5-mavzu: Mustamlakachilik sharoitida Turkistonda madaniy hayot reja



Download 29,69 Kb.
bet4/4
Sana28.06.2022
Hajmi29,69 Kb.
#717391
1   2   3   4
Bog'liq
kkk

Matbuot. XIX asr o‘rtalaridan boshlab butun dunyoda matbuot rivoji yangi bosqichga kutarilayotgan edi. mana shu davrda Turkistonda matbuot asrning 60-yillarida vujudga keldi. 1870 yili o‘lkada rus va mahalliy tillarda hukumatning rasmiy gazetalari paydo bo‘ldi. Shu asrning 90yillariga kelib rus tilida xususiy gazeta va jurnallar tashkil topdi. XX asrning birinchi o‘n yilligida milliy gazetalar, ikkinchi o‘n yilligida jurnallar yuzaga keldi.
Turkiston o‘lkasi zabt etilib, siyosiy va iqtisodiy jihatdan o‘lka boshqaruvining mustahkam tizimi yaratildi. O‘lkadagi imperiya ma’muriyati oldida turgan keyingi muhim vazifalardan biri g‘oyaviy va mafkuraviy jihatdan o‘lkani zabt etish edi. Mana shu vaziyatda matbuot belgilangan maqsadlarga xizmat qilishi kerak edi.
O‘lkadagi dastlabki gazeta “Turkestanskie vedomosti” va uning mahalliy tildagi ilovasi “Turkiston viloyati gazeti” edi (1870 yil 28 aprelda 1-soni nashr etilgan). Mazkur gazeta 1917 yilgacha bo‘lgan davrda avvalo rus hukumatining rasmiy xabarlari, bo‘layotgan voqea va xodisalarni bayon etish bilan birgalikda o‘lka aholisini turmushi, geografiyasi, tabiati haqida ma’lumotlarni berdi. Bu o‘z o‘rnida bir tomondan boshqaruvda imkoniyatlarni vujudga keltirsa, ikkinchi tomondan o‘quvchilar dunyoqarashini o‘sishiga xizmat qilgan. Gazeta o‘qish har hil viloyat va odamlar haqida ma’lumotlar berishi orqali foydaliligi, bu habarlarni tez olinishi sababdan ijobiy holat edi.
Bu nashrda turli ma’lumotlar: rus shoirlari va yozuvchilari ijodlaridan namunalar, sanoat va savdo yaniliklari, ilm-fan yangiliklari, o‘lkada kechayotgan jarayonlar va shu kabi ma’lumotlarni keltirilishi bilan ham ahamiyatli edi. Biroq, bu nashrning muharrirlari imperiya manfaatlari xizmat qiluvchi ma’lumotlarn nashr etishlari, gazetaning imperiya imaqsadlari xizmat qilishini asoslab beradi.
Turkiston o‘lkasida matbuotning taraqqiy etshiga XIX asrning so‘nggi choragida xususiy bosmaxonalarning paydo bo‘lishi ham sabab bo‘lgan. 1907-1914 yillar davomida garchi ko‘plari tezda yopilgan bo‘lsa-da, 20 dan ziyod katta-kichik tosh va mix bosmaxonalar ishlagan. Ularda kitoblar bilan birga, xususiy gazeta va jurnallar ham bosilgan.
Dastlabki xususiy gazeta Samarqandda rus tilida “Okraina” nomi bilan 1890 yilda chiqdi. U siyosiy, ijtimoiy va adabiy gazeta bo‘lgan. Bu gazeta nisbatan liberal ruhda edi va albatta, Rossiyaning bosqinchilik siyosatini qo‘llab-quvvatlagan. Uning sahifalarida geografiya, tarix, iqtisod, xalq maorifiga oid maqolalar ham bosilgan.
1898-1918 yillarda adabiy, siyosiy, tujjoriy xarakterga ega bo‘lgan Ashxobodda “Asxabad” gazetasi nashr etilgan va Ilg‘orroq gazeta hisoblangan. Bir necha marotaba ichki ishlar vazirligi ta’qiqlariga uchragan.t1898-1907 yillarda nashr etilib turgan“Russkiy Turkestan” xususiy gazetasi dastlab o‘lkashunoslik, hududlar haqida ma’lumotlar beruvchi xarakterda bo‘lgan. Keyinchalik bolshevistik ruhga ega bo‘lib borganligi sababli ta’qiqlangan.
1905 yil 17 oktabr manifesti e’lon qilingach, rus tilida ham talaygina yangi gazetalar paydo bo‘ldi. Ilgaridan chiqib turgan “Turkestanskie vedomosti”, “Okraina”, “Asxabad”, “Zakaspiyskoe obozrenie”, “Russkiy Turkestan” gazetalari qatoriga “Asxabadskiy vestnik”, “Vechernyaya zarya”, “Golos narodnoy svobodы”, “Zemlya i volya”, “Samarkand”, “Russkaya okraina”, “Sredneaziatskaya jizn”, “Srednyaya Aziya”, “Na rubeje”, “Tashkentskiy kurer”, “Novыy put”, “Fergana”, “Turkestanskaya voennaya gazeta” singari gazetalar nashr etila boshlandi. Bularning aksarisi turli partiyalar va tashkilotlarga qarashli edi. Shu bois ularning yo‘nalishi ham, maslagi ham turli-tuman bo‘lgan. Jumladan, “Asxabadskiy vestnik”monarxiyachi (podshoparastlik) gazeta bo‘lsa, “Na rubeje” kadetlar (konstitutsion demokratlar) partiyasining nashri edi. “Zemlya i volya” eserlar (sotsial-revolyusionerlar) partiyasining nashri bo‘lsa, “Novыy put” mensheviklarniki (rus sotsial-demokratlar partiyasining o‘ng qismi) hisoblangan. “Russkiy Turkestan”, “Samarkand” gazetalari rus sotsial-demokratlarning so‘l qanoti hisoblangan bolsheviklar g‘oyasiga xizmat qilgan. Ayrimlari biron partiyaning nashri bo‘lmasa-da, muayyan partiyaga moyillik bildiran.
Bu davrda rus tilida ham talaygina jurnal va jurnal tipidagi nashrlar chiqqan. “Turkestanskiy skorpion” jurnali hajviy-yumoristik yo‘nalishda bo‘lgan. Qolganlari “adres-kalendar”, “spravochnik”, “byulleten”, “protokol” va hokazo nomlar qo‘shilgan holda chiqqan bo‘lib, ularning ko‘plari ilmiy jamiyatlar, to‘garaklar, statistika idoralari va soha nashrlari hisoblangan. Mazkur gazeta va jurnallarning aksariyati Toshkent, Samarqand, Farg‘ona (Qo‘qon), Ashxobod kabi yirik shaharlarda chiqqan. Bularning barchasi (milliy matbuot ham) umumiy tarzda XX asr boshlaridagi Turkiston o‘lkasining ijtimoiy-siyosiy, madaniy, ilmiy hayotini aks ettirgan.
1905 yilgi rus burjua-demokrat inqilobi Turkistondagi mustabidlik va harbiy-politsiyachilik ko‘rinishidagi mustamlakachilik tizimiga katta zarba berdi.
Imperator 17 oktabrdagi Manifestda Rossiya fuqarolariga erkinlik berganligini e’lon qildi. Bu Turkistonda ham akssado berib, bundan ruhlangan jadidlar va endigina o‘sib kelayotgan milliy burjuaziya, shuningdek ilg‘or ruhoniy tabaqalar, pedagoglar o‘z matbuotiga ega bo‘lishga harakat qildi.
Unga qadar Turkiston o‘lkasida faqat general-gubernatorlikning rasmiy organi “Turkestanskie vedomosti” va uning o‘zbek tilidagi ilovasi bo‘lgan «Turkiston viloyatining gazeti» muntazam chiqib turardi. Uning muharriri mustamlakachilik tuzumining ashaddiy targ‘ibotchisi, olim va jurnalist N.P. Ostroumov edi.
Shuni ta’kidlash kerakki, «Turkestanskie vedomosti» 1870 – 1917 yillar davomida chiqib turar ekan, o‘lka tarixi, madaniyati, iqtisodiy, siyosiy hayoti, xalq turmushiga doir maqolalar e’lon qilib, kelajak avlodni o‘sha davrlar haqida birinchi darajali manbalar bilan ta’minlashda katta axamiyatga ega nashr bo‘ldi. Agar jadidlarning sa’y-harakatlarini hisobga olmaganda (ya’ni ularning shaxsiy tashabbuslari bilan chiqarilgan gazeta va jurnallardan tashqari – muallif izohi) podsho Rossiyasi o‘zbek yoki turkiy tilda biror matbuot ochishga intilmadi.
Jadidlar tomonidan 1905–1907 yillarda Ismoil Obidov muharrirligida chiqarilgan «Taraqqiy», «Shuxrat», «Xurshid» ro‘znomalari hukumat tomonidan yopib qo‘yildi. Bu haqda Chorizmning milliy matbuotga bo‘lgan munosabati reaksion bo‘lganligini eserlar partiyasining yashirin chop etilgan «Molot» ro‘znomasi haqiqatni ochib shunday mazmunda maqola chiqaradi:«Turkiston ellik yildan beri rus hukmronligi ostida yashamoqda. Ammo, Turkiston istilo qilinishi arafasidagi qoloqlikda ataylab hanuzgacha saqlanib kelinmoqda. Hukumat zabt etilgan xalqni olg‘a siljitish u yoqda tursin,aksincha undagi xurofotni saqlab qoldi.
Chunki bu unga osoyishta hukmronlik va aholini bemalol talashni ta’minlash uchun zarur edi. Yerlilar o‘rtasidagi har bir yangilik hukumat tomonidan dushmanlik bilan qarshilanar shafqatsiz tusda bo‘g‘ib tashlanar edi.
Milliy ong va o‘zlikni anglashda “Sadoi Turkiston” gazetasining xizmatlari katta bo‘ldi. Uning ikki yil (1914-1915)davomidagi faoliyati davrida millat ziyolilarning vatanparvar qatlamlarining millat ozodligi, ravnaqini tarannum etuvchi, xurofot, bid’at kabi eski aqidaparastlikni tig‘ ostiga oluvchi publitsistik maqolalari e’lon qilindi.
O‘zbek milliy jurnalistikasining taniqli namoyandalarining o‘ziga xos maktabi shakllandi. Ushbu jurnalistika maktabida Abdulhamid Cho‘lpon, Munavvar qori, Behbudiy, Xurshid, Shamsiddin Sharafiddinov, Lutfulla Omiliy, Mirmuhsin Shermuhamedov, Miskin, Mo‘minjon Muhammadjonov, Hamza, Xolidijod ijod pillapoyalaridan ko‘tarilib butun Turkiston va hatto Sharq dunyosiga taniladilar. Birgina Behbudiyning o‘zi elon qilgan maqolalar 300 taga yaqinlashib qolgan edi.
Download 29,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish