2. Argumentlarga taalluqli qoidalar:
3. Har qanday isbot va raddiyada asoslar yoki dalillar shak-shubhasiz chin hukmlar, bilimlardan iborat bo’lmog’i lozim. Yolg’on, xato hukmlar, fikrlar orqali hech qanday fikrni isbot etish yoki rad qilish mumkin emas.
4. Dalillar tezisni asoslash uchun etarli bo’lishi kerak. Dalillar etarli bo’lmasa, tezisni to’lig’icha asoslab bo’lmaydi. Dalillar haddan tashqari ko’p, ortiqcha bo’lsa ham tezisni asoslash ishi qiyinlashadi. Bu erda ham o’ziga yarasha me’yor, chegara, «oraliq, oltin halqa» bo’lishi kerak.
3. Demonstratsiyaga taalluqli qoidalar:
5. Asosli fikr izchil, mantiqiy tuzilgan va ishonchli bo’lishi, asoslardan qonuniy suratda kelib chiqadigan bo’lishi lozim. Aks holda zo’rma-zo’raki, sun’iy va xato xulosa chiqarish, asoslashda sakrash kabi xatolar sodir bo’ladi.
Raddiya deb biror tezisning noto’g’riligini yoki asossizligini isbotlash usuliga aytiladi.
Raddiya isbotni qayta tekshirib ko’rish, aniqlash va mustahkamlash usulidir. Masalan: “Yupiter planetasining yo’ldoshlari bor”, degan tezisni quyidagicha isbotlash mumkin:
Barcha planetalarning yo’ldoshlari bor.
Yupiter planetadir.
Demak, Yupiterning ham yo’ldoshlari bor.
Ushbu isbotni tahlil qila turib, «Barcha planetalarning yo’ldoshlari bor», degan asosning noto’g’riligini aniqlash mumkin. Bu fikrning raddiyasini quyidagicha tuzish mumkin:
Ma’lumki, Veneraning yo’ldoshlari yo’q.
Venera planetadir.
Demak, ba’zi planetalarning yo’ldoshlari yo’q.
Raddiya orqali chiqarilgan xulosa yordamida «Barcha planetalarning yo’ldoshlari bor», degan fikr xato ekanligini aniqlaymiz.
Raddiya. Rad etish usullari.
Raddiya – isbotni buzishga qaratilgan mantiqiy amaldir.
Birorta fikrning chinligini rad etish ayni paytda unga zid bo‘lgan fikrning xatoligini ko‘rsatishdan iborat bo‘lganligi uchun raddiyani isbotlashning xususiy ko‘rinishi, deb hisoblash mumkin. Raddiya ham isbotlash kabi tezis (rad qilinishi lozim bo‘lgan hukm), argumentlar (tezisni rad qiluvchi hukmlar) va demonstrastiya (rad etish usuli) dan tashkil topgan bo‘ladi. Raddiya birorta masalani muhokama qilish, ya’ni bahs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs qatnashchilaridan biri ma’lum bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa (proponent), boshqasi unga qarshi chiqadi (opponent). Hal qilinmagan, Munozarali masalalar bo‘yicha olib boriladigan bahslar polemika hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |