A.K.Markovaning fikricha, nafaqat oqituvchilik kasbida uzoq otmish tajribalaridan foydalanish darkor, balki oqituvchi kasbiy rivojlanishining eng yaqin va olis istiqbollarini ham otmish tajribalaridan foydalanish asosida belgilash zarur.
Shu munosabat bilan pedagogik tashxis pedagogik faoliyatda erishiladigan yutuqlarni belgilovchi (prognostik) xarakter kasb etganida samarali bolishini takidlamoqchimiz. Olimlar tomonidan olib borilgan tajriba ishlari jarayonida shu narsa aniqlandiki, pedagogik mahoratni tadqiq qilishning belgilovchi (prognostik) xarakteri bevosita oqituvchining kasbiy refleksiyasiga tayanadi.
Bu oqituvchining talimtarbiya jarayonida paydo boladigan muammosi aynan nimadan iboratligini va uning sababi aynan nima ekanligini aniqlash, sabab va oqibatlarini pedagogik qiyinchilik oqibati bilan qorishtirmaslikka imkoniyat beradi. Bunda pedagogik tashxislashning oqituvchi kasbiy faoliyatini tezkor korreksiyalash imkoniyatini beradigan oziga xos indikatorlik (hisoblash) vazifasi namoyon boladi.
Oqituvchining oz potensial imkoniyatlarini baholash diagnostika davomida har qanday holatda ham etiborga olinishi lozim, - deb takidlaydi A.K.Markova, - unga ishonch bildirish kerak, uning kasbiy faoliyatiga bahoni oshirib yoki pasaytirib qoyish oqituvchi kasbiy rivojlanishini toxtatib qoyishi mumkin. Ushbu oqituvchining individual rivojlanish mantiqini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Oqituvchining yutuqlarini boshqa oqituvchilarning yutuqlari bilan emas, balki ozining oldingi yutuqlari bilan ham taqqoslash kerak.
Shaxsiy pedagogik faoliyatni oz-ozida tahlil qilish jarayonida oqituvchi ozining talim-tarbiyaviy faoliyati natijalari va xususiyatlarining holatini organadi, pedagogik ziddiyatlar ortasidagi sabab va oqibatli boglanishlarni aniqlaydi, oquvchilarga talim va tarbiya berishni yanada takomillashtirish yollarini belgilaydi, - deb takidlaydi L.E.Pleskach. Olimning fikriga kora, “Refleksiya oz-ozini tahlil qilish bolib, oz-ozicha belgilangan maqsadga erishish emas, balki bilim olish, tajriba orttirish usuli, ijodga, kasbiy jihatdan takomillashishga nisbatan ragbatlantirishdir.
Ilmiy adabiyotlar tahlili, shuningdek oqituvchi faoliyatida pedagogik tajriba oqituvchilar pedagogik mahoratini oshirishning diagnostik metodikalaridan foydalanish va olingan natijalar tahlili pedagogik tashxislashni oqituvchining kasbiy refleksiyasi rivojlanishini taminlaydigan usullardan biri sifatida baholashga imkoniyat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |