5-mavzu. Ong va bilish falsafasi reja



Download 41,1 Kb.
bet2/2
Sana01.04.2022
Hajmi41,1 Kb.
#523294
1   2
Bog'liq
5.2 - mavzu o'quv savollari va ma'ruza matni

Ong va Ongsizlik. Ong inson ruhiy hayotini to’la ifodalay olmaydi. Inson ruhiyatida ong bilan birga ongsizlik ham mavjud. Jahon falsafiy an’anasi va psixologiyasida ong va ongsiz­lik olimlar tomonidan tan olinmoqda. Biroq yaqin o’tmishda, ya’ni o’tgan asrning 20-50 yillarida sobiq ittifoqda ongsizlik tu­shunchasi qoralangan va idealistik tushuncha hisoblangan edi. 60- yillardan boshlab ongsizlik tushunchasi qayta tiklanib, uning fenomeni faol o’rganila boshlandi.
Ongsizlik inson aqliy sohasidan tashqarida ong tomonidan nazoratga olinmaydigan turli ruhiy hodisa va holatlar majmuidir. Ongsizlikka tush ko’rish, gipnotik hollar, g’ayrishuuriy holat­lar va hokazolar kiradi.
Ayni paytda shaxs ongining diqqat markazida bo’ladigan barcha narsalar xotira yordamida ongga kiritilishi mumkin emas, ularni ongsizlikka kiritish ham noo’rindir. Masalan, o’tmishda ko’plab axborot olganmiz, lekin u ongimiz amal qilishining har bir daqiqasida bizga bevosita ta’sir ko’rsatmaydi. Uni amalda ong fokusiga yuborish mumkin, ammo ular ham muayyan holda xatti-harakatlarimizga ta’sir etadi. Ongsizlik sohasiga insonning biologik mavjudot sifatidan holi bo’lmagan instinktlari kiradi. Instinktlar insonda ongosti istak-mayllari, tuyg’ulari, xohish impulslarini paydo qiladi, keyin ular ong sohasiga aylanadi.
Avtomatizm deb ataladigan hodisa va intuitsiya ong yordamida tug’ilishi, keyin esa ongsizlik sohasiga o’tishi mumkin. Avtoma­tizm insonning murakkab harakatlari bo’lib, dastlab ong nazorati ostida sodir bo’ladi, uzoq mashq qilishlar, ko’plab takrorlashlar oqibatida nazoratdan chiqadi va ongsizlikka aylanadi. Masalan, musiqa asboblarini chalish, suzish, velosiped yoki avtomobil haydash, ba’zi oddiy mehnat qilish usullari va hokazo. Bunday avtomatizmlar hayotimizga chuqur kirib borgan. Ongsizlik tizimida odamning muayyan vaziyatda ma’lum faollikka intilishi, tayyorligi muhim o’rin tutadi.
Ongsizlik elementlari yuqoridagidan tashqari ongga yaqinlik darajalari bilan ham farq qiladi. Fanda, hattoki, ongosti deb ataladigan ongsizlik darajasi yoki mahsus qatlam ham ajratib ko’rsatiladi, unga ong darajasidan avtomatizm darajasiga o’tish bilan bog’liq bo’lgan psixik hodisalar kiradi.
Avtomatizmlar misolida ongsizlikning himoyalanish funksiyasi yaxshi ko’rinadi, ongsizlik momenti ishga tushishi bilan ong­ning ishi kamayadi va inson ijodiy imkoniyatlari kengayadi. Masalan, avtomobil haydash mahorati yuksak kishilar bu jarayonda bir vaqtning o’zida ham musiqa eshitishlari, ham muhim masalada suhbat olib borishlari mumkin. Komputerda matnni bexato yozayotgan, bir qulog’idagi eshitgich bilan musiqa tinglayotgan va kasbdoshlarining suhbatida faol ishtirok etayotgan hodimlarni ko’p uchratish mumkin. Holbuki, bu holatlarning har biri ongning, diqqatning bo’linishini talab qiladi.
Shu ma’noda, ongsizlik inson xatti-harakatlarini boshqarishi ham, ongga muayyan tarzda ta’sir ko’rsatishi ham mumkin.
Adabiyotdagi ikkita faktni keltiramiz. Ba’zi xorijiy mamlakatlar kinoteatrlarida badiiy film namoyishi payti biron-bir tovarni reklama qiluvchi maxsus kadrlar ko’rsatilgan. Bu kadrlar inson ko’zi ilg’amas muddat ichida (ya’ni, 0,5 s. dan kamroq) ko’rsatilgan va film tomoshasiga ham xalaqit bermagan. Tomoshabin bu kadrlarni ko’rmagan, lekin ular ongosti tomonidan qayd qilinib seansdan so’ng shu odamlar xatti-harakatiga ta’sir ko’rsatgan. Ana shu tarzda reklama qilingan tovarlarga nisbatan ehtiyoj odatdagidan 2-3 barovar ortgan.
.Ikkinchi fakt. Gipnoz vaqtida bir kishiga uyg’onganidan besh daqiqa o’tgandan so’ng burchakda turgan soyabonni olishga buyruq berilgan. Bu odam gipnotik uyqudan uyg’onib, buyruqni bajargan. Ushbu harakatning sababi so’ralganda, u o’zining soyaboni ekanligi uchun shunday qilganligini aytgan. Bu sabab hodisaning asl mohiya­tiga to’g’ri kelmaydi va, tabiiyki, o’ylab topilgan edi, lekin o’sha kishi ongini bu sabab mutlaqo qoniqtirgan. U o’z xohishiga ko’ra soyabonni o’ziniki ekanligiga ishonish maqsadida olganligiga qattiq ishongan. Keyin qayta so’roqlar yordamida o’zi harakatlarining haqiqiy sababini, ya’ni gipnoz paytida olingan buyruq ekanligi­ni eslashga majbur qilishgan.
Keltirilgan misollar, birinchidan, inson ruhiyotida ongsizlik hollari mavjudligini ko’rsatadi. Ikkinchidan, bunday holatlar masalani “Onglilik bilan ongsizlik munosabati qanday?”, degan savol tarzida qo’yishga undaydi.
Fan tarixida bu savolga birinchilardan bo’lib avstriyalik nev­ropatolog, psixiatr va psixolog Z. Freyd (1859—1939) katta tajribaviy material asosida javob berishga harakat qildi. Yuqoridagi faktlarning ikkinchisiga tayangan holda Z. Freyd, shuningdek, ko’plab tajribalar asosida ongsizlikning muhim, hattoki, hal qiluvchi roli borligi to’g’risidagi xulosaga keladi. Uning fikri­cha, inson hayotida turli faktorlar ta’sirida yuzaga keladigan u yoki bu “komplekslar” ongdan ongsizlikka siqib chiqariladi, ke­yin esa ular biron bir psixik hodisa yoki ruhiy kasallik sababi bo’lishi ham mumkin. Aniq kompleksni aniqlash yo’llarini topish va aniqlash, uning sub’ekt tomonidan anglanishigacha olib borish zarur. Shundagina kasallikni davolash mumkin bo’ladi. Z. Freyd to­monidan kompleksni aniqlash va bemorlarni terapevtik davolash usuli psixoanalitik metod deb atalgan edi.
Freyd psixoanalizni bir qator tarkibiy elementlar, siqib chiqarilgan narsalarning (ko’p hollarda) seksual xarakterdagi ta­savvur, shuningdek, tush ko’rishlarni, kasallik keltirib chiqaruvchi ongsizlikning strukturalarini aniqlash vositalari sifatidagi metodika tarzida asoslab berdi. Tan olish lozimki, nafaqat psixoanaliz qoidalari ishlab chiqilgan XX asrning birinchi choragi uchun, balki keyingi o’n yilliklar uchun ham bu katta yutuq edi. Psixoanalizning diagnostik va terapevtik usullari ko’pgina tibbiyot nazariyotchilari va amaliyotchilarining e’tiroficha, yaxshi natijalar bergan, ba’zi hollarda esa katta samaraga olib kelgan.
Ongsizlik to’g’risidagi tasavvurlar asosida Z. Freyd o’z dunyoqarashini, shuningdek, inson psixikasi, ong (men) va ongsizlik (u) o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik to’g’risidagi ta’limotini yaratdi.
Z. Freyd fikricha, inson ruhiyoti, uch sohaga egadir: “U”, “Men”, “Oliy men”. “U” ongsiz intilishlarning chuqur qatlamidir; bunda rohatlanish tamoyili yetakchilik qiladi. “Men” onglilik sohasi bo’lib, ongsizlik bilan tashqi dunyoni bog’lab turadi va reallik tamoyili amal qiladi. “Oliy men” ichki shaxsiy vijdon, o’ziga xos axloqiy ta’qiq aytish mumkinki, inson ongi ichidagi sotsiallikdir. “Men” dunyo va “U” o’rtasida vositachi bo’lishga, “U”ni dunyoga muvofiq qilishga hamda dunyoni “U” xohish-istagi bilan muvofiqlashtirishga intiladi. “Men” tashqi dunyoga “U” ta’sirida yordam berishga va bu dunyo an’analarini amalga oshirishga harakat qiladi. “Men” “U”da hukmronlik qiladigan qoniqish tamoyilini reallik tamoyili bilan almashtirishga intiladi. “Men”ning funksional ahamiyati shundaki, unga normal sharoitlarda harakatga undash ustidan hukmronlik qilish huquqi berilgan. “U”ga nisbatan “Men” chavandozga o’xshash ot kuchini jilovlab borishi kerak, ya’ni uni chavandozdek qayoqqa xoxlasa, o’sha tomonga boshlaydi. Xuddi shunga o’xshash tarzda “Men” “U”ning odatdagi xohishini, go’yoki uning o’zi istagandek harakatga aylantiradi. Z. Freyd “U”ning “Men”ga nis­batan mohiyatini bo’rttirib yuborgan. Bunday bo’rttirish ongsizlik va onglilik o’rtasidagi munosabatning gnoseologik aspektidan ko’ra psixologik aspektiga, inson xatti-harakatlarining sabablari masalasiga ham ta’sir ko’rsatadi. Lekin bu holat Z. Freyd dunyoqarashi ongsizlikdan boshlanishini bo’rttirishga tomon yo’naltirilgan an’ananing ichki mohiyatini belgilaydi. Olimning asosiy qarashlariga qarama-qarshi bo’lgan fikr “barcha ruhiy jarayonlar asosan ongsizlikdir”, degan fikrdir.
Ongni ongsizlikkacha soddalashtirish ruhiyat va fiziologik munosabat muammosida Z. Freyd fikrlarining gnoseologik noizchilligini anglatadi. Bundan tashqari, garchi olim ong masalasining sotsial jihati to’g’risida fikr yuritgan bo’lsa ham, lekin sotsial faktorning inson ongi va ruhiyati shakllanishi hamda taraqqiyotidagi ahamiyatini ochib bermadi. Bu ruhiylikning ijtimoiylashuvi muammosining aniq shakllarini endigina aniqlashga kirishgan hozirgi zamon psixiologiyasi uchun ham murakkab masaladir.
Z. Freydning dunyoqarashini idealistik yoki materialistik deb baholagandan ko’ra, uni gnoseologiyaga, umuman, fanga qay daraja­da hissa qo’shganligini hisobga olish, ya’ni e’tirof etish to’g’ri bo’lar edi.
U ruhiyatni ong bilan aralashtirgan konsepsiyalarga jiddiy zarba berdi. Ongsizlikni ruhiy faoliyatning hayvonlargagina tegishli bo’lmagan, ongning paydo bo’lishi bilan shakllanadigan, ke­yin esa o’z mavjudligi va amal qilishiga ko’ra u bilan belgilanadigan quyi shakl ekanligi to’g’risidagi xulosaga keldi.
Z. Freyd konsepsiyasi ongsizlikka urg’u berish kuchaygan falsafiy an’analar Shopengauer, Gartman, Bergson va boshqalar ustuvorligi bilan belgilanadi. U birinchi bo’lib ongsizlikning inson ruhiyatida tutgan o’rnini asosli ravishda, eksperimental va kli­nik ma’lumotlar asosida ko’rsatib berdi. Uning konsepsiyasini bugungi psixologiya ham, ilmiy falsafa ham aslo inkor eta olmay­di.
Ongsizlikni tushunishda Z. Freydning izdoshi shvetsariyalik psixolog K.G. Yung (1875-1961) ning asarlari katta ahamiyatga ega. K.G. Yung ongsizlikni o’rganar ekan, uning tarkibida arxitiplar deb ataluvchi narsalarni aniqladi.
Agar Z. Freydning “kompleksi” inson individual hayotining natijasi va siqib chiqarish mahsulidan iborat bo’lsa, arxitiplar esa kishilarning jamoaviy hayoti, urug’lar hayoti bilan bog’liq bo’lib, inson ruhiyatida mustahkamlanib boradi, avloddan avlodga nasl orqali yetkazib beriladi. Bunda Z. Freyd “komplekslari” yo’qolmaydi, lekin ular to’g’risidagi tasavvurlar “arxitiplar” tushuncha­si bilan to’ldiriladi. K.G. Yung ta’kidlaydiki: “Ong ostonasida joylashgan nisbatan yuzaki bo’lgan shaxsiy ongsizlikdan farqli ravishda jamoaviy ongsizlik odatdagi sharoitlarda anglanishi mushkul. Shuning uchun, tahliliy texnika yordamida xotirlash mumkin emas, chunki u siqib chiqarilmagan va unutilmagan. Jamoaviy ong­sizlik o’z-o’zida mavjud bo’lmaydi, aslida u qadim zamonlardan buyon, irsiyat tufayli, miya tuzilishi orqali anatomik usulda saqlangan obrazlarning muayyan shakli vositasida o’tib kelayotgan imkoniyatdan boshqa narsa emas. Tug’ma tasavvurlar yo’q, ehtimol, har qanday kuchli fantaziyaning chegaralarini, fantaziya faoliyati kategoriyalarini, ma’lum ma’nodagi apriori g’oyalarini aniqlaydigan tasavvurlarning tug’ma imkoniyatlari bor. Ular bugungi hissiyot va amaliyotimizda boshqarib turuvchi ba’zi tamoyillar sifatida na­moyon bo’ladi”.
Kollektiv ongsizlikning elementlari bo’lgan arxitiplar ma’­lum darajada qator avlodlarning umumlashgan cheksiz teng ta’sir etuvchi bir xil tajribalari hisoblanadi. Ongsizlik arxitiplarning yig’indisi sifatida insoniyat tomonidan boshdan kechirilganlarning qoldig’i hisoblanadi. Biroq, ular o’lik, vayrona maydonlar qoldig’i emas, balki individual turmushning ko’rinmas, shuning uchun, ta’sirchan tarzda belgilaydigan reaksiya va dispozitsiyalarining tirik sistemasidir.
Ona-Yer, qahramonlar, donishmandlar umuminsoniy arxitiplarga kiradi. “Soya” arxitipiga insondagi barcha salbiy jihatlar kiradi, zero inson ruhidagi g’arazli maqsadlar uning xatti-harakatlarida namoyon bo’ladi. Bu maqsad ochiq, namoyon bo’lmasdan yashiringan holda bo’lishi ham mumkin. “Anima” arxitipi erkakda ayollikning boshlanishini, “animus” arxitipi esa ayolda erkaklikning boshlanishini anglatadi. Ular erkak bilan ayolning bir-birini o’zaro tushunishiga yordam beradi. Biroq ideallashtirilgan tasavvurning real inson yoki voqelik bilan mos kelmasligi oqibatida ruhiy tushkunlikka olib kelishi mumkin. K.G. Yungdagi “o’zlik” arxitipi esa inson ruhiyatining sub’ekti bo’lib, inson faoliyati­ni oldindan belgilab beradi.
Arxitiplar belgilar bilan uzviy bog’langan bo’lib, ular masa­lan, tush ko’rish, badiiy faoliyat kabilarda namoyon bo’ladi. Kol­lektiv ongsizlik, — deb ta’kidlaydi K. Yung, — har bir indivi­dual miya strukturasida yuzaga kelgan katta ma’naviy meros hisob­lanadi. Individual ong o’tkinchi hodisadir. U vaqtinchalik moslashuv va yo’nalish bo’lgani bois, uni fazoda mo’ljalni to’g’ri olishga tenglashtirish mumkin. Ongsizlik ruhni harakatga keltiruvchi kuch manbaidan iborat, ularni boshqarib turuvchi shakl yoki kategoriyalar esa arxitiplardir. Insoniyatning kuchli g’oya va tasavvurlarining barchasi arxitiplarga kiradi. Bu, ayniqsa, diniy tasavvurlarga taalluqlidir. Lekin ko’plab ilmiy, falsafiy va axloqiy tushuncha­lar ham bundan mustasno emas. Ularning hozirgi shaklini qadimgi tasavvurlarning variantlari deb qarash mumkin. Chunki, ongning funksiyasi aql darvozasi orqali tashqi dunyoni anglash va bilishdan iborat emas, balki ichki dunyoni ijodiy ravishda tashqi dunyoga aylantirishdan ham iboratdir. Xulosa qilib aytganda, ongsizlik va onglilik inson yagona ruhiy faoliyatining nisbatan mustaqil bo’lgan ikki tomonidir. Ongsizlikda inson faoliyatini kuchaytirish, ayniqsa, sub’ekt ijodiy faoliyatining boy imkoniyatlari bor. Ong ongsizlikni vujudga keltirib inson xatti-harakatlarining umumiy strategiyasini nazorat qilib borishga qodir. Garchi inson xatti-harakatlari, xususan, uning sotsial xatti-harakati ong bilan belgilansa-da, anglangan xatti-harakat faqat axloqiy, xulq- atvor aktlari bilangina chegaralanib qolmaydi, unda ongsizlikka ham, albatta, o’rin qoladi.
Inson ruhiyati kelib chiqishi, uning shakllanishi, takomili va rivojlanishida ongsizlik birinchi, onglilik esa ikkinchi bosqich bo’lib maydonga chiqadi. Lekin ongning paydo bo’lishi bilan ongsizlik unga qorishib ketmaydi, u ong bilan faol aloqa qila boshlashi natijasida inson ruhiyatining tarkibiy qismiga, muay­yan darajasiga aylanadi. Insondagi va hayvondagi ongsizlik umumiylikka ega bo’lishi bilan birga muhim farqlarga ham ega. Odamda ongsizlik insoniylashadi va ijtimoiylashadi, u o’z tabiatiga ko’ra biosotsial hodisaga aylanadi.
Download 41,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish