5-mavzu. Milliy innovatsion tizimning xususiyatlari va rivojlanish omillari Reja



Download 30,31 Kb.
bet1/2
Sana26.03.2022
Hajmi30,31 Kb.
#511361
  1   2
Bog'liq
5-мавзу. Матн


5-mavzu. Milliy innovatsion tizimning xususiyatlari va rivojlanish omillari
Reja:



  1. Milliy iqtisodiyotini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishning dolzarbliligi. Milliy innovatsion tizimning mazmun-mohiyati va shakllanish bosqichlari.

  2. Bilim va innovatsiya milliy iktisodiy tizim raqobatbardoshligini ta’minlashning bosh omili sifatida.

  3. Milliy innovatsion tizim rivojlanishining nazariy yondashuvlari.

Tayanch so‘zlar: innovatsion rivojlanish, milliy innovatsion tizim, bilim, milliy iktisodiy tizim, raqobatbardoshlik.
O‘tgan asrning 90-yillari hamda XXI asrning boshida jahonda ro‘y bergan chuqur o‘zgarishlarni anglab olish XXI asrda mamalakatimizni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun xizmat qiladi. Ikkinchidan, jahondagi rivojlanishning zamonaviy tendensiyalarini aniqlash innovatsion rivojlanish modelining zaruriy strategik mo‘ljallari va ustuvor yo‘nalishlarining tanlovi uchun asos yaratadi, chunki hozirgi vaqtda XXI asr o‘rtalaridagi geoiqtisodiy raqobatni belgilab beradigan qiyosiy afzalliklar shakllantirilmoqda.
Zamonaviy jahon xo‘jalik aloqalari tizimiga integratsiyalashuv jarayonida va iqtisodiyotining ochiqlik darajasini oshirgan holda, O‘zbekistonga jahon iqtisodiy jarayonlari tobora katta ta’sir ko‘rsatmoqda hamda u tobora murakkab va kompleksli xarakterga ega bo‘lgan yangi chaqiriqlarga yuz tutmoqda.
Asosiy tendensiyalar quyidagilarga bog‘liq: jahon iqtisodiyotida kuchlar muvozanati o‘zgarganligi hamda Osiyo mamlakatlari, Xitoy yetakchi o‘rinlarga chiqishiga; qator o‘ta muhim strategik resurslarga (jumladan, energetika, oziq-ovqat va suvga) ehtiyoj tobora o‘sishiga; energetik va iqlim dinamikasi o‘zgarishi natijasida qishloq xo‘jaligida shunga bog‘liq muammolar hamda oziq-ovqat xavfsizligi keskinlashuviga. Biroq, mazkur sabablar turli mintaqalarda har xil ta’sir ko‘rsatadi1.
Hozirgi sharoitda iqtisodiy o‘sish ilmiy-texnik taraqqiyotning yetakchi roli hamda asosiy ishlab chiqarish omillarining intellektuallashuvi bilan tobora ko‘p tavsiflanadi. Rivojlangan mamlakatlarda texnologiyalar, asbob-uskunalar, kadrlarni o‘qitish, ishlab chiqarishni tashkillashtirishda qo‘llaniladigan yangi bilimlar ulushiga YAIMni qo‘shimcha o‘sishining 70 dan 85 foizigacha to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, yangiliklarni joriy qilish bozor raqobatining assoiy omiliga aylanmoqda.
Belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda Milliy innovatsion tizim (MIT)ni rivojlantirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 7 avgustdagi PQ-436-sonli “Fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirishni va boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916-sonli “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 10 noyabrdagi “Ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarni yechishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy rivojlanishning innovatsion jihatlarini rivojlantirish nafaqat iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va iqtisodiy o‘sishning ustuvor yo‘nalishi, balki inqirozli vaziyatlarni bartaraf qilishning muhim chorasi hisoblanadi2.
Innovatsion faoliyat tobora murakkablashib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, bioinjeneriya va nanotexnologiyalarni, nanomateriallar hamda nanotuzilmali qoplamalarni, nanobiotexnolo-giyani, nanotizimli texnikani tezkor rivojlantirish iqtisodiy o‘sish uchun yangi manbalarni tashkil qiladi.
Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarda fanga qilingan xarajatlar ulushi YAIMning 3-3,5 foizini tashkil qiladi. Mazkur xarajatlarda davlatning ulushi o‘rtacha 35-40 foizga teng va bu innovatsion jarayonlarning qator obyektiv xususiyatlariga bog‘liqdir. Jumladan, risk darajasi yuqoriligi, umumiy ilmiy muhit va axborot infratuzilmasining rivojlanish darajasiga bog‘liqlik, ilmiy tadqiqotlarning kapital sig‘imi yuqoriligi, natijalarini tijorat maqsadida realizatsiya qilish imkoniyatlari ma’lum emasligi, kadrlarni ilmiy va injenerlik malakasiga nisbatan talabning yuqoriligi hamda intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish zarurati.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda Milliy innovatsion tizim (MIT)ni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi “Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’limni takomillashtirish va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori shu maqsadda qabul qilingan.
Ayrim sohalarni, jumladan kimyo sanoati (2007-2011 yy.), yog‘-moy sanoati (2007-2011 yy.), farmatsevtika sanoatini (2007-2011 yy.) rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan va boshqa dasturlar innovatsiyalarni joriy qilish, ITTKIni rag‘batlantirish hisobiga ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik darajasini oshirishni, yuqori texnologiyaliva raqobatbardosh mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirishni ko‘zda tutadi.
Vazirlar Mahkamasining “2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarorida ishlab chiqarishga ilmiy yutuqlar, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish asosida sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab qo‘yilgan. Bunda ustuvor sohalar sifatida energetika, neftgazkimyo sanoati, yengil sanoat, rangli metallurgiya, mashinasozlik va avtomobilsozlik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish.
Shu bilan birga, O‘zbekiston iqtisodiyotining kapital sig‘imi yuqori sohalarining ulushi kattaligi (yoqilg‘i-energetika kompleksi, transport, birlamchi kimyo) va ularni investitsion faolligining pastligi mamlakat sanoati rivojlanishi sur’atlari pasayishiga olib keladi 3.
Mashinasozlik sohasida material va energiya sig‘imi yuqoriligi saqlanib qolmoqda (ishlab chiqarishning umumiy xarajatlarining 70 foizidan ziyod). Sanoatda ITTKIga jami xarajatlar 2008-2011 yy.da ishlab chiqarishga xarajatlar umumiy hajmining 0,02-0,03 foizini tashkil qildi, bunda realizatsiya qilinagn sanoat mahsulotining umumiy hajmida innovatsion mahsulotning hajmi 2,8 foizga teng4.
Ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatning faollashuvi hamda iqtisodiy jihatdan samarali ilm sig‘imli texnika va texnologiyalarni sanoat o‘zlashtirilishi respublika tovar ishlab chiqaruvchilarining ichki va tashqi bozorlarda raqobat mavqeini mustahkamlashning eng muhim omili hisoblanadi.
Iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishning aynan innovatsion omillari oltinchi texnologik ukladga kirishni ta’minlaydi. Uning ehtimollii tayanch yo‘nalishlari biotexnologiyalar, sun’iy intellekt tizimlari, yuqori tezlikdagi transport tizimlariga integratsiyalashgan global axborot tarmoqlari, nanoelektronika, molekulyar va nanofotonika, nanomateriallar hamda nanotuzilmali qoplamalar, nanobiotexnologiya, nanotizimli texnikadan iborat. Oltinchi texnologik ukladning avvalgisidan ustunligi, prognozga ko‘ra xususiyatlari avvaldan berilgan materiallar va organizmlarni qurish, ishlab chiqarishning energiya va material sig‘imini keskin kamaytirishdadir.
Ilmiy-texnik taraqqiyotning strategik muhim yo‘nalishlari, fundamental va amaliy fanning ustuvor yo‘nalishlarida respublikaning mustaqilligini ta’minlashga qodir ilmiy-texnik salohiyatni maqsadli rivojlantirish, ilm sig‘imli va yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil qilish va rivojlantirish milliy iqtisodiyotning innovatsion modelini ishga soladi.
Ushbu maqsadlarda fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental hamda amaliy tadqiqotlarni moliyalashtirishni, avvalambor, uning real sektorida oshirish zarur. Intellektual mulk, kichik va o‘rta innovatsion korxonalar bozorini shakllantirishga, shuningdek ularni iqtisodiyotning barcha sektorlarining samarali rivojlantirilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan yirik biznes bilan samarali harakat qilishi uchun sharoit yaratishga alohida e’tiborni qaratish joiz.
Ilmiy-texnik va ishlab chiqarish-texnologik sohalarda korporativ tuzilmalarni tashkil qilish va mustahkamlash, jumladan davlatlararo va transmilliy integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar (TIKT)ni yaratish.
Rivojlangan mamlakatlarni innovatsion rivojlanishida korporativ tizimlarning ilmiy tadqiqotlarga e’tibori va sarflaniyotgan xarajatlar miqdori katta ulushni tashkil etadi. Buyuk Britaniya, Fransiya, Chexiya, Avstriya, Belgiya va Germaniyada ularning hissasi ilm-fanga ajratilgan barcha xarajatlarning 62-70 foizi, AQShda – 70 foiz, Xitoyda – 71 foiz, Shvetsiya, Yaponiya va Isroilda – 75-77 foizi to‘g‘ri keladi 5.
ITTKI va innovatsion faoliyatni tashkil qilishning ustuvor shakli bo‘lib innovatsion klasterlarni – muayyan hududlarda yuzaga kelgan va umumiy strategik rivojlanish yo‘llarini ishlab chiqish orqali innovatsion faoliyat qatnashchilari (kompaniyalar, ilmiy tashkilotlar, universitetlar)ni bog‘lovchi hamda qo‘shma innovatsion loyihadarda harakatlarni birlashtirish tufayli sinergetik samarani olish uchun imkon beruvchi tarmoqlarni shakllantirish hisoblanadi.
MITni rivojlantirishning nazariy-metodologik jihatlari “innovatsiya”, “innovatsion faoliyat” va boshqa tushunchalarning ta’rifiga bog‘liq qator qoidalarni aniqlashtirishni talab qiladi.
Mazkur atamalarning keng tarqalgan ta’riflari Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti (IHRT), Oslo Qo‘llanmasi (IHRT, 3-nashr), Fraskati Qo‘llanmasi (IHRT, 2002 y.), Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining materiallarida berilgan6.
MIT natijadorligining qiyosiy tadqiqotlarini olib borish, ITTKI va innovatsiyalarga xarajatlarni baholash maqsadida, innovatsion xavfsizlik indikatorlarini identifikatsiya qilish hamda asoslash zarur. Bunda KnowledgeEconomyIndex, KEI, GlobalInnovationIndex metodikalarida taklif qilingan mavjud indikatorlarni kompleksli baholash prinsiplari hisobga olinadi.
Qayd etilgan tendensiyalarni va ularning O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilishning nazariy va amaliy asoslariga ta’sirini hamda uning jahon xo‘jalik aloqalariga integratsiyalashuvini tadqiq qilish alohida e’tiborga loyiq.
Globallashuv ta’siri ostida ro‘y berayotgan ishlab chiqarish-investitsion o‘zaro ta’sirning chuqurlashuvi ITTKIning alohida bosqichlarini milliy doiradan chetga chiqishiga olib keladi.
Ushbu sharoitda milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda savdoni erkinlashtirish, eksport tovarlarining narxlarida raqobat, bozorlar konyunkturasini kuzatish kabi tushunchalardan jahon xo‘jaligi aloqalarining innovatsion jihatiga e’tibor qaratiladi.
ITTKI sohasida xalqaro hamkorlikning chuqurlashuvi sanoat firmalari va kompaniyalari tomonidani bajariladigan ilmiy tadqiqotlarning qiymati va hajmi o‘sishi bilan izohlanadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ITTKIning katta hajmi yirik korporatsiyalar (TMK)da mujassamlanadi.
So‘nggi o‘n yilliklarda jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan o‘zgartirishlar uni yanada erkinlashtirishga bog‘liq va quyidagilar bilan tavsiflanadi: korporativ tizimda davlatning roli pasayishi; jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar (TMK) va mahalliy tadbirkorlik tuzilmalari bilan integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar (moliyaviy-sanoat gurug‘lari, xoldinglar, strategik alyanslar)ning salmog‘i o‘sishi hamda ushbu asosda integratsiyalashgan global va mintaqaviy korporativ tizimlarning shakllantirilishi; korporativ tizimda xizmatlar segmentining, jumladan intellektual mahsulot savdosi bilan shug‘ullanuvchi korporatsiyalarning salmog‘i o‘sishi.
ITTKIlarni tashkil qilishning muhim shakli bo‘lib eng yangi ilm sig‘imli sohalarni shakllantirish, eksperimental mayda ishlab chiqarishlarga xorijiy kapitalni jalb qilish, yangi ilg‘or texnologiyalar va materiallarni ishlab chiqish, ilmiy-texnik yutuqlarni tijoratlashtirishga qaratilgan yuqori texnologiyalar hududlarini rivojlantirish hisoblanadi 7.
Mamlakatning ilmiy-texnologik va innovatsion rivojlanishining yaqqol misoli bo‘lib uning jahon reytingidagi o‘rni hisoblanadi. Jahon mamlakatlari reytingida Global innovatsion indeks ko‘rsatkichi bo‘yicha Xitoy jami 0,73 ball to‘plab, 13-o‘rinni egalladi va Italiya (14-o‘rin), Hindiston (15-o‘rin) kabi mamlakatlarni ortda qoldirdi8.
Global innovatsion indeks (GII) – mamlakatda innovatsiyalar darajasini o‘lchash uchun umumlashtirilgan ko‘rsatkich, Boston konsalting guruhi (BKG), Ishlab chiqaruvchilar milliy uyushmasi (IMU) hamda Ishlab chiqarish Instituti (II) tomonidan ishlab chiqilgan. Bunda, Global innovatsion indeksning hisobi har bir mamlakatning innovatsion xarajatlarini ham, innovatsion qaytimini (samaradorligini) ham tadqiq qilishga asoslangan.
Innovatsion xarajatlarni baholashda Hukumatning fiskal siyosati, ta’lim va innovatsion infratuzilma sohasidagi siyosat hisobga olinadi. Qaytim (samaradorlik)ni baholashda patentlarning mavjudligi, texnologiyalarni o‘tkazish va ITTKIning boshqa natijalari hisobga olinadi, shuningdek tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, jumladan mehnat unumdorligi, aksiyadorlarning umumiy foydasi, innovatsiyalarni biznesning migratsiyasi va iqtisodiy o‘sishga ta’siri.
Respublikamizda innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi № PQ-916-sonli Qarorining qabul qilinishi va uning asosida “O‘rta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksi”ning ishlab chiqilishi muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda Milliy innovatsion tizim (MIT)ni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi “Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’limni takomillashtirish va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori shu maqsadda qabul qilingan.
Iqtisodiyotimizda, ayrim sohalarni, jumladan kimyo sanoati (2007-2011 yy.), yog‘-moy sanoati (2007-2011 yy.), farmatsevtika sanoatini (2007-2011 yy.) rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan va boshqa dasturlar innovatsiyalarni joriy qilish, ITTKIni rag‘batlantirish hisobiga ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik darajasini oshirishni, yuqori texnologiyaliva raqobatbardosh mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirishni ko‘zda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarorida ishlab chiqarishga ilmiy yutuqlar, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish asosida sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab qo‘yilgan. Bunda ustuvor sohalar sifatida energetika, neftgazkimyo sanoati, yengil sanoat, rangli metallurgiya, mashinasozlik va avtomobilsozlik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish.
Shu bilan birga, O‘zbekiston iqtisodiyotining kapital sig‘imi yuqori sohalarining ulushi kattaligi (yoqilg‘i-energetika kompleksi, transport, birlamchi kimyo) va ularni investitsion faolligining pastligi mamlakat sanoati rivojlanishi sur’atlari pasayishiga olib keladi 9.
Mashinasozlik sohasida material va energiya sig‘imi yuqoriligi saqlanib qolmoqda (ishlab chiqarishning umumiy xarajatlarining 70 foizidan ziyod). Sanoatda ITTKIga jami xarajatlar 2008-2011 yy.da ishlab chiqarishga xarajatlar umumiy hajmining 0,02-0,03 foizini tashkil qildi, bunda realizatsiya qilinagn sanoat mahsulotining umumiy hajmida innovatsion mahsulotning hajmi 2,8 foizga teng10.
Ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatning faollashuvi hamda iqtisodiy jihatdan samarali ilm sig‘imli texnika va texnologiyalarni sanoat o‘zlashtirilishi respublika tovar ishlab chiqaruvchilarining ichki va tashqi bozorlarda raqobat mavqeini mustahkamlashning eng muhim omili hisoblanadi.
Zamonaviy hayotda taraqqiyotning yangi davri – postidustrial jamiyatni barpo etishga intilishlar natijasida yuzaga kelgan yangi mahsulot ishlab chiqarishga bo‘lgan zarurat, asbob-uskunalarni yangilashni, yangi texnologiyalarni joriy etishni, mahsulot sifatini oshirishni, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan yangidan qurollantirishni taqozo etmoqda.
Bu esa informatsion tarmoqlar, ayniqsa, yuqori texnologiyali tarmoqlar, intellektual resurslar, turli faoliyat sohalarining innovatsion hamkorligi, bilimlar transferti va tarqalishiga yangicha munosabat va yondashuvni keltirib chiqarmoqda.
Ilm-fan asosidagi iqtisodiyot ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga, mahsulotlar va xizmatlar raqobatbardoshligining oshishiga, turli faoliyatlar diversifikatsiyasiga yo‘l ochib, umuman mintaqalar va mamlakatlardagi ishlab chiqarishning yuksalishiga zamin yaratadi.
Bugungi kunda taraqqiy etgan mamlakatlarda YAIM o‘sishining 70 % dan 90 % gacha bo‘lgan qismi fan yutuqlaridan samarali foydalanish hisobiga qo‘lga kiritilmoqda.
Jumladan, iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan fan sig‘imli tarmoqlar qatoriga quyidagi sanoat tarmoqlari kiritilgan: aerokosmik soha, kompyuterlar va idora jihozlarini ishlab chiqarish, elektron aloqa vositalari ishlab chiqarish va farmatsevtika sanoati.
Xizmatlar sektorida ta’lim, sog‘liqni saqlash, zamonaviy aloqa vositalari, moliya va biznes xizmatlari fan sig‘imli soha sifatida qabul qilingan.
Iqtisodiy tahlillarga ko‘ra oxirgi 20 yil mobaynida dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi fan sig‘imli sektorning savdo hajmi salmog‘i qayta ishlash sanoatiga nisbatan 1,7 marta tezroq oshgan.
Innovatsion faoliyatning yuksalishi, tabiiyki, YAIMning umumiy fan sig‘imlilik ko‘rsatkichining o‘sishiga olib keladi. Hozirda iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyotidagi yetakchi mamlakat sifatida YAIMning fan sig‘imliligi 4,27 % ni tashkil etadigan Shvetsiya hisoblanadi. Yaponiya esa, 3,09 % lik ko‘rsatkich bilan ikkinchi, AQSH – 2,7 % va YEI mamlakatlari o‘rtacha 1,9 % bilan keyingi o‘rinlarni band etganlar.
Xususan, AQSH har yil fan sig‘imli mahsulot eksportidan 700 mlrd. dollar, Germaniya 550 mlrd. dollar, Yaponiya 400 mlrd. dollar miqdorida foyda ko‘radi 11. Bu bozor yuqori raqobatli va istiqbolli imkoniyatlarga ega bozor hisoblanadi.
O‘zbekistonda yuqori texnologik sektor ulushining oshishiga, asosan, fan sig‘imli tarmoqlar mahsulotlarini ishlab chiqarish va mashinasozlik sanoatidagi ishlab chiqarish hajmining ortishi ta’sir ko‘rsatdi. Ular sirasiga elektronika sanoati, aloqa vositalari sanoati, radioo‘lchov vositalarini ishlab chiqarish, elektro‘lchov vositalari va yuqori texnologik tarmoq tarkibida yetakchi o‘ringa ega bo‘lgan avtomobilsozlik sanoati kiradi.
Shuningdek, sanoatning yuqori texnologik sektori rivojida mashinasozlik sohasidan tashqari kimyo-farmatsevtika sanoati ham katta o‘rin tutmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka zamonaviy fan yutuqlarini, innovatsion fan sig‘imli texnologiyalarni jadal sur’atlarda joriy etishni nazarda tutgan holda yangi fan sig‘imli ishlab chiqarishni tashkil etish uchun quyidagi chora-tadbirlarni ko‘rish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
- yangi texnologiyalar va ishlab chiqrishni yanada rivojlantirish uchun moliyaviy jihatdan istiqbolli innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish zarur va mahalliy yarmarkalarida innovatsion g‘oya va texnologiyalarning aprobatsiya qilish tizimini qayta ishlab chiqish;
- samarali faoliyat yuritadigan, jarayondagi barcha omillarni hisobga oladigan, milliy innovatsion mahsulotlarga bo‘lgan talabni oshiruvchi marketing tuzilmasini tashkil etish;
- xususiy investitsiyalarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yuqoritexnologik tarmoqlariga kirib kelishidagi mavjud to‘siqlarni, ularni bartaraf etish yo‘llari va choralarini aniqlashtirish va chuqur tahlil qilish talab etiladi. Sanoat-kompensatsiya ishlanmalari asosida shartnomalar tuzish tajribasini kengaytirish va shu asnoda yuqoritexnologik mahsulotlarga ayirboshlanadigan fan sig‘imli texnologiyalar ko‘rinishidagi uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qilish;
- modernizatsiya ishlarini amalga oshirayotgan iqtisodiyotdagi innovatsion jarayonlarning asosiy qatnashchisi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlari o‘rtasidagi tarmoqlararo aloqalarni mustahkamlash, sanoatga oid ta’lim tizimidagi hamkorlikni rivojlantirish;
- xalqaro darajada sanoatga oid texnologik hamkorlikni jadallashtirish, bilimlar va ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) natijalarini ayirboshlashning yangi shakllari bo‘yicha ma’lumotlar bazasining mahalliy tarmoqlarini yaratish;
- ITTKI va sanoat innovatsiyasi sohalaridagi tasniflangan mehnat resurslarining mobilligini oshirish, iqtisodiyotda band bo‘lganlarni uzluksiz tajriba orishirishlarini ta’minlash, shuningdek, tegishli sohalar va o‘qishdan keyingi kelajakdagi ish o‘rinlari bo‘yicha shartnomalar tuzish orqali yoshlarni texnika, muhandislik mutaxassisliklariga qiziqtirish va shunga muvofiq oliy o‘quv yurtlarida yangi o‘quv joylarini yaratish talab etiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda ilmiy tadqiqot ishlarining eng katta qismi yirik korporatsiyalarda amalga oshirilishiga qaramay, kichik innovatsion firmalar borgan sari milliy iqtisodiyotda o‘ziga hos o‘rinni egallay boshlamoqdalar. Rossiyada ham kichik va o‘rta biznes innovatsion rivojlanishda katta ahamiyatga egaligi qayd etilmoqda 12.
Bunga qaramay, barcha mamlakatlarda innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning 90 foizga yaqini yirik kompaniyalarning sarmoyalari bo‘lib kelmoqda 13.
AQShda kichik innovatsion korxonalarga davlat tassarufidagi ilmiy laboratoriyalarning asbob va uskunalardan foydalanish imkoniyatlari yaratib berilgan. Muddatdan ilgari asosiy fondlarni amortizatsiya qilish imkoniyatlari, kompaniyalarning oladigan daromadlaridan soliq imtiyozlari berish, yangi davlat ilmiy buyurtmalarini bajarishda ishlab chiqarishni qayta qurish va kadrlarni qayta tayyorlash borasidagi xarajatlarni qoplash, davlat mulkini arendasi bilan bog‘liq xarajatlarni, ilmiy va ishlab chiqarishda faoliyat yuritayotgan hodimlarni xorijda malakasini oshirish davlat tomonidan amalga oshiriladi 14.
Innovatsion siyosatning muhim komponentlaridan biri bo‘lib, xududiy innovatsion-sanoat klasterlarning qo‘llab-quvvatlash turadi. Tahlillarga ko‘ra, aynan innovatsion-sanoat klasterlarning mavjudligi ushbu xududni rivojlanishida katta rol o‘ynar ekan.
Umuman, AQShda mintaqaviy innovatsion-sanoat klasterlarning shakllanish va rivojlanish masalasi mamlakatning Raqobatbardoshlik bo‘yicha Milliy kengashining asosiy ustuvor yo‘nalishlar qatoriga kiritilgan.
Ananaviy ohirgi o‘n yilliklarda Shimoliy Yevropa mamlakatlari jahon iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sishning sifat jihatlari bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab kelishmoqda. «Trend Chart» nomli Yevropa innovatsiyalar bo‘yicha monitoring tizimining ma’lumotlariga binoan ushbu mamlakatlar ilmiy - tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlarini (R&D) yalpi ichki mahsulotga nisbatan moliyalashtirish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinlarni egallab kelishmoqda: Daniyada 2,45 % , Finlyandiyada 3,74 %, Shvetsiyada 3,86 %, o‘rtacha Shimoliy Yevropada – 3,07 %, Yevropa Ittifoqida esa bu ko‘rsatkich 2,06 % ni tashkil etadi 15.
90-x yillardan boshlab Xitoy ham yuqori texnologiyalarni rivojlanish borasida uzluksiz ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu sohaga ohirgi yillarda katta miqdorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yo‘lga qo‘yilgan. Transmilliy korporatsiyalar bugunni o‘zida 100 dan ortiq innovatsion markazlarni tashkil qilishgan va unda aksariyat kichik innovatsion firmalar faoliyat yuritib kelimoqda.
1994 yilda Xitoyda «Korporatsiyalar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinib «chjuada, fansyao» («yirik korxonalarni davlat tassarufida saqlab, kichik korxonalarga erkinlik berish») schiyosatini amalga oshirmoqda. Agar iqtisodiy islohotlar boshlanishida (1978 yil) mamlakatda 150 ming tadbirkorlik subyektlari mavjud bo‘lgan esa, yangi mingyillik boshlarida 30 milliondan ziyod xususiy xo‘jaliklar, 6 mln. individual sanoat korxonalari va 1 mln. ortiq xususiy firmalar faoliyat yuritib kelishgan 16.

Download 30,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish