Diniy tashkilot va diniy kult. Buddizmda monastirlar uning markazlari, tarqalish o‘choqlari, o‘ziga xos universitetlari va kutubxonalari bo‘lib xizmat qildi. Monastirlarda ustaxonalar bo‘lib, ularda turli mahsulotlar tayyorlanardi.Monastirlar yaxshi himoyalangan, kerakli yarog‘lar va suv bilan ta’minlangan bo‘lib, uzoq muddatli qamalga dosh bera olardi. Ilk buddizmning afsonaviy vakillari sharafiga ular dafn etilgan joylarda buddizmga e’tiqod qiluvchilar tomonidan maqbaralar, stupa haykallari (usti mustahkam berkitilgan gumbazsimon qurilmalar) qurilgan.
Ilk buddizm Buddaning tasvirlari va uning atrof-muhitini bilmagan. Buddizm haykaltaroshligi yangi era bo‘sag‘asida, tosh haykallar va suratlarga sig‘inish tajribasi bilan birga paydo bo‘ldi. Buddizm ikonografiyasi badiiy mukammalligi bilan ajralib turgan va o‘zida yunon ta’sirini mujassam qilgan. Bu yunon-buddizm yoki Qandaxor san’ati deb nom oldi2.
Do'stlaringiz bilan baham: |