5-mavzu: Nazariy va eksperimental tadqiqotlar
Reja:
1. Ilmiy nazariya tushunchasi.
2. Nazariy tadqiqotlarning usullari va vazifalari.
3. Matematik modellar.
Tayanch tushunchalar: matematik model, matritsalar, kibernetik sistema, ob’ekt, vosita.
Insonning boshqa mavjudotlardan farqi uning ma’lum bir maqsad sari harakat qilishidadir. Kishi maqsadga yetishish jarayonida bir qator tabiiy va sun’iy to‘siqlarni yengib o‘tadi. Bu to‘siqlarni bartaraf qilish uchun bir qator tadbirni ko‘radi. Maqsadga yetishishda muayyan to‘siqni yengib o‘tish uchun qo‘llaniladigan tadbirlar majmuini usul deyiladi.
Maqsadga yetishishda bir necha, goho o‘nlab-yuzlab to‘siqlarni yengishga to‘g‘ri keladi. Bu to‘siqlarni yengish uchun tegishli usullar tizimi qo‘llaniladi.
Maqsadga yetishishdagi qo‘llaniladigan usullar tizimi uslubi (yo‘l) deyiladi. Usullarni ma’lum bir tartibda qo‘llanish jarayonida bir harakat maqsad ko‘rsatkichlariga bo‘ysundiriladi. Undan tashqari, kishi maqsadga yetishish jarayonida dialektikaning eng umumiy qonunlariga hamda muayyan sohasi umumiy va xususiy qonuniyatlariga ham amal qiladi.
Inson bu faoliyati nihoyasida qanday ko‘rsatkichlar erishishini ko‘z oldiga yaqqol keltirib amalga oshiradi.
Metodologiya deb, kishi maqsad sari qilgan harakat; unga tamoyil bo‘lgan maqsad ko‘rsatkichlari bilan shu harakat davomida amal qiladigan qonuniyatlar majmusiga aytiladi. Har qanday jamiyat a’zolarining umumiy maqsadi bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi halqlarining asosiy maqsadi huquqni va demokratik davlatni qurish, adolatli fuqarolar jamiyatini shakllantirishdir. Bunday davlat va jamiyatning ko‘rsatkichlar majmui bo‘ladi. Uni millat mafkura deyiladi. Shu bilan birgalikda har qanday ijtimoiy guruhlarning o‘ziga xos maqsadlari ham mavjud. Har bir shaxsda ijtimoiy sifatlar va shunga yarasha ehtiyojlar tizimi bo‘lganligi sababli odamlarning shaxs maqsadlari ham turlichadir. Jamiyatni oldiga qo‘ygan maqsad ko‘rsatkichlari va lektikaning umumiy qonunlari butun jamiyat a’zolari faoliyati uchun eng umumiy metodologik asosdir.
Har bir sohada mavjud maqsad va shu sohada hukm suruvchi qonuniyatlar shu soha bilan shug‘ullanuvchilar uchun umumiy metodologik asosdir.
Muayyan faoliyatning eng umumiy, umumiy maqsad ko‘rsatkichlari va qonuniyatlari bilan birga shu faolyugning ichida qisqa muddatli maqsad ko‘rsatkichlari va moq qonuniyatlari ham bo‘ladi. Kishilar o‘z faoliyatida qisqa muddatli maqsad ko‘rsachkichlari va soha qonuniyatlariga amal qilishligini xusus metodologiya deyiladi. Odamlar faoliyat ko‘rsatish jarayonida eng umumiymidir. Umumiy va xususiy metodologiyalardan kelib chiqqan holda o‘z ishlarini amalga oshiradilar. Aks holda qilgan harakatlari zoye ketishi mumkin. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, sohasidan qat’iy nazar, har qanday ilm o‘z tadqiqotini bir butunlikka, ya’ni tegishli majmuga qaratgan bo‘ladi. Ular bir necha o‘zaro funksional bog‘liq qismlardan tashkil topgan bo‘ladi. Uni majmu deb nomlanishiga ham sabab shu. Butun borliq katta va kichik hamda shaklan turli majmulardan tashkil topgan. u majmularni tashkil qiluvchi qismlari orasidagi aloqadorlikni va bu majmularning xususiyatlarini belgilab beruvchi inson faoliyatiga ilm, deyiladi. Majmularni tashkil qiluvchi negiziga qarab, ularni moddiy va nomoddiy, turlarga ajratiladi. Moddiylari tabiiy va sun’iy. Tabiiylari geologik, biologik, geografik, ekologik va hokazolar. Sun’iylari texnika, inshoot, agronomiya va boshqalar. Har bir qism o‘z navbatida majmu hisoblanib, u ham bir necha qismlardan tashkil topadi. Masalan, geologik majmu minerologik, gidrogeologik, paleontologik va hokazo qismlardan tashkil topgan. Ularning har biri ham bir necha qismlarga bo‘linadi. Bu majmularning har birini soha ilmi o‘rganadi. Undan tashqari, butun moddiy olam majmulari ayrim xususiyatlarini alohida-alohida ilmlar o‘rganadilar. Masalan, fizik xususiyatlarini fizika, kimyoviy xususiyatlarini kimyo va hokazo. Nomoddiy majmui gumanitar, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy degan qismlardan tarkib topgan. Ularning har-biri o‘z oldiga majmu hisoblanadi va bir necha qismlardan iboratdir.
Ijtimoiy majmuning o‘zi ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat va san’at degan qismlarni o‘z ichiga oladi. Har bir soha yoki uning tarmoqlaridagi majmularning alohida-alohida ilm sohasi yoki uning tarmoq ilmi o‘rganadi. Muayyan ilm sohasi yoki tarmoq ilmi tadqiqotlarni aniq bir majmuga qaratishi shu ilmning tadqiqot obekti deyiladi. Ma’lum bir ilmni tadqiqot obekti, deganda mazkur ilm o‘z tadqiqotlarini qaysi majmuga qaratganligini tushunmoq lozim. Ammo har qanday majmu ikki yoki uch qismdan iborat bo‘lganda ham uning bir necha jabhalari va xususiyatlari bo‘ladi. Jabha deganda majmuni tashkil qiluvchi qismlari orasidagi uzviy bog‘liqlikka aytiladi. Majmuning xususiyati o‘z tabaqasidagi majmular orasidagi aloqadorlikda namoyon bo‘ladi. Har bir jabhani va aniq aloqadorlikni alohida ilm sohasi o‘rganadi va uni shu ilmning tadqiqot predmeti deyiladi. Bir obektni bir necha soha ilmlari o‘rganish mumkin. Masalan, medisina, kosmetika, fizkultura, psixologiya va boshqa bir qator ilmlarning tadqiqot obekti inson hisoblanadi. Ammo har biri o‘zining tadqiqot predmetiga ega. Ilmning tadqiqot predmeti muayyan ilm sohasi, majmuiing jabha yoki xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi.
Tadqiqot obekti-muayyan ilm tarmog‘i nimani o‘rganadi, degan savolga javob bersa, tadqiqot predmeti shu nimaning nimasini o‘rganadi, degan savolga javob beradi. Har qanday ilm o‘z oldiga faqat bitga maqsadni qo‘yadi. Ilmning tadqiqot o‘tkazishdan maqsadi o‘rganayotgan majmuda shu vaqtgacha aniqlanmagan xususiyat va qonuniyatlarini aniqlash va uni jamiyatning ma’lum bir ehtiyojini qondirishda foydalanishni ko‘rsatib berish orqali namoyon bo‘ladi. Ushbu falsafiy tushunchalardan kelib chiqib, ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi bir necha ilm tarmoqlarining tadqiqot obekti, predmeti va maqsadlarini aniq mumkin. Ijtimoiy fanlar ilmining umumiy tadqiqot obekti ijtimoiy hayotdir. Shu yerda "ijtimoiy" degan tushunchani sharhlab o‘tish joiz. Ijtimoiy atamasi ikki ma’noda biri keng, ikkinchisi tor ma’noda qo‘llaniladi. Keng ma’nodagi ijtimoiy hayot voqelik bo‘lib, odamlarni barcha ongli harakati natijasida vujudga kelgan hodisalar majmusiga aytiladi. Bu majmuga ruhiy, iqtisodiy, siyosiy va tor ma’nodagi ijtimoiy hayotlar qismi bo‘lib kiradi. Tor ma’nodagi ijtimoiy hayot deganda kishining bioijtimoiy mavjudot sifatida shakllantiruvchi va umri davomida egallagan ijobiy sifatlarini o‘z ixtiyori bilan namoyon qiluvchi hayot jabhalariga aytiladi. Bularga oiladagi hayot, o‘zining shaxsiy hayoti hamda mehnat va siyosat bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa faoliyatlar kiradi. Bu tushunchalarni hayotda qo‘llashda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijtimoiy deb keng ma’nodagi ijtimoiy hayotini ifodalaymiz, tor ma’nodagi ijtimoiy hayot ustida so‘z yuritilganda ijtimoiy-ruhiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, degan so‘z birikmalaridan foydalaniladi.
1. Eksperimental tadqiqot – bu yangi bilimlarni olishning asosiy usullaridan biridir.
Eksperimentning bosh maqsadi - nazariy ma’lumotlarni tekshirish (ishchi gipotezani tasdiqlash), shuningdek, ilmiy tadqiqot mavzusini yanada kengroq va chuqurroq o‘rganishdir.
Eksperimentlar tabiiy yoki sun’iy bo‘lishi mumkin.
Tabiiy eksperimentlar ijtimoiy hodisalarni ishlab-chiqarish, turmushda va shu kabi sharoitlarda o‘rganishga bag‘ishlanishi bilan xarakterlanadi. Sun’iy eksperimentlar esa texnik va boshqa fanlar sohalarida keng qo‘llaniladi.
Ob’ekt yoki jarayon modelining xarakteriga, eksperimentning qo‘yilish va o‘tkazilish sharoitlariga ko‘ra ular laboratoriya va ishlab-chiqarish eksperimentlariga bo‘linadi.
Laboratoriya eksperimentlari maxsus modellashtiruvchi qurilma va stendlarda tipovoy asbob-uskunalar va mos apparaturalardan foydalanib o‘tkaziladi. Ular minimal harajatlar bilan qimmatli ilmiy ma’lumotlar olish imkonini beradi. Biroq, eksperimental tadqiqotlarning ushbu usuli har doim ham jarayonning borishi yoki ob’ekt ishini to‘liq aks ettira olmaydi.
Ishlab-chiqarish eksperimentlari real sharoitlarda tashqi muhitning turli tasodifiy omillari ta’sirini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Bunday eksperimentlar labaratoriya eksperimentlariga nisbatan murakkabroqdir va naturada (real jarayon yoki ob’ekt) o‘tkaziladigan tajribalarning kattaligi sababli juda puxta va batafsil o‘ylab ko‘rish va rejalashtirishni talab etadi.
Ishlatilayotgan ob’ektlarning turli dala sinovlari ham ishlab-chiqarish tadqiqotlari qatoriga kiradi. Ishlab chiqarish eksperimentlarning yana bir turi-mos holdagi metodika va shaklda tadqiq etilayotgan masala bo‘yicha korxonalarda materiallar to‘plashdir.
Eksperimental tadqiqotlarni samarali o‘tkazish uchun eksperimentning metodologiyasi ishlab chiqiladi. Uning tarkibi quyidagi asosiy bosqichlardan tashkil topadi:
eksperimentning reja-dasturini ishlab chiqish;
o‘lchashlarni baholash va eksperimentni o‘tkazish vositalarini tanlash;
eksperimentni o‘tkazish;
eksperiment natijalariga ishlov berish va ularni tahlil qilish.
Eksperimentning reja-dasturi - eksperimental tadqiqotlar metodologiyasining asosidir.
Reja-dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tadqiqot mavzusining nomi va ishchi gipotezaning mazmun-mohiyati;
eksperiment metodikasi va uni bajarish uchun kerakli bo‘lgan materiallar, priborlar, qurilmalar va sh.k. ro‘yxati;
bajaruvchilar ro‘yxati va ular ishining kalendar rejalari;
eksperimentni bajarishning smetasi.
Eksperiment metodikasi – eksperimental tadqiqotlarni maqsadga muvofiq ravishda o‘tkazish metodlari va usullarining majmuasidir. Umumiy holda u quyidagilarni qamrab oladi:
eksperimentning maqsadi va vazifalari;
omillar va ularni o‘lchash darajalarini tanlash;
o‘lchash vositalarining turlari va zarur miqdordagi o‘lchashlar sonini asoslash;
eksperimentning mazmuni va o‘tkazish tartibining bayoni;
eksperiment natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish usullarini asoslash.
Eksperimentning maqsadi va vazifalari ishchi gipoteza va mos nazariy ishlanmalarni tahlil etish asosida aniqlanadi. Vazifalar aniq-ravshan, ularning soni katta bo‘lmasligi kerak: oddiy eksperimentda - 3-4 ta, kompleks eksperimentda esa 8-10ta vazifa belgilanadi.
Tadqiq etiluvchi jarayon yoki ob’ektga ta’sir etuvchi omillarni tanlash ishchi gipotezaga mos holda nazariy ishlanmalarni tahlil etish asosida malga oshiriladi. Dastlab o‘tkaziladigan eksperiment uchun muhimligi darajasiga qarab barcha omillar qatorga terib chiqiladi, so‘ngra ularning asosiylari va ikkilamchilari ajratiladi. Omillar soni kichik (3 tagacha) bo‘lganda ularning muhimlik darajasi yakkaomilli eksperiment bo‘yicha aniqlanadi (boshqa omillar o‘zgarmas bo‘lgani holda bitta omil o‘zgaradi.) Omillar soni katta bo‘lganda ko‘pomilli tahlil qo‘llaniladi.
O‘lchov vositalari eksperimentning maqsadi va vazifalariga, o‘lchanuvchi ko‘rsatkichlarining xarakteriga va talab etiluvchi aniqlikka qarab tanlanadi. Odatda, standart, ommaviy ravishda ishlab chiqariluvchi (o‘zimizda yoki horijda) o‘lchov vositalari ishlatiladi. Ayrim hollarda noyob o‘lchov priborlari va apparatlari yaratiladi.
O‘lchov texnikasining nazariy va fizik asoslari, fizik qiymatlarni o‘lchash metodlari maxsus adabiyotlar va standartlarda keltiriladi.
Eksperimentning mazmuni va o‘tkazish tartibi – metodikaning markaziy qismi hisoblanadi. Unda eksperimentni o‘tkazish mufassal tarzda loyihalanadi:
kuzatish va o‘lchamlarni o‘tkazishning tartibi (ketma-ketligi) tuziladi;
eksperimentni o‘tkazish uchun tanlangan vositalarni e’tiborga olgan holda har bir operatsiya alohida batafsil bayon etiladi;
operatsiyalarning sifatini nazorat qilishda qo‘llaniluvchi metodlar bayon etiladi;
kuzatish va o‘lchashlar natijalari qayd etib boriluvchi jurnal ishlab chiqiladi.
Eksperiment natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish usullari metodikaning qismi hisoblanadi. Eksperiment natijalari yaqqol tasavvur va qabul qilinadigan shaklga keltirilishi zarur (jadvallar, grafiklar, nomogrammalar va sh.k.); bunday shaklda natijalarni taqqoslash va tahlil qilish qulay bo‘ladi.
Ishlov berishning matematik metodlariga alohida e’tibor qaratiladi empirik bog‘liqliklarni aniqlash, omillar va chiqish parametrlari orasidagi bog‘liqlik (aloqa)larni approksimatsiyalash, mezonlar va ishonchli intervallarni belgilash kabilar shular jumlasidandir.
Eksperiment metodikasi ishlab chiqilgandan so‘ng eksperimental tadqiqotning hajmi va mehnat sarfi aniqlanadi. Ular nazariy ishlanmalarning chuqurligiga, qabul qilingan o‘lchov vositalarining xarakteristilariga (aniqligi, ishonchliligi, tezligi va sh.k.) bog‘liq bo‘ladi. Tadqiqotning nazariy qismi qancha aniq shakllantirilgan bo‘lsa, eksperimentning hajmi va mehnat sarfi shuncha kichik bo‘ladi.
Tabiiyki, eksperimentning hajmi va mehnat sarfi uning turiga bog‘liq bo‘ladi. Dala sinovlari eng katta mehnat sarfi talab etadi.
Eksperiment - ilmiy tadqiqotning o‘ta muhim va eng ko‘p mehnat sarfi talab etadigan bosqichidir.
Eksperimental ishlar eksperimentning tasdiqlangan reja-dasturi va metodikasi asosida o‘tkaziladi. Eksperimentni boshlashda qat’iy tarzda metodika va tajribalarni o‘tkazish tartibi aniqlanadi.
Eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish jarayonida quyidagi asosiy qoidalarga amal qilish zarur:
eksperimentator tadqiq etilayotgan jarayonning haraktiristikalari yoki ob’ektning parametrlarini sidqidildan qayd etish, o‘lchov natijalariga sub’ektiv ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur;
eksperimentator ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak, aks holda natijalarning o‘zgarishi va xatoliklar yuz beradi, oqibatda eksperimentlar takrorlanishi zarur bo‘ladi;
eksperimentator albatta kuzatishlar va o‘lchashlar jurnalini yuritishi zarur, u xatosiz, puxta to‘ldirib berilishi, to‘g‘rilashlariiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak;
eksperiment jarayonida ijrochi mutassil ravishda o‘lchov vositalarining ishini va ular ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligini kuzatib borishi kerak, qurilmalar, jihozlar, stendlar ishining ustivorligini, atrof muhitning xaraktiristikasini nazorat qilishi va ishchi sohaga begona shaxslarni qo‘ymasligi lozim;
eksperimentator tizimli tarzda o‘lchov vositalarini ishchi tartibda nazorat qilishi, ularning aniqligini nazorat qilishi kerak;
o‘lchov ishlarini olib borish bilan birgalikda ijrochi ularga dastlabki ishlov berib borishi va tahlil qilishi kerak. Bu tadqiq etilayotgan jarayonni nazorat qilish, tajribani korrektirovka qilish, eksperiment metodikasini takomillashtirish, samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi;
eksperimentator xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnoma talablariga, ishlab-chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi kerak.
Yuqoridagi qoidalarga ayniqsa, ishlab-chiqarish eksperimentlarini o‘tkazishda rioya qilish katta ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Shermuhamedova N.A. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Darslik. – T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2.14.
2.Soifnazarov I.,Nikitchenko G., Kasыmov B. Metodologiya nauchnogo tvorchestva. (Uchebnoye posobiye) Tashkent, «Yangi asr avlodi», 2..4.
3.Ro‘zmatzoda Qodirqul. Ilmiy ijod falsafasi va metodologiyasi. Toshkent, “Navro‘z”, 2.15.
4.O‘rinboyev B. Ilmiy tadqiqot asoslari. (Uslubiy qo‘llanma). Samarqand – 2..5.
Do'stlaringiz bilan baham: |