5-Mavzu: O‘rta asr iqtisodiy tafakkuri Reja



Download 30,14 Kb.
bet5/5
Sana18.08.2021
Hajmi30,14 Kb.
#150630
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Mavzu O‘rta asr iqtisodiy tafakkuri Reja

sotib olishni sotishdan yoki daromaddan ajratish mumkin . Pul ixtirosi (va keyinchalik kredit, qog'oz pullar va jismoniy bo'lmagan pullar ) savdoni ancha soddalashtirdi va rivojlantirdi. Ikki savdogar o'rtasidagi savdo ikki tomonlama savdo deb ataladi , ikkitadan ortiq savdogarlar ishtirokidagi savdo ko'p tomonlama savdo deb ataladi .

Zamonaviy qarashlardan birida savdo ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti tufayli mavjud bo'lib, iqtisodiy faoliyatning ustun shakli bo'lib , unda shaxslar va guruhlar ishlab chiqarishning kichik tomoniga diqqatni jamlaydilar, ammo o'z mahsulotlarini boshqa mahsulotlar va ehtiyojlar uchun savdolarda ishlatadilar.  Savdo mintaqalar o'rtasida mavjud, chunki turli hududlar kam miqdordagi yoki boshqa joylarda cheklangan tabiiy resurslarni ishlab chiqarishni o'z ichiga olgan ba'zi bir savdoga yaroqli tovarlarni ishlab chiqarishda qiyosiy ustunlikka ega bo'lishi mumkin (sezilgan yoki real) . Masalan: turli mintaqalarning o'lchamlari ommaviy ishlab chiqarishni rag'batlantirishi mumkin . Bunday sharoitda, joylar orasidagi bozor bahosidagi savdo ikkala joyda ham foyda keltirishi mumkin.

Rim imperiyasi yemirilgandan keyin, Gʼarbiy Yevropada juda koʼp feodal davlatlar vujudga keldi. Ularda oʼsha davrdagi katolik cherkovining qoidalari ustunlik qilardi. Barcha ilmiy fikrlarda diniy cheklashlar mavjud edi. Shuning uchun iqtisodiy savollar boʼyicha oʼrta asr mualliflarining talqinlari diniy-etnik shaklda ifoda etilgan.

Gʼarbiy Yevropadagi ancha koʼzga koʼringan iqtisodiy fikrlar muallifi deb, odatda, Italiya monaxi Foma Аkvinskiy (Аkvinat) (1225–1274) tan olinadi. U IV asrning oxiri - V asrning boshida iqtisodiy muammolarga diniy-etnik yondashuvning nomuqobil dogmatik printsiplarni kiritgan, dastlabki kanonizm maktabi asoschilaridan biri hisoblangan Аvgustin Blajenniyga (Аvliyo Аvgustin) (353–430) muxoliflik qildi va uning gʼoyalarini ijodiy davom ettirdi. V–XI asrlar davomida bu printsiplarga amal qilib kelindi.

Аkvinatning iqtisodiy qarashlari bilan tanishib chiqishdan oldin, dastlabki va keyingi kanonizmning oʼziga xos xususiyatlarini koʼrib chiqamiz.

Oʼrta asrning dastlabki davrida hukmronlik qilgan dastlabki kanonistlar gʼoyasi savdo foydasini va sudxoʼrlik foizini qatʼiy qoraladi. Ular notoʼgʼri ayirboshlash va birovning mehnatini oʼzlashtirish natijasi sifatida tavsiflanib, gunoh sanaldi. Faqat «Odil narx» oʼrnatilgan sharoitdagina ekvivalentli va proportsional ayirboshlash boʼlishi mumkinligi uqtirildi (“Odil narx” – mehnat va moddiy sarflar bilan ifodalanadigan narx). Shuningdek, cherkov qonunlari mualliflari, antik dunyo qarashlariga xos boʼlgan jismoniy mehnatga nisbatan nafratli munosabatlarga, koʼpchilik aholining zarar koʼrishi hisobiga ayrim shaxslarning boylik orttirish huquqiga qarshi chiqdilar. Yirik savdo, ssuda operatsiyalari, gunohli ish sifatida, umuman man etilgan.

Аmmo jamiyatning tabaqalashuvi kuchaygan, shaharlarning soni va iqtisodiy qudrati oshgan, unda dehqonchilik bilan birga hunarmandchilik, savdo va sudxoʼrlik rivojlana boshlagan, yaʼni tovar-pul munosabatlari jamiyat va davlat taqdiri uchun muhim ahamiyatga aylangan Oʼrta asrning oxirgi davriga kelib, keyingi kanonistlar iqtisodiy muammo va ijtimoiy tengsizlik sabablarini tushuntiruvchi «dalillar» doirasini ancha kengaytirdilar. Bu yerda shu narsa nazarda tutiladiki, dastlabki kanonistlar asoslangan metodologik baza, eng avvalo, avtoritarli isbotlash (diniy kitob va cherkov nazariyachilari asarlaridan dalil (izoh) keltirish vositasi orqali) va iqtisodiy kategoriyalarning ahloqiy-etnik tavsifi (shu jumladan «odil narx» toʼgʼrisidagi qoida ham) boʼlgan. Bu printsiplarga keyingi kanonistlar izohlash, aniqlash, qoʼshimcha qilish yoʼli bilan oʼrganilayotgan konkret xoʼjalik hodisalarning va iqtisodiy kategoriyalarning avvalgi tadqiqot maʼnosini oʼzgartirish va hatto qarama- qarshi maʼno keltirib chiqarish imkonini beruvchi yana ikkiyoqlama baholash printsipini qoʼshdi. Аkvinat undan foydalangan holda boylik, qiymat (qimmat), pul, savdo foydasi, sudxoʼrlik foizi singari boshqa iqtisodiy kategoriyalarni tadqiq qildi.

«Odil narx» – bu kategoriya kanonistlar taʼlimotida «qiymat» (qimmat), «bozor bahosi» kategoriyalari oʼrnida ishlatilgan. U muayyan feodal oqsuyaklar hududida oʼrnatilgan va biriktirib qoʼyilgan. Dastlabki kanonistlar uning darajasini tovar ishlab chiqarish jarayonidagi mehnat va moddiy sarflarga bogʼlab tushuntirganlar. Аmmo Аkvinat, «odil narx»ga boʼlgan sarfli yondashuv tushunchasini yetarli emas, deb hisobladi. Uning fikricha, sotuvchi oʼz mavqeiga qarab buyumni «oʼz narxidan koʼra qimmatroq sotishi mumkin».

Pul (moneta)ni Аkvinat Qadimgi Dunyo va dastlabki kanonizm mualliflariga oʼxshash talqin qiladi. Uning taʼkidlashicha, «savdoda ... ishonchli oʼlchov birligiga» ega boʼlish uchun pul kishilarning xohishi tufayli kelib chiqqan. Olim monetaning «ichki qimmatga» ega ekanligini tan olsada, davlat moneta qimmatini uning «ichki qimmatiga» nisbatan bir oz oʼzgartirishga haqli deb hisobladi. Bu yerda Аkvinat oʼzining ikkiyoqlamalik printsipiga sodiqligini yana bir bor koʼrsatdi, yaʼni bir tomondan, monetalarni buzish tashqi savdoda pulning qadr-qimmatini yoʼqotilishiga olib kelishini tan olgach, ikkinchi tomondan esa – pulning

«nominal qimmatini» davlatning oʼz xohishi boʼyicha oʼrnatish huquqiga ishongan.

Savdo foydasi va sudxoʼrlik foizi kanonistlar tomonidan qoralangan va gunoh deb hisoblangan. Аkvinat ham ularni shartli ravishda



«aybladi». Uning fikricha, agar ular bunda axloq-odob doirasida ish yuritgan boʼlsalar, savdo foydasi va ssuda uchun foiz muvofiq ravishda savdogar va sudxoʼr tomonidan oʼzlashtirilishi kerak. Boshqacha soʼz bilan aytganda, mazkur turdagi daromad savdo va ssuda operatsiyalaridagi mehnat, transport va boshqa xarajatlar va hatto xatar uchun toʼlanadigan haq boʼlmogʼi kerak.


Download 30,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish