5-mavzu. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti Reja


Merkantilizmnin tarixiy taqdiri



Download 55,56 Kb.
bet4/6
Sana16.09.2021
Hajmi55,56 Kb.
#175648
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5- маъруза 39cd27b8ef619c4cf3ecf42a65c1e7b6

4. Merkantilizmnin tarixiy taqdiri

XVIII asrning oxirida merkantilizm iqtisodiy taъlimot yo‘nalishi sifatida tarix sahnasidan tushdi. Sanoat inqilobi (to‘ntarishi) sharoitida bu taъlimot va unga asoslangan siyosat hayot talabiga javob bermay qo‘ydi. Xush, bu taъlimot nega tarix sinovidan o‘ta olmadi, uning «bo‘sh joylari» nimalardan iborat?

Bu taъlimotning xatolarini klassik maktab vakillari, xatto ayrim merkantilistlar ham tan olgan. A.Smitning fikricha, bu «bizning savdogar va sanoatchilar tomonidan sotqin parlamentga o‘tkazilgan proteksionistik anglashilmovchilikning qorishmasidan iborat va boylik bu pulga egalik bilan bog‘liq eng oddiy tushunchadan iborat. Agar o‘z boyligini oshiraman desa, har bir individ kabi davlat ham olayotganidan kam sarflashi kerak. Isteъmol etilganidan tashqari qaysi moddiy shaklda bo‘ladi? Oddiyroq aytganda, daromad va buromadning farqi nimada ifodalanadi? Merkantilistlar uni mustahkam pul yoki oltin, zeb-ziynatlardan iborat deb bilganlar. Pul va kapital o‘rtasida tenglik qo‘yilishi xato edi. SHuningdek, savdo balansining aktiv saldosi bilan yillik foydaning isteъmoldan ortiqchasi ham tenglashtirilgan. A.Smit va uning izdoshlari bu taъlimotning xatolarini shunday izohlaydilar.

O‘sha davrdagi (va hozirgi) olimlarning fikricha, mamlakat boyligi oltin va kumush zahiralaridangina iborat bo‘lmay, er, qurilish va boshqa ko‘plab isteъmol mollaridan iboratdir. Masalan, V.Petti Angliyaning XVIII asr oxiridagi pul mikdoriga baho berib, bu pullar barcha mulkning 3 foizidan kamroq ekanligini isbotlab berdi. Aktiv savdo balansi faqat vaqtincha samara beradi. 1630 yilda T.Mann o‘zi ham mamlakatga qimmatbaho metallarning oqib kelishi ichki baholar ko‘tarilishiga olib kelishini va «qimmatroq sotish, arzonroq olish» doktrinasi mamlakatning o‘ziga qarshi ekanligini tushundi.

Taniqli ingliz iqtisodchisi R.Kantilon (1680-1734) va D.YUm (1711-1776)lar ham merkantilistlar g‘oyasining noto‘g‘ri ekanligini isbotlab berdilar. Sof avtomatik mexanizmlar savdo kilayotgan davlatlar o‘rtasidagi «pul metallarining tabiiy taqsimlanishi»ga va ichki baholar darajasining shunday o‘rnatilishiga olib keladiki, har bir mamlakat eksporti uning importiga teng bo‘ladi. Alohida mamlakatda har bir qo‘shimcha oltin qazib olish hajmlari boshqa mamlakatlarga nisbatan ichki baholar darajasini oshiradi. Importning eksportdan ortiqligi oqibatida oltinning oqib ketishi bilan qoplanishi kerak. Bu jarayon savdo qilayotgan barcha davlatlarda eksport va import o‘rtasida oltinga yuqoriroq talabga mos bo‘lgan yangi tenglik paydo bulguncha davom etadi. Tashqi savdo va oltin, tutash idishlardagi suv bir sathda bo‘lishiga intilgani kabi, aktiv savdo balansi ortidan quvish o‘z-o‘zini inkor etadi.

1690 yili Jon Lokk baholarning muomaladagi pulning miqdoriga maъlum proporsiyada o‘zgarishini aniq ko‘rsatib berdi. Lekin import kapital ko‘proq qo‘llaniladigan xom ashyo va yarim fabrikatlardan, eksport va mehnat intensiv qo‘llaniladigan oxirgi mahsulotdan bo‘lishi umumiy qoida sifatida qabul qilingan, chunki mehnatning sof eksporti mamlakat ichida aholini ish bilan bandligini qullaydi va chet el manbalaridan foydani ko‘paytiradi. Merkantilistlar o‘zlarining yuqoridagi yaxshi maъlum g‘oyalariga harbiy va strategik sohani hamda hali mustahkam oyoqqa turmagan sanoatni himoya qilish kerakligini ham qo‘shadilar.

SHunday kilib, klassik iqtisodiy maktab vakillari (V.Petti, P.Buagilber, A.Smit va boshqalar) merkantilizmni qattiq tanqid ostiga oldilar va bu hukm asrlar davomida saqlanib keldi. Merkantilizmning g‘oyalarini amalda joriy qilish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Jon Lolou tarixiy tajribasi misolida ibratlidir. Eslatma. Bu masala talabalar tomonidan mustaqil o‘qish uchun beriladi. Evropada proteksionizmning tiklanishi (Angliyada proteksionizm, Fransiyada kontinental qamal (blokada) va boshqalar) va nemis tarixiy maktabi (bu haqda quyida gap boradi) vujudga kelishi bilan merkantilizm g‘oyalari yana tilga olina boshlandi. Avval Rosher va SHmoller, so‘ngra ularning ingliz izdoshlari Kanningem va Eshlilar merkantilizm g‘oyalarini to‘la ratsional va maъlum istak-natijalariga erishuvda, masalan, milliy avtarkiya va davlat hoqimiyatini kuchaytirishda yaroqli siyosat deb qaradilar.

A.Smit mashhur asarining bir joyida ohistagina «Mamlakat xavsizligi farovonlikdan muhimroq» deb yozish bilan shunday nuqtai nazarni ilgari surdiki, unga ko‘ra merkantilistlar jiddiy qabul qilinishi kerak edi. Bu munosabat merkantilizm davridagi bosh masalalardan biriga oydinlik kiritishga imkon berdi: davlat qurilishining maqsadi kushni davlatlar iqtisodiy kuch-qudratini pasaytirish hisobiga ham erishiladi, bunda ushbu davlat qudratining oshishi ro‘y beradi. Lokkning fikricha, bu shunday ro‘y beradi: «boylik» oltin va kumushning oddiy ko‘pliginigina anglatmaydi, balki boshqa davlatlarnikidan ortiqroq bo‘ladi. Haqiqatdan ham, ko‘pchilik merkantilistlar shunday nuqtai nazarni himoya qilganlarki, unga ko‘ra millatlarning iqtisodiy manfaatlari antagonistik, yaъni qarama-qarshidir, go‘yoki dunyoda cheklangan miqdordagi resurslar mavjud, ularni esa bir davlat ikkinchi davlat hisobiga olishi mumkin. Bu merkantilistlarning «kushningni talon-toroj qil» degan siyosatini uyalmasdan himoya qilishini tushuntirib beradi. Undan tashqari bu g‘oyada ichki isteъmolni kamaytirish milliy siyosatning maqsadi qilib ko‘rsatiladi. Merkantilizmni qaytadan qo‘llash, klassik maktabni (bu haqda quyida gapiriladi) tan olmaslik, kapitalizm yo‘liga keyinroq o‘tgan davlatlarda ro‘y berdi. YAngi davlatlar iqtisodiyotda to‘la erkinlikka qarshi edi, yoki bu erkinlik faqat kuchli Angliya uchun kulaylik va ustunlik beradi deb bejiz o‘ylamaganlar. SHu sababli bu erda merkantilistlarning davlatning iqtisodiyotni boshqarish, proteksionizm, mamlakatda pul mo‘l-ko‘lligini taъminlash va boshqalar hukumatlar siyosatiga aylantirildi.

XX asrda monopolistik jarayonlar rivoji bilan davlatning iqtisodiyotdagi roli tobora oshib bordi. Inqirozlar tez-tez takrorlanib turdi. Ayniqsa, 1929-1933 yillardagi iqtisodiy inqiroz butun dunyoni larzaga soldi. SHu davrda J.M.Keyns nomi bilan bog‘liq taъlimot yuzaga keldi. U «Merkantilizm to‘g‘risidagi mulohazalar» va «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936y.) nomli asarlarida merkantilizmning ayrim g‘oyalarini qo‘llaydi, unda «amaliy donolik» kurtaklari borligi taъkidlanadi. Eksportning importdan ko‘pligi, oltinlarning oqib kelishi esa pulga taklifni kuchaytirib, foiz stavkalarini pasaytiradi va shu bilan investitsiya va bandlikni rag‘batlantiradi. Keyns shularni «merkantilizm doktrinasidagi ilmiy xaqiqat urug‘lari» deb ataydi. Umuman, J.M.Keyns mavjud sharoitlarda klassik maktab aqidalari ish bermasligini taъkidlaydi, hozirgi til bilan aytganda bozor munosabatlari avtomatik ravishda barcha ziddiyatlarni hal eta olmaydi, shu sababli davlatning iqtisodiyotga faol ishtirok etishi taklif etiladi (bular haqida to‘la maъlumot keyns beriladi).

Keyns o‘zini merkantilistlar bilan yaqinlashtiruvchi to‘rt sohani berdi:

1. Merkantilistlar mamlakatdagi pul massasini oshirishga intilib, ssuda foizini pasaytirish va investitsiyalarni rag‘batlantirishni o‘ylaganlar;

2. Merkantilistlar baholar oshuvidan qo‘rqmaganlar va yuqori baholar savdo va ishlab chiqarishni kengaytirishini rag‘batlantirgan. Keynsning fikricha, «mo‘ъtadil inflyasiya» iqtisodiy faollikni qo‘llab-kuvvatlaydi;

3. Merkantilistlar «pulning etishmasligi ishsizlikning sababchisi ekanligi» to‘g‘risidagi tushunchaning asoschilari bo‘lganlar. Keynsning fikricha, bank va davlat byudjeti kamomadini kredit ekspansiyasini oshirish yo‘li bilan pul mikdorini oshirish ishsizlikka qarshi ko‘rashishda muhim qurol bo‘lishi mumkin. Ishsizlik bir qancha obъektiv sabablarga bog‘liq edi, masalan agrar sohada u ko‘pincha mavsumiy edi, yaъni qishloq xo‘jaligi ishlarining tugashiga yoki kam hosilli yillarga to‘g‘ri keladi. Xatto sanoatda ham bu xolat qayd etiladi, yaъni daryodagi qishki muzlar yoki bahorgi toshkinlar suv tegirmonlarini to‘xtatib quyganidek;

4. Merkantilistlar o‘z siyosatlarining milliy harakteri va uning urushlar ochish yo‘nalishini ochiqdan-ochiq namoyon qiladilar. Keyns proteksionizm mazkur mamlakatda ishsizlik muammosini hal etishga yordam bera oladi deb hisoblagan va iqtisodiy millatchilik tarafdori bo‘lgan.

Bunga yana bir masalani, beshinchi moddani ham qo‘shmoq kerak, chunki davlat bu holatda iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi. Buni Keyns o‘z-o‘zidan ravshan narsa deb tushungan bo‘lsa ehtimol. Maъlumki, XX asr 60-70-yillari mustamlakachilik tizimining emirilishi va ko‘plab yangi mustaqil davlatlarning vujudga kelish davri hisoblanadi. Bu davrda «nomerkantilizm» g‘oyalari ilgari surilmoqda. YOsh, rivojlanayotgan davlatlarning ko‘pchiligida iqtisodiyotda davlat sektorining kattaligi, xalq xo‘jaligida reja va dasturlar mavjudligi, milliy sanoatni bojxona tariflari bilan himoya qilish va boshqa choralar «nomerkantilistik» hisoblanadi. Ikki tomonlama savdo shartnomalari, davlat zayomlari yo‘li bilan industrializatsiyani moliyalash, baholarni tartibga solish va monopoliyalar daromadini cheklash ham shu taъlimotga to‘g‘ri keladi.

90-yillarda boshlangan, ilgarigi sotsialistik rivojlanish yo‘lidan borayotgan davlatlarning bozor munosabatlariga o‘tish davridagi iqtisodiy siyosati ham ko‘p jixatdan yukorida keltirilgan holatlarga juda o‘xshashdir. Ayniqsa, tadrijiy (evolyusion) yo‘lni tanlagan davlatlarda bu siyosat ancha kuchlidir (bu to‘g‘rida kerakli maъlumotlar keyin beriladi). SHu sababli merkantilizm taъlimotini har tomonlama o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi.




Download 55,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish