Tabiiy geografik baholash masalalari
Tabiat komponentlari va komplekslaridan oqilona foydalanish,qishloq ho‘jalik ekinlaridan yuqori hosil etishtirish, qurilish va gidrotexnik inshootlarni joyning tabiiy sharoitini to‘liq. hisobga olgan holda qurish, shuningdek sanoat korxonalari, temir va avtomobil yo‘llarini relef, geologik tuzilish, iqlim va boshqa omillarni e’tiborga olib, loyihalashdan oldin geografik sharoit va tabiiy boyliklar sifat va miqdor jihatdan baholanadi. Baholash natijasida qurilishning mazkur joyda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq ekanligi tasdiqlanadi yoki bu tadbirni boshqa TK da amalga oshirish tavsiya qilinadi.
Tabiiy muhitni baholashning mohiyati deganda uning ijtimoiy ehtiyoj nuqtai nazardan qulayligi yoki yaroqligi tushuniladi. Baholash natijasida biror hududning yoki tabiiy komponentning (relef, tuproq, o‘simlik va boshq.) dehqonchilik, chorvachilik, dam olish, uy-joy, yo‘l qurilishi va hokazo sohalarda foydalanishga qanchalik qulay va mumkinligi aniqlanadi.Tabiiy geografik nuqtai nazardan biror landshaft komponenti yoki TK aniq maqsadga qarab baholanishi lozim. Baholanayotgan hudud tabiiy geografik chegarasiga ega bo‘lishi yoxud TK ning biror qismi (landshaft, tabiiy georafik rayon va b.) bo‘lishi mumkin. Hech vaqt ikki-uch TK ning kesishgan joyida baholash ishlari bajarilmaydi.Shu jihatdan qaraganda landshaft yoki TK bo‘yicha yondoshishni baholashning asosiy tamoyili deb qarash joyzdir. TK nuqtai nazaridan yondoshib baholash jarayonida nafaqat bir-ikki komponentni, balki butun TK ni baholash ham amaliy, ham ilmiy jihatdan maqsadga muvofiqdir.Baholash oldidan har bir TK da aniq maqsadga qarab, aytaylik, tabiat bilan texnik yoki iqtisodiy (ijtimoiy) tizimlar orasida qanday ta’sirli munosabat bo‘lishligini oldindan tahlil qilish va bashorat qilish kyerak. Biror hududda yangi yerlar o‘zlashtirilib, sug‘orish. amalga oshirilishi bilan turli tabiiy jarayonlar yuz byeradi. Shuning uchun ularni oldindan ko‘ra bilish va shunga qarab o‘zlashtirish hamda gidrotexnik inshootlarni loyihalashni yo‘lga quyish TK larni to‘g‘ri va haqqoniy baholashning ikkinchi zaruriy tamoyilidir.
Tabiiy geografik baholashning aniq maqsadiga ko‘ra sifat va miqdor usullardan foydalanish keyingi vaqtlarda keng tarqalgan. Sifat ko‘rsatkichlar qulaylik darajasiga qarab, «juda ham qulay», «qulay», «o‘rtacha qulay», «kamroq qulay», «qulay emas» deb nomlanadi.Baholashning miqdor usuli har bir darajani sonli ko‘rsatkichlar asosida amalga oshirishga asoslangan.Chunonchi, vegetatsiya davrida havo haroratining 10°S dan yuqori
Voha geosistemalarining meliorativ holatini baholash, ob’ektning sug‘orma dehqonchilik tarmoqlarini yuritish uchun qay darajada yaroqliligi tabiiy geografik jihatdan asoslandi. Buning uchun oldingi boblarda ta’kidlab o‘tilganidek, ob’ektning eng qulay bo‘lgan qismiga nisbatan solishtirish orqali baholash amalga oshirildi. Tabiiy hududiy majmualarni baholash ishlari bilan T.N. Zvonkova (1965), P.N. G‘ulomov (1966), L.N. Muxina (1973), A.A. Rafiqov (1976, 1984), I.A. Hasanov (1979, 1981), A.K. O‘razboev (1988, 2002, 2008), A. Abdulqosimov (1990), N.R.Alimqulov, H. Vahobov, SH. Po‘latov (2005) va boshqalar shug‘ullangan.
Tadqiqot obyekti geosistema sifatida baholash ishlari muqaddam olib borilmagan. V.B.Sochava (1978) amaliy landshaftshunoslik tadqiqotlarining natijalaridan xalq xo‘jaligida kam qo‘llanilishining sabablari sifatida quyidagilarni keltiradi: 1)tadqiqot ob’ektini geosistema sifatida o‘rganish; 2) landshaftshunoslikning amaliy ishlari rejalashtiruvchi va loyihalashtiruvchi tashkilotlar tomonidan kam qo‘llanilishi; 3) baholash ko‘rsatkichlaridan tabiiy-texnik inshootlar tizimini rivojlantirishda foydalanmaslik; 4) landshaftshunoslarga o‘z tadqiqotlari natijasini ishlab chiqarishga keng joriy etish uchun targ‘ibotning etishmasligi; 5) tadqiqotlar natijalarining rejalashtiruvchi tashkilotlar tomonidan joriy etilmasligi va boshqalar.Geosistemalar haqidagi ta’limotga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarda tabiiy muhitni barqarorlashtirish va undan samarali foydalanishning nazariy asoslari yoritilgan.
Tabiiy sharoit va resurslar yoki geotizimlarni foydalanish maqsadlarida baholash – geografik baholash deb ataladi.Masalan, dehqonchilik, chorvachilik, sanoat, transport, rekreatsiya, suv xo‘jaligi va boshqa maqsadlarda baholash amalga oshirilishi mumkin.
Geografik baholash quyidagi bosqichlardan iborat:
a) baholash ishlarining maqsad va vazifalarini aniqlash (masalan, daryo vodiysining ma’lum bir qismini suvombori qurish maqsadida baholash);
b) baholash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar yoki ma’lumotlar ro‘yxatini tuzish;
d) o‘rganilayotgan hudud daryo vodiysining hozirgi va kelajakdagi holatini belgilaydigan ko‘rsatkichlar yoki xossalarni o‘rganish va o‘lchash (vodiyning geologik tuzilishi, uzunligi, kengligi, balandligi, yonbag‘irlar qiyaligi, suv sarfi , loyqaligi, me’yori va h.k.);
e) olingan ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni bir-biriga taqqoslash asosida har bir komponent bo‘yicha alohida baholashni amalga oshirish (relef, geologik tuzilish, suv o‘lchamlari va h.k.);
f) alohida baholashlar asosida umumiy baholashni amalga oshirish (suv omborini mazkur joyda qurish mumkinmi yoki yo‘qmi);
g) yakuniy jadval va xaritalar tuzish.
Geosistemalarni baholashda mantiqiy,kartografik, dala tadqiqotlari, ayerokosmikva geografik taqqoslash,statistik,matematik, landshaft indikatsiyasi,analitik-kamyeral,relyef plastikasi va boshqa metodlardan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |