N.A.Evert, A.I.Sosnovskiy, S.N.Kuliyev pedagogik mahorat tizimidan uchta asosiy: estetik (axloqiy), ijtimoiy-psixologik va texnologik kabi tarkibiy qismlarni ajratib, oqituvchi pedagogik mahoratining diagnostik dasturini ishlab chiqishadi va quyidagi bloklarni farqlaydilar:
- yuksak manaviy barkamollik;
- oqituvchining individual - psixologik xususiyatlari;
- hamkasblari bilan pedagogik hamkorlik;
- pedagogik texnikani ozlashtirish;
- shaxsiy kasbiy xususiyatlari;
- ijobiy natijalarga oson erishish.
Oqituvchining ijtimoiy-psixologik shakllanishida oz ustida ishlashi murakkab tizimga ega. Bunda oqituvchi ekstensiv, taxminiy, metodologik, kommunikativ, psixologik hamkorlikda ijodkorlik vazifalarini bajaradi. Diagnostik dasturda oqituvchi kasbiy tayyorgarlik jarayonida tadqiqotchilik, mohirlik, reproduktiv (xotirada saqlash), rasmiy - ijrochilik kabi faoliyat boyicha muntazam ish olib boradi. Ushbu faoliyat dasturlari ayniqsa, yosh oqituvchilarning pedagogik faoliyatida duch keladigan ijtimoiy munosabat, sinfdan qorqish, oquvchilar bilan ozaro munosabatda ziddiyat hosil bolishi kabi psixologik tosiqlarni yengishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Olimlarning pedagogik mahorat tahliliga bu kabi chuqur yondashuvida barcha ozaro boglangan tizimlarni birdaniga qamrab olish amalda mumkin emas. Natijalar haddan ziyod katta hajmda, tarqoq boladi, eng asosiysi, bu holda pedagogik mehnatning alohida boginlari tahliliga chuqur yondashib bolmaydi. Umuman pedagogik faoliyat doimiy ravishda oz-ozini tahlil etish, oqituvchi refleksiyasi rivojlanishining tashabbuskori bola oladigan oziga xos «tezlashtiruvchi» rolini oynamogi kerak.
4. Oqituvchi faoliyatini pedagogik tashxislash
V.A.Suxomlinskiy pedagogik faoliyatga shunday tarif beradi: «pedagogik rahbarlikning sirlaridan biri oqituvchilarda muntazam izlanish va oz ishining tahliliga qiziqish uygotishdan iborat. Kimki oz darslarida, tarbiyalanuvchilar bilan o‘zaro munosabatlarda yaxshi va yomonni farqlashga, yutuq va kamchiliklarini oz vaqtida bilishga urinsa, pedagogik faoliyatning yarim muvaffaqiyatiga erishgan boladi».
Xuddi shu nuqtai nazardan ilgari surilgan goyani V.I.Zagvyazinskiyda koramiz: u «Har bir o‘qituvchi mustaqil ravishda oz imkoniyatlarini aniqlashi, oz qobiliyatlarini va pedagogik mahoratini rivojlantirishi kerak. Ozida kop narsani kashf qilish, tavsiya qilinganlardan kopini sinab korish, baholash lozim oqituvchi ozini ozi yaratadi, kosib yoki ijodkor bolishini ham ozi belgilaydi».
Ozining pedagogik tajribasini tahlil qilib, oqituvchi oz diqqatini tobora muvaffaqiyatli jihatlarga qaratadi, ozining ish samaradorligini pasaytirayotgan pedagogik muammolarni va qiyinchiliklarni ham kora olib, uni bartaraf etish yollarini topadi.
Pedagogik faoliyatda uchraydigan qiyinchiliklarning dastlabki tadqiqlaridan birini N.V.Kuzminada koramiz. U oqituvchi duch keladigan dastlabki qiyinchiliklarni «pedagogik faoliyatning tashqi omillari keltirib chiqaradigan va ichki omillarning xarakterida, kishining faoliyatga talimiy, manaviy va jismoniy jihatdan tayyorgarligida paydo boladigan keskinlik, beparvolik, qoniqmaganlikning subyektiv holatidir» deb tariflaydi .
Do'stlaringiz bilan baham: |