5-Mavzu. O’sish va rivojlanish


Gomeostoz, bioritm, anabioz



Download 160,22 Kb.
bet9/10
Sana01.01.2022
Hajmi160,22 Kb.
#289291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-мавзу

6. Gomeostoz, bioritm, anabioz. Organizm doimo o’zgarib turadigan muhit sharoitlarida yashaydi. Tashqi muhit omillari ta’sirining o’zgarishiga qaramay tirik organizmlarning o’z tuzilishi va ichki muhitning doimiyligini o’zgartirmasdan saqlay olish xususiyati gomeo­stoz deyiladi. Bu xususiyat ayniqsa sut emizuvchi hayvonlarda yaxshi ri­vojlangan. Organizmlar ichki muhitining doimiyligini saqlashda ir­siy axborot katta rol o’ynaydi. Organizmning genotipik tarkibiga uning uchun yot bo’lgan boshqa irsiy axborot qo’shilib qolsa, uning yashov­chanligiga putur yetishi mumkin. Shuning uchun ham organizmning himoya sistemalari, immuniteti o’sha individ uchun yot bo’lgan hamma narsalar­ning kirishiga yo’l qo’ymaydi, agar kirib qolgudek bo’lsa ham yo’qotishga harakat qiladi.

Gomeostozni ta’minlashda organizmning morfologik tuzilishi do­imiyligini saqlash mexanizmlari ham katta ahamiyatga ega. Bunday go­meostozni ta’minlashda regenerasiya muhim ahamiyatga ega. Ichki muhitning doimiyligini saqlashda organizmning hamma sistemalari birgalikda qatnashadi. Natijada organizmning tana harorati, kimyoviy ionlar va gazlar tarkibi, qon bosimi, nafas olish va yurak urush tezligi moddalarning almashinuvi doimiyligi saqlanadi.

Bioritmlar. Organizmning yashash muhiti ritmik ravishda, ya’ni kecha-kunduz davomida mavsumiy o’zgarib turadi. Tirik organizmlarning faoliyati o’sha ritmik o’zgarishlarga bog’liq bo’lib, bu bog’lanishlar mil­lionlab yillar davomida evolyusiya natijasida shakllanadi va bioritm­lar deb ataladi.

Bioritmlar –tabiiy tanlanish natijalaridir.

Bioritmlarga fotoperiodizim yaqqol misol bo’la oladi. Yil davo­mida kun uzunligining o’zgarishiga organizmlar moslashadi. Ularning fiziologik jarayonlari shunga qarab o’zgaradi. O’rta iqlim sharoitida yashovchi ko’pgina hayvonlarning ko’payish mavsumi yorug’ kunning uzaygan vaqtiga to’g’ri keladi. Mavsumiy ritmlar natijasida daraxtlarning ko’karishi, bargining to’kilishi, qushlarda patlar, sut emizuvchilarda jun qoplamining o’zgarishlari, o’simliklar o’sishining mavsumiy o’zgarishlari, hayvonlarning qishga uyquga ketishi kabi hodisalar kuza­tiladi. Kecha-kunduz davomida fiziologik jarayonlarning ritmik o’zgarishi kecha-kunduzlik bioritmlar deyiladi. Masalan odamning tana harorati kecha kunduz davomida o’zgarib turadi. Kunduzi ayniqsa, soat 18 ga yaqin tana harorati ko’tariladi, kechasi esa tana harorati 0,5-1,5 gradu­sga pasayadi.

Arterial bosim ham kecha kunduz davomida ritmik o’zgaradi. Sog’lom odamlarda qon bosimi kunduzi kechasiga nisbatan yuqoriroq bo’ladi. Qon bosimi oshgan kasallarda esa bioritm buziladi va kechasi qon bosimi ko’tariladi.

Mavsumiy bioritmlar ham inson hayot faoliyatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Ayrim surunkasiga davom etadigan kasalliklar, masalan, na­fas yo’llari, yurak qon tomirlari kasalliklari ayniqsa bahor va kuz ma­vsumlarida og’irlashadi.

Anabioz. Ba’zan organizmlar hayot jarayonlarining dovom etishi qiyin bo’lgan muhit sharoitlariga tushib qoladi. Shunday sharoitlarda organizm anabioz (ona-yangi, bios-hayot) so’zlaridan olingan holatiga o’tadi. Anabioz holatidagi organizmlarda moddalar almashinuvi juda sekinlashadi yoki vaqtincha to’xtaydi.

Anabioz noqulay sharoitlarga organizmlarning muhim moslanish mexanizmlaridan biridir. Mikroorganizm-larning sporalari, simlik­larning o’ruo’lari, hayvonlar tuxumlari anabiozga misol bo’laoladi. Anabioz xolati uzoq yillar davomida saqlanishi mumkin. (urug’lar yuz hatto ming yillardan keyin ham unib chiqishi mumkin). Anabioz holatidan insonning amaliy faoliyatida ham foydalanish mumkin. Urug’lar va tuxumlarni qattiq sovuqda uzoq vaqt saqlab ulardan keyincha­lik yana foydalanish, organizmlarni rivojlantirish mumkin.

Download 160,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish