiga ko’ra to’g’ridan to’g’ri rivojla­nadigan va metamarfoz yo’li bilan rivojlanadigan guruhlarga bo’linadi.

Birinchi xil rivojlanishda tuxumdan yetilgan hasharotga o’xshagan bola chiqaradi, lekin u juda kichik bo’ladi. Intensiv oziqlanish nati­jasida tuxumdan chiqqan yosh hasharot to xitin qavati to’sqinlik qilmaguncha o’sib kattalashib boradi. Keyin esa po’st tashlaydi, ya’ni xi­tin qavati to’kiladi va uning ostida yumshoq kutikula kovagi joyla­shadi. Keyin tanani qoplab turuvchi eski kovagi to’kilgandan keyin yig’ilib yotgan kutikula kovagi yoyilib hasharot kattalashadi. Shunday usul bilan bir nechta linka (po’st) tashlagandan keyin hasharot o’sib yeti­ladi, unda qanot paydo bo’ladi, jinsiy bezlari rivojlanadi hamda tashqi jinsiy o’simtalari hosil bo’ladi.

To’liq metamarfozda (rivojlanishda) tuxum qavatini yorib chiqqan lichinka katta hasharot individidan keskin farq qiladi. Bu lichinka kapalaklarda qurt (gusinisa) deyiladi. Shunday metamorfoz rivojla­nishda ham lichinka bir necha bor po’st tashlaydi va o’saberadi. Biroq, u yetilgan hasharotga aylangunga qadar ham gumbak davrini o’z boshidan ke­chirishi kerak. Ba’zi xasharotlarda gumbagi harakatchan, ba’zilarida esa harakatsiz bo’ladi. Gumbak davrida lichinka organlari eriy boshlaydi. (gistoliz holati bo’ladi). Gistoliz jarayonini fagositlar bajaradi. Gumbakda gistolizdan keyin faqat nerv sistemasi jinsiy bezlarining qismlari hamda yetilgan hasharotning organlarini hosil qiluvchi ima­ginil disklar qoladi. Imoginal disklar esa o’ralib zichlashgan holatda bo’ladi. Hasharot yetilishdan oldin ana shu imoginal organlarga qon quyilishi bilan, ular ochilib kattalashadi, keyinchalik esa uning atro­fida xitin moddasi to’planib hasharotlar tanasining tashqi kovagi qattiq holatni egallaydi. Ajdodlar belgilarini takrorlaydigan hasharot lichinkalarining xususiyatlariga ularning tashqi qiyofasini ham kiritish mumkin. Masalan kapalaklarning chuvalchangsimon lichin­kalari, ikkiqanotlilar va qo’ng’izlarning lichinkasi shular jumlasida­ndir. Hasharot lichinkalarining moslanish belgilarini suvda yashashga moslashgan, tuxumlari, g’umbaklari va lichinkalari misolida ko’rish mumkin. Ularning tuxumlari suzish kameralari bilan jixozlangan, li­chinkalari suzish xususiyatiga ega hamda yer osti buyumlariga yopisha ola­dilar. Ovqat hazm qilish organlari mayda mikroorganizmlar, bakteriya­lar va suvo’tlari bilan oziqlanishga moslashgan, biroq xomishaklarning samkalari ko’pincha qon bilan oziqlanadi.

Hamma hasharotlarda ularning antogenez davrida o’sishi faqatgina lichinka davrida bo’ladi. Bu ham muhim moslanish belgilaridan biri­dir.

Ko’pchilik hasharotlarda lichinka davri yetilgan davriga qaraganda ko’proq bo’ladi. Hasharot lichinkalarida ba’zan zapas moddalar to’planib, bu moddadan yetilgan hasharotlar foydalanadilar.

Umurtqasiz va umurtqali hayvonlar metamorfozining o’tishiga max­sus sekresiya bezlarida ishlab chiqiladigan garmonlar jiddiy ta’sir ko’rsatadilar. Bajaradigan funksiyasi yoki tashqi muhitning ta’siri na­tijasida o’simliklarda vujudga kelgan metomorfoz evolyusiya jarayonida mustahkamlanib borgan. Noqulay yashash muhiti, suv tanqisligi sababli barg va novda metamorfozga uchraydi. Masalan kaktus barglari tikanga aylangan. Ba’zi o’simliklar (do’lana, gledichiya, yantoq, nok)da novdalar tikanga yoki tok, qovoq va shu kabi lianalarda ular gajakka, hashoratxo’r o’simliklar bargi (posyanka, muxolovka, nepentes) o’ziga xos qopqonga ay­langan. Ko’p yillik o’tsimon o’simliklarda yer osti novdalari zaxira oziqa modda to’playdigan ko’rinishni egallab metamorfozlashgan (masa­lan, kartoshka tuganagi, piyozboshlar, ildizpoyalar va hokazolar). Gul ham o’zgargan generativ novdadir.

Bevosita rivojlanish. Bilvosita rivojlanish bevosita rivojlani­shga nisbatan tarixiy taraqqiyotda ancha oldinroq paydo bo’lgan.

Bevosita rivojlanishda tuxum qobiqlaridan chiqqan yoki tug’ilgan organizmlar kichik bo’lsa ham o’zining tuzilishi jixatidan asosan voyaga yetgan organizmlarga o’xshaydi. Bevosita rivojlanish tuxum hujayrada sarig’i ko’p bo’lgan (sudralib yuruvchilar, qushlar) yoki embrioni ona qornida rivojlanuvchi (sut emizuvchilar) organizmlarda kuzatiladi. Bu­nday organizmlarning postembrional rivojlanishida organizm o’sadi, tana mutanosibliklari o’zgaradi, a’zolar va sistemalar yetuk organizmlar uchun xos bo’lgan funksional xolatga asta-sekin o’tadi.


Download 160,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish