estetik tarbiya vositalari deb ataladi.
Estetik tarbiya vositalariga tabiat, mehnat va san’at kiradi.
Mehnat takomillashgan sari, ayniqsa, jismoniy mehnat turlari teхnikalashib borgani sari, ularning ko’ngilli va ijodiy tabiati ortib boradi. Shu tariqa mehnat estetik tarbiyaning eng muhim omili bo’lib qoladi. Qoloq ishlab chiqarish teхnikasi va teхnologiyasi sharoitida har qanday mehnat turi shaхsga estetik ta’sir ko’rsata olmaydi. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan har bir shaхs o’z mehnatidan ko’proq moddiy va ma’naviy manfaatdor bo’lsagina, mehnat estetik tarbiya omili bo’la oladi.
Estetik tarbiyaning eng muhim omili – bu tabiatdir. Tabiat bilan doimiy ravishda munosabatda bo’lmay turib, estetik jihatdan rivoj-lanish, estetik tarbiyani uyushtirish mumkin emas. Boshqacha ayt-ganda, tabiat hech narsa bilan almashtirib bo’lmaydigan go’zallik manbai.U estetik his-tuyg’u, kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun boy material beradi. Ayniqsa, tabiat badiiiy obrazlar orqali ifodalansa, yanada o’zining estetik jihatini yaqqol namoyon etadi.
Estetik tarbiya vositalari orasida san’at muhim o’rin egallaydi. San’at voqelikka estetik munosabatning eng muhim shaklidir. Jamiyat estetik madaniyatining darajasi ko’p jihatdan san’at rivojining darajasi, uning ijtimoiy hayotda qanchalik ko’p ahamiyat kasb etishiga bog’liq.
San’at estetik tarbiya vositasi sifatida har bir shaхsga mo’ljallanganligi bilan, dunyoga keng va ochiq ko’z bilan qarash tuyg’usini shakllantirish, nafosatni bevosita mushohada etish, yuksak orzu-umidlar yo’lida ijodkorlik qobiliyatini vujudga keltirishi bilan izohlanadi.
1. Tarbiya metodi, usuki va vositasi tushunchalariga ta’rif bering.
2. Tarbiya metodlarini tasniflashga doir yondashuvlarni izohlang.
Dunyoqarash deb nimaga aytiladi?
Dunyoqarashning qanday turlari mavjud?
Ilmiy dunyoqarash dunyoqarashning boshqa turlaridan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
E’tiqodning shakllanishi qanday bosqichlarda amalga oshadi?
O’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vositalariga nimalar kiradi?
Aqliy tarbiyaning maqsadi va vazifalarini izohlang.
Fikrlash va uning turlarini tahlil eting.
Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalarini tushuntirib bering.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda qanday shart-sharoitlarni hisobga olish lozim?Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishning shakl, metod va vositalariga nimalar kiradi?
Vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etishda nimalarga alohida e’tibor qaratish zarur?
11.Mehnat tarbiyasining maqsad va vazifalarini tushuntirib bering.
12.Mehnat faoliyatining asosiy turlariga nimalar kiradi
13.Jismoniy tarbiya deganda nima tushuniladi?
14.“Jismoniy kamolat” tushunchasi o’zida nimani ifoda etadi?
15.Estetik tarbiyaning maqsadi va vazifalarini izohlang.
16..Estetik madaniyatni shakllantirishning tarkibiy qismlariga tavsif bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |