Tashxislashga, yani diagnostikaga bilishning alohida usuli sifatida qarash qabul qilingan (grekchadan tarjima qilganda, diagnosis tanib olish demakdir). Biz pedagogik tashxislash sozining orniga pedagogik diagnostika sozini ishlatishni lozim topdik.
Pedagogik diagnostika mazmun va mohiyatiga qarab koplab funksiyalarni bajaradi.
Uning tahliliy vazifasi oquvtarbiyaviy jarayondagi yutuq va kamchiliklarning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini, ularning ozaro boglanishlarini aniqlash va chora tadbirlar ishlab chiqishga qaratilgan.
Aslida diagnostik funksiya oquvchining talim olganligi, tarbiyalanganligi va rivojlanganligini aniqlash uchun qollaniladi, biroq, oqituvchining ham kasbiy kompetentlik darajasini organishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik diagnostikaning baholash vazifasi mamuriyat tomonidan olib borilib, alohida oqituvchi yoki alohida oquvchi faoliyatida erishgan yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan sifat korsatkichlarni miqdor jihatdan baholaydi.
Diagnostikaning korreksion vazifasi oquv tarbiyaviy jarayonni oqituvchining pedagogik faoliyati yuzasidan korreksiyalashni (togri yonaltirish) taminlaydi va oqituvchining kasbiy jihatdan oz ozini rivojlantirish va pedagogik mahoratini oshirish uchun sidqidildan kirishishga faolligini taminlaydi.
Diagnostikaning yonalishni oriyentatsion (aniqlash) vazifasining maqsadi pedagogik jamoa va alohida oqituvchilar faoliyatida mavjud bolgan muammolarni uzluksiz hal etishni muvofiqlashtirib borishdir. Pedagogik diagnostikaning oriyentatsion vazifasi natijalari haqida doimiy xabarlarni informatsion (axborot) vazifa taminlaydi.
Shu orinda diagnostika (tashxis) va diagnostikalash (tashxislash) tushunchalarining farqi va qanday mano berishini bilish lozim. Diagnostikani soddalashtirilgan korinishda «tashxisni aniqlash» deb qarasak, unda diagnostikalash (tashxislash) bu jarayonning tashxisni qoyish metodlari yigindisidir. Shu bois pedagogik faoliyatning oziga xos jihatlarini etiborga olib, uni organishda diagnostikalash (tashxislash) terminini qollash orinliroq korinadi. Umuman diagnostikalash terminini tashxislash deb atalsa ham maqsadga muvofiq boladi.
Pedagogik tashxislash deganda pedagogik tizimni (shuningdek uning alohida tarkibiy qismlarini) tadqiq qilish metodlarining jamlanmasini tushunamiz, ulardan foydalanish samaradorligi malum tashkiliy - pedagogik shart - sharoitlar bilan bogliq holda shakllanadi.
Pedagogik tashxislashning yaxlitligi uning nafaqat oqituvchi pedagogik faoliyatini organishning diagnostik jihatlarini, balki aniqlangan sabab va oqibatlarning bir-biri bilan ozaro boglanishi asosida har bir oqituvchining pedagogik qiyinchiliklarni bartaraf etishning optimal yollari va vositalarini topish imkoniyatini beradigan konstruktiv prognostik nuqtai nazardan taminlaydi, oqituvchi pedagogik mahoratining rivojlanish istiqbollarini belgilab, uning faoliyat yuritish dinamikasini kuzatish orqali tanlangan mehnat shakllari samaradorligini baholash imkoniyatini beradi.
Oqituvchi pedagogik faoliyatini tashxislashning turli aspektlarini organishga bagishlangan ilmiy tadqiqot ishlarining soni kop.
Ayni paytda oqituvchilar uchun eng zarur hislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradigan, oqituvchilik kasbining professiogramma1si (malum tizimga keltirilgan, mehnatni psixologik tomondan organib, kelgusi amaliy faoliyatda foydalanishga qaratilgan, kasbni har tomonlama batafsil yoritib beruvchi yonalish) psixolog olimlar (R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov) tomonidan ishlab chiqilib amalda qollanilmoqda. Olimlar oqituvchi professiogrammasi, muayyan fan tomonidan oqituvchiga qoyiladigan maxsus talablarni oz ichiga qamrab olishini, oqituvchi ozi tanlagan fan yuzasidan qanday talablar qoyilishini mukammal bilishini aytib, shu asosda oquv-tarbiya jarayonini tashkil qilishni, pedagogika oliy talim muassasalarida muayyan mutaxassislik boyicha Oqituvchi professiogrammasi ishlab chiqilishi zarurligini takidlaydilar. Hozirgi kunda umumtalim maktablari oqituvchilarining pedagogik faoliyatini takomillashtirish uchun ishlab chiqilgan professiogrammaga asoslanib, oqituvchilarni tashxislashning ushbu metodidan foydalanib kelinadi. Biroq ushbu professiogramma oqituvchining kun sayin ozgarib turuvchi jamiyat talablariga muvofiq shaxsiy dunyoqarashini, ongini, mafkurasini boyitish dinamikasini toliq aks ettira olmaydi.
Pedagogik faoliyatni tadqiq etish mantiqi, pedagogik tashxislashning turli metodikalarini birlashtirish zaruriyati N.V.Kuzminaning ishlarida keng yoritilgan. Tadqiqotning sorov, kuzatish, baholash (reyting), oz ozini baholash, juft qiyoslash, sotsiometriya va eksperiment kabi metodlarini organar ekan, u aynan «oz-ozini baholash, oz-ozini anglash usullaridan biri sifatida shaxsning barcha imkoniyatlarini namoyon qilishga, uning xulqi, xarakteri, faoliyat suratiga tasir etishini» takidlaydi. Oqituvchining pedagogik bilim va malakalari tizimini tavsiflab, N.V.Kuzmina oqituvchining bilish va organish malakalari ichidan uning pedagogik faoliyati uchun zarur bolgan afzalliklarni va nuqsonlarni ongli ravishda bilib tuzatish yoki takomillashtirish maqsadida tahlil qila olish qobiliyatini ajratib korsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |