Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi” (020-satr) moddasi bo‘yicha sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar tannarxini hisobga oluvchi hisoblarda (9100) hisobga olingan, sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi summasi ko‘rsatiladi.
Savdo korxonalari ushbu satr bo‘yicha sotilgan tovarlarning xarid qiymatini aks ettiradilar.
“Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi (zarari)” (030-satr) mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar sotishdan sof tushum bilan sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi o‘rtasidagi farq (010-satr-020-satr) sifatida aniqlanadi.
“
Do'stlaringiz bilan baham: |